OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
MOLIYA VAZIRLIGI
“OʻZBEKTURIZM” MILLIY KOMPANIYASI
MOLIYA VAZIRLIGI
“OʻZBEKTURIZM” MILLIY KOMPANIYASI
Qarori
SAYYoHLARGA XIZMAT KOʻRSATILGANI UChUN TURISTIK FIRMA VA MEHMONXONA XOʻJALIKLARIDAN UNDIRILADIGAN TURISTIK YIGʻIMLAR TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 13-sentabrda 1407-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va “Oʻzbekturizm” Milliy kompaniyasining 2012-yil 24-dekabrdagi 91, 01/3711-sonli “Sayyohlarga xizmat koʻrsatilgani uchun turistik firma va mehmonxona xoʻjaliklaridan undiriladigan turistik yigʻimlar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1407-1, 04.01.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-iyuldagi “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 360-son qarorining 6-bandini (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil 30-son, 346-modda) bajarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi qaror qiladi:
1. Sayyohlarga xizmat koʻrsatilgani uchun turistik firma va mehmonxona xoʻjaliklaridan undiriladigan turistik yigʻimlar toʻgʻrisidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh
2004-yil 29-avgust,
106-son
“Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi raisi B. XUSANBOYEV
Toshkent sh
2004-yil 29-avgust,
19-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 413-modda)