Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON KATTA TOʻGʻONLAR MILLIY QOʻMITASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Katta toʻgʻonlar xalqaro komissiyasi bilan hamkorlikni tashkil etish va unda Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston katta toʻgʻonlar milliy qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Milliy qoʻmita deb ataladi) 1-ilovaga* muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
*1-ilova berilmaydi.
2. Quyidagilar Milliy qoʻmitaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasining katta toʻgʻonlar xavfsizligini taʼminlash sohasidagi manfaatlarini, transchegaraviy suv resurslaridan oqilona foydalanish boʻyicha nuqtai nazarini ilgari surish;
boshqa mamlakatlar tajribasini oʻrganish, boshqa mamlakatlar milliy qoʻmitalari bilan ilmiy, texnikaviy axborotlar va boshqa axborotlar almashish yoʻli bilan toʻgʻonlar xavfsizligini taʼminlash tizimini takomillashtirish, katta toʻgʻonlar sohasidagi eng yangi ilmiy va amaliy axborotlarni tarqatish;
Katta toʻgʻonlar xalqaro komissiyasi va uning doimiy ishchi guruhlari tarkibiga yetakchi mutaxassislar va olimlarni yoʻllagan holda ularning ishida ishtirok etish, Katta toʻgʻonlar xalqaro komissiyasining xalqaro kongresslarini, mintaqaviy konferensiyalarini va boshqa anjumanlarini tashkil etishda koʻmaklashish.
3. Oʻzbekiston katta toʻgʻonlar milliy qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — “Suvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi) Milliy qoʻmitaning ijro etuvchi organi hisoblanadi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-sentabrdagi 500-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Milliy qoʻmita faoliyatini moliyalashtirish, shuningdek Katta toʻgʻonlar xalqaro komissiyasiga Oʻzbekiston Respublikasining badallarini toʻlash xarajatlari har yili Davlat budjetidan “Suvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasiga ajratiladigan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-sentabrdagi 500-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Katta toʻgʻonlar xalqaro komissiyasiga Oʻzbekiston Respublikasining ushbu tashkilotga kirishi toʻgʻrisida belgilangan tartibda rasmiy murojaatnoma yuborsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 25-mart,
88-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-martdagi 88-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston katta toʻgʻonlar milliy qoʻmitasi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston katta toʻgʻonlar milliy qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Milliy qoʻmita deb ataladi) Katta toʻgʻonlar xalqaro komissiyasida Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalaydi.
2. Milliy qoʻmita oʻz faoliyatini katta toʻgʻonlarning texnik holati ishonchliligi va ishi xavfsizligini taʼminlash sohasida ijobiy xalqaro tajribadan foydalangan holda Oʻzbekiston Respublikasida gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini taʼminlash uchun masʼul boʻlgan tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — “Suvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi) Milliy qoʻmitaning ijro etuvchi organi hisoblanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-sentabrdagi 500-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son)
4. Milliy qoʻmita kollegial organ hisoblanadi, uning tarkibiga turli vazirliklar va idoralarning masʼul vakillaridan, katta toʻgʻonlarning texnik holati ishonchliligini va ish xavfsizligini taʼminlash sohasida yetakchi olimlar va mutaxassislardan aʼzolar jamoatchilik asosida kiradi.
5. Milliy qoʻmitaning chiquvchi xat-xabarlari Katta toʻgʻonlar xalqaro komissiyasining emblemasidan foydalangan holda maxsus namunadagi blankada rasmiylashtiriladi.
6. Milliy qoʻmitaning pochta manzili: 100200, Toshkent shahri, Turkqoʻrgʻon koʻchasi, 26-uy.
II. Milliy qoʻmitaning vazifalari, funksiyalari va huquqlari
7. Quyidagilar Milliy qoʻmitaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasining katta toʻgʻonlar xavfsizligini taʼminlash sohasidagi manfaatlarini, transchegaraviy suv resurslaridan oqilona foydalanish boʻyicha nuqtai nazarini ilgari surish;
boshqa mamlakatlar tajribasini oʻrganish, boshqa mamlakatlar milliy qoʻmitalari bilan ilmiy, texnikaviy axborotlar va boshqa axborotlar almashish yoʻli bilan toʻgʻonlar xavfsizligini taʼminlash tizimini takomillashtirish, katta toʻgʻonlar sohasidagi eng yangi ilmiy va amaliy axborotlarni tarqatish;
Katta toʻgʻonlar xalqaro komissiyasi va uning doimiy ishchi guruhlari tarkibiga yetakchi mutaxassislar va olimlarni yoʻllagan holda ularning ishida ishtirok etish, Katta toʻgʻonlar xalqaro komissiyasining xalqaro kongresslarini, mintaqaviy konferensiyalarini va boshqa anjumanlarini tashkil etishda koʻmaklashish.
