28.12.2016 yildagi PQ-2705-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keksalar va nogironlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etib oʻtilsinki, respublikada mustaqillik yillari mobaynida aholining ijtimoiy hojatmand qatlamlarini davlat tomonidan qoʻllab- quvvatlashning samarali tizimini shakllantirish borasida keng miqyosli ishlar amalga oshirildi. Keksalar va nogironlarning turmush darajasi va sifatini oshirishga, pensiya taʼminoti va ijtimoiy madad tizimini takomillashtirishga, tizimli sogʻlomlashtirishni tashkil etish hamda kasalliklarni davolashning zamonaviy usullaridan bahramand boʻlishni kengaytirishga yoʻnaltirilgan bir qator davlat dasturlari qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izchillik bilan amalga oshirilayotgan kuchli ijtimoiy siyosat natijasida aholining farovonligi oshdi va kishilarning turmush sifati yaxshilandi, bu esa keyingi 25 yil mobaynida oʻrtacha umr koʻrish davomiyligi 67 yoshdan 73,5 yoshga, shu jumladan erkaklar — 66 yoshdan 71 yoshgacha, ayollarning oʻrtacha umr koʻrish davomiyligi esa 70 yoshdan 75,8 yoshgacha ortishiga imkoniyat yaratdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010 — 2015-yillarning oʻzidagina keksalar va nogironlar uchun 12 ta “Saxovat” va “Muruvvat” internat-uylarining moddiy-texnika bazasi mustahkamlandi, 14,6 ming nafar yolgʻiz keksalar, pensioner va nogironlarning uy-joy-maishiy sharoitlari yaxshilandi, 5,4 ming nafar nogironlar texnik reabilitatsiya vositalari va protez-ortopediya buyumlari bilan taʼminlandi, 6,4 ming nafar nogiron va pensionerlar sanatoriylarda sogʻlomlashtirildi. Koʻrsatilgan tibbiy-ijtimoiy yordamning umumiy hajmi 132,2 mlrd soʻmni tashkil etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga ijtimoiy madad tizimida yolgʻiz keksalarni, pensionerlar, nogironlarni ijtimoiy himoya qilish, uning aniq manzilliligi, kasalliklarni profilaktika qilish va davolashning zamonaviy samarali usullarini joriy etish, katta yoshdagi shaxslarga koʻrsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlarning hajmlari va turlarini kengaytirish bilan bogʻliq ayrim masalalar hal etilmasdan qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keksa kishilarni, imkoniyatlari cheklangan shaxslarni va yolgʻiz keksalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, ijtimoiy himoya va tibbiy-ijtimoiy yordamning zamonaviy mexanizmlarini amalga oshirishda prinsipial yangi yondashuvlarni joriy etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Keksalar va nogironlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning ustuvor vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keksa avlod vakillariga nisbatan gʻamxoʻrlik va eʼtiborni kuchaytirish uchun qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish, keksalarning hayot faoliyati va dam olishini tashkil etish tizimini sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yolgʻiz keksalar, pensionerlar, nogironlarni aniq manzilli ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish, ularga koʻrsatiladigan uy-joy-maishiy hamda boshqa yashash sharoitlarini yaxshilashga yoʻnaltirilgan moddiy yordamni kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qariyalar, nogironlar va yolgʻiz keksalarni davolash, tizimli sogʻlomlashtirishni tashkil etish, profilaktika tadbirlarini kengaytirish, koʻrish va eshitish organlari, harakat-tayanch tizimi kasalliklarini hamda yurak-qon tomir kasalliklarini davolashning zamonaviy usullari bilan qamrab olish va ulardan bahramand etish yoʻli bilan ularga koʻrsatiladigan tibbiy-ijtimoiy yordam darajasi va sifatini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhtoj keksalar va nogironlarni sifatli yordamchi va texnik reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlash darajasini oshirish, ularni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish choralarini koʻrish, tibbiy- ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2020-yillarda keksalar va nogironlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari kompleksi 1-ilovaga* muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-iyundagi PQ-3787-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2018-y., 07/18/3787/1377-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi ushbu qarorning 1-ilovasida nazarda tutilgan chora-tadbirlar kompleksi amaliy nazorat qilinishini, tanqidiy tahlil etilishi va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu maqsadda quyidagi ustuvor vazifalarni hal etishga asosiy eʼtibor qaratilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy yordam darajasi va sifatini oshirish, kasalliklarni erta aniqlash va profilaktika tadbirlarini kengaytirish boʻyicha skrining tekshirishlarini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy tashxis va davolash usullarini qoʻllagan holda yuqori texnologiyali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamdan foydalanishni kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reabilitatsiya va sogʻlomlashtirish chora-tadbirlarini yaxshilash, sogʻlom va faol turmush tarzini yuritish madaniyatini targʻib qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy tibbiyotning eng yangi yutuqlari, asosiy kasalliklar tashxisi va ularni davolash sifati standartlari asosida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — “Nuroniy” Jamgʻarmasi), “Mahalla” xayriya