1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.07.00 Kichik sanoat zonalari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida kichik sanoat zonalarini tashkil etish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan izchil chora-tadbirlar doirasida Toshkent shahrida Yunusobod, Sergeli va Yakkasaroy tumanlaridagi foydalanilmayotgan korxonalar negizida kichik sanoat zonalari barpo etilgani va muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgani, ularning hududida to‘qimachilik, kimyo, oziq-ovqat, elektrotexnika mahsulotlari, mebel, zamonaviy qurilish materiallari hamda ichki va tashqi bozorda xaridorgir bo‘lgan boshqa tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchi 513 ta kichik korxonalar faoliyat yuritayotgani qayd etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yilning o‘zida ushbu korxonalar tomonidan 1,1 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi, 140 mln AQSH dollaridan ortiq qiymatdagi tovarlar eksport qilindi, 11 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.12.00 Hududlarni rivojlantirish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi raqobatdosh ishlab chiqarishlar va kichik korxonalar rivojlanishini yanada qo‘llab-quvvatlash, ularning muhandislik kommunikatsiyalari va zarur infratuzilma bilan ta’minlangan alohida hududlarda to‘planishini ta’minlash, sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, ilmiy-texnika va innovatsion salohiyatni mustahkamlash, shu asosda ishlab chiqarish sohasida yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholi bandligini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Toshkent shahrida 1-ilovada keltirilgan ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari negizida kichik sanoat zonalarini (keyingi o‘rinlarda — KSZ) tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, KSZ hududidagi ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari tadbirkorlik subyektlariga uzoq muddatli 10 yillik ijaraga, keyinchalik ijara muddatini yana 10 yilga uzaytirish imkoniyati bilan (loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risidagi kelishuvlarni bajarish hamda barcha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash sharti bilan) ijara to‘lovining quyidagi imtiyozli stavkalari asosida beriladi:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.03 Binolar va inshootlar, korxonalar ijarasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish maydonlari uchun — ijaraga olingan maydonda amalga oshirilayotgan faoliyat turidan kelib chiqib, ortib boradigan koeffitsiyentni qo‘llamasdan, davlat ko‘chmas mulkidan foydalanish uchun ijara to‘lovining eng kam stavkasi miqdorida;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.03 Binolar va inshootlar, korxonalar ijarasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalari uchun — qo‘shimcha koeffitsiyentlarni qo‘llamasdan, Toshkent shahridagi yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun yuridik shaxslarga solinadigan yer solig‘ining eng kam stavkasi miqdorida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KSZ ishtirokchilariga davlat xizmatlari KSZ hududlarida tashkil etiladigan Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko‘rsatiladi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 15-yanvardagi PF-5302-sonli Farmoni tahririda)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.07.00 Kichik sanoat zonalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KSZ ishtirokchilariga ular mahsulotlarini eksport qilishda ko‘maklashish maqsadida KSZ hududida Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining vakolatxonalari tashkil etiladi;
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KSZning zarur tashqi muhandislik kommunikatsiyalari va infratuzilmasini qurish uning chegarasiga tadbirkorlik subyektlarini joylashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan loyihalarga muvofiq, Toshkent shahrining shahar budjeti mablag‘lari, shuningdek, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AKning shaxsiy mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KSZ ko‘chmas mulkiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish davlat yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri korxonalari tomonidan to‘lov undirilmasdan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KSZ faoliyati Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 134-son qarori bilan tasdiqlangan Kichik sanoat zonalari to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(3-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda KSZ tashkil etish maqsadida bir oy muddatda 1-ilovaga muvofiq, davlat mulki obyektlarining belgilangan tartibda Toshkent shahar hokimligi tasarrufiga o‘tkazilishini, shuningdek tarkibida davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari boshqaruv organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari majlislarida foydalanilmayotgan obyektlarni ularning ustav jamg‘armalaridagi davlat ulushi va xo‘jalik boshqaruvi organlari ulushini topshirilayotgan aktivlarning baholash qiymati summasiga tegishlicha kamaytirgan holda Toshkent shahar hokimiyati tasarrufiga o‘tkazish masalasi ko‘rib chiqilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Toshkent shahar hokimligiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda 1-ilovaga muvofiq, ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari negizida KSZ barpo etish to‘g‘risida qaror qabul qilsin va ular faoliyatini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalashtirish tashkilotlarini jalb qilgan holda mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan KSZdan tashqaridagi zarur muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish, tegishli infratuzilmani barpo etish, shaharsozlik, sanitariya, yong‘inga qarshi, tabiatni muhofaza qilish talablariga so‘zsiz rioya etishni nazarda tutadigan tegishli loyiha-reja hujjatlarini ishlab chiqishni tashkil etsin va ularni belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Adliya vazirligi bilan birgalikda loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risidagi kelishuv, ishlab chiqarish maydonlarini uzoq muddatli ijaraga berish shartnomasi (balansda saqlovchi nomidan) va KSZ hududida xizmat ko‘rsatish shartnomasining namunaviy shakllarini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AK va Toshkent shahar hokimligi rahbarlari zimmasiga KSZda joylashtirilgan tadbirkorlik subyektlarini ularning ishlab chiqarish ehtiyojlariga muvofiq, elektr energiyasi, tabiiy gaz (resurs va transport imkoniyatlarini hisobga olgan holda) va boshqa turdagi kommunal xizmatlar bilan uzluksiz ta’minlash uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qaroriga asosan 7-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda KSZ hududida tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili asosida davlat xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha yagona markazlarni tashkil etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tijorat banklarining KSZda ishtirok etuvchi tashkilotlarga bank xizmatlari ko‘rsatishi uchun Toshkent shahridagi KSZ hududida 2-ilovaga muvofiq, mini-banklar tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “O‘zstandart” agentligi KSZda ishtirok etuvchi tashkilotlarga standartlashtirish, metrologiya, sifat menejmenti tizimlarini joriy qilish, mahsulotni sertifikatlashtirish, markirovkalash, qadoqlash masalalarida belgilangan tartibda amaliy ko‘mak ko‘rsatsin.
(11 — 13-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-oktabrdagi PF-5214-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2017-y., 06/17/5214/0174)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, vazirliklar, idora va xo‘jaliklar birlashmalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan shakllantirilgan KSZda ishlab chiqarilishi o‘zlashtirilishi uchun tavsiya qilinayotgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar ro‘yxati tadbirkorlik subyektlariga yetkazishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda KSZda o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlarni ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish bo‘yicha aniq takliflar — “yo‘l xaritalari” ishlab chiqarishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan faoliyat yuritmayotgan, past rentabelli va zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalar, bo‘shab yotgan va samarali foydalanilmayotgan obyektlar va yer uchastkalarini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilayotgan tahlil natijalari asosida taqdim etilgan asoslangan takliflar asosida ushbu qarorning 1-ilovasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Toshkent shahar hokimi R.J. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 18-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2973-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-maydagi PQ-2973-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida kichik sanoat zonalarida tashkil etiladigan ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш