Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
“Angren” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” Davlat unitar korxonasining Ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida
(hujjat nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining “Angren” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 29-maydagi 146-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. “Angren” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasining Ustavi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 13-iyul,
213-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-iyuldagi 213-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
“Angren” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasining Ustavi
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. “Angren” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda Direksiya deb ataladi) tezkor boshqaruv uchun oʻziga berilgan davlat mulki boʻlgan mulk bazasida davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etilgan tijorat tashkiloti hisoblanadi, u oʻziga birkitilgan mulkka nisbatan, qonunda belgilangan doirada, oʻz faoliyati maqsadlariga, Muassis topshiriqlariga muvofiq egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqini amalga oshiradi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
2. Direksiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, farmoyishlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek ushbu Ustavga amal qiladi.
3. Direksiya yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mulkka, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, shu jumladan valyuta hisob raqamlariga, ramzga, shtamplar va blankalarga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va boshqa rekvizitlarga ega boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Direksiyaning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
toʻliq nomi — “Angren” erkin iqtisodiy zona Direktsiyasi” Davlat unitar korxonasi;
qisqartirilgan nomi — “Angren” EIZ Direktsiyasi” DUK;
b) rus tilida:
toʻliq nomi — Gosudarstvennoye unitarnoye predpriyatiye “Direksiya svobodnoy ekonomicheskoy zoni “Angren”;
qisqartirilgan nomi — GUP “Direksiya SEZ “Angren”;
v) ingliz tilida:
toʻliq nomi — “Directorate of the free economic zone Angren” State Unitary Company”;
qisqartirilgan nomi — “Directorate of FEZ “Angren” SUC.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Direksiyaning joylashgan joyi (pochta manzili): Toshkent viloyati, Angren shahri, Amir Temur koʻchasi, 7-uy.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Direksiyaning muassisi (keyingi oʻrinlarda Muassis deb ataladi) hisoblanadi.
7. Direksiya oʻz nomidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi va amalga oshirishi, majburiyatlar olishi, sudda daʼvogar va javobgar boʻlishi, nizolarni hal etishda boshqa organlarda vakillik qilishi mumkin.
8. Direksiya Muassisning roziligiga koʻra tijorat tashkilotlarining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq yuridik shaxslarning qatnashishiga yoʻl qoʻyiladigan notijorat tashkilotlarda qatnashchi (aksiyador, aʼzo) boʻlishi mumkin.
9. Direksiya davlat boshqa korxonasining muassisi boʻlishi mumkin emas.
II. Direksiya faoliyatining maqsadi va asosiy yoʻnalishlari
Oldingi tahrirga qarang.
10. “Angren” erkin iqtisodiy zonasi (keyingi oʻrinlarda “Angren” EIZ” deb ataladi) faoliyatini, shu jumladan “Angren” EIZni rivojlantirish davlat dasturlarining toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishini, “Angren” EIZ hududida alohida huquqiy rejimga rioya etilishini taʼminlash yoʻli bilan tezkor boshqarish, shuningdek “Angren” EIZ hududidagi xoʻjalik faoliyati qatnashchilariga (keyingi oʻrinlarda “Angren” EIZ qatnashchilari” deb ataladi) xizmatlar koʻrsatishdan hamda ushbu Ustavda nazarda tutilgan boshqa ishlar va xizmatlardan foyda olish Direksiya faoliyatining maqsadi hisoblanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
11. Quyidagilar Direksiya faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
1) “Angren” EIZ qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazish va ularning reyestrini yuritish, ularga tegishli guvohnomalar berish;
(11-bandning “1” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2) “Angren” EIZ hududida “Angren” EIZ qatnashchilari hisoblanmaydigan boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar hisobini yuritish;
(11-bandning “2” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning “3” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4) belgilangan tartibda tanlangan investorlar tomonidan oʻz zimmasiga qabul qilgan majburiyatlarning zarur darajada bajarilishini nazorat qilish, keyinchalik uning natijalarini “Angren” EIZning Maʼmuriy kengashiga taqdim etish;
