17.02.2017 yildagi PQ-2789-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishida akademik fanning ahamiyatini yanada oshirish, Fanlar akademiyasining nufuzini yuksaltirish va faoliyatini takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni boshqarish va tartibga solishning yagona tizimini shakllantirish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda ilm-fanning o‘rnini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Fanlar akademiyasining asosiy vazifa va faoliyati yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy, texnik va ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlar olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilm-fanning ta’lim va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi mexanizmlarini mustahkamlash va rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining ehtiyojlarini hisobga olgan holda, fan va texnologiyalarni rivojlantirishning, davlat ilmiy-texnik dasturlarining ustuvor yo‘nalishlarini shakllantirishga doir takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahon va respublika ilm-fan yutuqlarini o‘rganish va tahlil qilish, ulardan O‘zbekiston Respublikasi manfaatlari yo‘lida foydalanish borasida tavsiyalar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimiz ilm-fani, ilmiy salohiyati, fan va texnika yutuqlarini ommalashtirish va targ‘ib qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mamlakatlarning fanlar akademiyalari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va jamg‘armalari bilan xalqaro hamkorlik qilish, xalqaro ilmiy forum va konferensiyalar tashkil etishda va o‘tkazishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi muassasalarining ilmiy salohiyati va moddiy-texnik bazasidan foydalangan holda, yuqori malakali kadrlar tayyorlashda ishtirok etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasini rivojlantirish.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi PF-144-sonli Farmoniga asosan to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.05.2022-y., 06/22/144/0457-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Tarix institutini Fanlar akademiyasi tasarrufiga o‘tkazish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarkibida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Matematika instituti negizida V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika institutini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Milliy universiteti Fizika fakultetining tegishli laboratoriyalari va noyob obyektlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Radiatsiya xavfsizligi markazi negizida Yadro fizikasi institutini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat texnika universiteti Muhandislik-fizika fakultetining tegishli laboratoriyalari negizida U.A. Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Inshootlar seysmik mustahkamligi instituti va Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi Tarmoq mashinasozligi muammolari ilmiy-tadqiqot markazi negizida M.T.O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Polimerlar kimyosi va fizikasi ilmiy-tadqiqot markazi negizida Polimerlar kimyosi va fizikasi institutini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzuridagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qo‘lyozmalari markazi negizida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand shahridagi Arxeologiya instituti va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologiya institutining Toshkent bo‘limi negizida Ya.G‘ulomov nomidagi Arxeologik tadqiqotlar institutini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi O‘zbek tili va adabiyoti ilmiy-tadqiqot instituti negizida O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi O‘zbek tili va adabiyoti muzeyi negizida Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligining Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi jamoatchilik kengashini Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi jamoatchilik kengashiga aylantirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz Fanlar akademiyasi tasarrufiga o‘tkazilsin, u Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha jamoatchilik kengashining ishchi organi etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limini saqlash, shuningdek uning amaliy va innovatsion tadqiqotlarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan xarajatlari “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining hisobidan, shu jumladan, tegishli ilmiy-texnologik ishlanmalarni joriy etish natijasida olingan sof foydaning 10 foizi miqdori evaziga qoplanishi belgilab qo‘yilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, qayta tashkil etilgan Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari yuridik shaxs maqomiga ega davlat muassasasidir, ular avval o‘zlari tasarrufida bo‘lgan vazirlik va idoralar negizidagi ilmiy muassasalarning huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorislari hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ilm-fanning ustuvor yo‘nalishlari rivojlanishini ta’minlash, shuningdek ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini samarali muvofiqlashtirish maqsadida Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati tuzilmasida fizika-matematika va texnik fanlar, kimyo-biologiya fanlari, ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha bo‘limlar tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limi raisi, Xorazm Ma’mun akademiyasi raisi va Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi raisi o‘z maqomiga ko‘ra Fanlar akademiyasining vitse-prezidentiga tenglashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Amaliyotga shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq tarmoq ilmiy-tadqiqot muassasalari Fanlar akademiyasining assotsiatsiyalashtirilgan a’zosi bo‘lishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-390-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/390/1228-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5399-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5399-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5399-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5399-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5399-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5399-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5399-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5399-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5399-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5399-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5399-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
(191-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5399-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
192. Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan olingan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan va belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kelinadigan ilmiy-laboratoriya uskunalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqilmaydigan butlovchi va xarajat materiallar, qurilish texnikasi, kichik mexanizatsiya vositalari, material va uskunalar uchun bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin.
(192-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5399-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Innovatsion rivojlanish vazirligi qarorlariga muvofiq Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan olingan ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalariga bepul topshirilayotgan ilmiy laboratoriyalari uchun ilmiy uskunalar, zarur sarflanuvchi materiallar va butlovchi qismlar soliqqa tortilmaydi;
(192-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5399-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda loyiha-konstruktorlik tashkilotlari davlat budjeti hisobidan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini bajarishda foyda solig‘i, yagona soliq to‘lovi va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalardan ozod etiladi.
(191-192-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyundagi PF-5069-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2017-y., 23-son, 447-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, ilmiy laboratoriyalarni jihozlash va olimlarning xorijiy stajirovkalarini tashkil etish uchun chet el kreditlari va grantlarini jalb etish bo‘yicha xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlar bilan tizimli ish olib borsinlar.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar akademiyasining ilmiy tadqiqotlar yakunlari bo‘yicha salmoqli natijalarga erishgan olimlarni taqdirlash uchun Fanlar akademiyasining ilmiy xodimlarni moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qo‘yilsinki, Fanlar akademiyasining ilmiy xodimlarni moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining xo‘jalik va tadbirkorlik faoliyatidan tushgan sof foydaning 10 foizi miqdoridagi chegirma hisobidan shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda mazkur qaror ijrosini ta’minlashga qaratilgan, jumladan, quyidagilarni nazarda tutuvchi hukumat qarorini qabul qilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli oliy ta’lim muassasalari bilan chuqur integratsiyani ta’minlagan holda Fanlar akademiyasi tasarrufiga o‘tkazilayotgan hamda uning tarkibida qayta tashkil etilayotgan ilmiy-tadqiqot muassasalarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fan va texnologiyalar davlat komissiyasi, Fan va texnologiyalar agentligi, Ilmiy-texnik faoliyatni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasi, Fanlar akademiyasining Navoiy bo‘limi, Fanlar akademiyasining ilmiy xodimlarni moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Fan va texnologiyalar agentligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy normativ hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 17-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2789-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-390-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/390/1228-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-390-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/390/1228-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5399-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5399-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SHARH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishning barqaror tizimi yaratildi. Mamlakatda salohiyatli ilmiy maktablar yaratildi, ilmiy laboratoriya va kafedralar, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, vazirlik va idoralar hamda respublika miqyosidagi ilmiy-texnik va ekspert kengashlari shaklidagi ko‘p tarmoqli ilmiy-tashkiliy infratuzilma faoliyat yuritmoqda