jamoat fondi (keyingi oʻrinlarda — “Mahalla” Fondi), Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ushbu qarorning 1-ilovasida koʻrsatilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining 2017 — 2020-yillarga moʻljallangan Davlat budjetini shakllantirishda har yili “Sogʻliqni saqlash” va “Ijtimoiy taʼminot” sohalari boʻyicha ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida ushbu qarorning 1-ilovasida koʻrsatilgan tadbirlarni amalga oshirishga zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-iyundagi PQ-3787-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2018-y., 07/18/3787/1377-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-iyundagi PQ-3787-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2018-y., 07/18/3787/1377-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Nuroniy” va “Mahalla” jamgʻarmalari hamda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashining yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin, ularda quyidagilar nazarda tutilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yilning 1-yanvaridan boshlab har bir tuman (shahar) boʻlimida bittadan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlimlarida uchtadan, markaziy apparatda 8 nafar xodim hisobidan “Nuroniy” jamgʻarmasi shtat birliklari taʼminotini budjetdan moliyalashtirishga qabul qilib, “Nuroniy” jamgʻarmasi pensioner xodimlariga pensiyalarni 100 foiz miqdorda toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet mablagʻlari hisobiga taʼminlanayotgan “Nuroniy” jamgʻarmasi xodimlariga “Navroʻz” va “Mustaqillik” bayramlariga mukofotlar “Nuroniy” jamgʻarmasi boʻlimlarida lavozim okladining 50 foizi miqdorida va markaziy apparatda lavozim okladining 100 foizi miqdorida toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 13-oktabrdagi PF-4658-sonli Farmoniga muvofiq, 1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilariga har yili sanatoriylarda sogʻlomlashtirish kursini olish oʻrniga yoʻllanma qiymatiga teng kompensatsiya olish huquqini berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet mablagʻlari hisobiga bepul tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimi doirasida keksalar, nogironlar, urush va mehnat faxriylarini sogʻlomlashtirishni taʼminlash uchun 2017 — 2019-yillarda Buxoro, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida sanatoriylar qurish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Mehnat vazirligi bilan birgalikda “Nuroniy” jamgʻarmasi tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha razryadlarni kelishib olsin, shuningdek ikki hafta muddatda “Nuroniy” jamgʻarmasi boʻlimlari va uning markaziy apparati xarajatlari smetasi hamda shtat jadvallari belgilangan tartibda tegishli moliya organlarida roʻyxatga olinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli binolar (xonalar), mebel, kompyuter texnikasi va aloqa vositalari ajratish yoʻli bilan “Nuroniy” jamgʻarmasi barcha boʻlimlarining moddiy-texnika bazasi mustahkamlanishini taʼminlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yolgʻiz va kam taʼminlangan keksalarga “Nuroniy” jamgʻarmasi orqali qishki kiyim va poyabzal (kurtka-yarim palto, moʻynali telpak (jun roʻmol), qoʻlqop, botinka), shuningdek (kartoshka, piyoz, un, guruch, yorma va birinchi navbatda zarur boʻlgan boshqa mahsulotlar)ni qishga gʻamlashni har yili taʼminlash uchun hokimlarning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlanish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari rahbarligida hududiy komissiyalar tuzsin va ularning tarkibiga Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi, “Mahalla” fondi, Yoshlar ittifoqi boʻlinmalari hamda boshqa tashkilotlarning rahbarlari kiritilsin.
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-sentabrdagi PF-5191-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 982-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi, “Mahalla” fondi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralarga yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlarga moddiy, ijtimoiy, tibbiy yordam va boshqa madad koʻrsatish sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida har yili koʻp tomonlama bitim tuzish, bitimga muvofiq zarur koʻmak berish, jumladan moliyaviy yordam koʻrsatish tavsiya etilsin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi 2017 — 2020-yillarda keksalar va nogironlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan ushbu qaror bilan tasdiqlangan Kompleks chora-tadbirlarning maqsad hamda vazifalarini bosma va elektron axborot vositalarini, shu jumladan butun jahon Internet tarmogʻini jalb etgan holda aholi oʻrtasida muntazam, tizimli va keng koʻlamda yoritib borishni taʼminlasin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Nuroniy” jamgʻarmasi bilan birgalikda ushbu qaror bajarilishining borishi toʻgʻrisida har chorakda Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etib turilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 28-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2705-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi PQ-2705-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017—2020-yillarda keksalar va nogironlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlarning nomlanishi