(11-bandning 4-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
41) “Angren” EIZ hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy va mahalliy investorlarni izlash va jalb etish;
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-son qaroriga asoan 41 kichik band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 252-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
42) Maʼmuriy kengash qarorlari va “Angren” EIZning ishlab chiqilgan bosh rejasi boʻyicha maʼqullangan investitsiya loyihalarini joylashtirish;
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-son qaroriga asoan 42 kichik band bilan toʻldirilgan— OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 252-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5) “Angren” EIZ hududida joylashgan davlat mulki boʻlgan obyektlardagi koʻchmas mulkni Direksiyaga berilgan vakolatlar doirasida boshqarish;
(11-bandning “5” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
6) “Angren” EIZ qatnashchilariga, shu jumladan davlat organlarida ularning manfaatlarini ifodalash yoʻli bilan xizmatlar koʻrsatish;
(11-bandning “6” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
7) Maʼmuriy kengash vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha uning majlislarida koʻrib chiqish uchun materiallar tayyorlash;
8) qabul qilingan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimlarni hamda faoliyat koʻrsatmay turgan korxonalarni va davlat mulki boʻlgan mol-mulkni sotish toʻgʻrisidagi shartnomalarni bekor qilish haqida Maʼmuriy kengash qarorlari asosida sudga daʼvo arizalari bilan murojaat qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
9) “Angren” EIZ faoliyatini tezkor boshqarish boʻyicha boshqa funksiyalarni amalga oshirish.
(11-bandning “9” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ushbu Ustavda nazarda tutilgan tegishli faoliyat turining litsenziyalanishi zarurligi belgilangan taqdirda Direksiya faoliyatning ushbu turini litsenziya olmasdan, tegishli litsenziyalovchi organ bilan tuzilgan litsenziya bitimi asosida amalga oshirishga haqlidir.
12. Direksiya Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning boshqa turlarini amalga oshirishi mumkin.
III. Direksiya faoliyatini boshqarish
Oldingi tahrirga qarang.
13. Direksiya Muassisga va Toshkent viloyati maxsus iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashi (keyingi oʻrinlarda — maʼmuriy kengash) hisobot beradi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
14. Muassis quyidagi huquqlarga ega:
Direksiya faoliyatining maqsadi va yoʻnalishlarini belgilash;
Direksiya Ustaviga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Direksiyaning ortiqcha, foydalanilmayotgan yoxud belgilangan maqsadda foydalanilmayotgan mulkini olib qoʻyish va tasarruf etish;
Direksiya tomonidan oʻziga berilgan mulkdan foydalanishdan olingan sof foydaning bir qismini yoki hammasini olish;
Direksiya mulki bilan amalga oshirilgan bitishuvlarni haqqoniy emas deb eʼtirof etish toʻgʻrisida sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilish;
Direksiyaga yetkazilgan zararlarni qoplash toʻgʻrisida daʼvo taqdim etish;
Direksiyani qayta tashkil etish yoki tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilish, tugatish komissiyasini tayinlash va tugatish balansini tasdiqlash;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Direksiya rahbari bilan mehnat shartnomasini muddatidan oldin toʻxtatish;
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlish.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Maʼmuriy kengash Direksiya faoliyatiga rahbarlik qiladi va nazoratni amalga oshiradi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
“Angren” EIZ mustaqil budjeti va “Angren” EIZni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish Maʼmuriy kengash tomonidan amalga oshiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi 29-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2018-y., 09/18/29/0587-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
17. Maʼmuriy kengash oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun Direksiya faoliyatiga taalluqli hujjatlarni talab qilib olish huquqiga ega. Olingan hujjatlardan Maʼmuriy kengash tomonidan faqat xizmat maqsadlarida foydalaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Direksiyaning joriy faoliyatiga rahbarlikni maʼmuriy kengashining vakolatli davlat organi bilan kelishilgan taqdimnomasiga koʻra Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Direktor amalga oshiradi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
