O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining MAXSUS AVARIYA-TIKLASh BOShQARMASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
[Ko‘chirma]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-dekabrdagi 973-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-iyundagi PQ-4375-son qarori)” qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining doimiy tayyor turuvchi avariya-tiklash bo‘linmalarini tabiiy va texnogen tusdagi favquloddagi vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish chog‘ida boshqarishni hamda ularning professional tayyorgarligini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
1. 15361-harbiy qism (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 24-alohida aloqa brigadasi) O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Maxsus axborot-tiklash boshqarmasi etib qayta tashkil qilinsin.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Qayta tashkil qilish 15361-harbiy qismni ta’minlash uchun budjet smetasida nazarda tutilgan pul mablag‘larini ko‘paytirmasdan amalga oshirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga hamda uning tashkiliy tuzilmasi tasdiqlansin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
3. Belgilab qo‘yilsinki, Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi xarajatlarini mablag‘ bilan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi budjet mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Moliya vazirligi har yili qurilishlar investitsiya dasturida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Maxsus avariya-tiklash boshqarmasiga asosiy fondlarni rekonstruksiya qilish va rivojlantirish uchun kapital qo‘yilmalar hamda moliyaviy mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsinlar.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
4. Maxsus avariya-tiklash boshqarmasining harbiy xizmatchilari, xodimlari va mutaxassislari xizmatni o‘tash masalalari, mehnatga haq to‘lash, pensiya ta’minoti, tibbiy va maishiy xizmat ko‘rsatish shart-sharoitlari bo‘yicha, shu jumladan ularning oila a’zolari, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi harbiy xizmatchilari, xodimlari va mutaxassislarining tegishli toifalariga tenglashtirilsin.
5. Belgilansinki:
Maxsus avariya-tiklash boshqarmasining kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarini butlash, lavozimga tayinlash, ularga harbiy unvonlar berish, ularni zaxiraga (iste’foga) bo‘shatish, pensiya bilan ta’minlash boshqarma boshlig‘ining takdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-avgustdagi 660-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 896-modda)
Maxsus avariya-tiklash boshqarmasini muddatli xizmat harbiy xizmatchilari bilan butlash belgilangan tartibda, boshqarma boshlig‘ining buyurtmanomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi orqali amalga oshiriladi.
(6-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-sonli qarori bilan chiqarilgan— O‘R QHT, 2004-y., 19-son, 220-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-avgustdagi 660-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 896-modda)
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I.H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 1-iyul,
274-son
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining maxsus avariya-tiklash boshqarmasi to‘g‘risida
NIZOM
(1-ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
I. Umumiy qoidalar
1. Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi (15361-harbiy qism), keyingi o‘rinlarda “Boshqarma” deb ataladi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
2. Boshqarma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa qarorlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Qurolli Kuchlarning umumqo‘shin ustavlariga, Favqulotda vaziyatlar vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining buyruqlari va direktivalariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
3. Boshqarmaning shaxsiy tarkibi quyidagilardan iborat bo‘ladi:
a) kontrakt bo‘yicha oddiy askar, serjant va zobitlar tarkibida haqiqiy harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar;
b) haqiqiy harbiy muddatli xizmatga chaqirilgan harbiy xizmatchilar;
v) Qurolli Kuchlar ishchilari va xizmatchilari.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
4. Favqulodda vaziyatlar vaqtida maxsus vazifalarni bajarish va ularning oqibatlarini bartaraf etish uchun jalb etilgan Boshqarma kuchlari va vositalariga O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bevosita rahbarlik qiladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-avgustdagi 660-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 896-modda)
5. Boshqarma harbiy xizmatchilari harbiy xizmatda bo‘ladilar. Ular shu jumladan ularning oilalari belgilangan ta’minot, huquqlar va imtiyozlarning barcha turlaridan O‘zbekiston Respublikasi Favqulotda vaziyatlar vazirligi normalari bo‘yicha foydalanadilar.
6. Boshqarmaning kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilari O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilari uchun qabul qilingan kiyim-kechak, emblema va farqlanish belgilariga ega bo‘ladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-avgustdagi 660-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 896-modda)
Boshqarmaning muddatli harbiy xizmatchilari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining muddatli harbiy xizmatchilari uchun belgilangan normalarga muvofiq kiyim-kechak bilan ta’minlanadi.
7. Boshqarma o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining boshqa bo‘limlari (bo‘linmalari) va boshqarmalari, shuningdek Milliy gvardiya, Favqulotda vaziyatlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi boshqa bo‘linmalari va xizmatlari bilan o‘zaro xamkorlikda amalga oshiradi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-dekabrdagi 1021-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2018-y., 09/18/1021/2335-son)
8. Boshqarmaning operativ, maxsus va boshqa transport vositalari davlat avtomobil nazorati organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak va belgilangan tartibda tasdiqlangan tanish belgilari, maxsus signallar va aloqa vositalari bilan jihozlanadi.
