Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2025 02.04.2005 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1463
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining qarori, 02.04.2005 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1463
Кучга кириш санаси
12.04.2005
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QO‘MITASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

YURIDIK SHAXSLARGA SOLIQLAR, BOJXONA VA MAJBURIY TO‘LOVLARNI BYDJETGA TO‘LASH BO‘YICHA BERILGAN IMTIYOZLARNI RASMIYLASHTIRISH VA BUXGALTERIYA HISOBIDA AKS ETTIRISH TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 2-aprelda 1463-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 29-noyabrdagi 196-son va Soliq qo‘mitasining 2024-yil 28-noyabrdagi 2024-22-sonli “Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona to‘lovlari va yig‘imlar bo‘yicha berilgan imtiyozlarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3590, 25.12.2024-y.) asosan 2025-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga, “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga, “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga, “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy to‘lovlarni budjetga to‘lash bo‘yicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risida nizom (yangi tahrirda) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2002-yil 19-apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 52-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2002-21-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 02/8-6-sonli “Budjetga soliqlar, bojxona va majburiy to‘lovlar bo‘yicha yuridik shaxslarga berilgan imtiyozlarni buxgalteriya hisobida aks ettirish va rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (2002-yil 25-iyun, ro‘yxat raqami 1155 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-y., 11-son) kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,

2005-yil 24-fevral,

29-son

Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 24-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi B. MATLYUBOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 24-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
01-02/8-3-son

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan 2005-yil 24-fevralda, 29, 2005-25, 01-02/8-3-son qaror bilan
“TASDIQLANGAN”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy to‘lovlarni budjetga to‘lash bo‘yicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizom

(yangi tahriri)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga, “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga, “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga, “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasiga muvofiq va yuridik shaxslar tomonidan budjetga to‘lanadigan soliqlar, bojxona va majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha berilgan imtiyozlarni (keyingi o‘rinlarda — soliqlar va bojxona imtiyozlari) rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirishning yagona tartibini belgilash maqsadida ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomning amal qilishi qonunchilik hujjatlariga muvofiq soliqlar va bojxona imtiyozlari berilgan, mulkchilik shaklidan, faoliyat turidan, idoraviy mansubligidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha birlashmalar, korxonalar, tashkilotlar, muassasalarga (keyingi o‘rinlarda — xo‘jalik yurituvchi subyektlar) taalluqlidir.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarga soliqlar va bojxona imtiyozlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bo‘shayotgan mablag‘larni maqsadli vazifalarni bajarish uchun yo‘naltirish sharti bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bo‘shayotgan mablag‘larni maqsadli ishlatish nazarda tutilmagan holda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bo‘shayotgan mablag‘larni maqsadli ishlatish nazarda tutilmagan soliqlar va bojxona imtiyozlari berilganda budjetga to‘lanadigan soliqlar, bojxona va majburiy to‘lovlar hisoblanmaydi va mahsulot (tovarlar, ishlar, xizmatlar) hamda boshqa xil mol-mulkning sotish (xarid) qiymatiga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Soliqlar va bojxona imtiyozlari bo‘shayotgan mablag‘larni maqsadli vazifalarni bajarish uchun yo‘naltirish sharti bilan berilganda soliqlar, bojxona va majburiy to‘lovlarni budjetga hisoblash qonunchilik hujjatlariga muvofiq umumbelgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:

a) bojxona boji, aksiz solig‘i, QQS va hokazo turlari bo‘yicha hisoblangan bojxona to‘lovlari summalari, ular imtiyoz berilganligi sababli budjetga to‘lanmaydi degan belgi qo‘yilgan holda bojxona yuk deklaratsiyasining 47- va “V” ustunlarida ko‘rsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) soliq imtiyozlari berilgan, budjetga hisoblangan soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblar, to‘lovchi ro‘yxatga olingan joydagi soliq organlariga belgilangan shakllar va muddatlarga muvofiq taqdim etiladi. Mahsulot (tovar, ishlar, xizmatlar) va boshqa aktivlar realizatsiya qilinayotganda soliq solinadigan aylanmaga hisoblangan QQS (QQS to‘lovchilar uchun) va aksiz solig‘i (aksizli tovarlar (mahsulotlar) sotilganda) summasi ajratilgan holda schyot-faktura yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bo‘shayotgan mablag‘larni maqsadli vazifalarni bajarishga yo‘naltirish sharti bilan soliq va bojxona imtiyozlari berilganda hisoblagan bojxona to‘lovlari, soliqlar (mazkur soliq to‘lovchilari uchun QQS, shuningdek qonunchilik hujjatlariga muvofiq hisobga qabul qilinadigan aksiz solig‘idan tashqari) va budjetga majburiy to‘lovlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq umumbelgilangan tartibda mahsulot (tovarlar, ishlar, xizmatlar) hamda boshqa xil mol-mulkning sotish (xarid) qiymatiga kiritiladi.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QQS to‘lovchisi hisoblangan va QQS bo‘yicha imtiyozga ega bo‘lgan korxonalar xarid qilinadigan (shu jumladan import qilinadigan) tovar-moddiy zaxiralar (tovarlar) bo‘yicha QQS summasini xarid qiymatiga kiritmaydilar, balki umumbelgilangan tartibda budjetga to‘lanadigan QQSni aniqlashda qoplashga qabul qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘z ehtiyojlari uchun foydalaniladigan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobda xarid qilish qiymati bo‘yicha QQS va aksiz solig‘i summasi qo‘shilgan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiz solig‘i bo‘yicha imtiyoz berilayotganida qonunchilik hujjatlariga muvofiq qoplashga qabul qilinadigan aksiz solig‘i to‘lovchilari hisoblangan korxonalar xarid qilingan (shu jumladan import qilinayotgan) tovar-moddiy zaxiralar (tovarlar) bo‘yicha aksiz solig‘i summasini ularning xarid qiymatiga kiritmaydilar, balki umumbelgilangan tartibda budjetga to‘lanadigan aksiz solig‘ini aniqlashda qoplashga qabul qiladilar.
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Soliq va bojxona imtiyozlari miqdori belgilangan tartibda budjetga hisoblangan soliqlar, bojxona va majburiy to‘lovlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Bo‘shayotgan mablag‘larni maqsadli vazifalarni bajarishga yo‘naltirish sharti bilan soliq va bojxona imtiyozlarini buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Bo‘shayotgan mablag‘larni maqsadli vazifalarni bajarishga yo‘naltirish sharti bilan soliq va bojxona imtiyozlarining buxgalteriya hisobi 8840 “Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari” schyotida, berilgan soliqlar va bojxona imtiyozlarining turlari bo‘yicha yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq va bojxona imtiyozlarini hisoblayotganda batafsil hisobga olish maqsadida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ishchi schyotlar rejasida quyidagi schyotlar ochiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) budjetga bo‘nak to‘lovlarini hisobga oluvchi schyotlar (4400) guruhida “Budjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari — soliq va bojxona imtiyozlari (turlari bo‘yicha)” schyoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar (6400) guruhida “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz — soliq va bojxona imtiyozlari (turlari bo‘yicha)” schyoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) sug‘urta bo‘yicha va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6500) guruhida “Davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar — soliq imtiyozlari (turlari bo‘yicha)” schyoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) turli kreditorlardan qarzni hisobga oluvchi schyotlar (6900) guruhida “Importda QQS va aksizlar bo‘yicha hisoblangan soliq imtiyozlari (turlari bo‘yicha)” schyoti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Soliq va bojxona imtiyozlari buxgalteriya hisobida quyidagi tartibda aks ettiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qonunchilik hujjatlariga muvofiq tovar-moddiy zaxiralar, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va o‘rnatiladigan asbob-uskunalarni, shu jumladan import qilinadiganlari xarid qilinayotganda xarid qiymatiga kiritiladigan, umumbelgilangan tartibda hisoblangan soliqlar va bojxona to‘lovlari summasiga (mazkur soliq to‘lovchilari uchun QQS, shuningdek qonunchilik hujjatlariga muvofiq qoplashga qabul qilinadigan aksiz solig‘idan tashqari):
(8-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
debet kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800), o‘rnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar (0700), tovar-moddiy zaxiralarni hisobga oluvchi schyotlar (1000 — 2900);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz — soliq va bojxona imtiyozlari (turlari bo‘yicha)” schyoti;

b) O‘zbekiston Respublikasi hududida tovar-moddiy zaxiralarni sotib olganda ushbu soliqni to‘lovchilar uchun QQSdan, shuningdek qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda qoplashga qabul qilinadigan aksiz solig‘i summasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
debet “Budjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari — soliq va bojxona imtiyozlari (turlari bo‘yicha)” schyoti;

