Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2019 24.08.2017 yildagi PQ-3242-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2019
Hujjat 04.09.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet moʻljallari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2019-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zamonaviy talablar va xalqaro standartlarni hisobga olgan holda respublika taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini tizimli asosda rivojlantirish hamda mustahkamlash, ularni eng ilgʻor oʻquv, tashxis va davolash uskunalari, axborot-kompyuter texnikasi bilan jihozlash, jamlanadigan mablagʻlardan samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-2847-sonli qaroriga muvofiq Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi va Oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma deb yuritiladi) tashkil etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamgʻarmaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi, Jamgʻarmaga kelib tushayotgan mablagʻlarni keyinchalik ulardan qonunchilikka muvofiq maktabgacha taʼlim muassasalari, umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar, bolalar musiqa va sanʼat maktablari, oliy taʼlim muassasalari (keyingi oʻrinlarda — taʼlim muassasalari) hamda tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash (qayta jihozlash) maqsadida foydalanish uchun jamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi, tasdiqlangan manzilli dasturlarga muvofiq maktabgacha taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash, shuningdek, oʻyin maydonchalari, bolalar ayvonlari qurish va ularning hududini oʻrash boʻyicha ishlarni moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi, umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarni, shu jumladan idoraviy boʻysunuvdagilarni, qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash, jumladan, zarur hollarda oʻquv korpuslarini oʻquv ustaxonalari va laboratoriyalar bilan kengaytirish, sport zallari va maydonchalarini hamda boshqa infratuzilma obyektlarini barpo etish boʻyicha ishlarni moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi, tasdiqlangan manzilli dasturlarga muvofiq bolalar musiqa va sanʼat maktablarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha ishlarni moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi, tasdiqlangan manzilli dasturlarga muvofiq oliy taʼlim muassasalarining oʻquv-laboratoriya korpuslari, sport zallari va talabalar turar joylarini hamda boshqa infratuzilma obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash ishlarini moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi, tasdiqlangan manzilli dasturlarga muvofiq sogʻliqni saqlash muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash boʻyicha ishlarni moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchi, zamon talablarini hisobga olgan holda, tasdiqlangan normativlardan kelib chiqib, taʼlim muassasalarini eng yangi oʻquv-laboratoriya, ilmiy va ishlab chiqarish uskunalari, musiqa cholgʻu asboblari, kompyuter texnikasi hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining boshqa shakllari bilan, shuningdek, oʻquv mebellari va asbob-anjomlari bilan jihozlash va qoʻshimcha jihozlashni moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sakkizinchi, zamonaviy talablar va belgilangan normativlardan kelib chiqqan holda, sogʻliqni saqlash muassasalarini eng yangi laboratoriya, diagnostika va davolash uskunalari, kompyuter texnikasi hamda boshqa tibbiy apparatlar, maxsus mebel va anjomlar bilan jihozlashni hamda doimiy ravishda tizimli qayta jihozlashni moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻqqizinchi, zamonaviy talablar va belgilangan normativlardan kelib chiqib, bolalar musiqa va sanʼat maktablarini eng yangi musiqa va cholgʻu asboblari va maxsus uskunalar, oʻqitishning texnik vositalari, oʻquv mebellari va anjomlari bilan jihozlashni moliyalashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi va Oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasining barcha aktiv va passivlari Jamgʻarmaga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Jamgʻarmaning daromadlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan Jamgʻarmaga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiy ajratmalarni toʻlashdan tushadigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Taʼlim” va “sogʻliqni saqlash” sohasi xarajatlari hisobiga alohida boʻlim bilan ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjeti va Toshkent shahrining shahar budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari hamda boshqa xorijiy donorlarning imtiyozli kreditlari (qarzlari) va grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xayriya qiluvchilar — yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini joylashtirishdan olinadigan daromadlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasini boshqarish boʻyicha Kengash tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-2847-sonli qaroriga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning ijro etuvchi Direksiyasi tuzilmasi tasdiqlanganligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi tuzilmasida Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanish ustidan nazorat qilish shuʼbasi tashkil qilinganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligining va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻyicha Gʻaznachilikning amaliyot boshqarmalarida tegishli ravishda Jamgʻarma mablagʻlari boʻyicha yuridik va moliyaviy majburiyatlarni roʻyxatga olish shuʼbasi tashkil qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy moliya boshqarmalarining tuzilmasida moliya organlari boʻyicha belgilangan boshqaruv xodimlari soni doirasida 2 nafardan iborat Jamgʻarma mablagʻlarini hisobga olish, ulardan foydalanishni tahlil qilish va monitoring qilish shuʼbasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining hududiy tuzilmalarida boshqaruv xodimlarining cheklangan soni doirasida 2 nafardan iborat boʻlgan maktabgacha taʼlim muassasalari va umumtaʼlim maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlashning manzilli roʻyxatlarini shakllantirish va monitoring qilish guruhlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hududiy tuzilmalarida boshqaruv xodimlarining cheklangan soni doirasida 2 nafardan iborat boʻlgan kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlashning manzilli roʻyxatlarini shakllantirish va monitoring qilish guruhlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tuzilmalarida boshqaruv xodimlarining cheklangan soni doirasida markaziy apparatda 2 nafardan hamda ularning hududiy boshqarmalarida 1 nafardan iborat boʻlgan bolalar musiqa va sanʼat maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlashning manzilli roʻyxatlarini shakllantirish va monitoring qilish guruhlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining hududiy tuzilmalarida boshqaruv xodimlarining cheklangan soni doirasida 2 nafardan iborat boʻlgan tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlashning manzilli roʻyxatlarini shakllantirish va monitoring qilish guruhlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tuzilmasida boshqaruv xodimlarini cheklangan soni doirasida 2 nafardan iborat boʻlgan oliy taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlashning manzilli roʻyxatlarini shakllantirish va monitoring qilish guruhlari tashkil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda har yili hududlar kesimida taʼlim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlashga oid takliflarni shakllantiradilar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligiga kiritadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Jamgʻarma mablagʻlari doirasida Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda taʼlim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash Dasturining uzil-kesil parametrlarini shakllantiradilar hamda uni Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi va Davlat budjetining loyihasi kiritiladigan muddatlarda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadilar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash Dasturi har yili tasdiqlanadigan Investitsiya dasturiga mustaqil boʻlim sifatida kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash boʻyicha buyurtmachi vazifasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasiga, oliy taʼlim muassasalarini esa Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi, shuningdek, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar zimmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasalarini jihozlash (qoʻshimcha jihozlash) boʻyicha buyurtmachi vazifasi, berilgan vakolatlar doirasida, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi zimmasiga;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari hisobidan taʼminlanadigan sogʻliqni saqlash muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash boʻyicha buyurtmachi vazifasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi zimmasiga, Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan taʼminlanadiganlari esa, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining qurilish boʻyicha Birlashgan direksiyasi zimmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot muassasalarini jihozlash (qoʻshimcha jihozlash) boʻyicha buyurtmachi vazifasi, berilgan vakolatlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri B.Xodjayev, moliya vazirining oʻrinbosari — Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasining ijrochi direktori A. Karimov zimmasiga taʼlim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashning har yillik Dasturiga kiritilgan obyektlarni oʻz vaqtida va toʻliq hajmda moliyalashtirish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va oqilona foydalanish, shu jumladan, taʼlim va sogʻliqni saqlash muassasalarini zamonaviy oʻquv-laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, shuningdek, laboratoriya, diagnostika, davolash uskunalari hamda boshqa tibbiy apparatlar, maxsus mebel va anjomlar bilan jihozlanishi (qoʻshma jihozlanishi) ustidan tizimli asosda doimiy monitoring olib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi oʻn kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri B.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 24-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3242-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-avgustdagi PQ-3242-sonli qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasini boshqarish boʻyicha Kengash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI

A.N. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Kengash raisi

D.A. Kuchkarov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari, Kengash raisi oʻrinbosari

B.A. Xodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri

G.K. Saidova

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri

I.U. Majidov

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vaziri

U.I. Inoyatov

Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri

A.K. Shadmanov

Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri

B. Sayfullayev

Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri — Oʻzbekiston Davlat konservatoriyasi rektori

A.A. Karimov

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri oʻrinbosari

A.A. Yuldashev

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

B.A. Urakov

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

R.J. Kurbanov

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasining raisi

T.A. Ishmetov

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi oʻrinbosari

M.M.Xolmuxamedov

Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori

lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari

A.M. Boboyev

Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi ijro etuvchi Direksiya direktori oʻrinbosari, Kengash kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxslar yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-avgustdagi PQ-3242-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi qarorlariga kiritiladigan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” PQ-1024-son qarori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 9-bandining birinchi xatboshidagi “budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 29-ilovaning 5-bandidagi “Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 29-sentabrdagi “Ummon Sultonligi bilan investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-1197-sonli qarori 4-bandining uchinchi xatboshidagi “budjetdan tashqari Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 4-apreldagi “Samarqand avtomobil zavodida avtotransport vositalari ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-1736-sonli qarori 3-bandining ikkinchi xatboshidagi “Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 17-sentabrdagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasi onkologiya muassasalarini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-1821-sonli karori 7-bandining uchinchi xatboshidagi “budjetdan tashqari Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 6-dekabrdagi “Urganch shahrining bosh rejasini amalga oshirish, Xorazm viloyatini obodonlashtirish va aholisini suv bilan taʼminlashni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-1874-sonli qarorining 2-ilovasidagi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) I boʻlimining “Moliyalashtirish manbalari” ustuni 1.4. kichik boʻlimi 1 — 13-kichik bandlaridagi “Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish. mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yakuniy qismidagi “Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15-apreldagi “Buxoro muhandislik-texnologiya institutini tashkil etish toʻgʻrisida” PQ-1954-sonli qarorining 10-bandidagi “Oliy oʻquv yurtlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari “Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 27-maydagi “Fosforit xomashyosi ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-1975-sonli qarori 4-bandining uchinchi xatboshidagi “Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 20-sentabrdagi “Mamlakatimizning dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiqaruvchilarini ragʻbatlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-2042-sonli qarori 4-bandining ikkinchi xatboshidagi “Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 7-noyabrdagi “450 MVT quvvatdagi ikki bugʻgaz moslamasini qurilishi bilan birgalikda Tolimarjon IESni kengaytirish” investitsiya loyihasini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-2063-son qarori 3-bandining birinchi xatboshidagi “va budjetdan tashqari Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 10-dekabrdagi “Koreya Respublikasining Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik fondining moliyaviy hamkorligida “Bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazini tashkil etish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-2082-sonli qarori 8-bandining birinchi xatboshidagi “va budjetdan tashqari Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 17-dekabrdagi “Koreya Respublikasining Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik fondining moliyaviy hamkorligida “Milliy umumtaʼlim elektron kutubxona” loyihasini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-2088-son qarori 7-bandining birinchi xatboshidagi “va budjetdan tashqari Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 20-noyabrdagi “Bolalar musiqa va sanʼat maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha 2016 — 2020-yillarga moʻljallangan Davlat dasturi toʻgʻrisida” PQ-2435-sonli qarori 4-bandi ikkinchi xatboshidagi “Budjetdan tashqari umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 18-fevraldagi “Respublika oziq-ovqat sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-2492-sonli qarori 10-bandining 7 xatboshidagi “Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 3-iyundagi “Ekskavatorlar va gusenitsali texnikani taʼmirlash zavodini qurish toʻgʻrisida” PQ-2543-sonli qarori 8-bandining ikkinchi xatboshidagi “Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Taʼlim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 2-noyabrdagi “2016 — 2020-yillarda Oʻzbekistonda onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-2650-sonli qarori 1-ilovasining 6-bandi “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik lineylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 7-noyabrdagi “Toshkent metropolitenining Yunusobod liniyasi ikkinchi bosqichini qurish” loyihasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-2653-sonli qarori 13-bandining toʻrtinchi xatboshidagi “Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-noyabrdagi “Toshkent metropolitenining Sergeli liniyasini qurish” loyihasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-2664-son qarori 12-bandining toʻrtinchi xatboshida “Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-yilgi Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi toʻgʻrisida” 2016-yil 23-dekabrdagi PQ-2697-sonli qarori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2-bandining beshinchi xatboshidagi “Oliy oʻquv yurtlarining moddiy- texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari “Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 7-ilovasining nomlanishidagi “Oliy oʻquv yurtlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari “Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi “Keksalar va nogironlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-2705-sonli qarori 1-ilovasining 23-bandi “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi”soʻzlari “Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi “2017 — 2021-yillarda maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-2707-sonli qarori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 4-bandining ikkinchi xatboshidagi “Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 3-ilovasidagi “Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Taʼlim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-yanvardagi “2017 — 2021-yillarda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi toʻgʻrisida” PQ-2731-sonli qarori 1-ilovasining 41, 42, 48, 53, 54, 56 va 57-bandlari “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq tumani aholisini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlash toʻgʻrisida” PQ-2754-sonli qarori 9-bandining ikkinchi xatboshidagi “Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-martdagi “Oʻzbekiston sportchilarini 2020-yilda Tokio shahrida XXXII yozgi Olimpiada va XVI Paralimpiada oʻyinlariga tayyorlash toʻgʻrisida” PQ-2821-sonli qarori 1-ilovasining 12-bandi va 2-ilovasining 1-bandi “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-martdagi “Quyuv mexanika zavodi” ShK mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-2837-sonli qarori 4-bandining toʻrtinchi xatboshidagi “Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi “Shoshilinch tibbiy yordam xizmatining faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-2838-sonli qarori 5-ilovasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 19, 21 va 22-bandlari “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yakuniy qismidagi “Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-2857-sonli qarori 2-ilovasining 22-bandi “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-avgustdagi PQ-3242-sonli qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 10-noyabrdagi “Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash boʻyicha budjetdan tashqari jamgʻarmani tashkil etish toʻgʻrisida” PQ-1432-sonli qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 20-maydagi “Oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-1533-sonli qarorining 4-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 21-noyabrdagi “Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasini budjetdan tashqari Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi etib qayta tashkil qilish toʻgʻrisida” PQ-1645-sonli qarori.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 35-son, 923-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2018-y., 06/20/5370/0975-son, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)