Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 09.09.2016 yildagi 291-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016 — 2018-yillarda Toshkent viloyati shaharlari va tumanlarini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyatining tabiiy xomashyo, ishlab chiqarish va mehnat salohiyatidan oqilona foydalanish, shahar va tumanlari aholisining turmush darajasi va sifatini izchil oshirishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toshkent viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, manfaatdor vazirliklar, idoralar hamda boshqa tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan 2016 — 2018-yillarda Toshkent viloyati shaharlari va tumanlarini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi maʼqullansin, Dastur quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016 — 2018-yillarda Toshkent viloyatida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning asosiy maqsadli parametrlari 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016 — 2018-yillarda Toshkent viloyatining yangi sanoat korxonalari quvvatlarini barpo etish, ishlayotganlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash boʻyicha investitsiya loyihalarining prognoz parametrlari 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016 — 2018-yillarda Toshkent viloyatida raqobatbardoshli, importning oʻrnini bosadigan mahsulotlar chiqarishni tashkil etishni nazarda tutadigan ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarining prognoz parametrlari 3-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016 — 2018-yillarda Toshkent viloyatida xomashyo bazasini yanada rivojlantirish, meva-sabzavot mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishni koʻpaytirish tadbirlarini amalga oshirish yoʻnalishlari roʻyxati 4-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016 — 2018-yillarda Toshkent viloyatining muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini jadal rivojlantirishning asosiy parametrlari 5-ilovaga* muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 5-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016 — 2018-yillarda Toshkent viloyati shaharlari va tumanlarini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturining belgilangan muddatlarda bajarilishi uchun shaxsiy masʼuliyat Toshkent viloyati hokimligi va hududiy tuzilmalar, aksiyadorlik kompaniyalari, uyushmalar, yirik korxonalar, tijorat banklari rahbarlari — masʼul bajaruvchilar zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Toshkent viloyati hokimligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va korxonalar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorda nazarda tutilgan parametrlardan kelib chiqqan holda, yangi sanoat obyektlari qurish, sanoat korxonalarining ishlayotgan quvvatlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologiya jihatidan qayta jihozlash boʻyicha investitsiya dasturlarining maqsadli roʻyxatlarini, xomashyo bazasini yanada rivojlantirish, meva-sabzavot mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish, sugʻoriladigan yerlardan samarali foydalanish, shuningdek muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish yoʻli bilan oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish va eksport qilishni koʻpaytirish boʻyicha kompleks tadbirlarni tasdiqlash uchun bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish doirasida zamonaviy uskunalarni, resurslarni tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash hajmlarini koʻpaytirishni taʼminlash asosida Oqqoʻrgʻon, Bekobod, Boʻka, Quyi Chirchiq, Parkent, Yuqori Chirchiq va Chinoz tumanlarida industrlashtirish darajasini oshirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda — sanoat korxonalarining ish yuklamasini va ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, viloyatning ishlamay turgan sanoat korxonalarida, shu jumladan samarasiz foydalanilayotgan, ishlamayotgan quvvatlar va bankrot korxonalar davlat ulushini xorijiy investorlarga sotish yoʻli bilan kamchiliklarni bartaraf etish hamda mahsulot ishlab chiqarishni tiklash chora-tadbirlarini tizimli asosda amalga oshirsin;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda — har yili Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturini shakllantirishda unga ushbu qarorga muvofiq amalga oshirilishi nazarda tutilgan investitsiya loyihalarining, moliyalashtirish hajmlari va manbalari aniqlashtirilgan holda, belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda — Oqqoʻrgʻon, Bekobod, Boʻka, Quyi Chirchiq va Parkent tumanlarida mahalliy budjetlarning daromad bazasini yanada kengaytirish yoʻli bilan respublika budjetidan olinadigan subvensiyalar ulushini kamaytirish boʻyicha maxsus chora-tadbirlarni (“yoʻl xaritalarini”) ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda — ushbu qaror bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturiga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish doirasida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun yerlar ajratilishini, shuningdek obyektlar qurilishi uchun “yagona darcha” tamoyili boʻyicha belgilangan tartibda ruxsatnomalar berilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi qurilish materiallari va boshqa sanoat mahsulotlari turlarini ishlab chiqarish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish uchun yer osti uchastkalaridan foydalanish huquqiga belgilangan tartibda litsenziyalar berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 9-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
291-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 37-son, 428-modda; 2017-y., 13-son, 207-modda, 33-son, 863-modda)