Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TOShQIN VA SEL OQIMLARI, KOʻChKI HODISALARINING OLDINI OLISh VA ULARNING OQIBATLARINI TUGATIShGA DOIR KEChIKTIRIB BOʻLMAYDIGAN ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-avgustdagi 644-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 1-iyundagi PF-5066-son Farmoni”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
2002-yil bahorining noqulay ob-havo sharoitlari munosabati bilan hamda toshqin va sel oqimlari yetkazishi mumkin boʻlgan zararning, koʻchki hodisalarining oldini olish, shuningdek ularning oqibatlarini tugatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshqin va sel oqimlarini xavf-xatarsiz oʻtkazib yuborish, koʻchki hodisalarining oldini olishni taʼminlash boʻyicha ilovaga muvofiq tarkibda Hukumat komissiyasi tashkil etilsin.
2. Hukumat komissiyasiga tegishli vazirliklar, idoralar va hokimlar bilan birgalikda:
bir hafta muddatda koʻchki va sel oqimlari hodisalari oqibatlarining oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va tasdiqlash hamda ularning tegishliligiga koʻra oʻz kuchlari va mablagʻlar hisobiga bajarilishini taʼminlash;
joriy yilning 10-apreligacha xavf darajasidan hamda Davlat geologiya qoʻmitasining koʻchki hodisalarini kuzatish davlat xizmatining koʻrsatmalariga hamda “Boshgidromet” boshqarmasi tomonidan aniqlangan va viloyatlar hokimliklariga berilgan sel xavfi zonasidagi obyektlar roʻyxatiga muvofiq sel, toshqin-koʻchki zonalaridagi shaharchalar, qishloqlar va xoʻjaliklar aholisini vaqtincha boshqa joyga koʻchirish;
oʻzboshimchalik bilan olib borilgan qurilishlar, daryolarning qayirlaridan kon bilan bogʻliq boʻlmagan materiallarni ruxsatsiz qazib olish va xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq boshqa ishlar hisobiga daryolar va soylarning suv oʻtkazish imkoniyatlarini pasaytirish hollariga barham berish;
daryolar, soylar va gidroinshootlar boʻyicha zarur himoya tadbirlari va avariya-tiklash ishlarini bajarish, bu ishlar uchun kapital qoʻyilmalarning umumiy limitlari va tegishliligiga koʻra foydalanish xarajatlari doirasida alohida loyihalar va smetalar boʻyicha haq toʻlash;
sel va toshqinlar roʻy beradigan davrda kecha-kunduz navbatchilik qilishni tashkil etish hamda suv xoʻjaligi va energetika obyektlari ishi ustidan nazorat oʻrnatish;
xavfli zonalarda tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlarni kuzatish va ularning oldini olish postlarini tashkil etish, postlarni ishonchli aloqa va xabardor qilish vositalari bilan jihozlash topshirilsin.
Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent va Fargʻona viloyatlari hokimliklari sel va toshqin suvlarini talofatsiz oʻtkazish maqsadida sel va koʻchki xavfi boʻlgan joylar, kichik daryolar, soylarning oʻzanlari holatini doimiy kuzatib borsinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi:
joriy yilning 10-apreligacha respublika hududidagi barcha suv omborlarining holatini tekshirib chiqsinlar hamda ularning ish rejimi ustidan nazorat oʻrnatsinlar. Kanallarning bosh inshootlari va qirgʻoqni muhofaza qiluvchi dambalarning sel va toshqin suvlarini oʻtkazishga tayyorligini tekshirsinlar, sel oʻtadigan joylarni oʻrganib chiqsinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi:
xavfli koʻchki uchastkalari faollashuvi hamda oʻpirilishlar paydo boʻlishi mumkin boʻlgan zonalarni aniqlashtirsin, ulardagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklarini oʻz vaqtida ishonchli axborot bilan taʼminlasin;
xavfli koʻchki jarayonlari va oʻpirilishlar bilan bogʻliq boʻlgan favqulodda vaziyatlar paydo boʻlishi bevosita xavf solganda hokimliklarga aholini xavfli zonalardan shoshilinch ravishda vaqtincha koʻchirish toʻgʻrisida yozma koʻrsatmalar bersin;
yozgi dam olish mavsumi boshlanishidan oldin bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari, dam olish uylari, turistik bazalarni tekshirib chiqsin, zarurat boʻlganda tegishli yozma koʻrsatmalar bersin.
