31.07.2017 yildagi 561-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar vakillarining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi va “Fuqarolar yig‘ini raisi saylovi to‘g‘risida”gi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-fevraldagi PF-4944-son Farmoniga muvofiq hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish, fuqarolar vakillarining faoliyatini huquqiy tartibga solish hamda ularning fuqarolar yig‘ini faoliyatidagi o‘rni va ahamiyatini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Fuqarolar vakillarining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy kengashlar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida fuqarolar vakillarining faoliyatini samarali tashkil etishga ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari va faollar, fuqarolar vakillarining malakasini oshirishga doir o‘quv seminarlarni o‘tkazish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 31-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
561-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-iyuldagi 561-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar vakillarining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi va “Fuqarolar yig‘ini raisi saylovi to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq fuqarolar vakillarining faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Fuqarolar shaharchalar, qishloqlar, ovullarda, shuningdek shaharlarda, shaharchalarda, qishloqlardagi va ovullardagi mahallalarda o‘zini o‘zi boshqarishga doir o‘z konstitutsiyaviy huquqini fuqarolarning saylov huquqlari kafolatlariga muvofiq fuqarolar yig‘inlari (fuqarolar vakillarining yig‘ilishlari) orqali amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, bevosita yoki o‘zlarining saylanadigan vakillari orqali o‘zini o‘zi boshqarishda teng huquqlarga ega.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-oktabrdagi 524-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2023-y., 09/23/524/0750-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar vakili — fuqarolar yig‘inlari raislari saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyalar tomonidan belgilangan vakillik normasi asosida fuqarolar yig‘ini hududidagi hovlilar, uylar, ko‘chalar aholisining umumiy yig‘ilishlarida saylangan va ular nomidan fuqarolar yig‘inida faoliyat olib boradigan hamda manfaatlarini ifodalaydigan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakillik normasi — fuqarolar yig‘inlari raislari saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyalar tomonidan fuqarolar yig‘inlari uchun belgilanadigan fuqarolar vakillarining soni. Bunda fuqarolar vakillarining soni saylovda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolar umumiy sonining kamida o‘n ikki foizini tashkil etishi kerak;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakillik normasi — fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyalar tomonidan fuqarolar yig‘inlari uchun belgilanadigan fuqarolar vakillarining soni.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Fuqarolar vakillari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Fuqarolar vakillarining saylovini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qaroriga muvofiq fuqarolar yig‘inlari raislari navbatdagi saylovi e’lon qilingandan so‘ng qonunda belgilangan tartibda tuzilgan Fuqarolar yig‘inlari raisi saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda Ishchi guruh deb ataladi) fuqarolar vakillarining saylovini tashkil qilish va o‘tkazish uchun mas’ul hisoblanadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Fuqarolar yig‘ini raisi saylovi to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq Ishchi guruh:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hovlilar, uylar, ko‘chalar aholisining fuqarolar vakillari saylovi bo‘yicha umumiy yig‘ilishlarini tashkil etadi va o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hovlilar, uylar, ko‘chalar fuqarolar vakillari yig‘ilishining ishtirokchilarini ro‘yxatga oladi hamda fuqarolarning saylangan vakillari haqidagi ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda fuqarolar vakillari yig‘ilishi bayonnomasini tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh fuqarolar vakillarining saylovini tashkil etish va o‘tkazishda tegishli hududdagi fuqarolar yig‘ini kengashi bilan o‘zaro hamkorlikda faoliyat olib boradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ishchi guruh fuqarolar yig‘inlari raisi saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyalar tomonidan belgilangan vakillik normasiga asosan fuqarolar yig‘inidagi fuqarolar vakillarining sonini aniqlaydi va fuqarolar yig‘inidagi hovlilar, uylar, ko‘chalar aholisi umumiy yig‘ilishini o‘tkazish joyi, kuni va vaqtini belgilaydi hamda uni o‘tkazishdan kamida besh kun oldin bu haqda tegishli hududda yashovchi fuqarolarni xabardor qiladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Fuqarolar vakillarining saylovi bo‘yicha fuqarolar