Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.12.2003 08.11.1999 yildagi 492-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.12.2003
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT ARXITEKTURA VA QURILISh QO‘MITASI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI VA UNING TUZILMASINI TASDIQLASh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-dekabrdagi 538-sonli “O‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 3-sentabrdagi 375-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 27-apreldagi 165-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 27-apreldagi 165-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “O‘zdavstandart” markazi qurilish materiallari, buyumlar va konstruksiyalarni sertifikatlash funksiyalarini amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasiga bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat arxitektura-qurilish nazorati bosh boshqarmasi (“Boshdavarxitektqurilishnazorat”) tarkibida qurilishda standartlashtirish hamda qurilish materiallari, buyumlar va konstruksiyalarni sertifikatlash boshqarmasini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi viloyatlari Davlat arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyalari tarkibida Qurilishda standartlashtirish va qurilish materiallari, buyumlar va konstruksiyalarni sertifikatlash markazlari tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqarma va Qurilishda standartlashtirish va qurilish materiallari, buyumlar va konstruksiyalarni sertifikatlash markazlari xarajatlarini ko‘rsatib o‘tilgan Boshqarma va markazlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlardan tushadigan mablag‘lardan amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining Davlat arxitektura-qurilish nazorati bosh boshqarmasi (“Boshdavarxitektqurilishnazorat”) to‘g‘risidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 27-apreldagi 165-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi bir hafta muddatda Davlat arxitektura-qurilish nazorati bosh boshqarmasining tuzilmasini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari o‘n kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi bilan kelishgan holda tegishli Arxitektura va qurilish hududiy bosh boshqarmalarining tuzilmasini tasdiqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 26-yanvardagi 19-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat idoradan tashqari ekspertiza bosh boshqarmasi to‘g‘risidagi Nizomning 6-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “tobe ekspert tashkilotlar va mustaqil firmalar tomonidan qurilish, rekonstruksiyalar uchun beriladigan ekspert xulosalar sifatini nazorat qilish va monitoringini amalga oshirish”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish (“Davarxitektqurilish”) qo‘mitasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida” 1993-yil 30-avgustdagi 441-son qarori 2-bandining oxirgi xatboshidagi “shahar (tuman)lar hokimlari” so‘zlari “shahar (tuman)lar hokimlarining O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishilgan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish (“Davarxitektqurilish”) qo‘mitasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida” 1993-yil 30-avgustdagi 441-son qaroriga 1, 2 va 3-ilovalar, shuningdek ushbu qaror 3-bandining ikkinchi xatboshi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 1-dekabrdagi 580-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizom;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 1995-yil 18-sentabrdagi 363-son qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida Davlat arxitektura-qurilish nazorati boshqarmasi to‘g‘risidagi va Davlat idoradan tashqari ekspertiza bosh boshqarmasi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 1995-yil 26-yanvardagi 19-son qaroriga 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Isayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 8-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
492-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
8-noyabrdagi 492-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi deb ataladi) qurilish, arxitektura, shaharsozlik sohasidagi faoliyatni, qurilish materiallari ishlab chiqarishni O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muvofiqlashtirish va funksional boshqarishni o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruv organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga va mazkur Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi o‘z faoliyatini respublika boshqaruv va boshqa organlari hamda joylardagi hokimiyat, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari, tashkilotlar va jamoat birlashmalari bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davarxitektqurilish” qo‘mitasiga qarashli sohada ish ko‘ruvchi davlat unitar korxonalari va tashkilotlari “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi ixtiyorida bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari va bo‘limlari (boshqarmalari), ekspertiza va davlat arxitektura-qurilish nazorati vakolatli organlari qurilish, shaharsozlik va arxitekturani boshqarish sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organlari yagona tizimini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.1. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida qurilish, arxitektura, shaharsozlik va qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasini isloh qilish, davlat boshqaruvining tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy asoslarini shakllantirish, boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha davlat siyosatini o‘tkazish va tarmoqlararo muvofiqlashtirishni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.2. Qurilish, arxitektura va shaharsozlik, binokorlik materiallari ishlab chiqarish sohasida yagona ilmiy va texnika siyosatini amalga oshirish, tegishli axborot bazasini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.3. Investitsiya jarayonlarini samarali boshqarish masalalari bo‘yicha jahon tajribasini o‘rganish, loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, pudrat ishlari bozorini shakllantirish, yangi texnika va texnologiyalarni, qurilish materiallari va qurilish-montaj ishlarining ilg‘or turlarini qo‘llash sabablarini asoslash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.4. Qurilish, arxitektura, shaharsozlik va loyihalash faoliyati sohasidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar, davlat normalari va standartlari monitoringi va ularni ishlab chiqish, davlat shaharsozlik kadastrini yuritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.5. Shaharlar va aholi yashash joylarini rejalashtirish va ularda imoratlar qurish normalari va qoidalariga rioya qilinishini ta’minlash, ularning arxitektura-rejalashtirish va arxitektura-badiiy sifatini yaxshilash, qimmatli arxitektura-shaharsozlik merosini saqlab qolish, arxitektura va shaharsozlikda milliy va madaniy an’analarni rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.6. Narx belgilash tizimini takomillashtirish, pudrat ishlari va qurilish materiallari bozorini shakllantirish, qurilishda shartnomaviy munosabatlarning ahamiyatini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.7. Loyihalashtirish, qurish va qurilish materiallari va konstruksiyalarini ishlab chiqarishda davlat shaharsozlik intizomiga, normalar va standartlarga rioya etilishini nazorat qilish, qurilish sifatini nazorat qilish, arxitektura-shaharsozlik, loyiha va loyiha-tender hujjatlari ekspertizasini o‘tkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.8. Qurilish, arxitektura va shaharsozlik sohasida xususiylashtirish jarayonlari chuqurlashishiga, xususiy firmalar tashkil etilishiga, o‘rta va kichik korxonalar, injiniring, konsalting, auditorlik, sug‘urta tarmoqlari va bozor infratuzilmasining boshqa tashkilotlari rivojlanishiga ko‘maklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.1. Investitsiya faoliyati, qurilish, arxitektura va shaharsozlik sohasida me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini, qonun hujjatlari va va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda respublika Hukumatiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.2. Qurilish sohasidagi ishlarning ahvolini kompleks texnik-iqtisodiy tahlil qiladi, tarmoqni rivojlantirish tamoyillarini o‘rganadi va qonuniyatlarni umumlashtiradi, qurilish, arxitektura va shaharsozlik sohasida davlat siyosati asoslarini ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.3. Budjet, ijtimoiy va kredit siyosati, kapital qurilishni mablag‘ bilan ta’minlash, tugallanmagan qurilish hajmlarini qisqartirish masalalari bo‘yicha respublika qonunlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.4. Manfaatdor vazirliklar, idoralar, davlat qo‘mitalari va joylardagi davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlari hamda hokimiyat organlari bilan birgalikda bozor iqtisodiyoti sharoitlarida qurilish tarmog‘ining tarkibiy, texnik va iqtisodiy siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.5. Qurilish, arxitektura, shaharsozlik, qurilish materiallari sanoati sohasida davlat normalari va qoidalarini ishlab chiqish, ro‘yxatdan o‘tkazish, tasdiqlash, ishga tushirish va qayta ko‘rib chiqish, loyiha hujjatlarini kelishish va ekspertiza qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.6. “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha respublika maqsadli dasturlarining shaharsozlik bo‘limlarini, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlarini va respublika budjeti loyihasiga takliflarni ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.7. Yagona ilmiy-texnika siyosati o‘tkazilishini ta’minlaydi, tarmoqni rivojlantirish konsepsiyasini, maqsadli ilmiy-texnika dasturlarini ishlab chiqadi, arxitektura va