|
Toifalar |
Toshkent shahar |
Qashqadaryo viloyati |
Surxondaryo viloyati |
Toshkent viloyati |
Samarqand viloyati |
Fargʻona viloyati |
Jizzax viloyati |
Navoiy viloyati |
Buxoro viloyati |
Namangan viloyati |
Andijon viloyati |
Xorazm viloyati |
Sirdaryo viloyati |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
|
Erkinlik va shaxsiy daxlsizlik |
20 |
21 |
23 |
23 |
28 |
26 |
23 |
19 |
27 |
27 |
26 |
22 |
23 |
22 |
|
Sud ishlarini yuritish |
21 |
12 |
12 |
16 |
14 |
18 |
13 |
16 |
20 |
17 |
13 |
21 |
18 |
19 |
|
Sud qarorlarining ijrosi |
4 |
14 |
9 |
6 |
11 |
6 |
7 |
8 |
4 |
10 |
7 |
5 |
8 |
5 |
|
Turar joy va kommunal masalalar |
11 |
7 |
9 |
8 |
8 |
9 |
8 |
8 |
8 |
12 |
7 |
10 |
14 |
8 |
|
Oilaviy masalalar |
7 |
6 |
6 |
6 |
7 |
5 |
7 |
5 |
6 |
3 |
7 |
3 |
4 |
3 |
|
Pensiya taʼminoti |
1 |
2 |
3 |
6 |
3 |
5 |
3 |
5 |
5 |
2 |
2 |
3 |
6 |
5 |
|
Ijtimoiy yordam va nafaqa |
1 |
6 |
4 |
1 |
2 |
3 |
9 |
4 |
2 |
3 |
2 |
1 |
2 |
4 |
|
Tibbiy xizmat |
2 |
2 |
2 |
2 |
2 |
3 |
3 |
3 |
1 |
1 |
2 |
2 |
2 |
1 |
|
Bandlik |
1 |
3 |
1 |
2 |
1 |
4 |
1 |
5 |
2 |
1 |
2 |
1 |
1 |
1 |
|
Mehnat masalalari |
2 |
7 |
6 |
5 |
2 |
5 |
4 |
10 |
5 |
5 |
5 |
4 |
4 |
6 |
|
Tadbirkorlik erkinligi va ragʻbatlantirish |
1 |
1 |
1 |
1 |
2 |
1 |
1 |
1 |
1 |
1 |
2 |
4 |
1 |
0 |
|
Taʼlim |
2 |
4 |
2 |
2 |
4 |
2 |
4 |
3 |
2 |
1 |
3 |
4 |
1 |
1 |
|
Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati |
6 |
5 |
6 |
6 |
5 |
6 |
6 |
5 |
7 |
5 |
5 |
8 |
6 |
8 |
|
Fuqarolar yigʻinlari faoliyati |
1 |
2 |
2 |
1 |
2 |
0 |
2 |
2 |
0 |
1 |
0 |
0 |
1 |
1 |
|
Ekologik huquqlar |
2 |
1 |
2 |
1 |
1 |
1 |
0 |
1 |
1 |
1 |
0 |
2 |
1 |
3 |
|
Boshqa masalalar |
18 |
7 |
12 |
14 |
8 |
6 |
9 |
5 |
9 |
10 |
17 |
10 |
8 |
13 |
|
Jami |
100 |
100 |
100 |
100 |
100 |
100 |
100 |
100 |
100 |
100 |
100 |
100 |
100 |
100 |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qarori, 31.03.2016 yildagi SQ-82-III-son
Кучга кириш санаси
31.03.2016
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) 2015-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobot haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) 2015-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotni koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasiga hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 8-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2016-yil 16-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) 2015-yildagi faoliyati toʻgʻrisida”gi 376-III-sonli Qarori maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) 2015-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobot tasdiqlansin.
3. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakiliga (ombudsmaniga) va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga yuborilsin.
4. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
2016-yil 31-mart,
SQ-82-III-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) 2015-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi
HISOBOTI
Kirish
2015-yil mamlakatimizda muhim siyosiy voqealarga boy yil boʻldi. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi eng muhim siyosiy voqea boʻldi. Mazkur saylov inson, uning huquqlari, erkinliklari va manfaatlari oliy qadriyat hisoblangan demokratik, huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish yoʻlida jamiyatimizning yanada jipslashganligidan dalolat berdi.
Fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirok etishdagi konstitutsiyaviy huquqi hamda saylov toʻgʻrisidagi milliy qonunchilik hujjatlariga va xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan demokratik prinsiplariga toʻla muvofiq tarzda oʻtgan ochiq, oshkora va muqobil saylovlar chogʻida fuqarolarning oʻz xohish-irodasini erkin bildirish huquqi yana bir bor toʻliq namoyon boʻldi.
Saylovchilarning yuksak darajadagi faolligi fuqarolarning siyosiy yetukligi va masʼuliyatini, shuningdek ularning mamlakat Prezidenti I.A. Karimov tomonidan milliy mustaqillik va suverenitet asoslarini, koʻp tarmoqli iqtisodiyotni, tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash borasida, taraqqiyotning “oʻzbek modeli” degan nom bilan dunyoga mashhur boʻlgan, chuqur oʻylangan uzoq muddatli Dastur asosida amalga oshirilayotgan islohotlar va oʻzgarishlarga daxldorlik tuygʻusini yana bir bor tasdiqladi.
Ushbu saylovlar bilan mamlakatimizda 2014-yil dekabr oyida boshlangan davlat organlarini demokratik tarzda shakllantirishning konstitutsiyaviy jarayoni nihoyasiga yetib, Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari saylandi, Bosh vazir va hukumat aʼzolari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi va Oliy sudi tarkiblari tasdiqlandi.
