Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 18-maydagi PF-5044-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 18-maydagi PQ-2972-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 18-maydagi PF-5044-son Farmoniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 18-maydagi PQ-2972-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida kichik gidroenergetikani rivojlantirish toʻgʻrisida” 1995-yil 28-dekabrdagi 476-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 19-sentabr,
743-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-sentabrdagi 743-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 21-iyundagi 290-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2004-y., 25-son, 288-modda):
a) nomidagi “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” soʻzlari “Oʻzbekenergo” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1 va 8-bandlardagi “davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” soʻzlari “AJ” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
v) 2-bandning birinchi xatboshida:
“davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” soʻzlari “AJ” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
“GES” qisqartmasi chiqarib tashlansin;
g) 4-bandda:
birinchi xatboshidagi “davlat-aksiyadorlik kompaniyasining” soʻzlari “AJning” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “va koʻmir” soʻzlari chiqarib tashlansin;
uchinchi — beshinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
elektr energetikasini (gidroenergetikadan tashqari) rivojlantirishning qisqa muddatli va uzoq muddatli prognozlarini hamda maqsadli dasturlarini ishlab chiqish, elektr energiyasi ishlab chiqarish va isteʼmol qilish balanslarini shakllantirishda qatnashish;
zamonaviy asbob-uskunalar va ilgʻor texnologiyalar negizida, shu jumladan xorijiy investitsiyalar hisobiga ishlab chiqaruvchi quvvatlarni (gidroenergetikadan tashqari) va elektr tarmoqlarini rekonstruksiya qilish, modernizatsiyalash, texnika bilan qayta jihozlash va yanada rivojlantirish;
elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarishda koʻmirdan ustun darajada foydalanish, energiyaning tiklanadigan (gidroenergetikadan tashqari), shu jumladan noanʼanaviy manbalarini rivojlantirish va joriy etish”;
sakkizinchi xatboshidagi “kompaniyaning” soʻzi “Oʻzbekenergo” AJning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi xatboshidagi “va koʻmir sanoati” “(gidroenergetikadan tashqari)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obyektlaridan samarali va oqilona foydalanish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2015-yil 9-oktabrdagi 289-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 41-son, 528-modda):
a) Davlat organlariga operativ boshqarish uchun, shuningdek tashkilotlarga keyinchalik samarali foydalanish uchun bepul beriladigan davlat mulki obyektlari roʻyxatining 221-pozitsiyasi chiqarib tashlansin;
b) Xoʻjalik boshqaruvi organlari ustav kapitaliga beriladigan davlat aktivlari roʻyxatining 39, 43, 49 va 51-pozitsiyalari chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-yanvardagi 15-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2016-y., 4-son, 35-modda) bilan tasdiqlangan Loyihalash tashkilotlarida davlat nomidan aksiyador (qatnashchi) funksiyalarini amalga oshiruvchi hamda “ToshuyjoyLITI” AJ, “Issiqlikelektrloyiha” AJ va “Energotarmoqloyiha” AJdagi muassislar ulushlarini ularga sotadigan vazirliklar va idoralar roʻyxatining 24-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2015-yil 21-dekabrdagi PQ-2454-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2016-yil 10-fevraldagi 33-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2016-y., 6-son, 56-modda):
a) Ustav kapitalidagi kamida 15 foiz ulushi, shu jumladan qoʻshimcha aksiyalarni chiqarish yoʻli bilan, xorijiy investorlarga sotiladigan aksiyadorlik jamiyatlarining roʻyxatida:
22 va 26-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
28-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi “Oʻzbekgidroenergo” AJ” boʻlimi qoʻshilsin:
|
“ |
“Oʻzbekgidroenergo” AJ |
| ||
|
281. |
“Oʻzbekgidroenergoqurilish” AJ |
Toshkent shahri |
||
|
282. |
“Gidromaxsusqurili�” AJ |
Toshkent shahri |
”; | |
b) Strategik xomashyoni ishlab chiqarish va dastlabki qayta ishlash sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi aksiyadorlik jamiyatlarining, shuningdek tabiiy monopoliyalar subyektlarining hamda ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan tovarlar va xizmatlarni tartibga solib boriladigan narxlar boʻyicha yetkazib beruvchilarning roʻyxatida:
194-pozitsiya chiqarib tashlansin;
279-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi “Oʻzbekgidroenergo” AJ” boʻlimi qoʻshilsin:
|
“ |
“Oʻzbekgidroenergo” AJ |
|||
|
280. |
“Gidroloyiha” AJ |
Toshkent shahri |
”. | |
5. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-yanvardagi 61-f-son farmoyishi 3-bandi “b” kichik bandining ikkinchi xatboshidagi “18-son qurilayotgan korxonalar davlat unitar birlashgan direksiyasi” soʻzlari “Toshkent suv qurilish invest” DUK” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 38-son, 1053-modda)