kredit 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar” yoki 6120 “Shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga to‘lanadigan schyotlar” schyotlari yoki turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900) yoki boshqa tegishli schyotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) import bo‘yicha tovar-moddiy zaxiralarni sotib olganda ushbu soliqni to‘lovchilar uchun QQSdan, shuningdek qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda qoplashga qabul qilinadigan aksiz solig‘i summasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
debet “Budjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari — soliq va bojxona imtiyozlari (turlari bo‘yicha)” schyoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit “Importda QQS va aksiz bo‘yicha hisoblangan soliq imtiyozlari (turlari bo‘yicha)” schyoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) tovar-moddiy zaxiralarini importidagi QQS va aksiz solig‘ini to‘lashdan ozod qilinishi natijasida bo‘shayotgan mablag‘lar summasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
debet “Importda QQS va aksiz bo‘yicha hisoblangan soliq imtiyozlari (turlari bo‘yicha)” schyoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit 8840 “Maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari” schyoti;

d) mahsulot (ish, xizmat)larni sotganda hisoblangan QQS, aksiz solig‘i summasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
debet 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar”, 4120 “Shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan olinadigan schyotlar” schyotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz — soliq va bojxona imtiyozlari (turlari bo‘yicha)” schyoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) oldin hisoblangan QQS va qonunchilikka muvofiq qoplashga qabul qilinadigan aksiz solig‘ini qoplashga qabul qilish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
debet “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz — soliq va bojxona imtiyozlari (turlari bo‘yicha)” schyoti;

kredit “Budjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari — soliq va bojxona imtiyozlari (turlari bo‘yicha)” schyoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) mahsulot (ish, xizmat) larni sotishdagi QQS va aksiz solig‘ini to‘lashdan ozod qilinishi natijasida bo‘shayotgan mablag‘lar summasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
debet “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz — soliq va bojxona imtiyozlari (turlari bo‘yicha)” schyoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit 8840 “Maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari” schyoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishida hisoblangan QQS summasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
debet asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishini hisobga oluvchi schyotlar (9200);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz — soliq va bojxona imtiyozlari (turlari bo‘yicha)” schyoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) qonunchilikka muvofiq davr xarajatlariga olib boriladigan umumo‘rnatilgan tartibda hisoblangan soliq va budjetga majburiy to‘lovlar summasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz — soliq va bojxona imtiyozlari (turlari bo‘yicha)” schyoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit “Maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar — soliq imtiyozlari (turlari bo‘yicha)” schyoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) xo‘jalik yurituvchi subyektlarning foydasi hisobiga olib boriladigan umumo‘rnatilgan tartibda hisoblangan soliq va budjetga majburiy to‘lovlar summasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
debet soliqlar va yig‘imlarni to‘lash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi schyotlar (9800);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz — soliq va bojxona imtiyozlari (turlari bo‘yicha)” schyoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) soliqlar, bojxona va budjetga majburiy to‘lovlarni to‘lashdan ozod qilinishi natijasida bo‘shayotgan mablag‘lar summasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
debet “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz — soliq va bojxona imtiyozlari (turlari bo‘yicha)” schyoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
debet “Maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar — soliq imtiyozlari (turlari bo‘yicha)” schyoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit 8840 “Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari” schyoti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. 8840 “Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari” schyotida hisobga olingan soliq va bojxona imtiyozlari natijasida bo‘shayotgan mablag‘larni summasi quyidagi tartibda hisobdan chiqariladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tovar-moddiy qiymatliklarni sotib olishga, kredit va qarzlarni qoplashga, asosiy vositalarni rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga yo‘naltirilganda, imtiyozli davr ko‘rsatilgan hollarda — muddatlarning eng kami bo‘yicha: imtiyozli davr tugaganda yoki haqiqatdan foydalanilganda, imtiyozli davr ko‘rsatilmagan hollarda esa — har yili:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
debet 8840 “Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari” schyoti;