Ayniqsa so‘nggi yillarda ilmiy-tadqiqot faoliyatining moddiy-texnik salohiyatini mustahkamlash va samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan salmoqli ishlar amalga oshirildi. Bir qator yangi ilmiy-innovatsion tuzilmalar — Genomika va bioinformatika markazi, Xalqaro quyosh energiyasi instituti, Kembridj universiteti ishtirokida Yuqori texnologiyalar markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish tizimida Fanlar akademiyasi haqli ravishda fundamental tadqiqotlar yetakchisi sifatida alohida o‘rin egallaydi. Hozirgi kunda Fanlar akademiyasi tizimida salmoqli intellektual salohiyat mujassamlangan. Shuning uchun ham davlatimiz tomonidan akademik fanning mamlakat iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirishdagi rolini kuchaytirish, Fanlar akademiyasining ilmiy-innovatsion faoliyatini takomillashtirish va mavqeyini oshirish masalalariga katta e’tibor qaratilayotgani bejiz emas.

Ushbu e’tiborning yorqin ko‘rinishi sifatida mamlakatimiz Prezidentining davlat rahbari sifatidagi birinchi uchrashuvi aynan ilm hamjamiyati – respublika akademiklari va yetakchi olimlari bilan bo‘lganligini ta’kidlash joiz. 2017-yilning 1-yanvaridan boshlab akademiklarga eng kam ish haqining 10 barobari miqdorida jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliqlardan ozod etilgan oylik gonorar belgilandi. Bundan tashqari, ular uchun sanatoriy muassasalarida har yili bepul sog‘lomlashtirish kursidan foydalanish huquqi nazarda tutildi. Akademiklar ilmiy, ta’lim va ishlab chiqarish jarayonlariga keng jalb etilib, ularga yuqori malakali kadrlar tayyorlashda faol ishtirok etishlari uchun zarur imkoniyatlar yaratildi.

Shu bilan birga, ilmiy-texnik salohiyatning hozirgi kundagi ahvoli, kadrlar bilan ta’minlanganligi, ilmiy-tadqiqot faoliyatining moddiy-texnika, tajriba va laboratoriya bazalarining rivojlanish darajasi mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining jadal sur’atlaridan ortda qolmoqda. Qator tadqiqot yo‘nalishlari bo‘yicha milliy ilm-fanimiz, ayniqsa akademik fanning raqobatbardoshligini yuqori halqaro darajalarga mos keltirish zarurati ham yuzaga keldi.

Ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini moliyalashtirish tizimida bir qator muammolar mavjud. Natijada, ilmiy faoliyat nufuzi birmuncha pasayib, iqtidorli yoshlarning boshqa sohalarga ketib qolish holatlari kuzatilmoqda, ilmiy kadrlarning o‘rtacha yoshi ortib borishi tendensiyasi saqlanib qolmoqda. Shu munosabat bilan, davlat ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish, amalga oshirish va monitoringini yuritish jarayonlarini muvofiqlashtiruvchi yagona tizimning mavqeyi va salohiyatini tiklash, olimlarga keng ko‘lamli ilmiy izlanishlarni amalga oshirishlari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish bugungi kunning hal qilinishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalaridan biriga aylandi.

Ta’kidlash lozimki, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag‘batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etishga ta’lim va fan sohasini rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida alohida e’tibor qaratilgan.

Bundan tashqari, respublika viloyatlarida bo‘lib o‘tayotgan xalq bilan bevosita muloqot paytida Prezidentimiz tomonidan barcha hududlarda ilm-fan salohiyatini tiklash, hududlarning kompleks rivojlanishini ta’minlashda mavjud intellektual salohiyatdan samarali foydalanish, yoshlarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga keng jalb qilish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilmoqda. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda ilmiy izlanishlarni ijtimoiy-iqtisodiy sohalarning real muammolariga yo‘naltirish, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi uzviy integratsiyani ta’minlash, o‘z navbatida, ishlab chiqarish korxonalari tomonidan olimlarning ilmiy-texnologik ishlanmalarini amaliyotga joriy qilish samaradorligini oshirish mexanizmlarini yaratish masalalari o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur sohada to‘planib qolgan muammolarni hal etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu qaror bilan keng ko‘lamli miqyosdagi aniq maqsadli ishlar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Jumladan, qarorga ko‘ra zamonaviy talablar asosida Fanlar akademiyasining asosiy vazifa va faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari belgilab berilgan. Bundan tashqari, ilmiy-tadqiqot infratuzilmasini yanada mustahkamlash maqsadida Fanlar akademiyasi tarkibida bir qator ilmiy-tadqiqot muassasalari tashkil qilinib, qator muassasalar akademiya tasarrufiga qaytarilgan. O‘z navbatida, bu tadbirlar Fanlar akademiyasi tomonidan keng ko‘lamli fundamental tadiqotlar olib borilishini ta’minlash, turli fan tarmoqlari bo‘yicha mavjud ilmiy salohiyatni mujassamlash va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarning dolzarb muammolariga safarbar qilish imkoniyatini yaratadi.

Qarorda Fanlar akademiyasi boshqaruv apparatining tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirishga alohida e’tibor qaratildi, uning tarkibida fizika-matematika va texnika fanlari, kimyo-biologiya fanlari va ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘limlari hamda Fanlar akademiyasining Navoiy bo‘limini tashkil etish ko‘zda tutildi. Bu mazkur fan sohalarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish bilan bir qatorda, Navoiy viloyati hududini kompleks rivojlantirishda, mavjud sanoat salohiyatini yanada mustahkamlashda akademik fan imkoniyatlaridan keng foydalanish imkoniyatini beradi.