Ijro muddati

Xarajatlar

(mln smda)

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. YOLGʻIZ KEKSALAR VA NOGIRONLARNING TURMUSH DARAJASI VA SIFATINI OSHIRISH UCHUN QOʻSHIMCHA SHART-SHAROITLAR YARATISHGA QARATILGAN NORMATIV-HUQUQIY BAZANI YANADA TAKOMILLASHTIRISH

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlashtirish markazlari toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish.

2017-yil

IV chorak

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Intellektual rivojlanishda ijobiy dinamikasi boʻlgan nogironlarga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish sohasida “Muruvvat” internat-uylari faoliyatini takomillashtirishni nazarda tutuvchi qarori loyihasini ishlab chiqish.

2017 yil

IV chorak

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

3.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil
13-oktabrdagi “1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
PF-4658-son Farmoniga muvofiq 1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilariga sanatoriylarda har yillik sogʻlomlashtirish kurslarini olish oʻrniga yoʻllanmaning oʻrtacha narxiga teng kompensatsiya taqdim etishni tartibga soluvchi qoʻshma qaror ishlab chiqish va tasdiqlash.

2017 yil

I chorak

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi

4.

Yuqumli boʻlmagan kasalliklarning asosiy turlarini diagnostika qilish va davolashning yangilangan standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Jadvalga muvofiq

Sogʻliqni saqlash vazirligi

II. KEKSALAR VA NOGIRONLARGA TIBBIY XIZMAT KOʻRSATISH DARAJASI VA SIFATINI OSHIRISH

5.

Keksalarda, shu jumladan yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlarda surunkali, yashirin va avval aniqlanmagan kasalliklarni barvaqt aniqlash boʻyicha kompleks profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish, ularga patronaj tibbiy hamshiralarni biriktirish.

2017 2020 yillar

Ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida

Davlat budjeti mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

6.

Imkoniyatlari cheklangan odamlarda (kattalar va bolalar) eshitish qobiliyati skriningi tekshiruvlarini oʻtkazish.

2017 yil

Sogʻliqni saqlash vazirligi

7.

Keksa insonlar uchun sogʻlom ovqatlanish asoslari boʻyicha metodik tavsiyalar, bukletlar, posterlar ishlab chiqish orqali turli yosh guruhlarida (60 — 70 yosh, 70 — 80 yosh, 80 — 90 yosh, 90 — 100 yosh va 100 yoshdan kattalar) sogʻlom turmush tarzini olib borish, ovqatlanish, sogʻlomlashtirishgaoid tavsiyalarni qoʻllash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2017 2020 yillar

40,0, shu jumladan

2017-yilda — 20,0,

2018-yilda — 20,0

Davlat budjeti mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi

8.

Har yili respublika ixtisoslashtirilgan va ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida, ilmiy-tekshirish institutlarining klinikalarida, tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining klinik bazalarida 7 ming nafar keksalarga hamda viloyatlardagi koʻptarmoqli tibbiyot markazlarida 20 ming nafar keksalarga, shu jumladan yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlarga yuqori texnologiyali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish.

2017 2020 yillar

55000,0

shu jumladan,

har yili

13750,0

Davlat budjeti mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

9.

Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti kafedrasi bazasida gerontologiyava geriatriya kafedralarini tashkil etish.

2017 yil iyun

Ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida

Davlat budjeti mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi

10.

Quyidagilarni amalga oshirish orqali keksalar, shu jumladan yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlar uchun diagnostika va davolashning yuqori texnologiyali uslublaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirish:

2017 2020 yillar

25 120,0

shu jumladan

har yili

Davlat budjeti mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi

yirik boʻgʻimlar kasalliklarida 200 nafar kasallarda rekonstruktiv-tiklash amaliyotlarini qilish hamda umurtqa patologiyasiga ega 1000 nafar kasalda konservativ terapiyaning zamonaviy usullarini qoʻllash;

1 200,0

yurak-qon tomir kasalliklari tizimi kasalliklariga chalingan bemorlarning 1000 nafarida koronar tomirlarni stentlash va 100 nafar bemorda aortakoronar shuntlashtirish amaliyotlarini oʻtkazish;

