Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida loyiha boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 29-avgustdagi PQ-3245-sonli qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida loyiha boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 29-avgustdagi PQ-3245-son qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Vazirlik va idoralar oʻzlari kabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu karorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 30-noyabr,
PQ-3415-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi PQ-3415-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining jamoat taʼlim axborot tarmogʻini tashkil etish toʻgʻrisida” 2005-yil 28-sentabrdagi PQ-191-sonli qarori:
a) 7-bandining uchinchi xatboshidagi “Oʻzinfokom” kompyuter va axborot texnologiyalarni rivojlantirish va joriy qilish markazi” soʻzlari “Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash yagona integratori” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) ilovadagi “Oʻzinfokom” markazi” va “Oʻzinfokom” kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy qilish markazi” degan soʻzlar tegishli ravishda “Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash yagona integratori” va “Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash yagona integratori” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 20-martdagi PQ-1729-sonli qarori 3-bandi birinchi xatboshidagi “5” raqami “2” raqami bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 21-martdagi PQ-1730-sonli qarorining 5-bandidagi “Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi “Oʻzinfokom” va “Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi “Oʻzinfokom” soʻzlari tegishli ravishda “Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash yagona integratori” va “Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash yagona integratori” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 27-iyundagi PQ-1989-sonli karori:
a) 5-bandi 5-xatboshidagi “Axborot xavfsizligini taʼminlash markazi” soʻzlari “Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini targʻib qilish markazi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) 2a-ilovadagi “Oʻzinfokom” DUK va “Axborot xavfsizligini taʼminlash markazi” soʻzlari tegishli ravishda “Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash yagona integratori” va “Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini targʻib qilish markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent Axborot texnologiyalari universitetining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 15-martdagi PQ-2834-sonli qarorining 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Universitet qoshida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Ilmiy-innovatsion rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb yuritiladi) tashkil etilsin va uning mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib mobil aloqa xizmatlari koʻrsatadigan yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlanadigan toʻlovdan tushadigan mablagʻlarning 1,0 foiz miqdoridagi ajratmalar (Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasiga yuridik shaxslar tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlanadigan toʻlovlardan tushadigan mablagʻlar hisobidan) va Oʻzbekiston Respublikasida qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa tushumlar belgilansin”.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2017-y., 07/17/3415/0345-son; 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)