31.07.2017 yildagi 561-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 07.08.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar vakillarining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi va “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-fevraldagi PF-4944-son Farmoniga muvofiq hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish, fuqarolar vakillarining faoliyatini huquqiy tartibga solish hamda ularning fuqarolar yigʻini faoliyatidagi oʻrni va ahamiyatini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Fuqarolar vakillarining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy kengashlar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida fuqarolar vakillarining faoliyatini samarali tashkil etishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlari va faollar, fuqarolar vakillarining malakasini oshirishga doir oʻquv seminarlarni oʻtkazish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 31-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
561-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-iyuldagi 561-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar vakillarining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi va “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq fuqarolar vakillarining faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Fuqarolar shaharchalar, qishloqlar, ovullarda, shuningdek shaharlarda, shaharchalarda, qishloqlardagi va ovullardagi mahallalarda oʻzini oʻzi boshqarishga doir oʻz konstitutsiyaviy huquqini fuqarolarning saylov huquqlari kafolatlariga muvofiq fuqarolar yigʻinlari (fuqarolar vakillarining yigʻilishlari) orqali amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, bevosita yoki oʻzlarining saylanadigan vakillari orqali oʻzini oʻzi boshqarishda teng huquqlarga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar vakili — fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyalar tomonidan belgilangan vakillik normasi asosida fuqarolar yigʻini hududidagi hovlilar, uylar, koʻchalar aholisining umumiy yigʻilishlarida saylangan va ular nomidan fuqarolar yigʻinida faoliyat olib boradigan hamda manfaatlarini ifodalaydigan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar vakillarining yigʻilishi — fuqarolar vakillarining tegishli hududdagi aholining huquqlari va qonuniy manfaatlari hamda qonunda belgilangan tartibda fuqarolar yigʻinlarining vakolatlarini amalga oshirish maqsadida tashkil etiladigan yigʻilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakillik normasi — fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyalar tomonidan fuqarolar yigʻinlari uchun belgilanadigan fuqarolar vakillarining soni.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Fuqarolar vakillari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Fuqarolar vakillarining saylovini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qaroriga muvofiq fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilarining navbatdagi saylovi eʼlon qilingandan soʻng qonunda belgilangan tartibda tuzilgan Fuqarolar yigʻinlari raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda Ishchi guruh deb ataladi) fuqarolar vakillarining saylovini tashkil qilish va oʻtkazish uchun masʼul hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq Ishchi guruh:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hovlilar, uylar, koʻchalar aholisining fuqarolar vakillari saylovi boʻyicha umumiy yigʻilishlarini tashkil etadi va oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hovlilar, uylar, koʻchalar fuqarolar vakillari yigʻilishining ishtirokchilarini roʻyxatga oladi hamda fuqarolarning saylangan vakillari haqidagi maʼlumotlarni koʻrsatgan holda fuqarolar vakillari yigʻilishi bayonnomasini tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh fuqarolar vakillarining saylovini tashkil etish va oʻtkazishda tegishli hududdagi fuqarolar yigʻini kengashi bilan oʻzaro hamkorlikda faoliyat olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ishchi guruh fuqarolar yigʻinlari raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyalar tomonidan belgilangan vakillik normasiga asosan fuqarolar yigʻinidagi fuqarolar vakillarining sonini aniqlaydi va fuqarolar yigʻinidagi hovlilar, uylar, koʻchalar aholisi umumiy yigʻilishini oʻtkazish joyi, kuni va vaqtini belgilaydi hamda uni oʻtkazishdan kamida uch kun oldin bu haqda tegishli hududda yashovchi fuqarolarni xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Fuqarolar vakillarining saylovi boʻyicha fuqarolar yigʻinidagi hovlilar, uylar, koʻchalar aholisi umumiy yigʻilishini oʻtkazish uchun Ishchi guruhning har bir aʼzosi tegishli hududlarga biriktiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ishchi guruhning biriktirilgan aʼzosi fuqarolar yigʻinidagi hovlilar, uylar, koʻchalar aholisi umumiy yigʻilishining