shaharsozlik, loyihalashtirish va qurish sohasida fanni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi, yangi istiqbolli qurilish materiallari, konstruksiyalari va texnologiyalari yaratishga doir ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini muvofiqlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.8. Arxitektura, qurilish, shaharsozlik, qurilish materiallari, konstruksiyalari, buyumlari, muhandislik asbob-uskunalari bo‘yicha smeta normalari, respublika standartlari, qurilish normalari va qoidalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.9. Qurilishda, qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlari sanoatida, boshqaruv va smeta bilan normalashtirishning iqtisodiy usullarini takomillashtirish ishlarini tashkil etadi, qurilishda hamda konstruksiyalar, detallar va buyumlar ishlab chiqarishda rioya etilishi majburiy bo‘lgan markaziy investitsiyalar hisobiga amalga oshiriladigan kapital qurilishdagi asosiy qurilish materiallari sarfi normalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.10. Respublikaning joylardagi manfaatdor boshqaruv va hokimiyat organlari bilan o‘zaro hamkorlikda shaharsozlik, loyihalashtirish va muhandislik izlanishlari sohasida gidroqurilish normativlari va qoidalari ishlab chiqilishini, shuningdek hududlar va yashash joylarida fuqaro mudofaasi bo‘yicha muhandislik-texnik tadbirlarni amalga oshiradi, ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarni tasdiqlaydi va chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.11. Qurilishda, qurilish materiallari sanoatida bozor infratuzilmasini barpo etishning iqtisodiy shart-sharoitlarini takomillashtirishga doir takliflarni tayyorlaydi, qurilish mahsulotiga narxlar bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi, mablag‘ bilan ta’minlashning markazlashtirilgan manbalari hisobiga amalga oshiriladigan ommaviy qurilish obyektlari qiymatini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.12. Hududlarning tabiiy-iqlim, demografik, milliy va mintaqaviy xususiyatlarini hisobga olgan holda uy-joylar va jamoat binolarining ko‘p martalab qo‘llaniladigan namunaviy loyiha yechimlarini, maqsadli, mintaqaviy va eksperimental loyihalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.13. Respublika maqsadli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha davlat buyurtmachisi funksiyasini belgilangan tartibda ta’minlaydi, ushbu dasturlarning ilmiy-texnik va tajriba-konstruktorlik ishlari bo‘limlarini shakllantirishda va amalga oshirishda hamda davlat ehtiyojlari uchun qurilish obyektlari ro‘yxatini shakllantirishda qatnashadi, ularning barpo etilishini nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.14. Qurilish, arxitektura, shaharsozlik va qurilish materiallari sanoati sohasida normalar va qoidalar, davlat standartlari va yo‘riqnomalar ishlab chiqilishini ta’minlaydi, ularni amalga kiritadi hamda chiqaradi, tushuntirishlar beradi, ularga rioya etilishi va qo‘llanilishini nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.15. Markazlashtirilgan manbalar va davlat budjeti mablag‘lari hisobiga mablag‘ bilan ta’minlanadigan ilmiy-tadqiqot va loyiha-qidiruv ishlari amalga oshirilishi strategiyasini shakllantiradi va ularning bajarilishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.16. Qurilishning smeta qiymatini aniqlashning asosiy prinsiplarini ishlab chiqadi, smeta-me’yoriy baza va moddiy resurslar sarfi me’yoriy ko‘rsatkichlari ishlab chiqilishini tashkil etadi, shuningdek respublika budjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan qurilish bo‘yicha buyurtmachi-quruvchi xizmati xarajatlariga mablag‘lar sarfi ustidan nazoratni amalga oshiradi.

6.18. Favqulodda vaziyatlar mintaqalarida halokat-tiklash ishlarini muvofiqlashtirishda qatnashadi, qurilayotgan va foydalanilayotgan binolar va inshootlar halokati sabablarini tekshirish tartibini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.19. Qurilish va qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida aksiyadorlik jamiyatlarining davlat mulkchiligiga biriktirilgan aksiyalarini ishonchli boshqaruvga berish to‘g‘risida takliflar tayyorlashda qatnashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.20. Kapital qurilishda davlat xaridlari tizimini, pudrat ishlari bozorini shakllantirish, ishlar va xizmatlarni bajaruvchilarni, moddiy-texnika resurslari yetkazib beruvchilarni hamma joyda tanlov (tender) bo‘yicha tanlashni joriy etishni, shartnoma munosabatlarini mustahkamlash, pudrat shartnomasini bajarishda majburiyatlar bajarilishi ta’minlanishi uchun mas’uliyatning turli shakllari va mexanizmlarini joriy etish ishlarini tashkil etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pudrat savdolari o‘tkazilishiga tashkiliy va uslubiy rahbarlik qiladi, ularni tayyorlash va o‘tkazish tartibini nazorat qiladi, tender hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazadi.