yig‘inidagi hovlilar, uylar, ko‘chalar aholisi umumiy yig‘ilishini o‘tkazish uchun Ishchi guruhning har bir a’zosi tegishli hududlarga biriktiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ishchi guruhning biriktirilgan a’zosi fuqarolar yig‘inidagi hovlilar, uylar, ko‘chalar aholisi umumiy yig‘ilishining ishtirokchilarini ro‘yxatga oladi va imzo varaqasini tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Fuqarolar vakillariga nomzodlar fuqarolar yig‘inidagi hovlilar, uylar, ko‘chalar aholisi umumiy yig‘ilishi tomonidan ko‘rsatiladi hamda tegishli hududlar aholisi tomonidan ochiq ovoz berish orqali saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar vakillariga nomzodlar o‘n sakkiz yoshga to‘lgan va tegishli hududda doimiy yashovchi, obro‘-e’tiborga, hayotiy tajribaga ega bo‘lgan fuqarolar orasidan ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ovoz berish natijalariga ko‘ra fuqarolar yig‘inidagi hovlilar, uylar, ko‘chalar aholisi umumiy yig‘ilishida ishtirok etgan fuqarolarning oddiy ko‘pchilik ovozini olgan nomzod fuqarolar vakili sifatida saylangan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda eng ko‘p ovoz olgan ikki nomzod orasida takroriy ovoz berish shu kunning o‘zida o‘tkaziladi. Takroriy ovoz berishda boshqa nomzodga nisbatan ko‘proq ovoz olgan nomzod fuqarolar vakili etib saylangan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Saylov natijalari fuqarolarning saylangan vakillari haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan fuqarolar yig‘inidagi hovlilar, uylar, ko‘chalar aholisi umumiy yig‘ilishi bayonnomasi bilan tasdiqlanadi. Bayonnoma Ishchi guruh a’zosi hamda qoida tariqasida har bir hududdan kamida bittadan fuqaro tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayonnomaga saylovda ishtirok etgan fuqarolarning imzo varaqalari ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Fuqarolar yig‘inidagi hovlilar, uylar, ko‘chalar aholisi umumiy yig‘ilishi bayonnomasi fuqarolar vakillarining vakolatini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Fuqarolar vakillari o‘z vakolatini fuqarolar yig‘ini raisi navbatdagi saylovi boshlanganligi e’lon qilinguniga qadar amalga oshiradi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Fuqarolar vakillarining yig‘ilishini chaqirish va o‘tkazish tartibi, fuqarolar vakillarining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Fuqarolar yig‘inini chaqirishning imkoni bo‘lmagan taqdirda fuqarolar yig‘ini kengashi fuqarolar vakillarining yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar vakillarining yig‘ilishiga hovlilar, uylar, ko‘chalardagi fuqarolarning vakillari yuboriladi. Bunda fuqarolar vakillarining yig‘ilishi qonunga muvofiq fuqarolar yig‘inini o‘tkazish tartibi asosida o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Fuqarolar vakillarining yig‘ilishi unda ushbu vakillarning kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lgan taqdirda vakolatlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Fuqarolar vakillarining yig‘ilishini olib borish uchun rayosat saylanadi. Fuqarolar vakillarining yig‘ilishini fuqarolar yig‘inining raisi yoki raisning maslahatchilaridan biri olib boradi. Barcha masalalar bo‘yicha qarorlar ochiq yoki yashirin ovoz berish orqali oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Fuqarolar vakillarining yig‘ilishida tegishli hududda joylashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vakillari o‘z faoliyatlariga doir masalalar bo‘yicha maslahat ovozi bilan ishtirok etishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Fuqarolar vakillarining yig‘ilishi tegishli bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Unda yig‘ilishning o‘tkazilgan sanasi, hozir bo‘lgan fuqarolar soni, kun tartibi va yig‘ilish yuzasidan qabul qilingan qarorlar aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Fuqarolar vakillarining yig‘ilishida qabul qilingan qarorlar fuqarolar yig‘ini qarorlariga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Fuqarolar vakillari fuqarolar vakillarining yig‘ilishida ishtirok etish orqali shaharchalar, qishloqlar va ovullarda, shuningdek shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardagi mahallalarga taalluqli bo‘lgan vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob Fuqarolar vakilining asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Quyidagilar fuqarolar vakilining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘inini kompleks rivojlantirishni ta’minlashga, o‘zi saylangan hudud doirasida obodonlashtirishga, ko‘kalamzorlashtirishga va sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar rejalarining amalga oshirilishiga ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunlar va boshqa qonun hujjatlarining ijro etilishi, shu jumladan o‘zi saylangan hudud doirasida tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi, kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari tomonidan kommunal xizmatlar ko‘rsatish sifati, imoratlar qurish