ishtirokchilarini roʻyxatga oladi va imzo varaqasini tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Fuqarolar vakillariga nomzodlar fuqarolar yigʻinidagi hovlilar, uylar, koʻchalar aholisi umumiy yigʻilishi tomonidan koʻrsatiladi hamda tegishli hududlar aholisi tomonidan ochiq ovoz berish orqali saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar vakillariga nomzodlar oʻn sakkiz yoshga toʻlgan va tegishli hududda doimiy yashovchi, obroʻ-eʼtiborga, hayotiy tajribaga ega boʻlgan fuqarolar orasidan koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ovoz berish natijalariga koʻra fuqarolar yigʻinidagi hovlilar, uylar, koʻchalar aholisi umumiy yigʻilishida ishtirok etgan fuqarolarning oddiy koʻpchilik ovozini olgan nomzod fuqarolar vakili sifatida saylangan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovozlar teng boʻlgan taqdirda eng koʻp ovoz olgan ikki nomzod orasida takroriy ovoz berish shu kunning oʻzida oʻtkaziladi. Takroriy ovoz berishda boshqa nomzodga nisbatan koʻproq ovoz olgan nomzod fuqarolar vakili etib saylangan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Saylov natijalari fuqarolarning saylangan vakillari haqidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan fuqarolar yigʻinidagi hovlilar, uylar, koʻchalar aholisi umumiy yigʻilishi bayonnomasi bilan tasdiqlanadi. Bayonnoma Ishchi guruh aʼzosi hamda qoida tariqasida har bir hududdan kamida bittadan fuqaro tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayonnomaga saylovda ishtirok etgan fuqarolarning imzo varaqalari ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Fuqarolar yigʻinidagi hovlilar, uylar, koʻchalar aholisi umumiy yigʻilishi bayonnomasi fuqarolar vakillarining vakolatini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Fuqarolar vakillari oʻz vakolatini fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari navbatdagi saylovi boshlanganligi eʼlon qilinguniga qadar amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Fuqarolar vakillarining yigʻilishini chaqirish va oʻtkazish tartibi, fuqarolar vakillarining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Fuqarolar yigʻinini chaqirishning imkoni boʻlmagan taqdirda fuqarolar yigʻini kengashi fuqarolar vakillarining yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar vakillarining yigʻilishiga hovlilar, uylar, koʻchalardagi fuqarolarning vakillari yuboriladi. Bunda fuqarolar vakillarining yigʻilishi qonunga muvofiq fuqarolar yigʻinini oʻtkazish tartibi asosida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Fuqarolar vakillarining yigʻilishi unda ushbu vakillarning kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlgan taqdirda vakolatlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Fuqarolar vakillarining yigʻilishini olib borish uchun rayosat saylanadi. Fuqarolar vakillarining yigʻilishini fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) yoki raisning maslahatchilaridan biri olib boradi. Barcha masalalar boʻyicha qarorlar ochiq yoki yashirin ovoz berish orqali oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Fuqarolar vakillarining yigʻilishida tegishli hududda joylashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vakillari oʻz faoliyatlariga doir masalalar boʻyicha maslahat ovozi bilan ishtirok etishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Fuqarolar vakillarining yigʻilishi tegishli bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Unda yigʻilishning oʻtkazilgan sanasi, hozir boʻlgan fuqarolar soni, kun tartibi va yigʻilish yuzasidan qabul qilingan qarorlar aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Fuqarolar vakillarining yigʻilishida qabul qilingan qarorlar fuqarolar yigʻini qarorlariga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Fuqarolar vakillari fuqarolar vakillarining yigʻilishida ishtirok etish orqali shaharchalar, qishloqlar va ovullarda, shuningdek shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardagi mahallalarga taalluqli boʻlgan vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob Fuqarolar vakilining asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Quyidagilar fuqarolar vakilining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kam taʼminlangan va ehtiyojmand oilalarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yigʻinini kompleks rivojlantirishni taʼminlashga, oʻzi saylangan hudud doirasida obodonlashtirishga, koʻkalamzorlashtirishga va sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar rejalarining amalga oshirilishiga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunlar va boshqa qonun hujjatlarining ijro etilishi, shu jumladan oʻzi saylangan hudud doirasida tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi, kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlari tomonidan kommunal xizmatlar koʻrsatish sifati, imoratlar qurish hamda