1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.03.00 Rais (oqsoqol) va uning vakolatlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2013-yil 15-martda qabul qilingan Senat tomonidan 2013-yil 28-martda ma’qullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 15-oktabrdagi O‘RQ-499-sonli “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 29-aprelda qabul qilingan “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi 609–II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 5, 78-modda) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 2013-yil 24-apreldagi 78 (5752)-sonida e’lon qilingan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 22-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘RQ—351-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(yangi tahriri)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning maqsadi shaharcha, qishloq, ovul, shuningdek shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi, ovullardagi mahalla fuqarolar yig‘ini (bundan buyon matnda fuqarolar yig‘ini deb yuritiladi) raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish va o‘tkazish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun hamda boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovida ishtirok etish huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi) ishtirok etishi ixtiyoriy hamda erkindir. Fuqarolarga ularni saylovda ishtirok etishga yoki ishtirok etmaslikka majbur qilish maqsadida, shuningdek ularning o‘z xohish-irodasini erkin bildirishiga ta’sir ko‘rsatishga hech kim haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarini saylash huquqiga saylov kuni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan hamda shaharcha, qishloq, ovul, shuningdek shahardagi, shaharchadagi, qishloqdagi, ovuldagi mahalla hududida (bundan buyon matnda tegishli hudud deb yuritiladi) doimiy yashovchi fuqarolar ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarning fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovida ishtirok etishi mumkin emas.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 30-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 33-bobi (“Fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish”).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovida fuqarolarning ishtirok etish huquqlarini biron-bir tarzda bevosita yoki bilvosita cheklash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishning asosiy prinsiplari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish oshkoralik, muqobillik va teng saylov huquqi prinsiplari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishda oshkoralik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish ochiq va oshkora amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi tashkil etilayotganda hamda o‘tkazilayotganda fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy to‘g‘risida fuqarolar voqif etiladi, fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlar haqida, ovoz berish yakunlari to‘g‘risida xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish qanday borayotganligi ommaviy axborot vositalari tomonidan yoritib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovining muqobillik asosida o‘tkazilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari lavozimiga ikki va undan ko‘p nomzod ko‘rsatgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini o‘tkazishda teng saylov huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarini saylashda fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, teng saylov huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarini saylashda fuqarolar yig‘inining (fuqarolar vakillari yig‘ilishining) har bir ishtirokchisi bir ovozga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Fuqarolar yig‘ini raisini (oqsoqolini) va uning maslahatchilarini saylash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari fuqarolar yig‘ini tomonidan, fuqarolar yig‘inini chaqirish imkoni bo‘lmagan taqdirda esa, fuqarolar vakillarining yig‘ilishi tomonidan ikki yarim yil muddatga saylanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 105-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishda fuqarolar yig‘inlariga ko‘maklashadi, zarur hollarda esa ularni binolar, transport va aloqa vositalari bilan ta’minlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini o‘tkazish muddatlarini belgilash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini o‘tkazish muddatlari saylov boshlanishidan kamida ikki oy oldin O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari sayloviga tayyorgarlik tadbirlarini o‘tkazish muddatlari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyasi (bundan buyon matnda Senat Kengashining komissiyasi deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi tomonidan fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish davriga tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat Kengashi komissiyasining vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini qonun hujjatlariga to‘la muvofiq holda tashkil etish hamda o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar komissiyalari (bundan buyon matnda komissiyalar deb yuritiladi) faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiyalar saylovni samarali o‘tkazish uchun zarur bo‘ladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar bilan ta’minlanishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini o‘tkazish masalalari yuzasidan aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish qanday borayotganligi ommaviy axborot vositalarida yoritilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish masalalari bo‘yicha fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylov yakunlari to‘g‘risida tegishli komissiyalar tomonidan taqdim etilgan axborotni umumlashtirish va ko‘rib chiqish, bu axborotni keng jamoatchilik e’tiboriga yetkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat Kengashining komissiyasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyalarni tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishda fuqarolar yig‘inlariga amaliy yordam ko‘rsatish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hududida tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar komissiyalari tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, tegishli xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashi qarori bilan tuziladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalari fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish davriga tuziladi. Tumanlar va shaharlar komissiyalari fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarining navbatdagi saylovi e’lon qilinganidan keyin o‘z faoliyatini tugatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyalar tarkibiga, qoida tariqasida, fuqarolar yig‘inlarining, davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarning vakillari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlar komissiyaga a’zo shaxslar yoxud ularning yaqin qarindoshlari orasidan ko‘rsatilgan taqdirda, ular komissiya tarkibidan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Komissiyalarning vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyalar o‘z vakolatlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijrosini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhlarning (bundan buyon matnda ishchi guruh deb yuritiladi) faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish masalalari bo‘yicha aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hovlilar, uylar, ko‘chalardan hamda shaharchalardagi, qishloqlardagi va ovullardagi mahallalardan fuqarolarning vakilligi normasini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi guruhlardan keyinchalik tegishli tuman, shahar hokimlari bilan kelishish uchun fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) lavozimiga nomzodlarga doir hujjatlarni qabul qilib oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari sayloviga doir hujjatlarning namunalarini tasdiqlaydi, bundan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi tomonidan belgilanadigan byulletenlar namunalari mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi guruhlarning fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish masalalari bilan bog‘liq axborotini eshitadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududda fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi yakunlarini chiqaradi hamda Senat Kengashining komissiyasiga axborot taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish masalalariga doir fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish bilan bog‘liq hujjatlarning arxivga yoki idoraviy arxivga topshirilishini ta’minlaydi.
(13-moddaning birinchi qismi o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-apreldagi 101-son qarori bilan tasdiqlangan “Arxiv hujjatlarini jamlash, davlat hisobiga olish, saqlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyalar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruh tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish uchun fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) qarori bilan ishchi guruh tuziladi. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarining navbatdagi saylovi e’lon qilinganidan keyin ishchi guruh o‘z faoliyatini tugatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh tarkibiga, qoida tariqasida, fuqarolar yig‘inining, tegishli hududda joylashgan nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlarning vakillari, shuningdek xalq deputatlari tegishli tuman (shahar) Kengashining deputati kiritiladi. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli), uning maslahatchilari, fuqarolar yig‘ini organlarining boshqa xodimlari, shuningdek fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlarning, fuqarolar yig‘ini organlari boshqa xodimlarining yaqin qarindoshlari ishchi guruh tarkibiga kiritilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlar ishchi guruhga a’zo shaxslar yoxud ularning yaqin qarindoshlari orasidan ko‘rsatilgan taqdirda, ular ishchi guruh tarkibidan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Ishchi guruhning vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) o‘tkaziladigan sana, vaqt va joyni belgilaydi hamda uni o‘tkazishdan kamida besh kun oldin bu haqda tegishli hududda yashovchi fuqarolarni xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hovlilar, uylar, ko‘chalar hamda shaharchalardagi, qishloqlardagi va ovullardagi mahallalar aholisining fuqarolar vakillari saylovi bo‘yicha umumiy yig‘ilishlarini tashkil etadi va o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hovlilar, uylar, ko‘chalar hamda shaharchalardagi, qishloqlardagi va ovullardagi mahallalar aholisi umumiy yig‘ilishining ishtirokchilarini ro‘yxatga oladi hamda fuqarolarning saylangan vakillari haqidagi ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda aholining umumiy yig‘ilishi bayonnomasini tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududda doimiy yashovchi fuqarolarning fikrini hisobga olgan holda tegishli komissiyaga taqdim etish uchun fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlar bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish masalalari yuzasidan aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarining takroriy saylovi, shuningdek bo‘shab qolgan o‘rinlarga fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi o‘tkazilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish masalalariga doir fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlar ko‘rsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar ko‘rsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar ko‘rsatish tegishli hududda doimiy yashovchi fuqarolarning fikri inobatga olingan holda ishchi guruh tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarga doir hujjatlarni tayyorlaydi va tuman yoki shahar hokimi bilan kelishish uchun tegishli komissiyaga saylovdan kamida o‘n kun oldin taqdim etadi. Hujjatlarga fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarning o‘z nomzodi ko‘rsatilishiga yozma roziligi ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman yoki shahar hokimi fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) lavozimiga taqdim etilgan nomzodlarning hujjatlarini ko‘rib chiqadi va o‘zining ushbu nomzodlar bo‘yicha asoslantirilgan xulosalarini keyinchalik ishchi guruhlarga topshirish