Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 26-oktabrdagi PF-4853-son Farmoni)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 26-oktabrdagi PF-4853-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 25-mart,
155-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyatida yuridik va jismoniy shaxslarga yer uchastkalari ajratish va ulardan maqsadli foydalanilishi tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 20-yanvardagi 16-son qarorining 3-bandi birinchi xatboshida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2009-y., 4-son, 24-modda):
a) “Angren” maxsus industrial zonasidagi loyihalar” soʻzlari “Angren” erkin iqtisodiy zonasidagi loyihalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) “Angren” maxsus industrial zonasi” soʻzlari “erkin iqtisodiy zonalar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 27-yanvardagi 21-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 1-son, 5-modda):
a) qarorning nomidagi va muqaddimadagi “industrial-” soʻzi chiqarib tashlansin;
b) 1-banddagi “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasini (keyingi oʻrinlarda “Navoiy” EIIZ deb ataladi)” soʻzlari ““Navoiy” erkin iqtisodiy zonasini (keyingi oʻrinlarda “Navoiy” EIZ deb ataladi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 2-bandning uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
g) 3-bandning uchinchi xatboshidagi “industrial-” soʻzi chiqarib tashlansin;
d) 4-bandda:
“industrial-” soʻzi chiqarib tashlansin;
“EIIZ” qisqartmasi “IIZ” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
e) 5-bandning birinchi, uchinchi, toʻrtinchi, beshinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilardagi “EIIZ” qisqartmasi “EIZ” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
j) 8-bandda:
uchinchi xatboshidagi “EIIZ” qisqartmasi “EIZ” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “EIIZ” va “DAK” qisqartmalari “EIZ” va “AJ” qisqartmalari bilan almashtirilsin;
z) 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-fevraldagi 45-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2009-y., 8-son, 78-modda) bilan tasdiqlangan Yer haqidagi qonunlarga, shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq Toshkent viloyatida yuridik va jismoniy shaxslarga yer uchastkalari berish amaliyotini oʻrganish boʻyicha Komissiyaning Toshkent viloyatida yer uchastkalari berish toʻgʻrisidagi qarorini qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 1-bandi ikkinchi xatboshidagi “maxsus industrial” soʻzlari “erkin iqtisodiy” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi direksiyasi” Davlat unitar korxonasining Ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2009-yil 19-fevraldagi 48-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 2-son, 12-modda):
b) ilovada:
ilovaning nomidagi va 1-banddagi “industrial-” soʻzi chiqarib tashlansin;
4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Korxonaning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
toʻliq nomi — “Navoiy” erkin iqtisodiy zona direktsiyasi” Davlat unitar korxonasi;
qisqartirilgan nomi — “Navoiy” EIZ direktsiyasi” DUK;
b) rus tilida:
toʻliq nomi — Gosudarstvennoye unitarnoye predpriyatiye “Direksiya svobodnoy ekonomicheskoy zoni “Navoi”;
qisqartirilgan nomi — GUP “Direksiya SEZ “Navoi”;
v) ingliz tilida:
toʻliq nomi — “Directorate of the free economic zone “Navoi” State Unitary Company”;
qisqartirilgan nomi — “Directorate of FEZ “Navoi” SUC”;
10-banddagi “industrial-iqtisodiy” soʻzlari va “EIIZ” qisqartmasi tegishli ravishda “iqtisodiy” soʻzi va “EIZ” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
“11.4” kichik banddagi “Navoiy” EIIZ” soʻzlari “erkin iqtisodiy zonalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
15-banddagi, 21-bandning ikkinchi xatboshidagi, 23-banddagi, 24-bandning birinchi xatboshidagi va 25-banddagi “EIIZ” qisqartmasi “EIZ” qisqartmasi bilan almaltirilsin;
16-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 9-apreldagi 105-son qarorining nomidagi va muqaddimadagi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 28-modda) “industrial-” soʻzi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Vazirlar Mahkamasining “Angren” maxsus industrial zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 29-maydagi 146-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 5-son, 35-modda):
a) qarorning nomidagi va muqaddimadagi “maxsus industrial” soʻzlari “erkin iqtisodiy” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-bandda:
birinchi xatboshidagi “Angren” maxsus industrial zonasi direksiyasi (keyingi oʻrinlarda “Angren” MIZ direksiyasi deb ataladi)” soʻzlari “Angren” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi (keyingi oʻrinlarda “Angren” EIZ direksiyasi deb ataladi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Angren” MIZning Maʼmuriy kengashiga” va “Angren” MIZ” soʻzlari tegishli ravishda “erkin iqtisodiy zonalar Maʼmuriy kengashiga” va “Angren” EIZ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 3-bandda:
birinchi, uchinchi va yettinchi xatboshilardagi “MIZ” qisqartmasi “EIZ” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Angren MIZ Maʼmuriy kengashi” va “Anrgen” MIZ qatnashchilarini” soʻzlari tegishli ravishda “erkin iqtisodiy zonalar Maʼmuriy kengashi” va “Angren EIZ qatnashchilarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “Angren” MIZ hududida”, “Angren” MIZ qatnashchilarini” va “Angren” MIZ Maʼmuriy kengashining” soʻzlari tegishli ravishda “Angren” EIZ hududida”, “Angren” EIZ qatnashchilarini” va “erkin iqtisodiy zonalar Maʼmuriy kengashining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “Angren” MIZ” soʻzlari “erkin iqtisodiy zonalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 3-ilovada:
ilovaning nomidagi “maxsus industrial” soʻzlari “erkin iqtisodiy” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“MIZ” qisqartmasi “EIZ” qisqartmasi bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Mamlakatda shakar ishlab chiqarishini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida 2012-yil 8-iyundagi 167-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 23-24-son, 261-modda):
a) 1 va 4-bandlardagi “maxsus industrial” soʻzlari “erkin iqtisodiy” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 10-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlarning amal qilishi “Angren shakar” MCHJ XKga tatbiq etilsin”.