Oʻtgan yil davomida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan qabul qilingan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiya”sini amalga oshirish borasida mamlakatimiz iqtisodiyotining barqaror oʻsishiga erishish, iqtisodiyotni diversifikatsiyalash va erkinlashtirish, ijtimoiy va gumanitar dasturlarni bajarish, sud-huquq tizimini isloh qilish, saylov, soʻz va axborot erkinligini taʼminlash borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Qonunga asoslanib, Vakil inson huquqlari va erkinliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshiradi, mazkur dolzarb yoʻnalishda qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishga, inson huquqlari sohasida fuqarolarning ijtimoiy ongini oshirish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 2015-yil 23-yanvar kuni boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatning qoʻshma majlisidagi maʼruzasida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Vakil tomonidan huquqni qoʻllash amaliyoti, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish davlat va mahalliy dasturlar ijrosi, inson huquq va erkinliklariga taalluqli boʻlgan qonun loyihalarini fuqarolik jamiyati institutlari bilan keng muhokama qilish mexanizmlarini joriy etish hamda ushbu sohaga oid normativ-huquqiy hujjat loyihalarini rivojlangan xorij amaliyoti bilan solishtirish tahlillarini amalga oshirish ustidan parlament nazoratini yanada kuchaytirish borasidagi choralar koʻrildi.
“Keksalarni eʼzozlash yili” Davlat dasturida belgilangan jumladan, keksalarning hayot darajasi va sifatini yanada oshirish boʻyicha tashkiliy-huquqiy kompleks chora-tadbirlarini koʻrish, ularning moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash doirasini kengaytirish, keksa yoshdagi fuqarolarni pensiya taʼminoti va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish masalalarini amalga oshirish Vakil diqqat markazida boʻldi.
Inson huquq va erkinliklari toʻgʻrisidagi qonunchilikni taʼkinlash monitoringi doirasida Vakil tomonidan 2015-yil uchun tadbirlar rejasi ijrosini amalga oshirishda ishtirok etildi: Huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari tomonidan inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishining holatini oʻrganish boʻyicha Idoralararo ishchi guruhi, Odam savdosiga qarshi kurashish boʻyicha Respublika Idoralararo komissiya, Huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻyicha davlat organlari ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha Idoralararo kengash shular jumlasidandir.
Mazkur hisobot Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senatiga taqdim etish uchun tayyorlandi.
Ushbu hisobotni tayyorlashda yaqindan koʻmaklashgan inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi Institutiga, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Markaziga, “Ijtimoiy fikr” JFOʻM, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga, vazirliklar va davlat organlariga, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasiga, “Mahalla”, “Nuroniy” va “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmalariga, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyatlariga Vakil tomonidan minnatdorchilik bildiramiz.
I. Oʻzbekistonda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashning tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlanishi
2015-yilda mamlakatimizda iqtisodiyotni liberallashtirish, ijtimoiy va gumanitar dasturlarni amalga oshirish hamda sud-huquq tizimini isloh qilish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.
Fuqarolarning iqtisodiy huquqlari, tadbirkorlik faoliyati erkinliklarini taʼminlash yoʻlida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-mayda “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4725-sonli Farmoni qabul qilindi. Ushbu Farmonga muvofiq davlat boshqaruvi organlari tomonidan tadbirkorlik faoliyatiga aralashganlik, xususiy mulkdorlar huquqlarini buzganlik uchun javobgarlikni oshirish, biznes zimmasidagi soliq yukini pasaytirish, uning moddiy va kredit resurslaridan erkin foydalanishini kengaytirish, “yagona darcha” prinsipi boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish mexanizmini joriy etish, roʻyxatga olish, ruxsat berish va litsenziyalashga oid qoidalarni, shuningdek tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq tartib-taomillarni soddalashtirish boʻyicha kompleks Dastur qabul qilinib, hayotga tatbiq etildi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini diversifikatsiyalash va modernizatsiyalash jarayonlarida xususiy sektorning roli va ahamiyatini yanada oshirish yoʻlida 2015-yildan tatbiq etila boshlagan ishlab chiqarishni mahalliylashtirish boʻyicha istiqbolli Dastur 2019-yilga qadar xizmat qiladi. Ushbu va boshqa keng qamrovli davlat Dasturlari gidroenergetika, axborot kommunikatsiya tizimini, milliy infratuzilma sifatini, yoʻl-transport infratuzilmasini keng koʻlamda rivojlantirishni nazarda tutuvchi 2019-2020-yillargacha boʻlgan davrga moʻljallangan boshqa davlat tarmoq dasturlari mamlakatimizda investitsiya iqlimi holatini va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga, makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlashga, iqtisodiyotda tuzilmaviy oʻzgarishlar qilishga va uning barqaror oʻsishiga xizmat qiladi.
2015-yilda aholi jon boshiga yalpi daromadlar 9,6 foizga, budjet sohasi xodimlarining ish haqi, pensiya va taʼlim muassasalari tinglovchilarining stipendiyasi 21,9 foizga koʻpaydi. Hisobot yili mobaynida mamlakatimizda 980 mingdan ziyod ish oʻrinlari tashkil etildi. Oʻzbekiston tijorat banklarining 14 trln soʻmdan ortiq kredit resurslari tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirildi.
Oʻtkazilayotgan keng miqyosdagi iqtisodiy islohotlar xorijiy mamlakatlarning ishbilarmon doiralarida va xalqaro tashkilotlar oʻrtasida keng eʼtirof etilmoqda. Chunonchi, Jahon bankining maʼruzasida Oʻzbekiston biznes uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha yetakchi oʻnta islohotchi mamlakatlar safida qayd etilgan, Jahon iqtisodiy forumi reytingiga binoan mamlakatimiz jahonning iqtisodiyoti eng yuqori surʼatlarda rivojlanayotgan beshta davlati qatoriga kiradi. Shu oʻrinda 2015-yil noyabr oyida Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan Xalqaro investitsiya forumining boshlangʻich natijalariga qonuniy tus berilib, unda ishtirok etgan yetakchi chet el kompaniyalari bilan umumiy summasi 12,4 mlrd AQSh dollaridan ortiq boʻlgan 100 dan ziyod bitimlar tuzildi.
