11.08.2017 yildagi 620-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalla institutining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-fevraldagi PF-4944-son Farmoni bilan tasdiqlangan Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturining 14-bandiga muvofiq fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlari uchun dam olish maskani tashkil etish hamda davlat mulki obyektlaridan yanada samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “ShARQ” nashriyoti matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvining, “ShARQ” nashriyoti matbaa aksiyadorlik kompaniyasi foydalanishida boʻlgan Toshkent viloyati, Qibray tumani, “Baytqoʻrgʻon” QFY hududida joylashgan “Navbahor” sanatoriysi dam olish maskanini tegishli hududi bilan birgalikda Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruviga tekin foydalanish huquqi asosida berish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “ShARQ” nashriyoti matbaa aksiyadorlik kompaniyasi mazkur qarorning 1-bandida koʻrsatilgan mulkiy majmuani tegishli hududi bilan birgalikda belgilangan tartibda topshirsin, Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi qabul qilib olsin va qabul qilingan obyektdan samarali foydalanish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruviga berilgan mulkiy majmuani taʼmirlash ishlari Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondiga umumxalq xayriya hasharidan tushgan mablagʻlar hisobidan amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obyektlarini samarali boshqarishni taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 17-maydagi 291-son qaroriga 1-ilovaning 81-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Taʼlim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 11-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
620-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 33-son, 854-modda)