14.02.2017 yildagi F-4849-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoyishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan tadbirlarning ekspertlik va jamoatchilik muhokamasini samarali tashkil etish borasidagi sa’y-harakatlarni birlashtirish, ularni har tomonlama mukammallashtirish va amalga oshirish, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlarini, ekspertlar va olimlarni mamlakatni demokratlashtirish hamda modernizatsiya qilish jarayonlariga faol jalb etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Joylarda saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar, dolzarb va aholini o‘ylantirayotgan masalalar keng ko‘lamda o‘rganilishi, amaldagi qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyoti tanqidiy tahlil qilinishi, ilg‘or xorijiy tajriba o‘rganilishi, shuningdek keng jamoatchilik muhokamasi natijasida quyidagi hujjatlar tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi (bundan buyon matnda Harakatlar strategiyasi deb yuritiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi (bundan buyon matnda Dastur deb yuritiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston advokatlar palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasining muassasa shaklidagi “Taraqqiyot strategiyasi” markazi (bundan buyon matnda Markaz deb yuritiladi) nodavlat notijorat tashkilotini tashkil etish hamda uning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib quyidagilarni belgilash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha komissiyalar (bundan buyon matnda komissiyalar deb yuritiladi) bilan uzviy hamkorlikda Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni axborot-tahliliy jihatdan ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harakatlar strategiyasi va Dastur doirasida amalga oshiriladigan tadbirlar bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajriba, xalqaro standartlar, shuningdek xalqaro tashkilotlar va ekspertlarning baholari, fikr-mulohazalarini o‘rganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harakatlar strategiyasi va Dastur doirasidagi amalga oshiriladigan tadbirlarning ekspertlar hamda jamoatchilik o‘rtasida keng muhokama etilishini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harakatlar strategiyasini samarali amalga oshirish, shuningdek Dasturda nazarda tutilgan qonun, qonunosti va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar bo‘yicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot, axborot-tahliliy hamda ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga doir har yillik dasturlar loyihalarini tayyorlashga ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harakatlar strategiyasi va Dastur doirasida amalga oshiriladigan tadbirlar bo‘yicha aholining fikr va takliflarini to‘plash va o‘rganish, ular yuzasidan asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harakatlar strategiyasini amalga oshirib borilishining tizimli jamoatchilik monitoringini o‘tkazish, uning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi uchun qo‘shimcha chora-tadbirlar yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harakatlar strategiyasining amalga oshirib borilishi to‘g‘risida aholini, tadbirkorlik subyektlarini, fuqarolik jamiyati institutlarini va xalqaro jamoatchilikni keng xabardor qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Markaz faoliyatiga ko‘maklashish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibi ilovaga muvofiq ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Markaz faoliyatiga ko‘maklashish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash Markazning davlat organlari bilan o‘zaro samarali hamkorligini ta’minlaydi va unga yuklatilgan vazifalarning bajarilishini har tomonlama ko‘llab-quvvatlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Markaz:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalar doirasida vazirliklar, idoralar, banklar va boshqa tashkilotlardan zarur normativ, statistik hamda tahliliy axborotni so‘rash va bepul olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiyalar tomonidan tashkil etiladigan ekspert guruhlariga Dasturda nazarda tutilgan hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha tavsiyalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari, idoralar, banklar mutaxassislarini, ilmiy tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining olimlari va o‘qituvchilarini, mustaqil ekspertlarni, shu jumladan xorijiy davlatlardan ekspertlar sifatida shartnoma asosida jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun taklif etilgan milliy va xorijiy ekspertlar faoliyatini muvofiqlashtirib borish huquqiga ega ekanligi belgilab qo‘yilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Markazni moliyalashtirish manbalari quyidagilardan iborat ekanligi belgilab qo‘yilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik ko‘maklashish mablag‘lari, xalqaro va xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlarining grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, banklar hamda boshqa tashkilotlarning tadqiqot hamda tahlillar o‘tkazish uchun ajratiladigan mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy sheriklik doirasida nodavlat notijorat tashkilotlariga ajratiladigan davlat grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ikki hafta muddatda Markazni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Markazga quyidagi masalalarni xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etishda ko‘maklashsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz faoliyatini moddiy-texnik va axborot jihatdan ta’minlash uchun texnik ko‘maklashish mablag‘lari, grantlar jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun xorijiy ekspertlarni taklif etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy tajribani o‘rganish uchun Markaz ekspertlarining rivojlangan xorijiy mamlakatlarga safarlarini tashkil etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Markazning buyurtmalariga binoan xalqaro hamda chet el tashkilotlari va fondlaridan olinadigan grantlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 179- moddasiga muvofiq belgilangan tartibda xulosalar berilishini ta’minlasin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5399-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Markaz quyidagi majburiy jo‘natmalar reyestriga kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, Moliya, Mehnat, Ichki ishlar vazirliklari, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Bosh prokuraturasi, Oliy va Oliy xo‘jalik sudlarining statistik ma’lumotlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha markazi byulletenlari va kundalik ma’lumotlari to‘plami;
(9-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalari huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar markazining xorijiy matbuot sharhlari va tahliliy ma’lumotnomalari, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutining tahliliy materiallari.
(9-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Markazni joylashtirish, shuningdek uning zarur zamonaviy kompyuterlar, tashkiliy texnika, mebel va inventarlar bilan jihozlanishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning keng qamrovli Internet tarmog‘i bilan jihozlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bilan birgalikda Markazning O‘zbekiston Milliy kutubxonasining axborot-kutubxona fondiga va yetakchi xorijiy litsenziyaga ega axborot-kutubxona resurslari fondlariga doimiy ravishda elektron ulanishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Markazning buyurtmalariga binoan Markaz faoliyatiga jalb qilinayotgan chet el fuqarolariga konsullik va boshqa yig‘imlarni undirmagan holda kirish vizalarini belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Markazning buyurtmalariga binoan Markaz faoliyatiga jalb qilinayotgan chet el fuqarolariga davlat bojini undirmagan holda ko‘p martalik vizalar berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek ularning O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilishini va uning muddati uzaytirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ushbu Farmoyishning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi vazifasini bajaruvchi O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 14-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
F-4849-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi F-4849-son Farmoyishiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi faoliyatiga ko‘maklashish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Murodov O.B.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi vazifasini bajaruvchi, Muvofiqlashtiruvchi kengash rahbari

Davletov R.K.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari, Muvofiqlashtiruvchi kengash rahbari o‘rinbosari

Istamov M.Sh.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni shu’ba mudiri

Rixsiyev A.G.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni bosh inspektori

Rustambekov N.M.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni bosh inspektori

Xanayev U.U.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni bosh konsultanti

Mavlonov B.M.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni yetakchi inspektori

Ne’matov A.I.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni yetakchi konsultanti

Kuchkarov B.T.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi o‘rinbosari

Shermatov Sh.X.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi

Abdukarimov G.O.

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti direktori

Axmedov R.T.

O‘zbekiston Advokatlar palatasi raisi

Shayxov A.E.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi

Abduxalikov F.F.

Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi raisi

Kuchkarov J.A.

O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi o‘rinbosari

Bekenov S.X.

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari

Jo‘rayev N.S.

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining o‘rinbosari

Shoaxmedov Sh.Sh.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining o‘rinbosari

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 7-son, 88-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son; 18.04.2018-y., 06/18/5420/1081-son, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son; 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)