5. “Boshgidromet” boshqarmasi:
joriy yilning 5-aprelgacha Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda Davlat geologiya qoʻmitasi bilan birgalikda qor zaxiralarini, sel va koʻchki xavfi boʻlgan zonalarni aniqlash maqsadida togʻli va togʻoldi tumanlarini, shu jumladan Qirgʻiziston Respublikasi va Tojikiston Respublikasining chegaradosh hududlarini aviatsiya koʻmagida tekshirib chiqsin. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu ishlarni amalga oshirish uchun “Boshgidromet” boshqarmasining hisob-kitoblari boʻyicha Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan boshqarmaga maqsadli mablagʻlar ajratsin;
Xavfli zonalar, shuningdek baland togʻlardagi yorib chiqish xavfi boʻlgan koʻllarning holati ustidan muntazam ravishda nazorat uchishlari olib borsin;
joriy yilning 1-iyunigacha Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda baland togʻlardagi, yorib chiqish xavfi boʻlgan koʻllar, shu jumladan chegara zonalaridagi koʻllarni kuzatish uchun ishonchli aloqa va xabar berish tizimlari bilan jihozlangan va taʼminlangan vaqtinchalik postlar tashkil qilsin;
viloyatlar va tumanlar hokimliklarini toshqinlar, sellar va qor koʻchkilari koʻchishi bilan bogʻliq xavfli gidrometeorologik hodisalar xavfi toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi joriy yilning 15-mayigacha qoʻshni davlatlar hududidagi respublika uchun xavf soluvchi yorib chiqish xavfi boʻlgan koʻllar va sellarni keltirib chiqaruvchi uchastkalarni kuzatish uchun aviatsiya ishlarini olib borishga belgilangan tartibda Qirgʻiziston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi hukumatlarining ruxsatnomalarini olish masalasini ishlab chiqsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Boshgidromet” boshqarmasi, Davlat geologiya qoʻmitasining davlat kuzatish xizmati bilan kelishgan xolda bahorgi-yozgi toshqinlar davrida soylarga, sel, qor koʻchkilari sodir boʻladigan joylarga va boshqa xavfli uchastkalarga borish yoʻllarida postlar tashkil etsin hamda ularda odamlar, avtotransport va texnikaning xavfli zonalarga oʻtishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida shlagbaumlar oʻrnatsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi shikastlangan aholiga shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish uchun tabiiy ofat roʻy bergan zonalarga koʻchirishga tayyor holatdagi tibbiy punktlarni zarur miqdorda tayyorlab qoʻysin. Tibbiy yordam punktlarini zarur asbob-anjomlar, buyumlar va dori-darmonlar bilan taʼminlasin. Dori-darmonlar, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi vositalar zaxiralari yaratilsin.