8. Milliy qoʻmita asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
ilgʻor jahon tajribasini oʻrganish asosida katta toʻgʻonlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish sohasida zamonaviy usullar va texnologiyalarni joriy etish va yoyish;
katta toʻgʻonlar xavfsizligi muammolari, shuningdek katta toʻgʻonlarni rivojlantirish sohasida tajriba almashish hamda tadqiqotlar natijalari va yangi yutuqlar taqdimoti boʻyicha seminarlar va konferensiyalar oʻtkazish;
kadrlar va tashkiliy salohiyatni rivojlantirish maqsadida katta toʻgʻonlarga tegishli sohalarda oʻz aʼzolari va manfaatdor shaxslar uchun professional treninglar va oʻquv kurslari tashkil etish va oʻtkazish;
Milliy qoʻmita aʼzolari va vakillarining katta toʻgʻonlar muammolari boʻyicha Katta toʻgʻonlar xalqaro komissiyasi tomonidan tashkil etiladigan xalqaro tadbirlarda hamda Katta toʻgʻonlar xalqaro komissiyasining ishchi organlarida samarali ishtirok etishini taʼminlashga koʻmaklashish;
katta toʻgʻonlarni rivojlantirish masalalari yuzasidan dasturlar, loyihalar va strategiyalar boʻyicha takliflarni tayyorlash va ishlab chiqishda qatnashish;
katta toʻgʻonlarning holati yuzasidan professional maslahat berish, baholash va texnik nazorat qilish;
birgalikda tadqiqotlar olib borish va investitsiyalarni jalb etish maqsadida milliy va xalqaro darajalarda katta toʻgʻonlar masalalari boʻyicha manfaatdor tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
Katta toʻgʻonlar xalqaro komissiyasining bosma nashrlarini (ilmiy jurnal, oylik va choraklik axborot nashrlari) tarqatish;
Katta toʻgʻonlar xalqaro komissiyasi va Oʻzbekiston Respublikasining ixtisoslashtirilgan nashrlarida Oʻzbekistonda katta toʻgʻonlarning xavfsizligi muammolari boʻyicha ilmiy maqolalar va axborot tusidagi materiallar eʼlon qilinishiga koʻmaklashish;
Katta toʻgʻonlar xalqaro komissiyasiga aʼzo mamlakatlarning milliy qoʻmitalari bilan hamkorlik qilish va tajriba almashish;
Milliy qoʻmitaning yillik hisobotlarini tuzish.
9. Milliy qoʻmita oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
katta toʻgʻonlar bilan bogʻliq masalalar boʻyicha zarur hujjatlarni tegishli vazirliklar va idoralardan soʻrab olish;
yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zaruriyat boʻlganda mutaxassislar va ekspertlarni jalb etish;
katta toʻgʻonlar bilan bogʻliq milliy va xalqaro loyihalarda qatnashish;
katta toʻgʻonlar masalalari boʻyicha tashkilotlarning tegishli rahbarlari axborotini eshitish;
katta toʻgʻonlar masalalari boʻyicha milliy va xalqaro tashkilotlar bilan belgilangan tartibda hamkorlik qilish;
katta toʻgʻonlarni modernizatsiyalash, rekonstruksiya qilish va texnik qayta jihozlash boʻyicha takliflar kiritish.
III. Milliy qoʻmita ishini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
10. Milliy qoʻmita faoliyatiga uning raisi — lavozimi boʻyicha Suv xoʻjaligi vaziri rahbarlik qiladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
11. Qoʻyilgan vazifalar tezkor hal etilishini taʼminlash maqsadida Milliy qoʻmitada 5 kishidan iborat tarkibda prezidium tashkil etiladi. Prezidium aʼzolari tarkibining uchdan birini ikki yildan keyin almashtirish yoʻli bilan Milliy qoʻmita aʼzolaridan saylanadi.