Iqtisodiyotda erishilayotgan yutuqlar aholi daromadlarining yanada oʻsishiga, uning hayot darajasi va sifati oshishiga, fuqarolarning mamlakatimiz Konstitutsiyasi va qonunlarida kafolatlangan ijtimoiy, madaniy va gumanitar huquqlarini taʼminlash uchun mustahkam asos boʻlmoqda.
Oʻtgan yili ijtimoiy sohani, maorif va ilm-fan, sogʻliqni saqlash sohalarini rivojlantirishga davlat budjeti barcha xarajatlarining 60 foizga yaqini yoʻnaltirildi.
Taʼlim sohasida taʼlim muassasalarini barpo etish va ularni zamonaviy jihozlar bilan taʼminlash (2011 — 2016-yillarda), chet tillarni oʻrganishni kengaytirish, oʻquv yurtlarning pedagog kadrlari malakasini oshirish boʻyicha uzoq muddatli gumanitar dasturlar yuqori darajadagi samaradorlik bilan amalga oshirilmoqda. Oʻtgan yili bolalar musiqa va sanʼat maktablari faoliyatini takomillashtirishga doir 2018-yilgacha boʻlgan davrga moʻljallangan dastur qabul qilindi.
Shuningdek, 2015-yilda 560 ta oʻquv yurti hamda maktab sport obyektlari foydalanishga topshirildi va taʼmirdan chiqarildi. Maktab ostonasiga ilk bor qadam qoʻygan 600 ming nafardan ziyod bolalar darsliklar hamda maktab oʻquv qoʻllanmalari bilan bepul taʼminlandi, 480 ming nafardan ziyod kollej bitiruvchilari ishga joylashtirildi.
Aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash (2014 — 2018-yillarda), tugʻma va meros boʻlib oʻtuvchi kasalliklarni aniqlash (2013 — 2017-yillarda), OIV infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurash (2014 — 2016-yillarda) boʻyicha ijtimoiy Dasturlarning amalga oshirilishi natijasida har 100 ming chaqaloqqa nisbatan onalar oʻlimi 19 taga, chaqaloqlar oʻlimi 10,7 taga, 5 yoshgacha boʻlgan bolalar oʻrtasidagi oʻlim 13,9 taga kamaydi. Yil mobaynida 141 ta tibbiyot muassasasi foydalanishga topshirildi va taʼmirdan chiqarildi.
Aholining salomatligini oshirish maqsadida jamoat va transport joylarida chekish va spirtli ichimliklar isteʼmol qilganlik uchun javobgarlikni belgilovchi, fuqarolarni salbiy odatlardan cheklovchi, onkologik va boshqa kasalliklar tarqalishini ogohlantiruvchi normalar qonunchilikka kiritildi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi va “Aholining sanitariya va epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi qonunlari qabul qilindi.
2015-yilda BMTning Ming yillik rivojlanish Maqsadlariga erishish boʻyicha global dastur yakunlari eʼlon qilindi. Oʻzbekiston hech istisnosiz ana shu barcha dasturlarning sifatli amalga oshirilishini taʼminladi. 2015-yilda boʻlib oʻtgan BMT Bosh kotibining tashrifi doirasida Oʻzbekiston hukumati va BMTning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi oʻrtasida BMTning 2016 — 2020-yillarda Barqaror rivojlanish maqsadlari sohasida BMT dasturini amalga oshirish yuzasidan Bitim imzolandi.
Oʻzbekistonda 2016-yilga qadar moʻljallangan “Oʻzbekistonning Inson huquq va erkinliklari sohasida Milliy maʼruzalari yakunlari boʻyicha BMTning Inson huquqlar boʻyicha Kengash va Xalqaro shartnomalar organi takliflarini amalga oshirish boʻyicha Milliy harakat dasturi” ishlab chiqilgan va amalga oshirilmoqda.
BMT shafeligida oʻtkazilgan tadqiqotlarga koʻra Oʻzbekiston tadqiqotlarda ishtirok etgan 158 mamlakat oʻrtasida “baxt indeksi” boʻyicha 44-oʻrinni egalladi.
Mamlakatimiz Prezidenti tashabbusiga binoan eʼlon qilingan “Keksalarni eʼzozlash yili”da davlat tomonidan qabul qilingan Davlat dasturining amalga oshirilishi yilning eng yorqin voqealaridan biri boʻldi. Ushbu Dasturni amalga oshirish doirasida yil davomida mamlakatimizning 2,75 milliondan ziyod keksa yoshdagi fuqarolari uchun pensiya taʼminoti summasi 20 foizga koʻpaytirildi. Keksa yoshdagi 215 ming nafar fuqaro chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, koʻrik natijalari boʻyicha 70 ming nafardan ortiq fuqaro sanatoriy-kurortlarda davolanish va yetakchi klinikalarda yanada sogʻlomlashtirish uchun bepul order oldi, 11 mingga yaqin nogironlarga protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalari taqdim etildi.
2015-yilda butun taraqqiyparvar insoniyat Ikkinchi jahon urushi tugaganligining 70 yilligini nishonladi. Oʻzbekistonliklar fashizm ustidan qozonilgan oʻalabaga oʻz munosib hissasini qoʻshgan holda yuz minglab yurtdoshlarimiz jang maydonlarida qahramonlarcha halok boʻlgan, millionlab kishilar esa front ortida mehnat qilganlar. Dasturni amalga oshirish davomida 1941 — 1945-yillardagi urushning 61 ming nafardan ziyod qatnashchisi va mehnat fronti faxriylariga esdalik medallari, pul mukofoti va qimmatbaho sovgʻalar topshirildi, kommunal xizmatlar uchun 3,9 mlrd soʻm miqdorida kompensatsiya toʻlandi, 10 ming nafardan ortiq kishining turar joyi taʼmirlab berildi.