(6.20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-avgustdagi 305-sonli qarori asosida xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.21. Qurilish ishlab chiqarishida shartnomaviy narxlar va tariflar shakllantirilishiga doir uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqadi, narx siyosatini va qurilish mahsulotiga narx belgilashni prognozlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.22. Qurilishning texnik darajasi va industrlashtirilishini oshirish, qurilishda kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, ishlar sifatini yaxshilash, resurslarni tejash, qurilishda materiallar va mehnat sarfini kamaytirish, qurilish materiallarini loyihalashtirish va ishlab chiqarish ishlarini tashkil etishga ko‘maklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.23. Qurilish loyihalarining belgilangan tartibda kompleks davlat ekspertizasi o‘tkazilishini ta’minlaydi, to‘liq yoki qisman davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan korxonalar, binolar va inshootlar qurilishi, rekonstruksiya qilinishi va texnika bilan qayta jihozlanishi bo‘yicha loyihalarni, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi davlat buyurtmachisi bo‘lgan obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilishga doir loyiha-smeta hujjatlarini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.24. Shaharlar va aholi yashash joylarini rejalashtirish, ularning bosh rejalari sxemalari va loyihalari, boshqa arxitektura-rejalashtirish hujjatlari, hududlarni xavfli geologik jarayonlardan himoya qilishning qo‘riqlash zonalari va sxemalari loyihalari, seysmik mikrorayonlashtirish xaritalari ishlab chiqilishini nazorat qiladi va tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.25. Yer, uy-joy, arxitektura-shaharsozlik qonunchiligiga, aholi yashash joylari yerlaridan samarali va maqsadli foydalanilishiga rioya etishni nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.26. Kapital qurilish ehtiyojlari uchun ilg‘or texnologiyalar, asbob-uskunalar, priborlar, mashinalar, mexanizmlar va anjomlar joriy etilishi bo‘yicha takliflar tayyorlaydi, ularni ishlab chiqarish va o‘zlashtirish ishlarini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.27. Davlat shaharsozlik kadastri, obyektlarni texnik xatlash, shaharsozlik faoliyati obyektlari monitoringi yuritilishini ilmiy-uslubiy ta’minlashni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.28. Qurilish uchun muhandislik izlanishlari sohasida yagona texnika siyosatini amalga oshiradi, kapital qurilish uchun kompleks muhandislik izlanishlarining davlat fondi shakllanishi va yuritilishini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.29. Qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoati korxonalari tomonidan qurilish va ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi, qurilish obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazadi, qurilish normalari va qoidalari talablari, standartlar va texnik shartlar buzilgan, tasdiqlangan loyiha yechimlaridan chetga chiqqan holda zarur loyiha hujjatlarisiz amalga oshirilayotgan qurilishga belgilangan tartibda moliyaviy jazolar beradi, mahsulot ishlab chiqarilishini taqiqlaydi, obyektlar qurilishini to‘xtatib qo‘yadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.30. Shaharsozlik intizomiga, obyektlarni foydalanishga qabul qilib olish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, zaruriyat bo‘lganda materiallarni tartibni buzishda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.31. Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq loyihalashtirish, muhandislik izlanishlari, ekspertiza, qurilish, qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlari ishlab chiqarish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqini attestatsiyadan o‘tkazadi, sertifikatlar va litsenziyalar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.32. O‘z vakolatlari doirasida investitsiya jarayoni qatnashchilari o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqadi, ular bo‘yicha qarorlar qabul qiladi, takliflarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga yoki tegishli organlarga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.33. Qurilishni loyihalash va qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida korxonalar va tashkilotlarni xususiylashtirish masalalarini hal etishda qatnashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.34. Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari, shu jumladan chet elda ishlab chiqarilgan materiallar va buyumlarni sertifikatlaydi, qurilish tashkilotlari va qurilish industriyasi korxonalarini jihozlash uchun asbob-uskunalar xarid qilish masalalarini hal etishda qatnashadi hamda obyektlar qurilishi uchun xorijiy firmalar jalb qilinishining maqsadga muvofiqligini ko‘rib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.35. Qurilish, arxitektura, shaharsozlik va qurilish materiallari ishlab chiqarish masalalari bo‘yicha xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ilmiy-texnik va iqtisodiy hamkorlikni amalga oshiradi, ushbu sohadagi xalqaro hamkorlikda qatnashadi, xorijiy firmalar, korxonalar va tashkilotlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalar o‘rnatishda mahalliy korxonalar va tashkilotlarga ko‘maklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.36. Qurilish, qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlari sanoati sohasida statistika hisobotini takomillashtirish, binolar, inshootlar va qurilish texnikasining asosiy fondlarini qayta baholash bo‘yicha takliflar tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.37. O‘z vakolati doirasida arxitektura, shaharsozlik va qurilish sohasida mutaxassislar tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etadi, shuningdek qurilish kompleksi kadrlarini o‘qitadi, qayta tayyorlaydi va ularning malakasini oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.38. Respublika va mintaqaviy ko‘rgazma-yarmarkalar o‘tkazishni tashkil etadi, ular ishida qatnashadi, qurilishda ko‘rgazma ishini rivojlantirish va takomillashtirish masalalarida uslubiy va maslahat yordami ko‘rsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.39. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq “Davarxitektqurilish” qo‘mitasiga yuklangan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qo‘mitaga quyidagi huquqlar beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.1. Qurilish, arxitektura va shaharsozlik sohasida muhim xalq xo‘jaligi muammolarini ishlab chiqish va ko‘rib chiqish bo‘yicha idoralararo komissiyalar va kengashlar tashkil etish. Materiallarni ishlab chiqishga ilmiy-tadqiqot, texnologik, loyiha-konstruktorlik tashkilotlari, oliy o‘quv yurtlari va boshqa muassasalarning xodimlarini, shuningdek alohida olimlar va mutaxassislarni jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.2. Vazirliklar, idoralar, davlat qo‘mitalari, konsernlar va uyushmalarda, ilmiy-tadqiqot muassasalarida, loyihalash, qidiruv, qurilish tashkilotlarida va korxonalarda arxitektura va shaharsozlik sohasida ilmiy-tadqiqotlar dasturlari bajarilishini, loyihalash va qurilishning texnik darajasini, ishlarni standartlashtirish va sertifikatlash ishlari tashkil etilishini, bajarilayotgan qurilish-montaj ishlari, ishlab chiqarilayotgan qurilish konstruksiyalari, buyumlari va materiallari sifatini, shuningdek qurilish texnikasidan foydalanish samaradorligini tekshirishni belgilangan tartibda o‘tkazish, vazirliklar, idoralar, davlat qo‘mitalari hamda respublika davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlari va ularga qarashli tashkilotlar rahbarlarining ushbu masalalar bo‘yicha axborotlari va xabarlarini eshitish, tekshirishlar, axborotlar va xabarlar natijalari bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.3. Materiallarni obyektlarni foydalanishga qabul qilish qoidalari buzilganligi uchun huquqni muhofaza qilish organlariga va qurilishi tugallanmagan obyektlarni foydalanishga topshirish statistika hisobotidan chiqarish uchun statistika organlariga berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.4. Vazirliklar, idoralar, davlat qo‘mitalari hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlarining, shuningdek ularga qarashli tashkilotlarning qurilish, arxitektura va shaharsozlik masalalari bo‘yicha qonun hujjatlariga zid me’yoriy-huquqiy hujjatlarining amal qilishini to‘xtatib qo‘yish yoki to‘xtatish yoxud bekor qilish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.5. O‘z faoliyati uchun zarur bo‘lgan statistika axborotini statistika organlaridan olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.6. “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi huzurida amaldagi qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan yangi texnologiyalarni va arxitektura-loyiha yechimlarini joriy etish bo‘yicha xo‘jalik hisobidagi korxonalar, uyushmalar va boshqa tuzilmalarni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi qurilish sohasida ilmiy-texnika taraqqiyotini jadallashtirishga qaratilgan yagona texnika siyosati o‘tkazilishi, shaharsozlik, shaharlar va aholi yashaydigan joylarning arxitektura qiyofasi yaxshilanishi, loyiha-smeta ishlari takomillashtirilishi, loyihalash va qurilish ishlab chiqarishi bilan bog‘liq bo‘lgan fanning rivojlantirilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari barcha vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlari, idoraviy bo‘ysunishi va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, birlashmalar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi zarur hollarda respublikaning boshqa vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari bilan birgalikda belgilangan tartibda qarorlar qabul qiladi va qo‘shma me’yoriy hujjatlar chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Davarxitektqurilish” qo‘mitasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Rais boshchilik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi raisining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan o‘rinbosarlari bo‘ladi. Rais o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni Rais taqsimlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Rais “Davarxitektqurilish” qo‘mitasiga yuklangan vazifalar va majburiyatlarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi, Qo‘mita faoliyatining alohida yo‘nalishlariga rahbarlik qilishda rais o‘rinbosarlarining, Qo‘mita tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining javobgarligi darajasini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi Raisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi ishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq o‘z vakolati doirasida “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi xodimlari, shuningdek “Davarxitektqurilish” qo‘mitasiga qarashli korxonalar va tashkilotlar bajarishi majburiy bo‘lgan qarorlar, farmoyishlar va buyruqlar chiqaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati organlarida, shuningdek xalqaro tashkilotlarda “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi nomidan vakillik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi faoliyati masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini va takliflarni ko‘rib chiqish uchun belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davarxitektqurilish” qo‘mitasining alohida o‘rnak ko‘rsatgan davlat xizmatchilari va xodimlarini, qurilish sohasi xodimlarini O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlari bilan mukofotlash uchun O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda idoraviy mukofotlarni tasdiqlaydi, ushbu mukofotlar to‘g‘risidagi nizomni va ularning tavsifini tasdiqlaydi, qurilish, qurilish materiallari sanoati sohasida mehnat qilayotgan xodimlarni tarmoq faxriy nishonlari va faxriy yorliqlari bilan mukofotlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davarxitektqurilish” qo‘mitasiga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ustavlari (nizomlari)ni belgilangan tartibda tasdiqlaydi, ularning rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi, korxonalar va tashkilotlar rahbarlari bilan kontraktlarni O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq tuzadi, o‘zgartiradi va bekor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi xodimlarini xizmat safarlariga, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safarlariga yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi xodimlarini huquqiy va ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash masalalarini o‘z vakolati doirasida hal etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qo‘mitada Rais (hay’at raisi) va lavozimlari bo‘yicha rais o‘rinbosarlari hamda Qo‘mita va uning tarkibiy bo‘linmalarining boshqa rahbar xodimlaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi hay’ati a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Qo‘mita hay’ati o‘zining muntazam o‘tkaziladigan majlislarida arxitektura, shaharsozlik va qurilish sohasidagi arxitektura va shaharsozlik darajasini oshirishga, kapital qurilishda ilmiy-texnika taraqqiyotini jadallashtirishga, qurilishni takomillashtirishga qaratilgan yagona ilmiy-texnika siyosatini o‘tkazishning asosiy masalalarini hamda Qo‘mita faoliyatining boshqa masalalarini ko‘rib chiqadi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tizimidagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga amaliy rahbarlik qilish masalalarini, muhim qarorlar, buyruqlar, qoidalar, yo‘riqnomalar va boshqa me’yoriy hujjatlar loyihalarini muhokama qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hay’at qarorlari Qo‘mita Raisining buyruqlari bilan hayotga joriy etiladi. Rais bilan hay’at o‘rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda Rais paydo bo‘lgan kelishmovchiliklar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ma’lum qilgan holda o‘z qarorini hayotga joriy etadi, hay’at a’zolari esa, o‘z navbatida, o‘z fikrlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ma’lum qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. “Davarxitektqurilish” qo‘mitasida arxitektura, shaharsozlik va kapital qurilishda ilmiy-texnika taraqqiyotining muammolarini hal etishning eng maqbul yo‘llarini ko‘rib chiqish va izlash uchun ilmiy-texnika kengashi tuziladi. Ilmiy-texnika kengashiga Qo‘mita raisi boshchilik qiladi. Kengashning shaxsiy tarkibi va uning to‘g‘risidagi Nizom Qo‘mita raisi tomonidan tasdiqlanadi. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, konsernlar, uyushmalar va boshqa tashkilotlarning mutaxassislari ilmiy-texnika kengashida ishlashga jamoatchilik asosida jalb qilinishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar arxitektura va qurilish hududiy davlat organlari, Davlat ekspertizasi bosh boshqarmasi, Davlat arxitektura-qurilish nazorati organlari, Pudrat savdo (tender)larini tashkil etish boshqarmasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tuzilmasiga kiradi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi ular faoliyatiga rahbarlik qilish va muvofiqlashtirishni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari, tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish to‘g‘risidagi qaror tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining hamda tegishli tarkibiy bo‘linma rahbarining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Raisi tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining, viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalarining shtat jadvalini o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi hamda moliya organlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Qo‘mita markaziy apparatining tuzilmasi va xodimlari soni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Rais belgilangan xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida Qo‘mita markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda o‘zgartishlar kiritish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi markaziy apparati xarajatlarini mablag‘ bilan ta’minlash davlat boshqaruvi uchun nazarda tutilgan davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi markaziy apparatining shtat jadvali, shuningdek uning tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlar va ularning shtatdagi xodimlari soni, ular moliya organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin, Rais tomonidan tasdiqlanadi. Davlat arxitektura-qurilish nazorati bosh boshqarmasi va Davlat ekspertizasi bosh boshqarmasi to‘g‘risidagi nizomlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda jurnallar, gazetalar ta’sis etadi va nashr qiladi hamda radio va televideniyeda mavzular dasturlari shakllantirilishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga, tegishli muhrlar, shtamplar va banklarda hisobraqamlariga ega bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 27-apreldagi 165-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 27-apreldagi 165-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