hamda hovlilar va uylar atrofidagi hududlarni saqlash qoidalariga rioya etilishi, yerlardan foydalanish va ularni muhofaza etish ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal to‘lovlar undirilishini ta’minlash, issiqlik va elektr energiyasidan, issiq va sovuq suvdan tejamli foydalanish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazishda, o‘zi saylangan hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, uylar va hovlilarni namunali saqlashga doir ishlarni ixtiyoriylik asosida tashkil etishda ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zi saylangan hududda fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar tomonidan tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishda hamkorlik qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar vakili o‘zi saylangan hudud aholisi manfaatlaridan kelib chiqib, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Fuqarolar vakilining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Fuqarolar vakili quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy ahamiyatga molik masalalarini ko‘rib chiqish haqida fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi)ga hamda fuqarolar yig‘ini kengashiga takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zi saylangan hududdagi kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirish zarurligi haqida fuqarolar yig‘iniga (fuqarolar vakillarining yig‘ilishiga) takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘inining faoliyat dasturini va xarajatlar smetasini, hududni kompleks rivojlantirishni ta’minlashga, o‘zi saylangan hudud doirasida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirishga va sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar rejalari loyihalariga takliflar taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zi saylangan hududdagi kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalardan bo‘lgan yoshlarga, shu jumladan ularga nikoh to‘yi tadbirlarini o‘tkazishda qo‘shimcha moddiy yordam ko‘rsatish zarurligi haqida fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi)ga hamda fuqarolar yig‘ini kengashiga takliflar kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomga hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa vazifalarni bajarishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi)ga hamda fuqarolar yig‘ini kengashiga takliflar kiritish.
(23-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Fuqarolar vakilining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z faoliyatida qonunchilik hujjatlariga va ushbu Nizom talablariga qat’iy rioya qilish;
(24-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishlari)da faol ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda o‘z zimmasiga yuklangan vazifalar ijrosi haqida o‘zi aylangan hudud aholisiga hisobot taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zi saylangan hududda istiqomat qilayotgan oilalardagi ma’naviy muhit barqarorligining buzilishiga, voyaga yetmaganlar va yoshlarning qadr-qimmati kamsitilishiga, huquq va erkinliklarining poymol etilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) faoliyatida faol ishtirok etish, fuqarolar yig‘inining qarorlari o‘zi saylangan hududda tatbiq etilishiga ko‘maklashish orqali mahallaning nufuzi, obro‘-e’tiborini mustahkamlash va ta’sirini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zi saylangan hududda fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) qarorlarining targ‘ibot ishlarini samarali va maqsadli tarzda muntazam ravishda amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Fuqarolar vakili qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi hamda majburiyatlarni bajarishi mumkin.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Fuqarolar vakili vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Fuqarolar vakilining vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan oldin tugatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z vazifalarini muntazam ravishda uzrli sabablarsiz bajarmaganligi sababli u vakil etib saylangan hudud aholisining kamida uchdan bir qismi tashabbusiga asosan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida bedarak yo‘qolgan deb topilgan yoxud vafot etgan deb e’lon qilinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sog‘lig‘i holati yoki boshqa uzrli sabablarga ko‘ra uch oy davomida o‘z vazifalarini bajara olmay qolganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vafot etganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
(26-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Fuqarolar vakili vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, tegishli hududda bir oy ichida Ishchi guruh tomonidan ushbu Nizom talablariga rioya etilgan holda yangi saylov o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 31-son, 776-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/33/2485-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son; 04.10.2023-y., 09/23/524/0750-son)