Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil
1-iyundagi PF-5066-son Farmoni)
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil
1-iyundagi PF-5066-son Farmoni)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 1-iyundagi PF-5066-son Farmoniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha tashkiliy tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 2-iyundagi PQ-3029-son hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 2-iyundagi PQ-3030-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri R.M. Djurayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 18-avgust,
644-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-avgustdagi 644-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 7-yanvardagi 11-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 12 va 34-bandlardagi “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari “Favqulodda vaziyatlar vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 32-banddagi ““Oʻzgidromet” markazining Oʻrta Osiyo gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti” soʻzlari “Oʻzgidromet” markazining gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining davlat suv kadastrini yuritish boʻyicha funksiyalari” boʻlimi nomidagi “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari “Favqulodda vaziyatlar vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2. Vazirlar Mahkamasining “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 16-noyabrdagi 499-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 11-son, 66-modda) 2-bandidagi “nazorat” soʻzidan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi” soʻzlari qoʻshilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 23-dekabrdagi 496-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 12-son, 79-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida yer monitoringi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandidagi “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari “Favqulodda vaziyatlar vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 30-martdagi 160-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 20-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi toʻgʻrisidagi nizomning 21-bandidagi “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari “Favqulodda vaziyatlar vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-fevraldagi 66-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 2-son, 12-modda) bilan tasdiqlangan Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandi toʻrtinchi va oʻn birinchi xatboshilardagi “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari “Favqulodda vaziyatlar vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-fevraldagi 27-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul boʻlgan davlat organlari roʻyxatining 87-pozitsiyasidagi “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari “Favqulodda vaziyatlar vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 23-avgustdagi 181-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 8-son, 50-modda) bilan tasdiqlangan Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari reyestrining “Bajarish uchun masʼullar” ustuni 118-pozitsiyasidagi “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari “Favqulodda vaziyatlar vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston katta toʻgʻonlar milliy qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2011-yil 25-martdagi 88-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 3-son, 20-modda):
a) 4-bandning ikkinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari “Favqulodda vaziyatlar vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 3-bandidagi “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari “Favqulodda vaziyatlar vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2011-yil 24-avgustdagi 242-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2011-y., 34-35-son, 350-modda) 3-ilovasida:
a) “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi” boʻlimining oltinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari “Favqulodda vaziyatlar vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi” boʻlimidagi “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari “Favqulodda vaziyatlar vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” boʻlimi nomidagi “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari “Favqulodda vaziyatlar vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-dekabrdagi 358-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 51-son, 579-modda) bilan tasdiqlangan Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimi toʻgʻrisidagi nizom 11-bandining ikkinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari “Favqulodda vaziyatlar vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 5-avgustdagi 216-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 8-son, 80-modda) bilan tasdiqlangan Davlat ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 47-bandidagi “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari “Favqulodda vaziyatlar vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 14-avgustdagi 231-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 8-son, 87-modda) bilan tasdiqlangan Hududlarning davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 15-bandining 14 va 17-kichik bandlaridagi “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari “Favqulodda vaziyatlar vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-avgustdagi 644-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan baʼzi qarorlari
roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi kichik hajmli kemalar boʻyicha davlat inspeksiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasiga boʻysunishi toʻgʻrisida” 1993-yil 1-apreldagi 167-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Toshqinga qarshi favqulodda komissiya faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 2000-yil 4-apreldagi 128-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 2001-yil 28-iyundagi 278-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining “Toshqin va sel oqimlari, koʻchki hodisalarining oldini olish va ularning oqibatlarini tugatishga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2002-yil 26-martdagi 96-son qarori.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2006-yil 2-oktabrdagi 207-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 10-son, 73-modda) 1-ilova 6-bandining “b” kichik bandi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 34-son, 889-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/869/3935-son; 27.08.2020-y., 09/20/515/1223-son; 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son; 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)