Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 25-yanvardagi PQ-2744-son va “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 17-fevraldagi PQ-2789-son qarorlariga muvofiq hamda ilmiy- tadqiqot va innovatsion faoliyatni yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi qarorlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Manfaatdor vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusxodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 5-iyun,
PF-5069-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyundagi PF-5069-sonli Farmoniga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonning oʻquvchi yoshlarini ragʻbatlantirish choralari toʻgʻrisida” 1993-yil 5-fevraldagi PF-555-son Farmonida:
a) 1-banddagi “10” raqami “11” raqamiga almashtirilsin;
b) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Barcha fanlardan oʻzlashtirish koʻrsatkichlari aʼlo (koʻpi bilan 25 foizi yaxshi) darajada boʻlgan hamda ijodiy ishda qatnashadigan bakalavriat boʻyicha oʻqiyotgan oxirgi ikki kurslarning (keyingi oʻrinlarda yuqori kurs deb yuritiladi) talabalari uchun quyidagi Davlat stipendiyalari taʼsis etilsin: texnika yoʻnalishlari uchun — Beruniy nomli, tibbiyot yoʻnalishlari uchun — Ibn Sino nomli, gumanitar yoʻnalishlar uchun — Navoiy nomli, tabiiy yoʻnalishlar uchun — Ulugʻbek nomli, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti uchun — Imom al-Buxoriy nomli va barcha yoʻnalishlar uchun — Islom Karimov nomli.
Quyidagilar:
Beruniy, Ibn Sino, Navoiy va Ulugʻbek nomli stipendiyalar soni taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha yuqori kurslarning har bir ming nafar talabasiga oʻrtacha stipendiyaning ikki barobari miqdordagi bitta stipendiya hisobidan;
Imom al-Buxoriy nomli stipendiya Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universitetining uch nafar yuqori kurslarning talabasiga oʻrtacha stipendiyaning ikki barobari miqdordagi bitta stipendiya hisobidan;
Islom Karimov nomli stipendiya har bir oliy taʼlim muassasasining bir nafar yuqori kurslarning talabasiga oʻrtacha stipendiyaning ikki barobari miqdordagi bitta stipendiya hisobidan belgilansin”.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2008-yil 15-iyuldagi PQ-916-son qarorida:
a) 1-bandning ikkinchi xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi” soʻzlari “Tashqi savdo vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasini yuqori saviyada oʻtkazish va tasdiqlangan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish Fan va texnologiyalar boʻyicha Davlat komissiyasi zimmasiga yuklansin”;
v) 1-ilovaning rus tilidagi matnining 1, 3, 4-bandlaridagi “masʼul ijrochilar” grafasida “Komitet po koordinatsii razvitiya nauki i texnologiy” soʻzlari “Agentstvo po nauke i texnologiyam” soʻzlari bilan almashtirilsin.
g) 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarkibida xitoyshunoslik fakultetini tashkil etish toʻgʻrisida” 2014-yil 3-sentabrdagi PQ-2228-son qaroriga 1-ilovaning rus tilidagi matnidan “Prorektor-direktor Sentra vostochnix rukopisey im. Abu Rayxona Beruni” va “Sentr vostochnix rukopisey im. Abu Rayxona Beruni” bloklari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent davlat texnika universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 2-maydagi PQ-2524-son qarorida:
a) 2-bandning birinchi xatboshidagi “Abu Rayhon Beruniy” soʻzlari “Islom Karimov” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-bandning birinchi xatboshidagi “Abu Rayhon Beruniy” soʻzlari “Islom Karimov” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 8-bandning ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;
g) 1-ilovaning rus tilidagi matnida:
nomida “imeni Islama Karimova” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“Nauchniy sentr po problemam otraslevogo mashinovedeniya” bloki chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Milliy universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 11-maydagi PQ-2527-son qarorida:
b) 1-ilovaning rus tilidagi matnida:
“Institut matematiki” va “Nauchno-issledovatelskiy sentr ximii i fiziki polimerov” bloklari chiqarib tashlansin;
“Fakultetlar” boʻlimining “fizicheskiy” pozitsiyada:
“Laboratoriya — 6” bloki “Laboratoriya — 1” bloki bilan almashtirilsin;
“Unik. obyekti — 5” bloki “Unik. obyekti — 2” bloki bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
v) 2 va 3-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti huzurida Oʻzbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 2016-yil 19-sentabrdagi PQ-2602-son qarorining nomidagi, 1-bandning ikkinchi xatboshidagi, 4-bandning ikkinchi xatboshidagi, 7-bandning birinchi xatboshidagi “Abu Rayhon Beruniy” soʻzlari “Islom Karimov” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 17-fevraldagi PQ-2789-son qarori quyidagi mazmundagi 191 va 192 bandlar bilan toʻldirilsin:
“191. Ilmiy-texnik faoliyatni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi yagona ijtimoiy toʻlov va bojxona toʻlovlaridan boshqa barcha turdagi soliq va yigʻimlar, shuningdek davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar toʻlashdan ozod etilsin.
192. Ilmiy-texnik faoliyatni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan olingan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan va belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelinadigan ilmiy-laboratoriya uskunalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqilmaydigan butlovchi va xarajat materiallar, qurilish texnikasi, kichik mexanizatsiya vositalari, material va uskunalar uchun bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
Davlat komissiyasi qarorlariga muvofiq Ilmiy-texnik faoliyatni qoʻllab- quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan olingan ilmiy- tadqiqot va oliy taʼlim muassasalariga bepul topshirilayotgan ilmiy laboratoriyalari uchun ilmiy uskunalar, zarur sarflanuvchi materiallar va butlovchi qismlar soliqqa tortilmaydi;
oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda loyiha-konstruktorlik tashkilotlari davlat budjeti hisobidan ilmiy-tadqiqot va tajriba- konstruktorlik ishlarini bajarishda foyda soligʻi, yagona soliq toʻlovi va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalardan ozod etiladi”.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyundagi PF-5069-son Farmoniga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan baʼzi hujjatlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” 2011-yil 9-sentabrdagi PF-4362-son Farmoniga ilovaning 2-bandi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-son Farmoniga ilovaning 47-bandi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” 2014-yil 24-iyuldagi PF-4635-son Farmoniga ilovaning 6-bandi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fan va texnologiyalar rivojlanishining muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 7-avgustdagi PQ-436-son qarori.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” 2008-yil 4-apreldagi PQ-831-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 2-noyabrdagi PQ-1426-son qarori.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” 2013-yil 21-noyabrdagi PQ-2071-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tuzilmasini yanada maqbullashtirish hamda respublika akademik ilm-fani va oliy taʼlimining integratsiyasini mustahkamlash chora- tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 8-iyuldagi PQ-2204-son qarorining 1 — 7, 10, 11-bandlari.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston tarixi sohasidagi tadqiqotlarni tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 18-iyuldagi PQ-2562-son qarori.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 23-son, 447-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2022-y., 06/22/214/0791-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)