Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.06.2017 18.07.2016 yildagi PQ-2562-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.06.2017
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston tarixi sohasidagi tadqiqotlarni tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyundagi 5069-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston tarixi sohasidagi ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatining oʻquv jarayoni bilan oʻzaro aloqasini kuchaytirish, oʻzbek xalqi hamda milliy davlatchilik tarixi sohasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlarni olib borishga professor-oʻqituvchilarni, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va talabalarni keng jalb etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix institutini Mirzo Ulugʻbek nomli Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi Tarix instituti etib qayta tashkil qilish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Milliy universitet huzuridagi Tarix institutining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy yondashuvlar, tarixiylik va xolislik tamoyillari asosida, umumjahon va mintaqaviy tarixiy jarayonlar bilan oʻzaro chambarchas bogʻliq holda mintaqa tarixini, mintaqaning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qoʻshgan koʻp tomonlama hissasini eng qadimgi davrlardan to hozirgi davrgacha chuqur oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning butun hududi boʻylab etnologik va manbashunoslik tadqiqotlarini tizimli ravishda olib borish, Oʻzbekiston xalqlarining qadimiy va oʻrta asrlar tarixini, boy arxeologik va madaniy-tarixiy merosini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzbek xalqi davlatchiligi tarixi, uni shakllantirishning tarixiy bosqichlari va omillari boʻyicha tadqiqotlarni amalga oshirish, mustaqil Oʻzbekistonning tashkil topish tarixini tizimli va kompleks tarzda oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonning eng yangi tarixini, demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirish, zamonaviy raqobatdosh bozor iqtisodiyotini barpo etish, shuningdek, mustaqillik yillaridagi ijtimoiy rivojlanish jarayonlarini har tomonlama oʻrganish va ilmiy tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarixiy tadqiqotlarning nazariy va metodologik jihatlarini, istoriografiya va manbashunoslik masalalarini ishlab chiqish, tarixga oid yangi hujjatlar va boshqa manbalarni muttasil izlash, ilmiy, ilmiy- ommabop asarlar, yangi avlod darsliklarini yaratish, ulardan oʻquv jarayonida keng foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarix fanining turli yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, institut tomonidan oʻtkaziladigan tadqiqotlarga oʻqituvchilarni, katta ilmiy xodim- izlanuvchilar, magistrant va talabalarni keng koʻlamda jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet ellardagi ilmiy muassasalar bilan hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy konferensiyalar va seminarlar, birgalikdagi tadqiqotlar, loyihalar, xodimlarning malaka oshirishi va oʻqishini tashkil qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi Tarix institutining umumiy xodimlari cheklangan soni 51 nafargacha boʻlgan tuzilmasi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziriga, zarur hollarda, Institut tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan umumiy cheklangan soni doirasida oʻzgartishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki, Milliy universitet huzuridagi Tarix instituti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, oʻzining muhriga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida shaxsiy gʻaznachilik hisobvaraqlariga ega boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix institutining huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Oʻzbekiston Milliy universiteti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Milliy universitet Tarix institutining Ustavini belgilangan tartibda tasdiqlasin va uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut Oʻzbekiston Milliy universiteti Tarix fakultetining Toshkent shahar, Olmazor tumani, Mirzo Gʻolib koʻchasidagi binosida joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlarning natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar, shuningdek, xoʻjalik faoliyatidan tushadigan mablagʻlar, xalqaro moliya institutlari va boshqa institutlarning, xorijiy hukumat tashkilotlarining grantlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Milliy universitet huzuridagi Tarix instituti faoliyatini moliyalashtirish manbalaridir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari Milliy universitet huzuridagi Tarix institutining xodimlariga joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur qarorning qoidalaridan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilga moʻljallangan respublika budjeti xarajatlarining tasdiqlangan qismiga tegishli oʻzgartishlar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 18-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2562-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 29-son, 349-modda)