Yil davomida mamlakatimiz mintaqalarida 130 dan ziyod zamonaviy Madaniyat va dam olish markazlari foydalanishga topshirildi.
Bir asrlik marradan oshgan barcha qariyalar pensiyalariga maxsus qoʻshimchalar olishdi, shuningdek doimiy parvarishga muhtoj barcha yolgʻiz shaxslar, keksa kishilar va nogironlar 2015-yil 1-sentabrdan boshlab har oyda oziq-ovqat va gigiyena mahsulotlari bilan bepul taʼminlanmoqda, fuqarolar yigʻinlari va yoshlar tashkilotlari ularning holidan tez-tez xabar olib turishibdi.
Ushbu xayrli tadbirlarni yanada rivojlantirish maqsadida mamlakatimiz Prezidenti tomonidan yolgʻiz qariyalar, pensionyerlar va nogironlarni ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada mustahkamlash va rivojlantirishning 2015 — 2020-yillarga moʻljallangan Davlat dasturi tasdiqlandi.
Oʻzbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilishning 2013 — 2017-yillarga moʻljallangan dasturini amalga oshirish, shuningdek Orol fojeasi oqibatini yumshatish, Orol boʻyi mintaqasini tiklash va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha 2015 — 2018-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlarning Keng koʻlamli dasturi fuqarolarning toza ekologik muhitga boʻlgan huquqini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish, sud hokimiyati mustaqilligini mustahkamlash hamda insonning shaxsiy va fuqarolik huquqlarini, erkinliklari va manfaatlarini ishonchli himoya qilishning ajralmas shartlari sifatida Jinoyat va jinoyat-protsessual qonun hujjatlarini liberallashtirish va insonparvarlashtirish borasida hisobot yilida olib borilgan ishlar katta ahamiyatga ega boʻldi.
Fuqarolarning protsessual huquqlariga rioya etilishi ustida sud nazoratini kuchaytirish — “Xabeas korpus” institutini rivojlantirish boʻyicha kompleks choralar koʻrildi. Sudlarga tadbirkorlik subyektlari tomonidan shikoyat qilinayotgan nazorat organlarining qarorlari ijrosini tegishli daʼvo arizasi koʻrib chiqilayotgan davrda toʻxtatib turish, shuningdek, biznes tuzilmalari tomonidan soliq yoki bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi munosabati bilan ulardan mol-mulkini olib qoʻyish toʻgʻrisida qaror qabul qilish boʻyicha qonun yoʻli bilan vakolatlar berildi.
Ishlarni koʻrib chiqish samaradorligi va tezkorligini oshirish maqsadida fuqarolik sudi ishlarini yuritishda elektron hujjat aylanishi mexanizmi joriy etildi va daʼvolarni koʻrib chiqish muddatlari qisqartirildi.
Oʻtgan yili jinoyat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini yanada liberallashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy bazaga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi. Chunonchi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga jazo muddatini uy xoʻjaligi sharoitida va doirasida oʻtashni nazarda tutuvchi “ozodlikdan cheklash” javobgarligi kabi insonparvar jazo chorasi joriy etildi. Bunday jazo chorasini qoʻllash hamda jazo sharoitlarini yumshatish mazkur Kodeksning 225 ta moddasida nazarda tutildi. Ushbu choralar jazoning adolatliligi, javobgarlikning muqarrarligi va oilaviy aloqalarni saqlash prinsiplarini taʼminlashga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, 2015-yilda yangi tartib joriy etildi, unga muvofiq moddiy zararni toʻliq va oʻz vaqtida qoplagan shaxsga nisbatan oʻz iqtisodiy nochorligini qasddan yashirish, oldindan oʻylab qilingan bankrotlik bilan bogʻliq jinoyatlar uchun, shuningdek soliqlar yoki majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlaganlik jinoyatini ilk bor sodir etgan shaxslar uchun ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazo choralari qoʻllanilmaydi.
Shuningdek, 60 yoshdan oshgan shaxslarning sodir etgan jinoyatlariga nisbatan ham jinoiy jazo insonparvarlashtirildi. Ularning jazo muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Umumiy qismining tegishli moddasida asosan ozodlikdan mahrum etish eng yuqori muddatining uchdan bir qismigacha kamayib boradi.
Davlatimiz rahbarining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan mamlakatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 23 yilligi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisidagi qarorning qabul qilinishi shaxsiy huquqlarni qoʻllab-quvvatlash yoʻlidagi muhim amaliy qadam, yuksak darajada rahm-shafqatlilik namoyon etilgan hujjat boʻldi. Qarorga muvofiq ayollar, voyaga yetmagan shaxslar, 60 yoshdan oshgan erkaklar, chet el davlatlarining fuqarolari, I va II guruh nogironlari, shuningdek ushbu Qaror qabul qilinguniga qadar yil davomida ogʻir kasalliklarga chalingan deb eʼtirof etilgan shaxslar jazodan ozod qilindi. Mazkur hujjatning doirasiga ehtiyotsizlik tufayli jinoyat sodir etgan shaxslarni, qasddan jinoyat sodir etganlik uchun ilk bor hukm qilingan, lekin jinoyati katta ijtimoiy xavf tugʻdirmaydigan shaxslarni yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etgan shaxslarni ozod qilish ham kiradi.
2015-yilda Qorrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan Kompleks harakat rejasi ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Rejaga asosan korrupsiyadan ogohlantiruvchi taʼlim va idoraviy dasturlar joriy etildi, davlat organlari xodimlarining Axloq kodeksi qabul qilindi, davlat xaridlari tizimini takomillashtirish choralari koʻrilmoqda va boshqalar shular jumlasidandir. Kompleks reja tadbirlarining samarasi Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha Stambul harakat rejasini amalga oshirish monitoringi yakunlari boʻyicha eʼlon qilingan hisobotida oʻz aksini topdi.