3 640,0

keksalik kataraktasiga chalingan 1000 nafar hamda glaukoma bilan kasallangan 500 nafar bemorda organlarni saqlab qolish amaliyotlarini oʻtkazish;

775,0

peshob-tosh kasalliklari, adenoma va prostata bezi raki kasalliklariga chalingan 1000 nafar bemorda kichik invoziv urologik amaliyotlarini oʻtkazish;

300,0

qandli diabetning tomir asoratlarida 200 nafar bemorda yuqori texnologik amaliyotlarini oʻtkazish;

200,0

LOR kasalliklarining barvaqt oldini olish maqsadida sinustit bilan ogʻrigan 200 nafar bemorda kichik invaziv endoskopik amaliyotlarini oʻtkazish va 500 nafar bemorda oto-mikroskopik tekshiruvlar oʻtkazish.

165,0

11.

Keksalar, shu jumladan yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlarni quyidagi sharoitlarda yuqori texnologik usullar orqali diagnostika qilish va davolash:

respublika tibbiyot muassasalari sharoitlarida;

viloyat tibbiyot muassasalari sharoitlarida.

2017 2020

yillar

40 000,0,

shujumladan

har yili

10 000,0

103 840,0,

shu jumladan

har yili

25 960,0

Davlat budjeti mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi

III. YOLGʻIZ KEKSALAR VA NOGIRONLARGA IJTIMOIY XIZMAT KOʻRSATISH, MANZILLI IJTIMOIY HIMOYA QILISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH, ULARGA KOʻRSATILADIGAN MODDIY YORDAMNI KENGAYTIRISH

12.

Intellektual rivojlanishda ijobiy dinamikaga ega nogironlar uchun uy-internatlar tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va kiritish.

2017 yil

II chorak

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi

13.

Koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam sifatini oshirish uchun yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlarni hisobga olish boʻyicha interfaol maʼlumotlar bazasi va yagona registrini yaratish.

2017 yil

I chorak

Sogʻliqni saqlash vazirligi

14.

1941 1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari, yolgʻiz keksa pensionerlar va nogironlar hamda boshqa aholi zaif qatlamlarining kamida 35 ming nafarini sanatoriylarda bepul sogʻlomlashtirilishini tashkil etish.

2017 2020

yillar

72 000,0,

Davlat budjeti mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Nuroniy” jamgʻarmasi,

Moliya vazirligi

15.

Oʻzganing qaroviga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlarning 15 ming nafariga oʻz uyida ijtimoiy xizmat koʻrsatishni tashkil etish.

2017 2020

yillar

72 000,0,

shu jumladan

har yili

18000,0

Davlat budjeti mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Qizil yarim oy jamiyati

16.

Quyidagilar orqali muhtoj yolgʻiz qariyalar va nogironlarni har yili sanatoriylarda bepul sogʻlomlashtirishni (tibbiy koʻrsatmalar boʻyicha) tashkil etish:

2017 2020

yillar

2 800,0,

shu jumladan

har yili:

700,0

Ijrochilar

mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Kasaba uyushmalari Kengashi, Moliya vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimining sanatoriylarini kamida 1000 ta yoʻllanma bilan taʼminlash;

2 200,0,

shu jumladan

har yili:

550,0

Davlat budjeti mablagʻlari

Kasaba uyushmalari sanatoriylarini kamida 300 ta yoʻllanma bilan taʼminlash (ishlab turgan yolgʻiz keksalarni, pensionerlarni va nogironlarni).

6000,

shu jumladan

har yili:

150,0

Kasaba uyushmalari va ish beruvchilar mablagʻlari

17.

Har yili doimiy qarovga muhtoj kamida 4 ming nafar yolgʻiz keksalar va nogironlarni asosiy oziq-ovqat mahsulotlari, gigiyena tovarlari bilan bepul taʼminlashni tashkil etish.

2017 2020

yillar

10 000,0,

shu jumladan har yili

2500,0

Davlat budjeti mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mahalla” jamgʻarmasi

18.

Solom avlod uchun” jamgʻarmasining koʻchma hududiy tibbiy-ijtimoiy yordam brigadalari tomonidan kamida 2 ming nafar yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlarga har yili patronaj xizmatini koʻrsatish.

2017 2020

yillar

3000,0,

shu jumladan

har yili

750,0

Ijrochilar

mablagʻlari

Solom avlod uchun

jamgʻarmasi

19.

Ambulator davolanishdan oʻtayotgan kamida 4 ming nafar yolgʻiz keksalar va nogironlarni shifokor retseptlari boʻyicha dori vositalari bilan taʼminlash.

2017 2020

yillar

2800,0,

shu jumladan

har yili

200,0

500,0,

shu jumladan: 100,0

300.0

100.0

Davlat budjeti mablagʻlari

Ijrochilar

mablagʻlari,

“Nuroniy” jamgʻarmasi, “Mahalla” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Qizil yarim oy jamiyati

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi,

Nuroniy” jamgʻarmasi, Mahalla” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Qizil yarim oy jamiyati

20.

Koʻrsatilgan kommunal xizmatlar xarajatlarini toʻlab berish orqali yolgʻiz pensionerlar va nogironlarga manzilli moddiy yordam koʻrsatish.

2017 2020 yillarda

80,0,

shu jumladanhar yili

20,0

Ijrochilar

mablagʻlari

Kasaba uyushmalari

Federatsiyasi Kengashi

21.

Har yili kamida 10 ming nafar yolgʻiz keksalar va nogironlarni protez-ortopedik buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan bepul taʼminlash.

2017 2020

yillar

9500,0,

shu jumladan

har yili

2375

Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi,

“Sogʻlom avlod uchun”

jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

IV. TIBBIYOT VA TIBBIY-IJTIMOIY MUASSASALARNING MODDIY-TEXNIK BAZASINI MUSTAHKAMLASH

22.

4 ta tibbiy-ijtimoiy muassasalarni qurish va rekonstruksiya qilish (Andijon “Saxovat” uy-internati, Urush va mehnat veteranlari uchun respublika pansionati, Zomin xotin-qizlar “Muruvvat” uy-internati, Qarshi bolalar-nogironlar uchun “Muruvvat” uy-internati).

2017 2018

yillar

14 400,0, shu jumladan har yili

3 600,0

Homiylar mablagʻlari

Andijon, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahar hokimligi

23.

Avval respublika ixtisoslashtirilgan va viloyat markazlari darajasida koʻrsatilayotgan zamonaviy diagnostika va davolash usullaridan respublika tumanlari va shaharlari aholisining foydalanish imkoniyatlarini taʼminlash, mazkur ishlarni quyidagilar orqali amalga oshirish:

tomirlarni oʻrganish va stentlash uchun angiografik moslamalarni taqdim etish hamda respublikaning beshta hududida (Buxoro, Samarqand, Fargʻona, Xorazm viloyatlarida hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasida) stenoz, anevrizmlar va insultni davolashda yurak koronar tomirlarini va bosh miyani stentlash boʻyicha operatsiyalarni oʻtkazish uchun sharoitlar yaratish;

zamonaviy yuqori texnologik tibbiyot uskunalarini taqdim etish hamda respublikaning toʻrt hududida (Andijon, Buxoro, Samarqand va Fargʻona viloyatlarida) ochiq yurakda operatsiyalarni oʻtkazishni tashkil qilish;

2017-yil

2018-yil

9772,0

9158,0

Budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi

Onkologiya kasalliklarini barvaqt diagnostika qilish va nur terapiyasining barcha turlari toʻliq kursini oʻtkazish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar onkologiya dispanserlari uchun masofaviy hamdakontaktli nur terapiyasi kompyuter tomograflari va apparatlarini taqdim etish;

2017 2019

yillar

20,5 mln AQSHdollari

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

LOR-organlari, jarrohlik va ginekologiya kasalliklari, gepatit B,S virusli kasalliklariga chalinganlarni skrining qilish va barvaqt aniqlashda diagnostik oʻrganishlar va kam jarohat yetkazuvchi endoskopik operatsiyalar oʻtkazish uchun kompyuter tomograflar (KT), magnit rezonans tomograflar(MRT), laparoskopik uskunalar, LOR-kombaynlar va laboratoriya uskunalarini taqdim etish.

2018 2020

yillar

88,2 mln AQSH dollari

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

12 372,0

budjetdan tashqari Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2020-yillarda chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun jami xarajatlar — 466 586,0 mln soʻm, ulardan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti mablagʻlari — 390 460,0 mln soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan tashqari Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasining mablagʻlari — 56 046 mln soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijrochilar mablagʻlari — 20 080,0 mln soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari kreditlari va grantlari — 108,7 mln AQSH dollari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha xarajatlar har yili belgilangan tartibda indeksatsiya qilinadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 1-son, 10-modda, 35-son, 923-modda, 37-son, 982-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2018-y., 07/18/3787/1377-son; 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)