Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining qarori, 30.08.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2924
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.10.00 (Кучини йукотган) Soliq imtiyozlarini qoʻllashning umumiy shartlari / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.07.00 Kichik sanoat zonalari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat;
2.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahridagi kichik sanoat zonalarida ishtirok etuvchi tashkilotlar tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 30-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2924]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-maydagi PQ-2973-son “Toshkent shahrida kichik sanoat zonalarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toshkent shahridagi kichik sanoat zonalarida ishtirok etuvchi tashkilotlar tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri B. XODJAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 31-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
116-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 31-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
141-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 31-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-38-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 31-iyuldagi 116, 141 va 2017-38-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahridagi kichik sanoat zonalarida ishtirok etuvchi tashkilotlar tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-maydagi PQ-2973-son “Toshkent shahrida kichik sanoat zonalarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Toshkent shahridagi kichik sanoat zonalarida ishtirok etuvchi tashkilotlar tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-maydagi PQ-2973-son “Toshkent shahrida kichik sanoat zonalarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarorining 7-bandiga muvofiq Toshkent shahrida kichik sanoat zonalarida tashkil etilayotgan tashkilotlar (bundan buyon matnda KSZ ishtirokchilari deb yuritiladi) Toshkent shahrida kichik sanoat zonalari hududida joylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran ikki yil muddatga yuridik shaxslarga solinadigan mol-mulk soligʻi va foyda soligʻi, shuningdek yagona soliq toʻlovidan (soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimini qoʻllayotgan subyektlar uchun) ozod qilinadi (bundan buyon matnda soliq imtiyozlari deb yuritiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Soliq imtiyozlari KSZ ishtirokchilari tomonidan eng kam ish haqining 3000 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda investitsiya kiritish sharti bilan taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tashkilotni kichik sanoat zonasi hududida joylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir yil davomida kiritilgan investitsiyalar hajmi eng kam ish haqining 3000 baravaridan kam boʻlsa, soliq imtiyozlari bekor qilinadi hamda ularni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlash majburiyati tiklanadi. Bunda keyingi yillarda KSZ ishtirokchisi soliq imtiyozlarini qoʻllash huquqini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar KSZ ishtirokchisining yillik sof tushumi eng kam ish haqining 2000 baravaridan kam boʻlsa, soliq imtiyozlari bekor qilinadi hamda ularni tegishli 12 oylik davr uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlash majburiyati tiklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq imtiyozlarini qoʻllash maqsadida yillik sof tushum yuridik shaxs KSZ ishtirokchisi boʻlgan oydan boshlab har 12 oylik davr uchun olingan sof tushumdan kelib chiqib aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KSZ ishtirokchilari yillik sof tushumini tasdiqlash uchun hisobot davri uchun taqdim etiladigan Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi va obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi hisob-kitobi yoki Yagona soliq toʻlovi hisob-kitobiga mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq shakldagi 12 oylik davr uchun yillik sof tushum toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani ilova qiladilar. Bunda maʼlumotnoma yuridik shaxs KSZ ishtirokchisi boʻlgan oydan boshlab har 12 oylik davr uchun tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar ishlab chiqarilgan mahsulotning eksport ulushi realizatsiyaning umumiy hajmida kamida 30 foizini tashkil qilsa, soliq imtiyozlarning amal qilish muddati yana ikki yilga uzaytiriladi. Bunda imtiyozlarni uzaytirish davrida KSZ ishtirokchisi ushbu Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan shartlarni bajarishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qoʻshimcha imtiyozli davrning birinchi yili yakuni boʻyicha ishlab chiqarilgan mahsulotning eksport ulushi realizatsiyaning umumiy hajmida 30 foizidan kam boʻlsa, soliq imtiyozlari ushbu davr uchun bekor qilinadi, ularni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlash majburiyati tiklanadi va KSZ ishtirokchisi keyinchalik soliq imtiyozlarini qoʻllash huquqini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qoʻshimcha imtiyozli davrning ikkinchi yili yakuni boʻyicha ishlab chiqarilgan mahsulotning eksport ulushi realizatsiyaning umumiy hajmida 30 foizidan kam boʻlsa, soliq imtiyozlari ushbu davr uchun bekor qilinadi, ularni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlash majburiyati tiklanadi. Bunda qoʻshimcha imtiyozli davrning birinchi yili uchun soliq imtiyozlari saqlab qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Soliq imtiyozlarini qoʻllash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. KSZni boshqarish direksiyasi tashkilotni KSZ ishtirokchisi sifatida joylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan boshlab bir kun ichida yuridik shaxslarning roʻyxatdan oʻtgan joyi boʻyicha davlat soliq xizmati organlariga xabar tariqasida quyidagilarni yuboradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik sanoat zonalarida tadbirkorlik subyektlarini tanlash va joylashtirish boʻyicha tanlov komissiyasi qarorining koʻchirma nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirish toʻgʻrisidagi kelishuvda nazarda tutilgan KSZ ishtirokchisi tomonidan kiritilgan investitsiyalar hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. Agar investitsiyalar yil davomida kiritilsa, unda maʼlumotlar belgilangan muddat tugagandan keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmay taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agar birinchi yilda KSZ ishtirokchisining yillik sof tushumi eng kam ish haqining 2000 baravaridan kam boʻlsa, ikkinchi yilda esa sof tushum hajmi belgilangan miqdorga muvofiq kelsa (eng kam ish haqining 2000 baravaridan kam boʻlmasa), KSZ ishtirokchisi tomonidan faqatgina ikkinchi yil uchun soliq imtiyozlarini qoʻllash huquqi saqlanib qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agar faoliyat yuritayotgan tashkilot kichik sanoat zonasida oʻzining filialini yoki alohida boʻlinmasini ochsa yoki kichik sanoat zonasida roʻyxatdan oʻtgan tashkilot kichik sanoat zonasidan tashqarida oʻzini faoliyatini yuritsa, bunday tashkilot kichik sanoat zonasida va uning tashqarisidagi faoliyat bilan bogʻliq daromadlarni va mol-mulkni alohida hisobini yuritishi lozim. Bunda, imtiyozlar faqatgina kichik sanoat zonasiga tegishli faoliyat doirasida qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KSZ ishtirokchilari va ular tomonidan qoʻllanilgan soliq imtiyozlari summasi hisobini yuritadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga har chorakda hisobot choragidan keyingi ikkinchi oyning 25-sanasidan kechiktirmay soliq imtiyozlari summasi toʻgʻrisida maʼlumotni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Soliq imtiyozlarini buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi Yuridik shaxslarga, soliqlar, bojxona va majburiy toʻlovlarni budjetga toʻlash boʻyicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalterlik hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 1463, 2005-yil 2-aprel) bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 35-son, 942-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2019-y., 10/19/2924-1/3219-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son)