8-noyabrdagi 492-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat arxitektura-qurilish nazorati bosh boshqarmasi (“Boshdavarxitektqurilishnazorat”) to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat arxitektura-qurilish nazorati bosh boshqarmasi (“Boshdavarxitektqurilishnazorat”) O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Boshdavarxitektqurilishnazorat” boshqarmasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining qarorlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar “Boshdavarxitektqurilishnazorat” boshqarmasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish sohasida tiklanayotgan binolar va inshootlarning, ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallari, buyumlar va konstruksiyalarining me’yoriy-texnik va loyiha hujjatlariga muvofiqligi, shuningdek qurilishning barcha bosqichlarida uni amalga oshirish texnologiyasiga rioya qilinishi qurilish qatnashchilari tomonidan ta’minlanishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishda standartlashtirish va qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini sertifikatlash ishlarini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududida qurilish sifati ustidan nazoratni tashkil etish va amalga oshirish masalalari bo‘yicha uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlar qurilishi sifati ustidan nazoratni ta’minlashda investitsiya jarayoni qatnashchilariga maslahatlar va amaliy yordam berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar “Davarxitektqurilishnazorat” inspeksiyalari faoliyatini muvofiqlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Boshdavarxitektqurilishnazorat” bosh boshqarmasi o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish Respublika kengashi bilan kelishgan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarining hamda bajarilayotgan qurilish-montaj ishlarining me’yoriy-texnik va tasdiqlangan loyiha hujjatlariga muvofiqligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish qatnashchilari tomonidan me’yoriy-texnik va loyiha hujjatlarida nazarda tutilgan sinovlar, s’yomkalar, o‘lchashlarning o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishini, shuningdek zarur texnik-ijro hujjatlarining yuritilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan loyihalarning amalga oshirilishini hamda aholi punktlarini qurish bosh loyihalariga va arxitektura-qurilish yechimlari bo‘yicha texnik talablarga rioya qilinishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalash tashkilotlari va pudratchida faoliyat turlarini va ishlarni amalga oshirish uchun belgilangan tartibda berilgan litsenziyalar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tomonidan belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha tasdiqlangan hujjatlar mavjudligini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Binolar, inshootlar, ularning qismlari va tarkibiy elementlari buzilishi sabablarini tekshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq buzilish holatlari va buzilishlarning sabablarini tekshiruvchi texnik komissiyalar ishida qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qurilish mahsulotlari sifatini ta’minlash, qurilish qonun hujjatlariga rioya qilish masalalari bo‘yicha davlat nazoratining boshqa organlari, ilmiy-tadqiqot, loyihalash va jamoat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) o‘tkaziladigan nazorat natijalarini umumlashtiradi va tahlil qiladi, me’yoriy talablar, uslubiy va yo‘riqnoma hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) qurilish sohasidagi buzilishlar uchun O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq jazolar qo‘llash bo‘yicha takliflar kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) qurilish obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazadi va qurilish-montaj ishlarini boshlashga ruxsat beradi;
(“e” kichik band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-avgustdagi 305-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) mavjud binolar va inshootlarning texnik holatini ularning tiklanishi yoki rekonstruksiya qilinishi bo‘yicha tekshirishni amalga oshiradi, xulosalar beradi, zarur hollarda, bajarilgan qurilish-montaj ishlari hajmlarining nazorat o‘lchashlarida qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) qurilish industriyasi korxonalari va qurilish tashkilotlari laboratoriyalarida qurilish materiallari va konstruksiyalari sinovlarini o‘tkazishning uslubiy asosini yaratadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) qurilishda standartlashtirish va qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini sertifikatlash bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) qurilish normalari va qoidalari, davlat standartlari talablarining muntazam ravishda qo‘pol buzilishiga yo‘l qo‘ygan tashkilotlar va korxonalarga muhandislik-texnik izlanishlar o‘tkazish uchun va ishlab chiqarish, fuqarolar turar-joylari va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi binolarni loyihalash uchun berilgan litsenziyalarni bekor qilish yoki ularning amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasiga belgilangan tartibda taqdimnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Boshdavarxitektqurilishnazorat” boshqarmasi quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 3 va 4-bandlarida bayon qilingan vazifalar va funksiyalarni bajarish maqsadida tashkilotlarda, qurilish obyektlarida hamda qurilish materiallari va konstruksiyalari ishlab chiqaruvchi va korxonalarda bo‘lish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha-smeta, texnologiya va ijro hujjatlarini hamda qo‘llanilayotgan materiallar, buyumlar va konstruksiyalar hamda bajarilayotgan qurilish-montaj ishlari sifatini tekshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa materiallarni loyihalash, pudrat tashkilotlari va buyurtmachi tashkilotlardan tanishish uchun olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konstruksiyalarning ayrim elementlarini ochishni, tagzamindagi