O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotish tartibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 12-sentabrdagi PQ-3270-son qarori)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 2-dekabrdagi PF-4861-son Farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2019-yillarda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida” 2016-yil 21-dekabrdagi PQ-2687-son va “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun qo‘shimcha qulay sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 17-martdagi PQ–2843-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 17-may,
290-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 17-maydagi 290-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotish tartibiga kiritilayotgan
o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 3-bandga quyidagi mazmundagi “i”, “k” va “l” kichik bandlar qo‘shilsin:
“i) turizm operatorlarining ular tomonidan ko‘rsatilgan turizm xizmatlari uchun tushgan xorijiy valyutadagi mablag‘lari;
k) to‘qimachilik va tikuv-trikotaj tarmog‘ining 1a-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha nooziq-ovqat iste’mol tovarlari eksportidan olingan xorijiy valyutadagi mablag‘lari;
l) Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaxslarning o‘zi ishlab chiqargan sanoat mahsulotlarini eksport qilishdan olingan xorijiy valyutadagi mablag‘lari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1997-yil 10-oktabrdagi PF–1871-son Farmoniga 2-ilovaga kiritilgan xomashyo tovarlari bundan mustasno”.
2. 10-banddan ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
3. Quyidagi mazmundagi 1a-ilova qo‘shilsin:
“Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotish tartibiga
1a-ILOVA
1a-ILOVA
To‘qimachilik va tikuv-trikotaj tarmog‘ining xorijiy valyutadagi tushumning bir qismini vakolatli banklarga majburiy sotish bekor qilingan nooziq-ovqat iste’mol tovarlari
RO‘YXATI
1. Tayyor ip gazlama
2. Tayyor aralash matolar
3. Tayyor ipak matolar (atlasdan tashqari);
4. Tayyor tikuv buyumlari, tayyor kiyim (tikuv, trikotaj buyumlari)
5. Bosh kiyimlari (milliy bosh kiyimlardan tashqari)
6. Paypoq mahsulotlari
7. To‘qimachilik attorlik mahsulotlari”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 20-son, 369-modda)