uchun tegishli komissiyalarga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh tuman yoki shahar hokimining xulosasini olganidan keyin fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga kelishilgan nomzodlar haqidagi axborotni saylovdan kamida besh kun oldin fuqarolar yig‘ini binosiga va guzarlarga osib qo‘yadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarga qo‘yiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lishi, qoida tariqasida, oliy ma’lumotga ega bo‘lishi, bevosita saylovga qadar kamida besh yil tegishli hududda doimiy yashayotgan bo‘lishi, tashkilotchilik qobiliyatiga, davlat organlarida yoki nodavlat notijorat tashkilotlarda yoxud tadbirkorlik va boshqa xo‘jalik faoliyati sohasida ish tajribasiga, shuningdek hayotiy tajribaga va aholi o‘rtasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan, og‘ir yoxud o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar, shuningdek sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan, haqiqiy harbiy xizmatdagi shaxslar, diniy tashkilotlarning professional xizmatchilari fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga saylanish uchun nomzod etib ko‘rsatilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) maslahatchilarining miqdor tarkibini belgilash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) maslahatchilarining miqdor tarkibi hovlilar, uylar, ko‘chalardan hamda shaharchalardagi, qishloqlardagi va ovullardagi mahallalardan fuqarolarning vakilligi inobatga olingan holda fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) maslahatchilari lavozimlariga nomzodlar ko‘rsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) maslahatchilari lavozimlariga nomzodlar tegishli hududda doimiy yashaydigan fuqarolarning fikrlari inobatga olingan holda ishchi guruh tomonidan ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini o‘tkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini o‘tkazish uchun fuqarolar yig‘inini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishini) chaqirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda chaqiriladi va o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar vakillari yig‘ilishiga hovlilar, uylar, ko‘chalardan fuqarolarning vakillari yuboriladi. Tarkibida mahallalar mavjud bo‘lgan shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar vakillarining yig‘ilishiga mahallalardan fuqarolarning vakillari yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakillik normasini tegishli komissiya belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Fuqarolar yig‘inini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishini) o‘tkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) ishchi guruhning rahbari raisligida o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) kun tartibiga, qoida tariqasida, quyidagi masalalar kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoq komissiyasini saylash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘ini raisini (oqsoqolini) saylash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining) maslahatchilarini saylash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘inida (fuqarolar vakillarining yig‘ilishida) fuqarolar yig‘inining (fuqarolar vakillari yig‘ilishining) ish reglamenti, shu jumladan fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlarning ma’ruzalari, ularning muhokamasi, savollar va javoblar uchun vaqt belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi bo‘yicha ovoz berish natijalarini aniqlash uchun fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) tomonidan kamida uch kishidan iborat tarkibda sanoq komissiyasi saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘inida (fuqarolar vakillarining yig‘ilishida) raislik qiluvchi fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlarni e’lon qiladi. Shundan so‘ng fuqarolar yig‘inida (fuqarolar vakillarining yig‘ilishida) raislik qiluvchi fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarning har biriga so‘z beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarning ma’ruzasi alifbo tartibida o‘tkazilib, nomzodlar o‘zining kelgusi faoliyat dasturini e’lon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarini saylashda ovoz berish shakllari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarini saylash ochiq yoki yashirin ovoz berish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz berish shakli to‘g‘risidagi qaror fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) tomonidan ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Ovoz berishni o‘tkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari saylovi ochiq ovoz berish orqali o‘tkazilayotganda ovoz berish har bir nomzod bo‘yicha qo‘l ko‘tarish yo‘li bilan o‘tkaziladi. Bunda fuqarolar yig‘inida (fuqarolar vakillarining yig‘ilishida) raislik qiluvchi fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarni alifbo tartibida ovozga qo‘yadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar bo‘yicha ovoz berish o‘tkazilganidan keyin, fuqarolar yig‘inida (fuqarolar vakillarining yig‘ilishida) raislik qiluvchi fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining) maslahatchilari lavozimiga nomzodlarni alifbo tartibida ovozga qo‘yadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari saylovi yashirin ovoz berish orqali o‘tkazilayotganda fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) ishtirokchilariga sanoq komissiyasi tomonidan saylov byulletenlari (bundan buyon matnda byulleten deb yuritiladi) beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Byulletenga fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlarning familiyasi, ismi, otasining ismi alifbo tartibida kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilarini saylashda byulletenlarni berish bevosita ovoz berishdan oldin boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Byulleten ovoz beruvchi tomonidan yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida to‘ldiriladi. Ovoz beruvchi byulletenning o‘ng tomonida o‘zi yoqlab ovoz berayotgan fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchisi lavozimiga nomzodning familiyasi qarshisida joylashgan bo‘sh kvadratga belgi-krestik