8. Vazirlar Mahkamasining “Angren” maxsus industrial zonasi Davlat unitar korxonasining Ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2012-yil 13-iyuldagi 213-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 29-son, 331-modda):
a) qarorning nomidagi, muqaddima va 1-banddagi “maxsus industrial” soʻzlari “erkin iqtisodiy” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) ilovada:
ilovaning nomidagi va 1-banddagi “maxsus industrial” soʻzlari “erkin iqtisodiy” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Direksiyaning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
toʻliq nomi — “Angren” erkin iqtisodiy zona Direktsiyasi” Davlat unitar korxonasi;
qisqartirilgan nomi — “Angren” EIZ Direktsiyasi” DUK;
b) rus tilida:
toʻliq nomi — Gosudarstvennoye unitarnoye predpriyatiye “Direksiya svobodnoy ekonomicheskoy zoni “Angren”;
qisqartirilgan nomi — GUP “Direksiya SEZ “Angren”;
v) ingliz tilida:
toʻliq nomi — “Directorate of the free economic zone Angren” State Unitary Company”;
qisqartirilgan nomi — “Directorate of FEZ “Angren” SUC”;
10-banddagi “maxsus industrial” soʻzlari va “MIZ” qisqartmasi tegishli ravishda “erkin iqtisodiy” soʻzlari va “EIZ” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
“1”, “2”, “5”, “6” va “9” kichik bandlardagi “MIZ” qisqartmasi “EIZ” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
uchinchi kichik banddagi “Angren” MIZ hududida”, “Angren” MIZ qatnashchilari” va “Angren” MIZ Maʼmuriy kengashi” soʻzlari tegishli ravishda “Angren” EIZ hududida”, “Angren” EIZ qatnashchilari” va “Erkin iqtisodiy zonalar Maʼmuriy kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
15-banddagi, 20-bandning uchinchi xatboshidagi 23 va 25-bandlaridagi “MIZ” qisqartmasi “EIZ” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
16-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
9. Vazirlar Mahkamasining “Jizzax” maxsus industrial zonasi hududida yuksak texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 2-maydagi 118-son qarorining nomidagi va muqaddimadagi (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2013 y, 18-son, 236-modda) “maxsus industrial” soʻzlari “erkin iqtisodiy” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining “Jizzax” maxsus industrial zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 15-maydagi 130-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 5-son, 30-modda):
a) qarorning nomidagi, muqaddima va 1-bandning uchinchi xatboshidagi “maxsus industrial” soʻzlari “erkin iqtisodiy” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-bandda:
birinchi xatboshidagi “Jizzax” maxsus industrial zonasi direksiyasi (keyingi oʻrinlarda “Jizzax” MIZ direksiyasi deb ataladi)” soʻzlari “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi (keyingi oʻrinlarda “Jizzax” EIZ direksiyasi deb ataladi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Jizzax” MIZning Maʼmuriy kengashiga”, “Jizzax” MIZ direksiyasi” va “Jizzax” MIZ hududida” soʻzlari tegishli ravishda “erkin iqtisodiy zonalar Maʼmuriy kengashiga”, “Jizzax” EIZ direksiyasi” va “Jizzax” EIZ hududida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 3-bandda:
birinchi, uchinchi va yettinchi xatboshilardagi “MIZ” qisqartmasi “EIZ” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Jizzax” MIZ qatnashchilarini” va “Jizzax” MIZ Maʼmuriy kengashi” soʻzlari tegishli ravishda “Jizzax” EIZ qatnashchilarini” va “erkin iqtisodiy zonalar Maʼmuriy kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “Jizzax” MIZ hududida”, “Jizzax” MIZ qatnashchilari” va “Jizzax” MIZ Maʼmuriy kengashi” soʻzlari tegishli ravishda “Jizzax” EIZ hududida”, “Jizzax” EIZ qatnashchilari” va “erkin iqtisodiy zonalar Maʼmuriy kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “Jizzax” MIZ Maʼmuriy kengashiga” soʻzlari “erkin iqtisodiy zonalar Maʼmuriy kengashiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 3-ilovada:
ilovaning nomidagi va 1-banddagi “maxsus industrial” soʻzlari “erkin iqtisodiy” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Direksiyaning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
toʻliq nomi — “Jizzax” erkin iqtisodiy zona direktsiyasi” Davlat unitar korxonasi;
qisqartirilgan nomi — “Jizzax” EIZ direktsiyasi” DUK;
b) rus tilida:
toʻliq nomi — Gosudarstvennoye unitarnoye predpriyatiye “Direksiya svobodnoy ekonomicheskoy zoni “Djizak”;
qisqartirilgan nomi — GUP “Direksiya SEZ “Djizak”;
v) ingliz tilida:
toʻliq nomi — “Directorate of the free economic zone “Jizzakh” State Unitary Company;
qisqartirilgan nomi — “Directorate of FEZ “Jizzakh” SUC”;
10-banddagi “maxsus industrial” soʻzlari va “MIZ” qisqartmasi tegishli ravishda “erkin iqtisodiy” soʻzlari va “EIZ” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
ikkinchi, uchinchi, oltinchi — sakkizinchi va oʻninchi xatboshilardagi “MIZ” qisqartmasi “EIZ” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Jizzax” MIZ hududida”, “Jizzax” MIZ qatnashchilari” va “Jizzax” MIZning Maʼmuriy kengashi” soʻzlari tegishli ravishda “Jizzax” EIZ hududida”, “Jizzax” EIZ qatnashchilari” va “Erkin iqtisodiy zonalar Maʼmuriy kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
15-banddagi, 20-bandning uchinchi xatboshidagi 23 va 25-bandlardagi, 32-bandning uchinchi xatboshidagi “MIZ” qisqartmasi “EIZ” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
16-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
d) 5-ilovada:
ilovaning nomidagi “maxsus industrial” soʻzlari “erkin iqtisodiy” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“MIZ” qisqartmasi “EIZ” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
izoh quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Erkin iqtisodiy zonalar Maʼmuriy kengashi tomonidan “Jizzax” EIZ Direksiyasi sektorlari boshqaruv xodimlarining soniga “Jizzax” EIZ hududida amalga oshiriladigan loyihalar koʻpayishiga qarab oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin”.
11. Vazirlar Mahkamasining “Maxsus industrial zonalar qatnashchilariga yer uchastkalari berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2013-yil 26-avgustdagi 234-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 62-modda):
a) qarorning nomidagi, muqaddima va 1-banddagi “maxsus industrial” soʻzlari “erkin iqtisodiy” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-banddagi “maxsus industrial” soʻzlari “erkin iqtisodiy” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) ilovada:
ilovaning nomidagi “maxsus industrial” soʻzlari “erkin iqtisodiy” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-banddagi “maxsus industrial zonalar (keyingi oʻrinlarda MIZ deb ataladi)” soʻzlari “erkin iqtisodiy zonalar (keyingi oʻrinlarda EIZ deb ataladi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-bandning ikkinchi — yettinchi xatboshilardagi “MIZ” qisqartmasi “EIZ” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “MIZ” qisqartmasi “EIZ” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “MIZ” qisqartmasi va “MIZ maʼmuriy kengashlari” soʻzlari tegishli ravishda “EIZ” qisqartmasi va “EIZ maʼmuriy kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-5-bandlardagi, II boʻlim nomidagi, 8-banddagi, 11-bandning birinchi, ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilardagi, 12-bandning ikkinchi xatboshidagi, 14-bandning ikkinchi xatboshidagi, 19-bandning birinchi va ikkinchi xatboshidagi, 20 — 22-bandlardagi, 23-bandning birinchi xatboshidagi, 24-bandning ikkinchi xatboshidagi, 25 — 28-bandlardagi “MIZ” qisqartmasi “EIZ” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “MIZ” qisqartmasi va “MIZ maʼmuriy kengashlari” soʻzlari tegishli ravishda “EIZ” qisqartmasi va “EIZ Maʼmuriy kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “MIZ” qisqartmasi “EIZ” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
7-banddagi “MIZ qatnashchilari” va “MIZ maʼmuriy kengashlari” soʻzlari tegishli ravishda “EIZ qatnashchilari” va “EIZ Maʼmuriy kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “MIZ” qisqartmasi “EIZ” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “MIZ” qisqartmasi va “MIZ Maʼmuriy kengashi” soʻzlari tegishli ravishda “EIZ” qisqartmasi va “EIZ Maʼmuriy kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
