10.02.2016 yildagi 33-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2015-yil 21-dekabrdagi PQ-2454-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2015-yil 21-dekabrdagi PQ-2454-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni keng jalb etish, ularning korporativ boshqaruvda, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashda, sifatli, raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni va ularni tashqi bozorlarga yetkazib berishni tashkil etishda faol ishtirok etishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitallaridagi davlat aktivlari va ulushlarini qisqartirish hisobiga iqtisodiyotda davlat ishtirokini tubdan kamaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav kapitalidagi davlat ulushining kamida 15 foizi xorijiy investorlarga sotiladigan aksiyadorlik jamiyatlarining ro‘yxati 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav kapitalidagi kamida 15 foiz ulushi, shu jumladan qo‘shimcha aksiyalarni chiqarish yo‘li bilan, xorijiy investorlarga sotiladigan aksiyadorlik jamiyatlarining ro‘yxati 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish va strategik xomashyoni dastlabki qayta ishlash sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi aksiyadorlik jamiyatlarining, shuningdek tabiiy monopoliyalar subyektlarining hamda ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tovarlar va xizmatlarni tartibga solib boriladigan narxlar bo‘yicha yetkazib beruvchilarning ro‘yxati 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni tizimli ravishda monitoringini olib borish va monitoring natijalari bo‘yicha hisobotlarni Vazirlar Mahkamasiga kiritib borishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitallaridagi belgilangan muddatlarda sotilmagan davlat ulushlarini keyinchalik tasarruf etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritilishini ta’minlasin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari O‘zbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda ushbu qarorga 1 va 2-ilovalarga kiritilgan aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalari paketlarini xatlovdan o‘tkazish va baholash uchun zarur bo‘lgan kadastr hujjatlarining to‘liq hajmda tayyorlanishini o‘n kun muddatda ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari rahbarlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik boshqaruvi organlarining taqdim etilgan takliflari asosida ushbu qarorning 1 va 2-ilovalariga kiritilgan aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etish jadvallarini o‘n kun muddatda tasdiqlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etish jadvallarini bajarilishining borishi yuzasidan doimiy nazorat o‘rnatsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, ushbu qarorga 1 va 2-ilovalarda ko‘rsatilgan aksiyadorlik jamiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
potensial xorijiy investorlarni qidirib topish va aksiyadorlik jamiyatlariga jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasini, ommaviy axborot vositalarini, shu jumladan xorijiy ommaviy axborot vositalarini jalb etgan holda, shuningdek Internet tarmog‘ida aksiyalar paketlarini sotish va beriladigan imtiyozlar va preferensiyalar to‘g‘risidagi axborotlarni keng yoritish chora-tadbirlari amalga oshirilishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xo‘jalik boshqaruvi organlari va aksiyadorlik jamiyatlari muassislari bilan birgalikda, o‘zlarining ustav kapitallarida xorijiy investorlarni kamida 15 foiz miqdoridagi ulushlar bilan qatnashishga jalb etishni belgilangan muddatlarda ta’minlamagan aksiyadorlik jamiyatlarini boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarga aylantirishni 2016-yil 1-dekabrgacha bo‘lgan muddatda ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2015-yil 21-dekabrdagi PQ-2454-son qarorining 8-bandida belgilangan muddatda qonun hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ko‘rsatib o‘tilgan qarorida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari va preferensiyalari berishga doir tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar taqdim etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — moliya vaziri R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 10-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-fevraldagi 33-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 12-oktabrdagi 398-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 10-son, 39-modda) bilan tasdiqlangan Xoldinglar to‘g‘risidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) I bo‘limning 1-bandi birinchi xatboshidagi “ochiq” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) III bo‘limning 3-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi va uning hududiy organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) IV bo‘limning 1-bandidagi “Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 26-oktabrdagi 452-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 10-son, 39-modda) bilan tasdiqlangan Ulgurji qishloq xo‘jaligi bozori to‘g‘risidagi Namunaviy nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-banddagi “ochiq turdagi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 22-banddagi “ochiq” so‘zi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-apreldagi 196-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatli qog‘ozlar bozorida hisob-kitob-kliring palatalari to‘g‘risidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bandning to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“investitsiya vositachilarining va (yoki) Markaziy depozitariyning elektron topshiriqlari yoxud hisob-kitob-kliring palatasining boshqa a’zolari tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida “to‘lovga qarab yetkazib berish” tamoyili bo‘yicha bitishuvlar natijalariga ko‘ra majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi 71 va 72-bandlar qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“71. Uchinchi shaxslarning, shu jumladan sudlarning va boshqa davlat organlarining qimmatli qog‘ozlar savdolari tashkilotchisi majburiyatlari bo‘yicha talablari hisob-kitob-kliring palatasining talab qilib olinguncha ikkilamchi depozit hisob raqamidagi savdolar qatnashchilarining pul mablag‘lari hisobiga qondirilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Qimmatli qog‘ozlar bilan bitimlar natijalari bo‘yicha hisob-kitob-kliring palatasining talab qilib olinguncha ikkilamchi depozit hisob raqamiga pul mablag‘larini qabul qilishda va o‘tkazishda vakolatli bank tomonidan vositachilik xizmatlari haqi undirilmaydi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y ., 10-son, 77-modda) bilan tasdiqlangan Korxonalardagi ichki audit xizmati to‘g‘risidagi nizomning 1-bandi birinchi xatboshidagi “1 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan korxonalarda” so‘zlaridan keyin “shuningdek aktivlarning balans qiymati eng kam oylik ish haqining yuz ming baravaridan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarida” so‘zlari qo‘shilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 619-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/619/0968-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fond bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 19-martdagi PQ-1727-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2012-yil 22-maydagi 140-son qarorining 1-bandi beshinchi xatboshidagi “fond bozorini yanada rivojlantirish uchun” so‘zlaridan keyin “shu jumladan “Eng yaxshi korporativ boshqaruv”, “Eng yaxshi investitsiya vositachisi” va “Eng yaxshi investitsiya konsultanti” har yilgi tanlovini o‘tkazish uchun, shuningdek korporativ boshqaruv va moliya bozori sohasida xalqaro konferensiyalar, “davra suhbatlari” va seminarlar o‘tkazish uchun” so‘zlari qo‘shilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 8-son, 61-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi bozorlarida savdo faoliyatini tashkil etish qoidalarining 7-bandidagi “ochiq” so‘zi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasining “Zarar ko‘rib ishlayotgan, iqtisodiy nochor va past rentabelli tashkilotlarning foydalanilmayotgan hududlari va ortiqcha ishlab chiqarish maydonlarini yanada optimallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 15-iyuldagi 192-son qaroriga 3-ilovadagi 42-pozitsiya chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obyektlaridan samarali va oqilona foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2015-yil 9-oktabrdagi 289-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19 va 104-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
185-pozitsiyadagi “O‘zavtosanoat” AK” so‘zlari “O‘zavtosanoat” AK” (“QIZIL SUV” ShARBATI)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
193 — 194-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
226-pozitsiyadagi “27,22%” raqamlari “1,37%” raqamlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-pozitsiya chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-pozitsiyadagi “O‘zbekiston qattiq qotishmalar va o‘tga chidamli metallar kombinati” AJ” so‘zlari ““O‘zbekiston qattiq qotishmalar va o‘tga chidamli metallar kombinati***” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60-pozitsiyadagi “Kogon-yog‘” so‘zlari ““O‘zpaxtayog‘” so‘zi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62-pozitsiyadagi “Qizilqumsement” AJ” so‘zlari “O‘zqurilishmateriallari” AK” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi izoh qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“*** Davlat aktivlarini o‘tkazish aksiyalarni nominal qiymati bo‘yicha qo‘shish va konvertatsiya qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-fevraldagi 33-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarish tizimini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 22-avgustdagi 361-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 8-son, 31-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “1999-2000-yillarda xususiylashtirishni chuqurlashtirish va davlat mulkini sotishdan mablag‘lar tushishini ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 17-dekabrdagi 525-son qaroriga 8-ilovaning 8-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “2001-2002-yillarda xorijiy investorlarni jalb etgan holda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bo‘yicha kelgusidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2001-yil 9-martdagi 119-son qaroriga 6-ilova II bo‘limining 15-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 17-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Xususiylashtirilgan korxonalarni korporativ boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 19-apreldagi 189-son qarori 1-bandining ikkinchi va beshinchi xatboshi, shuningdek uning 1, 4-ilovalari hamda 5-ilovaning 3-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 32-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida” 2008-yil 22-iyuldagi O‘RQ-163-son hamda “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-son qonunlari)” 2009-yil 22-dekabrdagi 323-son qaroriga ilovaning 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 12-son, 79-modda).
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 6-son, 56-modda, 21-son, 236-modda, 2016-y., 32-son, 388-modda; 2017-y., 4-son, 51-modda, 6-son, 78-modda, 26-son, 593-modda, 26-son, 593-modda, 38-son, 1053-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son, 09.10.2018-y., 09/18/806/2014-son; 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son, 10.04.2019-y., 09/19/289/2912-son, 22.04.2019-y., 09/19/341/2992-son; 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son; 31.10.2020-y., 09/20/666/1433-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/619/0968-son)