Mamlakatimizda faoliyat koʻrsatayotgan 1,5 mingga yaqin ommaviy axborot vositalari, tele va radiokanallar, bosma va internet nashrlarining faoliyati, shuningdek “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi hamda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi qonunlarning hayotga tatbiq etilishi ham fuqarolarning fikr, soʻz va eʼtiqod erkinligiga, axborotni izlash, olish va uni tarqatish erkinligiga boʻlgan konstitutsiyaviy huquqlarini taʼminlashga xizmat qiladi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining jismoniy va yuridik shaxslar bilan axborot borasidagi oʻzaro hamkorligi davlat organlarining xizmatlari va vazifalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan erkin foydalanishni taʼminlovchi Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalining faoliyat koʻrsatishi, foydalanuvchilarga elektron shaklda maʼlumotlar almashish borasida imkoniyat yaratish, soʻrovlarni elektron davlat xizmatlaridan erkin foydalanishning yagona nuqtasi orqali rasmiylashtirish, shuningdek davlat organlarining rasmiy veb-saytlari orqali ham amalga oshiriladi. Yil davomida Yagona portal orqali 260 ta turli xil davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratilib, bundan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 420 mingdan ortiq foydalanilgan.
2015-yilda qabul qilingan “Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Qonun davlat organlari faoliyatining ochiqligi, shaffofligi va samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi. Qonunda davlat organlarining faoliyati toʻgʻrisida jismoniy va yuridik shaxslarni xabardor qilishning aniq mexanizmi joriy etilmoqda, bu organlar xizmatlaridan “yagona darcha” prinsipi boʻyicha erkin foydalanish taʼminlanadi, hujjatlar hamda maʼlumotlarni olish va umumiylashtirish arizachining ishtirokisiz idoralararo hujjat aylanishi orqali davlat organi tomonidan mustaqil amalga oshiriladi.
II. Murojaatlarni koʻrib chiqish, inson huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini monitoring va himoya qilish borasidagi faoliyat
2015-yilda Vakil nomiga fuqarolar, xorijiy davlatlar fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, nodavlat notijorat tashkilotlar (NNT) va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (FOʻBO)dan 12 373 ta murojaat kelib tushdi. Shu jumladan, Vakilning Mintaqaviy vakillari manziliga kelib tushgan murojaatlarning soni 936 tani tashkil etdi.
Oʻtgan yil mobaynida Vakil, uning oʻrinbosari, Kotibiyat xodimlari tomonidan oʻtkazilgan shaxsiy qabul davomida 1690 ta, Mintaqaviy vakillari tomonidan esa 365 ta murojaat qabul qilindi.
Ogʻzaki murojaat huquqidan 1231, elektron murojaat huquqidan 296 shaxs foydalangan. Murojaatlarning umumiy soniga nisbatan chet eldan kelib tushgan murojaatlar 366 tani (3%) tashkil qiladi.
Kelib tushgan shikoyatlar soni 11 312 tani (91,4%), arizalar — 459 tani (4%), takliflar — 302 tani (2,6%) tashkil qildi.
Qonunda belgilangan tartibda 35 ta murojaatlar anonim deb topildi.
Hisobot yili davomida kelib tushgan takroriy murojaatlar 1508 tani tashkil etdi.
Jismoniy shaxslardan kelib tushgan murojaatlar soni 12 324 tani, shundan, jamoaviy murojaatlar — 959 tani (7,8%) tashkil etdi. NNT va fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan jismoniy shaxslar manfaatini koʻzlab 49 ta (0,4%) murojaatlar taqdim etilgan.
Bundan oldingi hisobot davriga nisbatan “murojaatlarning umumiy soni”, “shaxsiy qabul vaqtida berilgan murojaatlar soni” kabi koʻrsatkichlarning statistik jihatdan oʻsishi Inson huquqlari boʻyicha milliy institutlarning fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash va himoya qilish tizimidagi roli va oʻrni mustahkamlanganidan dalolat beradi.
“Takroriy murojaatlar soni”ga oid boshqa koʻrsatkich, oldingi koʻrsatkichlarga nisbatan taqqoslanganda, takroriy murojaatlar soni uchdan bir qismiga (31,6%) qisqardi, bu esa davlat boshqaruvi organlari mansabdor shaxslarning arizachilar murojaatlarini oʻz vaqtida, sifatli va xolisona koʻrib chiqish uchun masʼuliyati oshganidan dalolat beradi.
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, Vakil arizachining oʻz huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi maʼlum boʻlib qolgan paytdan eʼtiboran yoki arz qiluvchi, agar u huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning boshqa vositalaridan foydalangan hamda qabul qilingan qarorlardan qanoatlanmagan boʻlsa, oʻz shikoyati boʻyicha qabul qilingan oxirgi qarordan xabar topgan paytdan eʼtiboran bir yil davomida berilgan shikoyatlarni koʻrib chiqadi.
Murojaatlarni oʻrganish natijalari boʻyicha 6 359 nafar arizachilarga ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini kelgusida amalga oshirish masalalari boʻyicha ogʻzaki va yozma tavsiyalari taqdim etildi, davlat boshqaruvi organlariga belgilangan tartibda mohiyatiga koʻra koʻrib chiqish va natijalari boʻyicha arizachilarni xabardor qilish uchun 3 237 ta murojaatlar yuborildi, 2 742 ta murojaatlar bevosita Vakil tomonidan koʻrib chiqish uchun ish yurituviga olindi, 92 ta murojaat Vakil tomonidan joylarga chiqib oʻrganildi.
Murojaatlarni koʻrib chiqish jarayoniga jamoat tashkilotlari, Vakil huzuridagi Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi boʻyicha Komissiya aʼzolari, olimlar, mutaxassislar va ekspertlar jalb etildi.