qo‘yadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz beruvchi to‘ldirilgan byulletenni saylov qutisiga tashlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov qutilari ovoz berish tugaganidan keyin sanoq komissiyasi tomonidan ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Byulletenlarning namunalari va shakllari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2013-yil 25-sentabrdagi KQ-91-II-sonli “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi bo‘yicha saylov byulletenlari namunalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Ovozlarni sanab chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovozlar sanoq komissiyasi tomonidan fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari lavozimiga har bir nomzod bo‘yicha sanab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Sanoq komissiyasining bayonnomasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovozlarni sanash natijalari bo‘yicha sanoq komissiyasi tomonidan bayonnoma tuziladi va bayonnoma sanoq komissiyasining raisi hamda a’zolari tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) ishtirokchilarining umumiy soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ovoz berishda qatnashgan fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) ishtirokchilarining soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yashirin ovoz berish o‘tkazilganida byulleten olgan fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) ishtirokchilarining soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari lavozimiga har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yashirin ovoz berish o‘tkazilganida haqiqiy emas deb topilgan byulletenlar soni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoq komissiyasining bayonnomasi sanoq komissiyasining raisi tomonidan o‘qib eshittiriladi va fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi yakunlarini chiqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolarning yarmidan ko‘prog‘i ovozini olgan nomzod fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchisi lavozimiga saylangan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi yakunlari bo‘yicha qaror qabul qiladi, mazkur qaror fuqarolar yig‘inida (fuqarolar vakillarining yig‘ilishida) raislik qiluvchi tomonidan o‘qib eshittiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) bayonnomasi ikki nusxada tuzilib, bir nusxasi saylov yakunlarini umumlashtirish uchun tegishli tuman va shahar komissiyasiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli tuman va shahar komissiyalari fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi yakunlariga doir umumlashtirilgan ma’lumotlarni yuqori turuvchi komissiyaga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini o‘tmagan yoki haqiqiy emas deb topish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovida fuqarolar yig‘inida ishtirok etuvchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarning yarmidan kamrog‘i ishtirok etgan bo‘lsa, saylov o‘tmagan deb topiladi. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi fuqarolar vakillarining yig‘ilishlarida o‘tkazilgan taqdirda, agar yig‘ilishda hovlilar, uylar, ko‘chalardan hamda shaharchalar, qishloqlar va ovullar mahallalaridan fuqarolar vakillarining uchdan ikki qismidan kami ishtirok etgan bo‘lsa, saylov o‘tmagan deb topiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari saylovi davomida yoki ovozlarni sanab chiqishda yo‘l qo‘yilib, ovoz berish yakunlariga ta’sir qilgan qoidabuzarliklar tufayli saylov sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovida takroriy ovoz berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari lavozimiga ikki nafardan ortiq nomzod ko‘rsatilgan va ulardan birontasi ham saylanmagan bo‘lsa, fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) eng ko‘p ovoz olgan ikki nomzod bo‘yicha takroriy ovoz berishni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Takroriy ovoz berish ushbu Qonunning talablariga rioya etilgan holda o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Takroriy ovoz berish chog‘ida ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolarning ovozini boshqa nomzodga nisbatan ko‘proq olgan nomzod fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari lavozimiga saylangan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari takroriy saylovi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari takroriy saylovi quyidagi hollarda o‘tkaziladi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avvalgi saylov o‘tmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
takroriy ovoz berish fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari saylanganligini aniqlash imkonini bermasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘inida (fuqarolar vakillarining yig‘ilishida) fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari lavozimiga ko‘pi bilan ikki nafar nomzod ko‘rsatilgan hamda ulardan birontasi ham saylanmagan bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari takroriy saylovi ushbu Qonunning talablariga rioya etilgan holda bir oylik muddatdan kechiktirmasdan o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Bo‘shab qolgan o‘rinlarga fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, tegishli fuqarolar yig‘inlarida ushbu Qonunning talablariga rioya etilgan holda yangi saylov o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi natijalari ustidan shikoyat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘inining (fuqarolar vakillari yig‘ilishining) fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi natijalari bo‘yicha qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi natijalari bo‘yicha fuqarolar yig‘ini organlarini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi natijalari bo‘yicha fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) bir oy ichida fuqarolar yig‘ini kengashini shakllantiradi, fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalarni va taftish komissiyasini saylaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunining 9-moddasi uchinchi qismi, 9 va 18-moddalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 17-son, 220-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)