Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining
buyrugʻi
Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shakli va undan tushgan mablagʻlarni taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 13-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2431-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-son “Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda 2017-yil 28-apreldagi PQ-2932-son “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 347-son “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2017-yil 20-iyundagi 393-son “Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish, talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2012-yil 28-dekabrdagi 508-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2431, 2013-yil 26-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 9-son, 120-modda) bilan tasdiqlangan Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shakli va undan tushgan mablagʻlarni taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir I. MADJIDOV
Toshkent sh.,
2017-yil 28-avgust,
5-2017-son
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2017-yil 28-avgustdagi 5-2017-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shakli va undan tushgan mablagʻlarni taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 2-band “qabul kvotalari doirasida” degan soʻzlardan keyin “hamda qabul kvotalaridan tashqari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. 3-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Xorijiy fuqarolarni Toshkent davlat yuridik universitetiga oʻqishga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 347-son “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.”;
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
3. 10-banddan “(Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega boʻlmagan xorijiy fuqarolar uchun Oʻzbekiston Respublikasi banklarida chet et valyutasini milliy valyutaga ayirboshlaganligi toʻgʻrisida tegishli hujjat bilan)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
4. 21-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan moddiy yordam sifatida talabalarini oʻqitish uchun toʻlovlar qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.”.
5. 22-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Qoʻshimcha oshirilgan toʻlov-kontrakt asosida qabul qilingan abituriyentlarning birinchi oʻquv yili uchun toʻlovi Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.”.
6. 23-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“23. Xorijiy fuqarolarni oʻqitish uchun belgilangan toʻlovlar milliy valyutada amalga oshiriladi, qonun hujjatlariga muvofiq toʻlovlar chet el valyutasida amalga oshirilishi mumkin boʻlgan holatlar bundan mustasno.”.
7. 24-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oshirilgan toʻlov-kontrakt miqdori Davlat komissiyasining qarori hamda oliy taʼlim muassasasining abituriyentlarni darslarga qatnashishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi buyrugʻi qabul qilingan sanadan qatʼi nazar, toʻliq toʻlanadi.”.
8. 27-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“27. Talaba oʻquv intizomini va oliy taʼlim muassasasining ichki tartib-qoidalarini buzganligi, bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi yoki oʻqitish uchun belgilangan miqdordagi toʻlovni oʻz vaqtida amalga oshirmaganligi sababli talabalar safidan chetlashtirilganda yoxud belgilangan muddatlarda fanlarni oʻzlashtira olmaganligi (akademik qarzdor boʻlganligi) sababli kursdan qoldirilganda oliy taʼlim muassasasi tomonidan uning tegishli oʻquv semestri uchun amalga oshirilgan toʻlovi qaytarib berilmaydi.”.
9. 30-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Belgilangan muddatlarda fanlarni oʻzlashtira olmagan (akademik qarzdor boʻlgan) talaba kursdan qoldirilganda toʻlov miqdori oʻqishi davom etadigan oʻquv semestri uchun amalga oshiriladi.”.
10. 42-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“42. Oliy taʼlim muassasalarida oʻqitishning kontrakt shaklidan tushgan mablagʻlar boʻyicha daromadlar va xarajatlar smetalarini tuzish Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2634, 2014-yil 15-dekabr), shuningdek mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.”.
11. 57-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“57. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida oʻqitishning kontrakt shaklidan tushgan mablagʻlar boʻyicha daromadlar va xarajatlar smetalarini tuzish Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2634, 2014-yil 15-dekabr), shuningdek mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.”.
12. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati hamda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri B. XODJAYEV
2017-yil 28-avgust
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
2017-yil 28-avgust
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ShADMANOV
2017-yil 28-avgust
Madaniyat vaziri M. MURATOV
2017-yil 10-avgust
Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi raisi R. KURBANOV
2017-yil 28-avgust
Tashqi ishlar vaziri A. KOMILOV
2017-yil 28-avgust
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z. MIRZAYEV
2017-yil 28-avgust
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri v. b. Sh. ShERMATOV
2017-yil 28-avgust
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
2017-yil 28-avgust
Markaziy banki raisi M. NURMURATOV
2017-yil 28-avgust
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi A. NURIDINOV
2017-yil 28-avgust
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A. RAMATOV
2017-yil 28-avgust
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi bosh direktori Q. SANAQULOV
2017-yil 28-avgust
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 10/17/2431-1/0109-son)