25.01.2017 yildagi PQ-2744-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, o‘zbek xalqining ulug‘ va ardoqli farzandi, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov Vatanimizni mustabid tuzum qaramligidan ozod qilib, halokat yoqasiga kelib qolgan yurtimizni qayta tikladi. Buyuk Yo‘lboshchimiz g‘oyat qaltis va tahlikali bir vaziyatda og‘ir qiyinchiliklar va sinovlarga qaramay, tarixan qisqa davrda O‘zbekistonni jadal va barqaror sur’atlar bilan rivojlanayotgan zamonaviy demokratik davlatga aylantirdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Islom Abdug‘aniyevich Karimov o‘zining serqirra siyosiy faoliyati, oliyjanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimizning ko‘p asrlik tarixida o‘chmas iz qoldirdi. U nafaqat O‘zbekiston, balki jahon miqyosida katta hurmat va obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lgan ulkan shaxs va arbob sifatida tanildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘p millatli O‘zbekiston xalqining qalbidan chuqur joy olgan Birinchi Prezidentimizning so‘nmas xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, mamlakatimiz fuqarolaridan ko‘plab takliflar tushmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqimizning samimiy tilaklari va xohish-irodasidan kelib chiqib, ona Vatanimiz mustaqilligi, el-yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi buyuk tarixiy xizmatlarini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, O‘zbekiston Qahramoni Islom Abdug‘aniyevich Karimovning yorqin xotirasini abadiylashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil oktabr oyida Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi tuzilgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar, Yashnobod tumanining Farg‘ona yo‘li ko‘chasida joylashgan jome masjidga “Islom ota jome masjidi” deb nom berilgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 2-dekabrda “Buyuk davlat va siyosat arbobi, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov siymosi tasvirlangan haykalni yaratish bo‘yicha xalqaro ijodiy tanlovni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasi (A.Aripov) O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasini abadiylashtirish chora-tadbirlari rejasini o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu munosabat bilan quyidagi vazifalar topshirilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda Samarqand shahrida Islom Karimov dafn etilgan hududda yodgorlik majmuasini barpo etish;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-maydagi PF–5043-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 354-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov siymosini yaratish bo‘yicha xalqaro ijodiy tanlovda g‘olib deb topilgan haykallarni mamlakatimiz poytaxti Toshkent shahrida, Islom Karimov tug‘ilib o‘sgan Samarqand shahrida va u kishi birinchi rahbar bo‘lib ishlagan Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida o‘rnatish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Toshkent shahri va Samarqand viloyati hokimliklari birgalikda: Birinchi Prezidentimiz ko‘p yillar davomida faoliyat olib borgan Toshkent shahridagi Oqsaroy qarorgohida (O‘zbekiston ko‘chasi, 45) Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasini tashkil etish va Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondini ham ushbu manzil bo‘yicha joylashtirish; Samarqand shahrida Islom Karimov muzeyini tashkil etish;
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-maydagi PF–5043-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 354-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi muassasa va obyektlarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat texnika universitetiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asaka shahridagi avtomobil zavodiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farg‘ona shahridagi San’at saroyiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent xalqaro aeroportiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi markaziy ko‘chalarga (mahalliy davlat hokimiyati organlari takliflari asosida) Islom Karimov nomini berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili Birinchi Prezidentimiz tavallud topgan sana — 30-yanvar kunini keng nishonlash, 2-sentabr kunini Xotira kuni sifatida yod etish. Ushbu sanalar munosabati bilan ommaviy axborot vositalarida Islom Karimov hayoti va faoliyatini keng yoritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Islom Karimovning hayoti va faoliyati haqida ilmiy va badiiy asarlar, hujjatli va badiiy filmlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Islom Karimov siymosi aks ettirilgan maxsus pochta markalarini chiqarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish bilan bog‘liq tadbirlar keng yoritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 25-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2744-son
(“Xalq so‘zi” gazetasi, 26.01.2017-y., 19 (6713)-son; O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 20-son, 354-modda)