9. “Kafolat” va “Oʻzagrosugʻurta” sugʻurta kompaniyalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda qor koʻchkisi, sel va toshqin zonalaridagi imoratlar, uy-joylar, fuqarolarning shaxsiy mulki va chorva mollarini, bogʻ-poliz xoʻjaliklarini, shuningdek ishlab chiqarish va ijtimoiy yoʻnalishdagi obyektlarni ixtiyoriy sugʻurta qilish boʻyicha tegishli shartnomalar tuzish ishlarini olib borsinlar.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi:
qor koʻchkisi, sel, toshqin davrida vazirlikning shaxsiy tarkibini kuchaytirilgan ish tartibiga oʻtkazsin, joylarda kecha-kunduz navbatchilikni tashkil etsin, shuningdek aholini shoshilinch xabardor qilish uchun ularni ishonchli aloqa vositalari bilan taʼminlasin;
joriy yilning 10-apreligacha viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda kichik daryolar, soylar oʻzanlarini va koʻpriklarni tekshiruvdan oʻtkazsin, xavfli uchastkalarni aniqlasin hamda ularni mustahkamlash ishlari bajarilishini nazorat qilsin;
gidrometeorologik vaziyat toʻgʻrisidagi axborotlarni yigʻish, oʻrganib chiqish va ayirboshlashni tashkil etsin. Vazirlar Mahkamasiga respublika hududida vujudga kelgan favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlarning kutilishi mumkin boʻlgan oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida axborot taqdim etilsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 26-mart,
96-son
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-martdagi 96-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
TOShQIN VA SEL OQIMLARINI XAVF-XATARSIZ OʻTKAZIB YuBORISh, KOʻChKI HODISALARINING OLDINI OLIShNI TAʼMINLASh BOʻYIChA HUKUMAT KOMISSIYASI
TARKIBI
| Joʻrabekov I.H. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, komissiya raisi |
| Haydarov R.H. | — | Favqulodda vaziyatlar vaziri, komissiya raisining oʻrinbosari |
| Alimov T.A. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi |
| Ismoilov U.S. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining oʻrinbosari |
| Atayev V.Y. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari |
| Xoltoyev T.X. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari |
| Yunusov R.R. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari |
| Qalibekov I.J. | — | Vazirlar Mahkamasi Agrosanoat kompleksi kotibiyatining mudiri, komissiya kotibi |
| Obidov Q.Gʻ. | — | Andijon viloyati hokimi |
| Yamanqulov U.Y. | — | Jizzax viloyati hokimi |
| Hamidov B.S. | — | Qashqadaryo viloyati hokimi |
| Jabborov T.O. | — | Namangan viloyati hokimi |
| Mirziyoyev Sh.M. | — | Samarqand viloyati hokimi |
| Qodirov T.Oʻ. | — | Surxondaryo viloyati hokimi |
| Mirzaqulov U.M. | — | Toshkent viloyati hokimi |
| Otaboyev A.A. | — | Fargʻona viloyati hokimi |
| Nazirov F.Gʻ. | — | Sogʻliqni saqlash vaziri |
| Ahmedov N.A. | — | Davlat geologiya qoʻmitasi raisi |
| Shoismatov E.R. | — | “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisi |
| Oripov A. | — | Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bosh direktori |
| Roʻzmetov A.Gʻ. | — | “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bosh direkt�ri |
| Xolmuhamedov Oʻ. | — | “Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktori |
| Chub V.E. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi boshligʻi |
| Zohidov R.Q. | — | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisi |
| Ergashev A.S. | — | “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi raisi vazifasini bajaruvchi |
| Sherimbetov H.S. | — | Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi raisi |
| Jalolov A. A. | — | Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari |
| Saidov A.M. | — | Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari |
| Bobojonov P.R. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari |
| Zinin V.I. | — | Moliya vazirining oʻrinbosari |
| Neʼmatov I.T. | — | Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari |
| Parpiyev B.R. | — | Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari |
| Xoʻjayev B.E. | — | Makroiqtisodiyot va statistika vazirining oʻrinbosari |
| Yusupov I.Y. | — | Mudofaa vazirining oʻrinbosari |
| Hamidov M.X. | — | “Sirdaryo” havzasi suv xoʻjaligi birlashmasining boshligʻi (kelishuv boʻyicha) |
| Xudoybergenov Y. | — | “Amudaryo” havzasi suv xoʻjaligi birlashmasining boshligʻi (kelishuv boʻyicha) |