19. Direktor ijro etuvchi organ hisoblanadi.
20. Direktor:
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablarini bajarishga, Direksiya xodimlarining mehnat sharoitlarini muhofaza qilish va yaxshilashga, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi norma va qoidalarga rioya etishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni ishlab chiqadi va joriy etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
“Angren” EIZni rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishini tashkil qiladi;
(20-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Direksiyaning asosiy faoliyatini takomillashtirishga, boshqarishning eng yangi uslublarini joriy etishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;
Direksiya nomidan ishonchnomasiz harakat qiladi, barcha tashkilotlarda, shu jumladan xorijiy tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;
xodimlarni ishga qabul qiladi, ular bilan mehnat shartnomalari (kontraktlari) tuzadi hamda ularni oʻzgartiradi va toʻxtatadi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnomalar beradi;
kadrlarni tayyorlash va oʻqitish, ularning malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;
Direksiyaning barcha xodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar, farmoyishlar va koʻrsatmalar chiqaradi;
Direksiyaning ichki ish tartibini va xoʻjalik faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlaydi;
Direksiya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga rioya qilinishini tashkil etish va nazorat qilishni taʼminlaydi;
Direksiyaga yuklangan maqsadlar va vazifalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Direktor muassis va oldida Direksiya faoliyati toʻgʻrisida belgilangan tartibda hisobot beradi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
22. Direktor oʻz huquqlarini amalga oshirishda va vazifalarini bajarishda Direksiya manfaatlarini koʻzlagan holda harakat qilishi lozim hamda budjetga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga toʻlovlar, ish haqining oʻz vaqtida toʻlanishi, mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi barcha talablarning va ularga tenglashtirilgan toʻlovlarning qondirilishi, bevosita ishlab chiqarish faoliyati bogʻliq ehtiyojlarga mablagʻlar oʻtkazilmaganligi, Direksiyaning xatti-harakatlari (harakatsizligi) bilan, shu jumladan Direksiyaga berilgan davlat mol-mulki yoʻqotilgan taqdirda yetkazilgan zarar yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Direktor “Angren” EIZning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Maʼmuriy kengash tomonidan tasdiqlanadigan mustaqil budjet mablagʻlarining tasarruf etuvchisi hisoblanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga “Angren” EIZning mustaqil budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni kelishish uchun belgilangan tartibda taqdim etadi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
24. Direktor oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi, shuningdek Direksiyaga berilgan davlat mulkining saqlanishi va undan maqsadli foydalanilishi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
IV. Direksiya ustav fondining miqdori
Oldingi tahrirga qarang.
25. Direksiyaning ustav fondi “Angren” EIZ faoliyatini tezkor boshqarishni amalga oshirish uchun Muassis tomonidan oʻziga berilgan mablagʻlar, mulklar va boshqa aktivlardan iborat boʻladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
26. Direksiya ustav fondining miqdori 1,0 mlrd soʻmni tashkil qiladi.
V. Direksiyaning ustav fondini koʻpaytirish va kamaytirish tartibi
27. Direksiyaning ustav fondini koʻpaytirish yoki kamaytirish Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, Muassis qaroriga binoan amalga oshiriladi.
VI. Direksiya mulkini tasarruf etish
28. Muassis tomonidan Direksiyaga tezkor boshqaruv huquqi bilan birkitilgan asosiy fondlar va aylanma mablagʻlar Direksiya mulkini tashkil qiladi.
29. Direksiyaning asosiy fondlari va aylanma mablagʻlari boʻlinmaydi va ulushlar (hissalar, paylar) boʻyicha taqsimlanishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
30. Maʼmuriy kengash Direksiyaga berilgan davlat mulkidan belgilangan maqsadda foydalanilishini va uning saqlanishini, shuningdek oʻzgaga berilishini Muassis nomidan nazorat qiladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
31. Direktor Muassis bilan kelishgan holda Direksiya mulkini quyidagi holatlarda tasarruf etishi mumkin:
asosiy vositalarni sotish, ularni ijaraga yoki garovga berish;
mulkni boshqa xoʻjalik jamiyatining ustav fondiga ulush sifatida kiritish;
boshqa xoʻjalik jamiyatlarining aksiyalari (ulushlari)ni sotib olish va sotish;
mulkni boshqacha tarzda tasarruf etish.