tuproqni sinashni va qayta yopib qo‘yishni, materiallar, muhandislik tizimlarini sinab ko‘rishni pudrat tashkilotlariga yuklash, zarur bo‘lganda ekspertlarni jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilib olish bo‘yicha komissiyalar ishida qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishda standartlashtirish va qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini sertifikatlash bo‘yicha ishlarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan qonun bilan belgilangan xatti-harakatlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘l qo‘yilgan buzilishlarni bartaraf etish to‘g‘risida o‘z vakolatlari doirasida qurilish qatnashchilari va materiallarni tayyorlovchilar bajarishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va davlat qo‘mitalari hamda boshqa tashkilotlarning obyektlar qurilishi sifatini nazorat qiluvchi ishlab chiqarish xizmatlari hamda sinov laboratoriyalari ishini tanlab nazoratdan o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalash tashkilotlarining mualliflik nazoratini yuritish ishlarini, buyurtmachining texnik nazoratni amalga oshirish bo‘yicha ishlarini tekshirish va mualliflik hamda texnik nazorat sifatsiz olib borilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ularga nisbatan jazolar qo‘llash to‘g‘risida tegishli tashkilotlarga takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davarxitektqurilish” qo‘mitasiga belgilangan tartibda moliyaviy jazolar qo‘llash to‘g‘risida taqdimnomalar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat standartlari va texnik shartlar buzilganligi aniqlanganda yoki transportda tashish va saqlash jarayonida shikastlangan qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlarini ishlab chiqarish, sotish va qo‘llashni, me’yoriy talablar va tasdiqlangan loyiha yechimlari qo‘pol ravishda buzilishi oqibatida mustahkamlik va chidamlilik darajasi pasayishiga olib kelgan, shuningdek binolar va inshootlarning halokatga uchrashi xavfi tug‘ilgan, obyektlar o‘zboshimchalik bilan qurilgan hollarda qurilish-montaj ishlarini davom ettirishni to‘xtatib qo‘yish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi va pudratchining tashkilotlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish va bajarilayotgan ishlar sifati sohasida qonun hujjatlarini buzayotgan mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilayotgan obyektlarda loyihalar, normalar va standartlar talablarining bajarilishini muntazam ravishda ta’minlamayotgan rahbarlarni, shuningdek, ish sifati, mualliflik va texnik nazorat ustidan nazoratni qoniqarsiz amalga oshirayotgan xodimlarni lavozimdan ozod qilish to‘g‘risida taqdimnomalar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bajarilgan qurilish-montaj ishlarining sifati va qurilish obyektlarining holati haqida ekspert xulosalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilishda qoidalar buzilganligi to‘g‘risidagi materiallarni tegishli organlarga va qabul qilish qoidalari buzilgan holda topshirilgan obyektlarni statistika hisobotidan chiqarib tashlash to‘g‘risidagi materiallarni statistika organlariga berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Obyektlardagi tekshirishlar pudratchi va buyurtmachi vakillari ishtirokida o‘tkaziladi. Ushbu maqsadlar uchun loyihalash tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning mutaxassislari jalb qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu tekshirishlarni amalga oshirish uchun pudratchilar va buyurtmachilar tomonidan zarur shart-sharoitlar yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirish natijalari bo‘yicha ishlarni bajarish daftarida yozuvlar qayd etiladi, zarurat bo‘lganda yozma ko‘rsatmalar beriladi va dalolatnomalar tuziladi, ularga “Boshdavarxitektqurilishnazorat” boshqarmasi organlari inspektorlari, buyurtmachi va pudratchining vakillari imzolaydilar. Tekshirish qatnashchilari dalolatnomada bayon qilingan xulosalarga rozi bo‘lmagan taqdirda, uni o‘z e’tirozlarini qayd etgan holda imzolashlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Boshdavarxitektqurilishnazorat” boshqarmasi organlari inspektorlari o‘z vazifalarini bajarishda davlat nazoratining boshqa organlari, soliq inspeksiyalari, bank muassasalari, prokuratura organlari, sudlar, hokimliklar xizmatlari, iste’molchilar jamiyatlari va axborot organlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Boshdavarxitektqurilishnazorat” boshqarmasi mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari ustidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasiga yoki xo‘jalik sudiga shikoyat qilish mumkin. Shikoyat va da’vo arizalari berish “Boshdavarxitektqurilishnazorat” boshqarmasi isnpektorlari tomonidan berilgan yozma ko‘rsatmalar va talablarning bajarilishini to‘xtatib qo‘ymaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Boshdavarxitektqurilishnazorat” boshqarmasi organlari inspektorlari g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari va yetkazilgan zarar uchun O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Boshdavarxitektqurilishnazorat” boshqarmasi va uning hududiy organlarining moliyaviy faoliyati belgilangan tartibda buyurtmachilar bilan tuziladigan shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyalari “Boshdavarxitektqurilishnazorat” boshqarmasi tizimiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Davarxitektqurilishnazorat” inspeksiyalari to‘g‘risidagi Namunaviy nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlat arxitektura-qurilish nazorati bosh boshqarmasiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq rahbarlik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 27-apreldagi 165-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1999-y., 11-son, 63-modda)