9. Boshqarma yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan, o‘z nomi O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
II. Boshqarmaning asosiy vazifalari
10. Quyidagilar Boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) tinch davrda:
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash sohasida davlat siyosatini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi aloqa obyektlari va telekommunikatsiya tarmoqlarida avariya-tiklash hamda qurilish-montaj ishlarini bajarish;
safarbarlik zaxirasining moddiy vositalarini va favqulodda vaziyatlarda avariya-tiklash ishlarini bajarish uchun ularning zaxirasini to‘plash hamda va sifatli saqlash;
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Maxsus avariya-tiklash boshqarmasini safarbarlikka jalb etish rejasini ishlab chiqish, tayyorlash va amalga oshirish;
Boshqarmani belgilangan vazifalarni bajarishga doimiy jangovar tayyorgarlik darajasida saqlash;
mobil aloqa vositalarini va O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi boshlig‘ining mobil boshqaruv punktini belgilangan maqsadda qo‘llashga doimiy tayyor holda saqlash va ularning texnik ta’minotini modernizatsiya qilish;
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tuzilmasi obyektlarini harbiylashtirilgan holda qo‘riqlash;
Boshqarma harbiy xizmatchilari va xizmatchilarini o‘quv markazi bazasida o‘qitish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil qilish va keyinchalik muddatli harbiy xizmatchilarni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining mudofaa ishlari boshqarmalari va bo‘limlari orqali maxsus tuzilmalarga biriktirish;
Boshqarma shaxsiy tarkibini O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti va xalqiga, harbiy qasamyod va harbiy burchga sadoqat, Vatan tarixi va an’analarini chuqur hurmat qilish, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari qoidalarini so‘zsiz bajarish, komandirlarga (boshliqlarga) ongli ravishda bo‘ysunish ruhida tarbiyalashga qaratilgan tizimli ishlarni tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishgan holda jangovar tayyorgarlik, alohida muhim va toifalarga ajratilgan aloqa obyektlarini qo‘riqlash, idoralararo o‘quv-mashg‘ulotlarda tezkor aloqani ta’minlash va boshqa maxsus vazifalarni bajarish masalalarida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlik qilish.
(10-bandning “a” kichik bandi o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-dekabrdagi 1021-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2018-y., 09/18/1021/2335-son)
III. Boshqarmaning shaxsiy tarkibini butlash va xizmatni o‘tash
11. Boshqarmani kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar bilan butlash O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi orqali amalga oshiriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
12. Boshqarma boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri va Favqulodda vaziyatlar vazirining qo‘shma buyrug‘i bilan lavozimga tayinlanadi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
13. Boshqarmaning tarkibiy bo‘linmalarida mansabdor shaxslar boshqarma boshlig‘i tomonidan tayinlanadi, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga harbiy unvonlar qonunchilikda belgilangan tartibda beriladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
14. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarni qabul qilish, tayinlash va bo‘shatish Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
15. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning Boshqarma ichida bir lavozimdan boshqasiga o‘tishi Boshqarma boshlig‘ining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
17. Boshqarmani muddatli harbiy xizmatchilar bilan butlash Boshqarma boshlig‘ining buyurtmanomasi bo‘yicha belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi orqali amalga oshiriladi.
IV. Moliyaviy ta’minoti
18. Boshqarma sarf-xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi budjeti mablag‘lari hisobiga mablag‘ bilan ta’minlanadi.
19. Boshqarmaning obyektlarni qo‘riqlovchi idoraviy qo‘riqlash bo‘linmalarining ta’minoti bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimining nodavlat mulk obyektlarini qo‘riqlash Boshqarma bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq ushbu obyektlar mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-avgustdagi 660-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 896-modda)
20. Xarajatlarning yillik budjet smetasini O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri tasdiqlaydi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
21. Boshqarmani mablag‘ bilan ta’minlash har oyda bir yilga tasdiqlangan smetaning o‘n ikkidan bir qismi doirasida amalga oshiriladi.
22. Safarbarlik zaxirasiga g‘amlanadigan moddiy boyliklarga va favqulodda vaziyatlar davridagi zaxiraga haq to‘lash belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 23-avgustdagi 233-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 34-son, 458-modda)
23. Boshqarmaning moliya-xo‘jalik faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan nazorat qilinadi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
V. Moddiy-maishiy ta’minoti
24. Boshqarma o‘z fondlarida joylashtiriladi.
25. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uy-joy bilan ta’minlanadi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-avgustdagi 660-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 896-modda)
26. Boshqarma ta’minotning barcha turlari bilan tabellar va ta’minot normalariga muvofiq to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzilishi yo‘li bilan vazirliklar va idoralarning ta’minotchi organlariga haq to‘lash hisobiga ta’minlanadi.
27. Boshqarmaga yonilg‘i-moylash materiallariga fondlar motoresurslarning normalari va belgilangan limitlariga muvofiq hisoblangan ehtiyojiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi orqali ajratiladi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)