Mamlakatimizning gidroenergetika salohiyatidan samarali foydalanish, suv-energetika resurslarini boshqarishning yagona tizimini shakllantirish, elektr energiya ishlab chiqarish tarkibida qayta tiklanadigan gidroenergetika resurslari ulushini izchil oshirish, yangi ekologik toza energiya hosil qiluvchi quvvatlarni tashkil etish, mavjud gidroelektrostansiyalarni texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, gidroenergetikani rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish va shu asosda korxonalar va aholining elektr energiyaga bo‘lgan ehtiyojini yanada to‘laroq qondirishni ta’minlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyatining:
“O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyatining gidroelektrostansiyalari, gidrotexnik va boshqa gidroenergetika bilan bog‘liq bo‘linmalari;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining “O‘zsuvenergo” birlashmasi negizida “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
3. Quyidagilar “O‘zbekgidroenergo” AJning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin:
gidroelektrostansiyalarda elektr energiyasi ishlab chiqarish sohasida yagona texnik siyosatni amalga oshirish, gidrotexnik inshootlardan xavfsiz va samarali foydalanishni ta’minlash, shuningdek, gidroenergetika obyektlarini markazlashtirilgan texnologik boshqarish;
gidroenergetika salohiyatini kompleks o‘zlashtirish asosida gidroenergetika sohasini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda respublikamizning energetika balansi tarkibida gidroenergetikaning ulushini ko‘paytirishni ta’minlash;
yirik, o‘rta, kichik va mikro gidroelektrostansiyalarni loyihalashtirish va qurish sohasida zamonaviy va har tomonlama chuqur asoslangan ilmiy-texnik yechimlar asosida yangi gidroelektrostansiyalar qurish va ishlab turganlarini modernizatsiyalash bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish;
yangi gidroelektrostansiyalar qurish va ishlab turganlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga xorijiy investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalarni jalb etish bo‘yicha xalqaro kompaniyalar va moliya institutlari bilan hamkorlikni rivojlantirish;
respublikamizning suv salohiyatiga tejamkorlik bilan munosabatda bo‘lishni ta’minlash, gidrotexnika inshootlarini qurish va ulardan foydalanishda mavjud flora va faunani saqlash, shuningdek, mamlakatimizning iqlim, tabiiy va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda suv resurslarini samarali boshqarish;
gidroenergetika sohasida oliy va o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan kadrlarni tizimli asosda tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish.
“O‘zbekgidroenergo” AJ “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyatining gidroelektrostansiyalari, gidrotexnik va boshqa gidroenergetika bilan bog‘liq bo‘linmalari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining “O‘zsuvenergo” birlashmasi, “To‘polangsuvGESqurilish” MChJ, shu jumladan, xalqaro moliya institutlari, tashkilotlar va donor mamlakatlar bilan tuzilgan amaldagi bitimlar doirasida huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
tashkil etilayotgan “O‘zbekgidroenergo” AJning dastlabki ustav kapitali gidroenergetika energiya hosil qiluvchi korxonalarining davlat ulushi nominal qiymat bo‘yicha berilishi, shuningdek, “Gidroloyiha” AJ, “Gidromaxsusqurilish” AJ, “O‘zbekgidroenergoqurilish” AJ va “Suvsanoatmash” AJning ustav kapitalidagi aksiyalarning davlat paketlari hisobiga shakllantiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. “O‘zbekgidroenergo” AJga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi PQ-44-son qarori bilan tasdiqlangan 2021 — 2030-yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha ijro etuvchi va mas’ul organ vazifasi yuklansin.
Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi gidroelektrostansiyalar tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasi faoliyat turiga ko‘ra kafolatlangan tarzda davlat tomonidan elektr energiyasini xarid qilish funksiyasi (vakolati) berilgan organ tomonidan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olgan holda II tarif guruhi iste’molchilari uchun belgilangan tarifga nisbatan:
elektr energetikasi tizimining rejimiga bog‘liq holda dispetcher tomonidan tartibga solinadigan, rostlovchi gidroelektrostansiyalarda — 100 foiz miqdorda;
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-sentabrdagi PF-220-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2022-y., 06/22/220/0812-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Belgilansinki, energetika tizimi barqaror va ishonchli ishlashini ta’minlash maqsadida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-sentabrdagi PF-220-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2022-y., 06/22/220/0812-son)
Milliy dispetcherlik markazi orqali “O‘zbekgidroenergo” AJ korxonalarining tezkor-dispetcher boshqaruv masalalari umumiy muvofiqlashtirilishini;
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘zbekgidroenergo” AJ korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyaning 100 foiz xarid qilinishini amalga oshiradi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-sentabrdagi PF-220-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2022-y., 06/22/220/0812-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-sentabrdagi PF-220-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2022-y., 06/22/220/0812-son)
8. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘zbekgidroenergo” AJ Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-sentabrdagi PF-220-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2022-y., 06/22/220/0812-son)