kredit “Soliq va bojxona imtiyozlari”ni ajratgan holda 8530 “Tekinga olingan mulk” schyoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) joriy majburiyatlarni vujudga kelishiga olib keladigan joriy xarajatlarni qoplashga yo‘naltirilganda (masalan: ish haqi, ijara, maqsadli davlat jamg‘armalariga ajratmalar hisoblanganda va boshqalar):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
debet 8840 “Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari” schyoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar” yoki 6120 “Shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga to‘lanadigan schyotlar” yoki 6710 “Mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlar” schyotlari yoki turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900) yoki boshqa tegishli schyotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Bo‘shayotgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish nazarda tutilmaganda soliq va bojxona imtiyozlarini buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Soliq va bojxona imtiyozlari berilganda bo‘shayotgan mablag‘lar summalari, agar ulardan maqsadli foydalanish nazarda tutilmagan bo‘lsa, buxgalteriya hisobining balans schyotlarida aks ettirilmaydi va shu munosabat bilan Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda (2-son shakl) aks ettirilmaydi va, tegishlicha, moliyaviy natijalarni shakllantirishga ta’sir qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vaqtinchalik soliq va bojxona imtiyozlarida bo‘shayotgan mablag‘larning lozim darajadagi buxgalteriya hisobini ta’minlash maqsadida, agar ularni maqsadli ishlatish nazarda tutilmagan bo‘lsa, budjetga to‘lanadigan har bir soliq turi, bojxona va majburiy to‘lovlar bo‘yicha “Vaqtinchalik soliq va bojxona imtiyozlari” alohida balansdan tashqari schyoti ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjetga to‘lanadigan har bir soliq turi, bojxona va majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisoblangan, bo‘shagan mablag‘lar summasi umumbelgilangan tartibda mazkur schyotlar debeti bo‘yicha aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Imtiyoz berilgan davr tugaganidan so‘ng “Vaqtinchalik soliq va bojxona imtiyozlari” balansdan tashqari schyotlari debetida hisobga olinadigan bo‘shagan mablag‘lar summasi ushbu schyotlar kreditiga hisobdan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Doimiy soliq va bojxona imtiyozlarida bo‘shayotgan mablag‘lar, agar ularni maqsadli ishlatish nazarda tutilmagan bo‘lsa, budjetga to‘lanadigan har bir soliq turi, bojxona va majburiy to‘lov bo‘yicha moliyaviy hisobotga tushuntirish xatida yoritib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Hisob-kitoblarni taqdim qilish muddatlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Soliq va bojxona imtiyozlari berilishi natijasida bo‘shagan mablag‘lardan maqsadli foydalanganligini tasdiqlash uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlar har yili yillik moliyaviy hisobotga qo‘shib davlat soliq xizmati organlariga mazkur nizomga 1-son ilovaga muvofiq shaklda ulardan foydalanish to‘g‘risidagi hisob-kitobni taqdim qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mablag‘lardan maqsadga muvofiq foydalanilmaganligi va soliq va bojxona imtiyozlari natijasida bo‘shagan mablag‘lar hisobiga xarid qilingan aktivlarning imtiyozli davr tugashiga qadar boshqalarga berilishi (sotilishi) dalillari aniqlanganda ushbu mablag‘lar jarima jazosini qo‘llab, qonunchilik hujjatlariga muvofiq penya hisobga olingan holda budjetga undiriladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar hisob-kitoblar to‘g‘ri bo‘lishi va o‘z vaqtida taqdim etilishi uchun javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisob-kitoblar taqdim etilmagan yoki o‘z vaqtida taqdim etilmagan taqdirda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan qonunchilik hujjatlariga muvofiq moliyaviy jazo qo‘llanadi.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Davlat bojxona va soliq xizmatlari organlari tomonidan nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Hududiy soliq organlari taqdim etilgan hisob-kitoblar asosida bo‘shayotgan mablag‘larni maqsadli vazifalarni bajarishga yo‘naltirish sharti bilan soliq imtiyozlari berilgan, shuningdek bo‘shayotgan mablag‘lardan maqsadli foydalanishni nazarda tutmaydigan soliq imtiyozlari bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektlarning reyestrini yuritadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining hududiy boshqarmalari rasmiylashtirilgan BYDlar asosida bo‘shayotgan mablag‘larni maqsadli vazifalarni bajarishga yo‘naltirish sharti bilan bojxona imtiyozlari berilgan, shuningdek bo‘shayotgan mablag‘lardan maqsadli foydalanishni nazarda tutmaydigan bojxona imtiyozlari bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektlarning reyestrini yuritadilar.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-iyuldagi 52-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3448, 25.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining hududiy boshqarmalari har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 20-kunigacha, ma’lumot uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasining hududiy boshqarmalariga (import qiluvchilarning yuridik manzillari bo‘yicha) mazkur Nizomga 2 va 3-son ilovalarga ko‘ra shakl bo‘yicha bojxona imtiyozlari berilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning reyestrini yuboradilar.
(19-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-iyuldagi 52-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3448, 25.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestrda xo‘jalik yurituvchi subyektning STIRi, KTUT kodi, nomi va yuridik manzili, bojxona imtiyozlari berilishiga asos bo‘lgan me’yoriy-huquqiy hujjatning nomi, raqami va sanasi, bojxona yuk deklaratsiyasining raqami, tovar turi, maqsadli vazifalarni bajarishga yo‘naltirilgan, shuningdek bo‘shayotgan mablag‘lardan maqsadli foydalanishni nazarda tutmaydigan bojxona to‘lovlari turlari bo‘yicha berilgan bojxona imtiyozlari summasi ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi, davlat maqsadli jamg‘armalari har chorakda, hisobot oyidan keyingi oyning 25-kuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lanadigan, ularga doir imtiyozlar beriladigan, hisoblab yozilgan soliqlar, majburiy to‘lovlar summasi to‘g‘risida ma’lumotlarni taqdim etadilar.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-iyuldagi 52-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3448, 25.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 20-kuniga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga viloyatlar bo‘yicha bojxona to‘lovlari turlariga doir berilgan imtiyozlar to‘g‘risida, shuningdek har chorakda — bojxona imtiyozlari berilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar bo‘yicha bojxona to‘lovlari turlariga doir ma’lumotlarni yuboradi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-iyuldagi 52-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3448, 25.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy to‘lovlarni budjetga to‘lash bo‘yicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risida nizomga (yangi tahrirda)
1-ILOVA