hovlilar va uylar atrofidagi hududlarni saqlash qoidalariga rioya etilishi, yerlardan foydalanish va ularni muhofaza etish ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal toʻlovlar undirilishini taʼminlash, issiqlik va elektr energiyasidan, issiq va sovuq suvdan tejamli foydalanish boʻyicha tadbirlar oʻtkazishda, oʻzi saylangan hududni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, uylar va hovlilarni namunali saqlashga doir ishlarni ixtiyoriylik asosida tashkil etishda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzi saylangan hududda fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar tomonidan tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazishda hamkorlik qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar vakili oʻzi saylangan hudud aholisi manfaatlaridan kelib chiqib, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Fuqarolar vakilining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Fuqarolar vakili quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy ahamiyatga molik masalalarini koʻrib chiqish haqida fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi)ga hamda fuqarolar yigʻini kengashiga takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzi saylangan hududdagi kam taʼminlangan va ehtiyojmand oilalarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirish zarurligi haqida fuqarolar yigʻiniga (fuqarolar vakillarining yigʻilishiga) takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yigʻinining faoliyat dasturini va xarajatlar smetasini, hududni kompleks rivojlantirishni taʼminlashga, oʻzi saylangan hudud doirasida obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirishga va sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar rejalari loyihalariga takliflar taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzi saylangan hududdagi kam taʼminlangan va ehtiyojmand oilalardan boʻlgan yoshlarga, shu jumladan ularga nikoh toʻyi tadbirlarini oʻtkazishda qoʻshimcha moddiy yordam koʻrsatish zarurligi haqida fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi)ga hamda fuqarolar yigʻini kengashiga takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomga hamda qonun hujjatlarida belgilangan boshqa vazifalarni bajarishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi)ga hamda fuqarolar yigʻini kengashiga takliflar kiritish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Fuqarolar vakilining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyatida qonun hujjatlariga va ushbu Nizom talablariga qatʼiy rioya qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishlari)da faol ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda oʻz zimmasiga yuklangan vazifalar ijrosi haqida oʻzi aylangan hudud aholisiga hisobot taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzi saylangan hududda istiqomat qilayotgan oilalardagi maʼnaviy muhit barqarorligining buzilishiga, voyaga yetmaganlar va yoshlarning qadr-qimmati kamsitilishiga, huquq va erkinliklarining poymol etilishiga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) faoliyatida faol ishtirok etish, fuqarolar yigʻinining qarorlari oʻzi saylangan hududda tatbiq etilishiga koʻmaklashish orqali mahallaning nufuzi, obroʻ-eʼtiborini mustahkamlash va taʼsirini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzi saylangan hududda fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) qarorlarining targʻibot ishlarini samarali va maqsadli tarzda muntazam ravishda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Fuqarolar vakili qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi hamda majburiyatlarni bajarishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Fuqarolar vakili vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Fuqarolar vakilining vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan oldin tugatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vazifalarini muntazam ravishda uzrli sabablarsiz bajarmaganligi sababli u vakil etib saylangan hudud aholisining kamida uchdan bir qismi tashabbusiga asosan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida bedarak yoʻqolgan deb topilgan yoxud vafot etgan deb eʼlon qilinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻligʻi holati yoki boshqa uzrli sabablarga koʻra uch oy davomida oʻz vazifalarini bajara olmay qolganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vafot etganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Fuqarolar vakili vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, tegishli hududda bir oy ichida Ishchi guruh tomonidan ushbu Nizom talablariga rioya etilgan holda yangi saylov oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 31-son, 776-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/33/2485-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son; 04.10.2023-y., 09/23/524/0750-son)