12. Milliy qoʻmita majlislari joriy yil ish rejasiga muvofiq bir yilda kamida bir marta tashkil etiladi va oʻtkaziladi. Zaruriyat boʻlganda, prezidiumning qaroriga koʻra ish rejasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. Ish rejasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar Milliy qoʻmitaning prezidiumi va tegishli vazirliklar, idoralar hamda ish rejasiga kiritish uchun masalalarni taklif qiladigan boshqa tashkilotlar tomonidan tavsiya etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Katta toʻgʻonlar xavfsizligini taʼminlash va ularni rivojlantirish sohasidagi alohida muhim masalalar va vazifalar Milliy qoʻmita va “Suvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasining Ekspert kengashi qoʻshma majlislarida muhokama qilinishi mumkin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-sentabrdagi 500-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son)
14. Majlislar oʻrtasidagi oraliqda kechiktirilmasdan hal etishni talab etadigan masalalar tegishli qaror qabul qilingan holda Milliy qoʻmitaning prezidiumi tomonidan koʻrib chiqiladi.
15. Milliy qoʻmita majlislarining qarorlari oddiy koʻpchilik ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi va tavsiya xususiyatiga ega boʻladi. Ovozlar teng boʻlib qolganda raisning ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
IV. Milliy qoʻmitaning ijro etuvchi organi va kotibi
16. Milliy qoʻmitaning ijro etuvchi organi:
Milliy qoʻmitaning navbatdagi davrga ish rejasi loyihasini tayyorlaydi;
barcha zarur materiallar Milliy qoʻmitaning navbatdagi majlisiga tayyorlanishini taʼminlaydi hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, xoʻjalik yurituvchi subyektlardan va milliy qoʻmita aʼzolaridan zarur materiallarni va xulosalarni oladi;
kun tartibi masalalari boʻyicha Milliy qoʻmita majlislari oʻtkazilishini taʼminlaydi;
Milliy qoʻmitaning koʻrib chiqishi uchun axborot materiallari va tahliliy materiallarni taqdim etadi;
katta toʻgʻonlar boʻyicha ekspert ishini tashkil etadi;
Milliy qoʻmitaning qarorlariga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
17. Milliy qoʻmita kotibi:
Milliy qoʻmitaning yozishmalarini yuritadi va tushgan hujjatlarni koʻrib chiqishni tashkil etadi;
materiallar tayyorlash va Milliy qoʻmita majlislarini oʻtkazish boʻyicha Ijro etuvchi organ ishini tashkil etadi;
Milliy qoʻmitaning protokollari loyihalarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan protokollarni Milliy qoʻmita aʼzolariga, manfaatdor vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuboradi;
Milliy qoʻmita qarorlari ijrosi monitoringini olib boradi va uning natijalarini koʻrib chiqish uchun Milliy qoʻmita majlisiga taqdim etadi.
V. Milliy qoʻmita faoliyatini moliyalashtirish va hisobot berish
Oldingi tahrirga qarang.
18. Milliy qoʻmita faoliyatini moliyalashtirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Katta toʻgʻonlar xalqaro komissiyasiga yillik aʼzolik badallarini toʻlash xarajatlari har yili Davlat budjetidan “Suvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasiga ajratiladigan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-sentabrdagi 500-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son)
19. Milliy qoʻmitaning xarajatlari smetasi rais tomonidan tasdiqlanadi.
20. Bir yilda qilingan ishlar toʻgʻrisidagi hisobot Milliy qoʻmita majlisida koʻrib chiqiladi va rais tomonidan tasdiqlanadi.
Katta toʻgʻonlar xalqaro komissiyasiga hisobot yili uchun Milliy qoʻmita faoliyati toʻgʻrisidagi axborot yuboriladi.
VI. Yakunlovchi qoida
21. Milliy qoʻmita faoliyatini toʻxtatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 12-13-son, 119-modda; 2017-y., 34-son, 889-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 13.03.2019-y., 09/19/215/2774-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/525/0803-son; 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son)