__________________________________
‎(hisob-kitob qabul qiladigan idoraning nomi) ‎‎
‎‎‎__________________________________
(korxonaning to‘liq nomi)
‎________________________________________________
‎‎(‎Javobgar (ijrochi) shaxs familiyasi)‎

‎Tel.: _____________ faks: ___________ ‎

Qabul qilgan idora muhri yoki belgisi
‎‎Olindi
‎20 __ y. “___” __________ ‎‎

‎Soliq, bojxona va majburiy to‘lovlarni budjetga to‘lashdan ozod etish natijasida bo‘shagan mablag‘lardan foydalanish to‘g‘risidagi hisob-kitob‎

______________________________
‎(hisobot davri) ‎

T/r‎

To‘lovlarning nomi ‎‎

Summa‎‎‎

Asos, imtiyoz davri‎‎

1‎.

‎‎

‎‎

‎‎

2‎.

‎‎

‎‎‎

‎‎

Jami summaga‎‎ ‎‎‎ ‎‎
Belgilangan maqsadlarga yo‘naltirilgan mablag‘lar jami‎‎ ‎‎ ‎‎
Shu jumladan, quyidagi maqsadlarga:‎‎ ‎‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎20___ y. “____” _______________
‎(taqdim qilingan sana )

Rahbar
‎Bosh buxgalter ‎‎
(imzo)
‎(imzo)‎

‎M.O‘. ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy to‘lovlarni budjetga to‘lash bo‘yicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risida nizomga (yangi tahrirda)
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bo‘shagan mablag‘larni maqsadli foydalanish nazarda tutilgan bojxona imtiyozlari berilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reyestri

T/r

STIR

KTUT bo‘yicha kodi

Xo‘jalik yurituvchi subyektning nomi va yuridik manzili

Imtiyoz berishga asos bo‘lgan me’yoriy hujjatning nomi, tartib raqami va sanasi

BYD
t/r

Tovar nomi va TIF TN bo‘yicha kodi

Bojxona to‘lovlarining turlari bo‘yicha berilgan imtiyozlar summasi (sumda)

bojxona boji

aksiz

QQS

bojxona yig‘imi

jami

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy to‘lovlarni budjetga to‘lash bo‘yicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risida nizomga (yangi tahrirda)
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bo‘shagan mablag‘larni maqsadli foydalanish nazarda tutilmagan bojxona imtiyozlari berilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reyestri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

STIR

KTUT bo‘yicha kodi

Xo‘jalik yurituvchi subyektning nomi va yuridik manzili

Imtiyoz berishga asos bo‘lgan me’yoriy hujjatning nomi, tartib raqami va sanasi

BYD
t/r

Tovar nomi va TIF TN bo‘yicha kodi

Bojxona to‘lovlarining turlari bo‘yicha berilgan imtiyozlar summasi (sumda)

bojxona boji

aksiz

QQS

bojxona yig‘imi

jami

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 14-son, 105-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son)