VII. Daromadlarni shakllantirish tartibi
32. Direksiya daromadi:
xizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda binolar va ishnootlarni ijaraga berishdan tushumlarning bir qismi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobiga shakllantiriladi.
VIII. Zaxira fondini va boshqa fondlarni tashkil etish tartibi
33. Direksiya oʻz tasarrufida qoladigan sof foyda hisobiga zaxira fondini, shuningdek boshqa fondlarni tashkil etishi mumkin, ularning miqdori va shakllantirish tartibi Muassis tomonidan tasdiqlanadi.
IX. Daromad (foyda)ni taqsimlash va zararlarni qoplash tartibi
34. Direksiyada qoladigan sof foyda barcha soliqlar hamda budjetga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga boshqa majburiy toʻlovlar, shuningdek davlat korxonasining sof foydasidan davlat budjetiga Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi tomonidan belgilanadigan ajratmalar toʻlangandan keyin Direksiya tasarrufida qoladi va undan Maʼmuriy kengash qaroriga koʻra foydalaniladi.
35. Muassis oʻz qarori bilan begona yuridik va jismoniy shaxslarga homiylik yordami koʻrsatishga yoʻnaltiriladigan pul mablagʻlarining cheklangan summasini, ularni tasarruf etish huquqini Direktorga bergan holda belgilaydi.
36. Direksiyaning xoʻjalik faoliyati natijasida koʻrilgan zararlarini qoplash ushbu maqsadlar uchun tashkil etilgan zaxira fondi mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi mumkin.
X. Hisobotlar taqdim etish tartibi
37. Direksiya hisobot davri tugagach vakolatli organlarga moliya hisobotini va roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlarni taqdim etadi hamda hujjatlarning saqlanishi va ularning davlat tomonidan saqlashga berilishi yuzasidan belgilangan tartibda javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
38. Direksiyaning xoʻjalik subyekti sifatidagi faoliyatini nazorat qilish Maʼmuriy kengash tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
39. Direktor har chorakda Direksiya faoliyati natijalari va tasdiqlangan rivojlantirish dasturlarining amalga oshirilishi toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
XI. Direksiyaning javobgarligi
40. Direksiya oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻziga tegishli mulk bilan javob beradi. Muassis Direksiyaning mulki yetarli boʻlmagan taqdirda uning majburiyatlari boʻyicha subsidiar javobgarlikni amalga oshiradi.
41. Direksiya Muassis majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
XII. Direksiyaning filiallari va vakolatxonalari
42. Direksiya Muassis bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududida ham uning tashqarisida ham, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga rioya qilgan holda filiallar tashkil etishi va vakolatxonalar ochishi mumkin.
43. Direksiyaning filiallari va vakolatxonalari uning nomidan Direksiya tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat koʻrsatadi.
44. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan vakolatxonalar va filiallar Direksiya tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida hamda hududida oʻzlari joylashgan mamlakatlarning qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat koʻrsatadi.
45. Direksiya filiali yoki vakolatxonasining rahbari Maʼmuriy kengash bilan kelishgan holda Direktor tomonidan tayinlanadi va u bergan ishonchnoma asosida faoliyat koʻrsatadi, ishonchnoma ushbu rahbar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi toʻxtatilgan taqdirda Direktor tomonidan bekor qilinishi kerak.
46. Direksiya tomonidan tashkil etiladigan filiallar va vakolatxonalarning majburiyatlari boʻyicha Direksiya javob beradi.
XIII. Direksiyani tugatish va qayta tashkil etish
47. Direksiya Muassisning qaroriga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda yoki sud qaroriga binoan tugatilishi yoki qayta tashkil etilishi mumkin.
48. Direksiyani tugatish Direksiyaning faoliyatining huquq va majburiyatlar huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga oʻtmagan holda toʻxtatilishiga sabab boʻladi, Direksiya qayta tashkil etilgan taqdirda huquq va majburiyatlar huquqiy vorisga oʻtadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 29-son, 331-modda; 2017-y., 13-son, 207-modda, 15-son, 252-modda, 18.01.2018-y., 09/18/29/0587-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son; 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)