Murojaatlarda bayon etilgan holatlarni oʻrganish va tekshirish jarayonida Vakil tomonidan 991 ta holatda tashkilotlar va mansabdor shaxslar harakatlari yoki harakatsizliklari yuzasidan shikoyatlar asosli ekanligi, 255 ta holatda arizachilarning ularning huquqlari va erkinliklari buzilganligi haqidagi dalillari oʻz isbotini topmaganligi, qolgan 1496 ta holatda tashkilotlar va mansabdor shaxslar harakatlari qonunchilikka toʻliq muvofiq holda amalga oshirilgan va arizachilar huquqlari, erkinliklari va manfaatlari buzilishiga olib kelmaganligi aniqlandi.
Murojaatlarda keltirilgan vajlar asosli va oʻz tasdigʻini topganligi munosabati bilan 778 ta murojaatlar qanoatlantirilgan, qolgan 213 ta murojaatlar amalga oshirish jarayonida.
Umuman olganda, yil yakunlari boʻyicha “fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish samaradorligi” kabi muhim institutsional koʻrsatkichlarda oʻsishga erishildi. U ish yurituviga qabul qilingan murojaatlar bilan qanoatlantirilgan murojaatlarning nisbatidan kelib chiqadi. 2015-yilda har uchinchi murojaatda fuqarolarning huquqlari tiklanishi yuzasidan choralar koʻrildi.
Arizachilarning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tiklash boʻyicha chora-tadbirlar doirasida vakolatli organlar tomonidan 40 ta jinoiy ish qoʻzgʻatildi, 186 mansabdor shaxslar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, kredit-moliya muassasalari va jamoat tashkilotlari xodimlari, shu jumladan, intizomiy javobgarlikka 76 shaxs, maʼmuriy javobgarlikka 26, jinoiy javobgarlikka — 53 nafar shaxs tortildi, 17 nafar davlat boshqaruvi organlari xodimlari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi, davlat va boshqaruv organlarining 14 nafar mansabdor shaxslariga nisbatan xizmat tekshiruvlari oʻtkazildi.
Shaxsiy huquqlari
Inson hayoti, qadr-qimmati va erkinliklari uning fuqaroligi, jinsi, yoshi, irqi, millati yoki diniy eʼtiqodidan qatʼi nazar, himoya qilinishi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan kafolatlangan. Jumladan, AQShning jamoatchilik fikrini oʻrganish instituti tomonidan oʻtkazilgan “Qonuniy tartiblarga itoat qilish indeksi” degan mavzudagi tadqiqot natijalariga muvofiq, Oʻzbekiston unda qatnashgan 141 ta mamlakatlar orasida 2-oʻrinni egallagani fikrimizning yaqqol isbotidir.
Kelib tushgan shikoyatlarning aksariyati jinoiy ish qoʻzgʻatishni rad etish, tergovning borishi, ishlarni jinoyat ishlari boʻyicha sudlarda koʻrib chiqish, chet elga chiqish hujjatlarini hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish masalalariga tegishlidir.
Vakil tomonidan inson huquqlarining ushbu toifadagi 978 ta murojaatlar koʻrib chiqish uchun qabul qilindi. Murojaatlarni har tomonlama va xolisona oʻrganish davomida 206 ta holatda huquqlar buzilganligi aniqlandi.
Murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha 13 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatildi, dastlabki tergov harakatlari toʻxtatish toʻgʻrisidagi 32 ta qaror, jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etish toʻgʻrisidagi 38 qaror bekor qilindi, 2 ta jinoyat ishi boʻyicha jinoyat tarkibi qayta kvalifikatsiya qilindi, jinoyat ishlari boʻyicha sudlar tomonidan chiqarilgan 12 ta hukmlarga protest kiritildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirishdagi roli va oʻrnini yanada mustahkamlash, “Huquqni muhofaza qilish faoliyati toʻgʻrisida”, “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida” va “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi qonunlarni qabul qilish fuqarolarning shaxsiy huquqlari va erkinliklarini, jamiyatda qonun ustuvorligi va qonuniylikni taʼminlash masalalarini kompleks tarzda hal etishga koʻmaklashadi.
Ozodlikdan mahrum etish joylarida ushlab turilgan shaxslarning huquqlarini taʼminlash va Milliy preventiv mexanizmni rivojlantirish.
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi va “Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisida”gi qonunlarga muvofiq, Ombudsman jazoni oʻtash muassasalariga toʻsqinliksiz tashrif buyurish, hibsga olingan yoki qamoqda saqlanayotgan shaxs bilan uchrashish va suhbatlashish huquqlariga ega.
Hibsga olinish yoki ozodlikdan mahrum etishga hukm etilganlar Vakil manziliga xat va telegrammalarni cheklanmagan miqdorda va senzurasiz yuborishi va olishi mumkin.
Har bir jazoni ijro etish muassasasida Ombudsmanning muhrlangan pochta qutilari oʻrnatilgan, ular muntazam ravishda uning mintaqaviy vakillari tomonidan ochiladi.
Hisobot yili davomida Vakil nomiga qamoqda saqlanayotgan shaxslardan 147 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilgiga nisbatan murojaatlar soni 1,3 barobarga oshgan.
Aksariyat hollarda ushbu murojaatlarda jazoga hukm etilganlarning sodir etgan jinoyatidan pushaymonligi hamda ularni amnistiya qoʻllanilishi yoki afv etish imkoniyati haqida xabardor qilish toʻgʻrisidagi iltimosi bayon etilgan. Ushbu masala yuzasidan murojaat etgan har bir shaxsga batafsil maʼlumotlar berilgan.
Shuningdek, jazoga hukm etilganlardan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va davolanish iltimosi bilan ham murojaatlari kelib tushgan.
Jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning huquqlari taʼminlanishi holatini monitoring qilish tadbirlari doirasida 2015-yil davomida Ombudsman va uning mintaqaviy vakillari 19 ta jazoni ijro etish muassasalariga tashrif buyurgan va 331 nafar jazoga hukm etilganlar bilan uchrashuvlar oʻtkazilgan.