Shuningdek, qarorga muvofiq Fanlar akademiyasining Qoraqalpog‘iston va Navoiy bo‘limlari hamda Xorazm Ma’mun akademiyasi raislari mavqeyi akademiya vitse-prezidenti darajasiga tenglashtirilishi ham aynan hududlarda ilm-fan salohiyatini tiklash va nufuzini oshirish borasida olib borilayotgan tizimli ishlarning yaqqol tasdig‘idir.

Samarali ilmiy faoliyatni rag‘batlantirishga ham qarorda katta e’tibor qaratilgan. Shu maqsadda, ilmiy-tadqiqot muassasalarining xo‘jalik va tadbirkorlik faoliyatidan tushgan sof foydaning 10 foizi miqdoridagi ajratmalari hisobiga shakllanadigan, ilmiy tadqiqotlar yakunlari bo‘yicha salmoqli natijalarga erishgan Fanlar akademiyasi ilmiy xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi tashkil etilmoqda.

Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri rahbarligida Fan va texnologiyalar bo‘yicha davlat komissiyasi tuzilib, uning zimmasiga ilmiy-texnika sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, innovatsion siyosatning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash vazifalari yuklanmoqda.

Shuningdek, mazkur komissiyaning ishchi organi sifatida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi faoliyati tugatilayotgan Fan va texnologiya­larni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi tashkil etilmoqda. Agentlik zimmasiga iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha uchun fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni bajarishda ilmiy-texnik xizmatlar ko‘rsatishga yo‘naltirilgan davlat topshiriqlarini shakllantirish kabi vazifalar yuklanadi.

Mazkur tadbirlar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkillashtirish tizimini yangi bosqichga ko‘tarishga, mavjud intellektual salohiyatni jipslashtirishga, izlanishlardagi mayda, samarasiz mavzularga va takrorlanishlarga barham berishga xizmat qiladi.

Qaror bilan o‘z yechimini topayotgan yana bir muhim masala Fan va texnologiyalar bo‘yicha davlat komissiyasi qoshida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan Ilmiy-texnik faoliyatni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lib, jamg‘arma mablag‘lari quyidagi maqsadlarga yo‘naltirilishi nazarda tutilgan:

ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarida yangi tipdagi va zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan ilmiy laboratoriyalarni tashkil etish;

olimlarimiz tomonidan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk obyektlarini chet elda ro‘yxatdan o‘tkazish (patentlash) xarajatlarini qoplash;

zamonaviy laboratoriyalarning ilmiy asbob va uskunalarini zarur sarflanuvchi materiallar va butlovchi qismlar bilan uzluksiz ta’minlash;

ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining jahonning yetakchi ilmiy elektron ma’lumotlar bazasidan erkin foydalanishlari uchun sarflanadigan xarajatlarni qoplash;

yosh olimlarning yetakchi xorijiy ilmiy markazlarda qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarini moliyalashtirish.

Qaror doirasida nazarda tutilgan barcha tadbirlar davlatimiz tomonidan iqtisodiyotning innovatsion taraqqiyotini ta’minlashda ilm-fanning rolini kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning mantiqiy davomi bo‘lib, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga xizmat qiladi.

Ushbu qaror akademik fan nufuzini oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatining kadrlar va intellektual salohiyatini mustahkamlash, uni tashkillashtirish va boshqarish tizimini takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot muassasalari moddiy-texnika bazasini tubdan yaxshilash, iqtidorli yoshlarni ilm-fanga keng jalb qilish va olimlarning sermashaqqat mehnatlarini munosib moddiy rag‘batlantirishga keng yo‘l ochadi.

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 8-son, 117-modda, 23-son, 447-modda, 36-son, 950-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; 19.03.2021-y., 07/21/5032/0226-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.05.2022-y., 06/22/144/0457-son; 29.12.2025-y., 07/25/390/1228-son)