17.03.2017 yildagi PQ-2843-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun qo‘shimcha qulay sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining iqtisodiyotini jadal rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va eksport salohiyatini kengaytirish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish, shuningdek, investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-dekabrdagi PF-5286-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan, farmatsevtika tovarlari va preparatlari, elektrotexnika mahsulotlari (kabel-o‘tkazgich mahsulotlaridan tashqari), shuningdek, pardozlash qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yuridik shaxslar 2017-yilning 1-aprelidan 2022-yilning 1-yanvarigacha bo‘lgan davrda mulk solig‘i, yer solig‘i to‘lashdan ozod etilsin.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot yili natijalari bo‘yicha sotuvning umumiy hajmida ushbu mahsulotlarni sotishdan tushadigan sof tushumning ulushi 60 foizdan kam bo‘lmagan miqdorni tashkil etuvchi yuridik shaxslar mazkur bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yuridik shaxslar jumlasiga kirishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, “O‘zfarmsanoat” AK, “O‘zeltexsanoat” AK va “O‘zqurilishmateriallari” AJ bilan birgalikda 2017-yilning 1-apreligacha mazkur qarorda nazarda tutilgan soliq imtiyozlari tatbiq etiladigan farmatsevtika mahsulotlari va preparatlari, elektrotexnika mahsulotlari, shuningdek, pardozlash qurilish materiallariga taalluqli bo‘lgan mahsulotlarning aniq ro‘yxatini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan va ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirayotgan eksportyor yuridik shaxslar uchun respublika doirasida ichki yuk tashishga amaldagi tarif stavkalari bo‘yicha yuklarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasigacha yetkazib berishga temir yo‘l tariflarini qo‘llasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalari ushbu qarorni yoritish bo‘yicha keng tushuntirish ishlari olib borilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ raisi A. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 17-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2843-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 12-son, 186-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)