Qashqadaryo viloyatidagi 64/19-sonli jazoni ijro etish muassasasidagi mahkumlarni saqlash sharoitlarini kompleks tarzda oʻrganish jarayoni Ombudsman tomonidan K. Adenauer nomidagi jamgʻarma yuridik eksperti T. Byuller bilan birgalikda amalga oshirildi. Monitoring davomida hukm etilganlar yashash joylarida sanitariya-gigiyena normalariga toʻliq rioya etilayotgani, qarindoshlari bilan qisqa va uzoq muddatli uchrashuvlar, tibbiy davolanish, mehnat faoliyati, madaniy hordiq va sport tadbirlari uchun zarur sharoitlar tashkil etilganligi aniqlandi. Xususan, jazoni ijro etish muassasasida muntazam ravishda oziq-ovqat va gigiyena mahsulotlari savdosi tashkil etilgan. Muassasadagi kutubxona fondida 1,5 mingdan ziyod kitob va jurnallar mavjudligi, ulardan har kuni qariyb 70 kishi foydalanayotgani maʼlum boʻldi.
Ombudsmanning mintaqaviy vakillari tomonidan amnistiya aktini qoʻllash jarayonlarining qonuniyligi va xolisonaligi ustidan parlament nazoratini amalga oshirishda ishtirok etildi. Ushbu tadbirlar davomida mahbuslar bilan suhbatlar oʻtkazildi, ularning shaxsiy ishlari, tergovgacha tekshiruv materiallari hamda surishtiruv va dastlabki tergov organlari ish yurituvida boʻlgan jinoyat ishlari, amnistiya aktini qoʻllash boʻyicha materiallar va boshqalar koʻrib chiqildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaroriga muvofiq amnistiya aktiga koʻra jazodan ozod etilgan shaxslarning ijtimoiy moslashuvi va ularni himoya qilish boʻyicha manzilli dastur amalga oshirildi. Jumladan, tibbiy koʻrikdan oʻtish va statsionar davolanish, biometrik pasportlarni rasmiylashtirish, moddiy yordam puli berish, bandlik va ish bilan taʼminlash va boshqalar shular jumlasidandir.
Vakil tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarga nisbatan zoʻravonlik haqidagi xabarlariga alohida eʼtibor qaratildi. Hisobot yili davomida ushbu holat yuzasidan 12 ta shikoyat kelib tushdi.
Mazkur shikoyatlarni har tomonlama va xolisona koʻrib chiqish natijalariga koʻra, 1 ta murojaat asosli boʻlib, qolgan 11 ta holatda murojaatda keltirilgan vajlar oʻz tasdigʻini topmadi. Jumladan, fuqaro T. ning xuddi shu mazmundagi murojaati oʻrganilganda, tergov davomida Jizzax viloyati ichki ishlar xodimi unga iqroriy koʻrsatmalarni berishga majburlagan. Ombudsmanning murojaatiga koʻra, prokuratura organlari tomonidan arizachiga nisbatan qoʻllanilgan ehtiyot chorasi oʻzgartirilib, ichki ishlar xodimiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining “Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish”, “Qonunga xilof ravishda ushlab turish yoki hibsga olish” kabi moddalari boʻyicha ish qoʻzgʻatilgan.
Siyosiy huquqlar
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining oʻzini oʻzi boshqarish, davlat organlarini demokratik tarzda shakllantirish, davlat organlari ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish mexanizmlarini rivojlantirish va takomillashtirish orqali jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish toʻgʻrisidagi konstitutsiyaviy qoidalar ularning siyosiy huquqlarini samarali amalga oshirishga xizmat qiladi. Fuqarolar kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalariga birlashish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish, vakolatli davlat organlari va muassasalariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat etish huquqiga ega.
Oʻzini oʻzi boshqarishga doir huquqlar boʻyicha fuqarolar yigʻini raisi lavozimiga moddiy yordam va nafaqani tayinlash va toʻlashda sodir etgan huquqbuzarligi uchun sudlangan nomzodning saylanishi masalalariga doir shikoyatlar tushmoqda.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga fuqarolarni saylash va saylanish huquqini samarali amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan va uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlarni sodir etishda ayblangan shaxslar fuqarolar yigʻini raisi lavozimiga nomzod sifatida koʻrsatilishi imkoniyati cheklanmagan.
Shu bilan birga, qonunchilikda fuqarolar yigʻinlari raisligiga nomzodlar aholi oʻrtasida obroʻ-eʼtibor qozongan boʻlishi lozimligi mustahkamlangan. Koʻrsatilayotgan nomzodlarning sifatli tavsifnomalari uchun masʼuliyat tuman, shahar hokimlari zimmasiga yuklatilgan.
Fuqarolarning murojaat qilishga boʻlgan huquqlari borasida murojaatlarni oʻz vaqtida koʻrib chiqmaslik, masalani mohiyatiga koʻra hal etish vakolatiga kirmaydigan davlat organlariga, qarorlari yoki xatti-harakatlari qayta koʻrib chiqiladigan organlar yoki mansabdor shaxslarga koʻrib chiqish uchun asossiz ravishda yuborish, murojaatlarni koʻrib chiqish muddatlari uzaytirilishi toʻgʻrisida arizachilarni xabardor qilmaslik kabi holatlar qayd etilgan.
Mazkur shikoyatlar Vakil tomonidan belgilangan tartibda choralar koʻrish uchun respublika darajasidagi tegishli davlat boshqaruvi organlariga yuborilgan. Fuqarolarni murojaatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqilmagan 2 ta holat yuzasidan mansabdor shaxslar intizomiy javobgarlikka tortilgan.
Ijtimoiy huquqlar
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari fuqarolarning taʼlim olish huquqlarini, adolatli mehnat sharoitlari va ishsizlikdan himoyalanish, ijtimoiy taʼminot hamda malakali tibbiy xizmatdan foydalanishga doir huquqlarini kafolatlaydi.
Inson huquqlarining ushbu toifasi boʻyicha Vakil tomonidan koʻrib chiqish uchun 1 217 ta murojaat qabul qilindi. Murojaatlarni oʻrganish davomida aniqlanishicha, 236 holatda fuqarolarning tegishli huquqlari buzilganligi aniqlandi.