nizomga ilovadagi “maxsus industrial” soʻzlari va “MIZ” qisqartmasi tegishli ravishda “erkin iqtisodiy” va “EIZ” qisqartmasi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Vazirlar Mahkamasining “2030-yilgacha boʻlgan davrda Jizzax shahrining bosh rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2013-yil 30-sentabrdagi 266-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2013-y., 40-son, 526-modda) 1-ilova 6-boʻlimining yigirma toʻrtinchi xatboshidagi “maxsus industrial zona (MIZ)” soʻzlari “erkin iqtisodiy zona (EIZ)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 41-son, 506-modda) 5-ilovaning 3-bandi toʻrtinchi xatboshidagi “Angren” va “Jizzax” maxsus industrial zonalarining maʼmuriy kengashlari” va “maxsus industrial” soʻzlari tegishli ravishda “erkin iqtisodiy zonalarning Maʼmuriy kengashi” va “erkin iqtisodiy” soʻzlari bilan almashtirilsin.
14. Vazirlar Mahkamasining “Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan zarar koʻrib ishlayotgan, past rentabelli va quvvatlardan past darajada foydalanayotgan sanoat va qurilish sohasidagi korxonalarning aksiyalari davlat paketlarini (ulushlarini) “nol” xarid qiymati boʻyicha sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2015-yil 27-maydagi 137-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 5-son, 41-modda) 1-ilovaning 3-bandi birinchi xatboshidagi “ushbu Nizomga ilovaga binoan sxema boʻyicha” soʻzlari “ushbu Nizomga ilovaga binoan sxema boʻyicha, shuningdek erkin iqtisodiy zonalarning Maʼmuriy kengashi qarorlari asosida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tanlov asosida yer uchastkalari berish tartibotlarini va qurilish uchun ruxsatnomalar olish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 7-oktabrdagi 285-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 10-son, 89-modda) 1-ilovaning 3-bandi uchinchi xatboshidagi “maxsus industrial” soʻzlari “erkin iqtisodiy” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Vazirlar Mahkamasining “Zamonaviy qurilish materiallarini ishlab chiqishni kengaytirish va “Jizzax” MIZ hududida qulay sharoitlarni yaratish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 29-martdagi 94-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2016-y., 13-son, 120-modda):
a) qarorning nomidagi va 2-banddagi “MIZ” qisqartmasi “EIZ” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
b) muqaddimadagi “maxsus industrial” soʻzlari “erkin iqtisodiy” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2013-yil 18-martdagi PF–4516-son va “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 26-oktabrdagi PF–4853-son farmonlarida nazarda tutilgan bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar vositachilik shartnomalari (topshiriqlar) asosida “Jizzax” EIZ qatnashchilari uchun olib kelinadigan tovarlarga ham tatbiq etiladi”.
17. Vazirlar Mahkamasining “2016 — 2018-yillarda Toshkent viloyati shaharlari va tumanlarini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida” 2016-yil 9-sentabrdagi 291-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2016-y., 37-son, 428-modda) 2-ilovaning izohidagi “MIZ” qisqartmasi “EIZ” qisqartmasi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan baʼzi qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi hududida alohida soliq rejimini taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2009-yil 23-apreldagi 120-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 31-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash boʻyicha budjetdan tashqari jamgʻarmani tashkil etish toʻgʻrisida” 2010-yil 10-noyabrdagi PQ–1432-son qarori, Vazirlar Mahkamasining “Budjetdan tashqari taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 10-dekabrdagi 291-son qarori)” 2011-yil 18-fevraldagi 42-son qaroriga 1-ilovaning 9-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 2-son, 13-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasini Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi etib qayta tashkil etish toʻgʻrisida” 2011-yil 21-noyabrdagi PQ–1645-son qarori)” 2012-yil 3-fevraldagi 30-son qaroriga ilovaning 10-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 2-son, 6-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Angren” maxsus industrial zonasini barpo etish toʻgʻrisida” 2012-yil 13-apreldagi PF–4436-son Farmoni)” 2012-yil 30-maydagi 149-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 5-son, 37-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 13-son, 207-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/493/1426-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son; 24.07.2026-y., 09/26/403/0775-son)