Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.12.2019 22.08.2017 yildagi 660-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.12.2019
Hujjat 28.08.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 1998-yil 1-iyuldagi 274-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-dekabrdagi 973-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻsmirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 28-iyundagi PQ-4375-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini uy-joy bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisida Nizomni tasdiqlash haqida” 2007-yil 14-sentabrdagi PQ-694-son qaroriga muvofiq, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Maxsus avariya-tiklash boshqarmasining yuqori jangovor shayligini saqlash vazifalarini sifatli bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 1998-yil 1-iyuldagi 274-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sh.X. Shermatov zimmasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 22-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
660-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-avgustdagi 660-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 1998-yil 1-iyuldagi 274-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 5-bandning ikkinchi xatboshidagi “kontrakt boʻyicha olingan zobitlar, praporshchiklar va harbiy xizmatchilar” soʻzlari “kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 6-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“4. Favqulodda vaziyatlar vaqtida maxsus vazifalarni bajarish va ularning oqibatlarini bartaraf etish uchun jalb etilgan Boshqarma kuchlari va vositalariga Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bevosita rahbarlik qiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“6. Boshqarmaning kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilari Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilari uchun qabul qilingan kiyim-kechak, emblema va farqlanish belgilariga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqarmaning muddatli harbiy xizmatchilari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining muddatli harbiy xizmatchilari uchun belgilangan normalarga muvofiq kiyim-kechak bilan taʼminlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bandning “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a) tinch davrda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash sohasida davlat siyosatini amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining tarkibiy boʻlinmalari bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi aloqa obyektlari va telekommunikatsiya tarmoqlarida avariya-tiklash hamda qurilish-montaj ishlarini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
safarbarlik zaxirasining moddiy vositalarini va favqulodda vaziyatlarda avariya-tiklash ishlarini bajarish uchun ularning zaxirasini toʻplash hamda va sifatli saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Maxsus avariya-tiklash boshqarmasini safarbarlikka jalb etish rejasini ishlab chiqish, tayyorlash va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqarmani belgilangan vazifalarni bajarishga doimiy jangovar tayyorgarlik darajasida saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mobil aloqa vositalarini va Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi boshligʻining mobil boshqaruv punktini belgilangan maqsadda qoʻllashga doimiy tayyor holda saqlash va ularning texnik taʼminotini modernizatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tuzilmasi obyektlarini harbiylashtirilgan holda qoʻriqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqarma harbiy xizmatchilari va xizmatchilarini oʻquv markazi bazasida oʻqitish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil qilish va keyinchalik muddatli harbiy xizmatchilarni Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining mudofaa ishlari boshqarmalari va boʻlimlari orqali maxsus tuzilmalarga biriktirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqarma shaxsiy tarkibini Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti va xalqiga, harbiy qasamyod va harbiy burchga sadoqat, Vatan tarixi va anʼanalarini chuqur hurmat qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari qoidalarini soʻzsiz bajarish, komandirlarga (boshliqlarga) ongli ravishda boʻysunish ruhida tarbiyalashga qaratilgan tizimli ishlarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishgan holda jangovar tayyorgarlik, alohida muhim va toifalarga ajratilgan aloqa obyektlarini qoʻriqlash, idoralararo oʻquv-mashgʻulotlarda tezkor aloqani taʼminlash va boshqa maxsus vazifalarni bajarish masalalarida Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati bilan hamkorlik qilish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“19. Boshqarmaning obyektlarni qoʻriqlovchi idoraviy qoʻriqlash boʻlinmalarining taʼminoti bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimining nodavlat mulk obyektlarini qoʻriqlash Boshqarma bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq ushbu obyektlar mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“25. Kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uy-joy bilan taʼminlanadi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 34-son, 896-modda)