15.03.2017 yildagi PQ-2837-son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Quyuv mexanika zavodi” Davlat korxonasining mavjud ishlab chiqarish maydonlarini rekonstruksiya qilish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl tarmogʻi korxonalarini zamonaviy vagonlarning turli xillarini qurish va kapital taʼmirlash hajmini oshirish, gʻildirak juftliklarini sifatli shakllantirish boʻyicha vazifalarning toʻliq majmuasini bajarish imkonini beradigan samarali innovatsion texnologik uskunalar bilan bosqichma-bosqich jihozlashni davom ettirish, shuningdek, mahsulotlarning import oʻrnini bosishni va eksport salohiyatining oʻsishini yanada taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning “Quyuv mexanika zavodi” DKning mavjud ishlab chiqarish maydonlarini rekonstruksiya qilish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda loyiha deb yuritiladi) “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning oʻz mablagʻlari hisobidan 20,0 million AQSH dollari ekvivalentidagi hisoblangan qiymatda, 2017-yilda yakunlash sharti bilan amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Quyuv mexanika zavodi” davlat korxonasining mavjud ishlab chiqarish maydonlarini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish doirasida quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosh loyiha tashkiloti — “Toshtemiryoʻlloyiha” MCHJ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosh pudratchi tashkilot — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga, istisno tariqasida, quyidagilarga ruxsat berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqaruvchi zavodlar yoki ularning rasmiy dillerlari (distribyutorlari) bilan tender savdolari oʻtkazmasdan, eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida uskunalar va materiallar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar va uzellar yetkazib berish boʻyicha shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning 2014 va 2015-yillardagi faoliyati yakunlari boʻyicha davlat ulushiga toʻgʻri keladigan dividendlar toʻloviga hisoblangan mablagʻlar, tegishli ravishda 5,2 mlrd soʻm va 9,585 mlrd soʻm miqdorida, loyihani amalga oshirishga yoʻnaltirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2018-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda quyidagilardan ozod qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar asosida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan loyihani amalga oshirish doirasida olib kiriladigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskunalar, xom ashyo, materiallar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar va uzellar, jihozlar, shuningdek texnologik hujjatlar uchun bojxona toʻlovlari (bojxona yigʻimlaridan tashqari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilgan shartnomalar shartlariga muvofiq yetkazib beriladigan texnologik asbob-uskunalarni oʻrnatish va ularga kafolat xizmatini koʻrsatish davrida xorijiy kompaniyalar tomonidan olib kiriladigan va “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimiga rasmiylashtiriladigan asbob-uskunalar va asboblar, butlovchi buyumlar, uzellar va jihozlar uchun davriy bojxona toʻlovlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshilgan qiymat soligʻi, tovarlar, ishlar (xizmatlar), shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan koʻrsatilgan ishlar (xizmatlar), shuningdek, Respublika yoʻl jamgʻarmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish budjetdan tashqari jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar va yigʻimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov manbaida yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi — loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining daromadlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tashkilotlari oʻrtasida begʻaraz asosda oʻtkazilayotgan va qabul qilinayotgan mol-mulk boʻyicha yuridik shaxslarning foyda soligʻi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning soʻrovnomalari asosida mazkur loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga konsullik va boshqa yigʻimlarni undirmagan holda kirish vizalarini berishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning soʻrovnomalari asosida mazkur loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirilmagan holda koʻp martalik vizalar berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning yashash joyida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishini va vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtish muddatining uzaytirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari ― “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 15-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2837-son