1. Onalik va bolalikni himoya qilish. Mamlakat Konstitutsiyasiga muvofiq ota-onalar oʻz farzandlarini voyaga yetkazguniga qadar boqishga va tarbiyalashga majburdirlar. Farzandlari boʻlgan er-xotin oʻrtasida nikohni bekor qilish jarayoni ota-onaga bolani boqish uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni oʻz vaqtida va toʻliq toʻlashni taʼminlash borasida alohida masʼuliyat yuklaydi.
Amaliyot shuni koʻrsatmoqdaki, ota-onalar tomonidan aliment toʻlovlarini toʻlashdan bosh tortish holatlari koʻpaymoqda. 2015-yilda Vakil nomiga fuqarolardan aliment undirish toʻgʻrisidagi sud qarorlari ijro etilmaganiga doir 489 ta murojaat kelib tushdi. Shundan 276 ta murojaat koʻrib chiqilib, ushbu murojaatlar mualliflari voyaga yetmagan farzandlarini mustaqil tarbiya qilayotgan onalardir. Mazkur murojaatlarni oʻrganish shuni koʻrsatdiki, aksariyat hollarda sud ijrochilari tomonidan qarzdorlarga nisbatan qonunchilikda koʻzda tutilgan barcha choralar qoʻllanilmagan. Koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha 82 nafar arizachi foydasiga tegishli mablagʻlar undirildi.
2. Moddiy yordam va nafaqalarni tayinlash va toʻlash. Hisobot yili davomida Vakil tomonidan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan moddiy yordam ajratish, nafaqalarni tayinlash va toʻlash masalasiga doir 122 ta murojaat koʻrib chiqildi. Murojaatlarni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha 75 holatda arizachilarga mazkur yordam tayinlanishiga koʻmaklashildi.
Shu bilan birga, arizachi boshqa fuqarolar yigʻinida (mahallada) - doimiy yashash (propiska) joyidan tashqarida vaqtinchalik yashayotgani tufayli moddiy yordam yoki nafaqani tayinlashni rad etish holatlari kuzatilgan.
Kam taʼminlangan oilalarning davlat ijtimoiy yordamiga doir huquqlarini samarali amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-fevraldagi 44-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamni tayinlash va toʻlash tartibi haqida”gi nizomni boshqa fuqarolar yigʻinlarida vaqtinchalik yashayotgan arizachilarga moddiy yordam va nafaqalarni tayinlash va toʻlash tartibini muvofiqlashtiruvchi meʼyorlar bilan toʻldirish haqidagi masalani koʻrib chiqish maqsadga muvofiqdir.
3. Pensiya taʼminoti huquqi. Pensiyani tayinlash va toʻlash masalalari bilan bogʻliq murojaatlar joriy yilda 620 tani tashkil etdi. Hisobot yili davomida Vakil nomiga pensiya summasini qayta hisoblash munosabati bilan 86 ta shikoyat kelib tushdi. Aksariyat hollarda fuqaroning pensiyaga chiqish muddati notoʻgʻri belgilanganligi hamda hisob-kitobga doir yoki boshqa aniqlangan texnik xatolar tufayli qayta hisoblash amalga oshirilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunning 65-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasining tuman va shahar boʻlimlariga pensionerga moʻljallangan mablagʻlarning 50 foizgacha miqdorini ushlab qolish huquqi berilgan. Ushbu proporsiyani, ayniqsa fuqarolar tomonidan xizmat vazifasini suiisteʼmol qilish yoki qalbakilashtirish aniqlanmagan holatlarda qoʻllash pensionyerlarning haqli noroziligini yuzaga keltiradi va ularning xarid qobiliyati tubdan qisqarishiga olib keladi.
Hisobot yili davomida Vakil nomiga pensiyani toʻlashni hududiy pochta boʻlimi orqali taʼminlash masalasi boʻyicha 427 yakka tartibdagi va 59 jamoaviy murojaatlar kelib tushdi. Murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha 389 nafar fuqarolarning murojaatlari qanoatlantirildi.
Keksa yoshdagi fuqarolarning pensiyaga boʻlgan huquqlarini roʻyobga chiqarish maqsadida pensiya pulidan ushlab qolish masalasini qoʻshimcha ravishda oʻrganib chiqish, shuningdek, yolgʻiz pensionyerlar va nogironlarga toʻlovlarni amalga oshirishda yanada yengilroq mexanizmlarini joriy etish taklif etiladi.
4. Sogʻliqni saqlash va tibbiy yordam olish huquqi. Vakil tomonidan fuqarolarning sogʻliqni saqlash tizimi muassasalari faoliyatini tashkil etish, aholiga tibbiy yordam koʻrsatish masalalari bilan bogʻliq 55 ta shikoyat koʻrib chiqildi.
Vakil murojaati asosida 25 nafar arizachiga oʻz salomatligini tiklashga, 8 nafar arizachiga ixtisoslashtirilgan respublika tibbiyot markazlarida imtiyozli order olishga, 3 nafar arizachiga davolanish yakunlari boʻyicha bepul nogironlik aravachalari olishga hamda 3 arizachiga esa belgilangan tartibda ularning chet el mamlakatlariga davolanish uchun chiqayotgani tufayli pul mablagʻlarini konvertatsiya qilishga koʻmaklashildi.
Vakil fuqarolar murojaatlarini koʻrib chiqish davomida, tibbiyot muassasalari mansabdor shaxslarining oʻz xizmat vazifalariga sovuqqonlik bilan qaragani holatlariga duch keldi. Ushbu holatlar Jizzax viloyati psixiatrik klinikasi va Surxondaryo viloyati narkologik klinikasida kuzatildi. Ushbu holatlar yuzasidan tegishli choralar koʻrildi.
5. Taʼlim olish huquqi. Oʻtgan yil davomida Vakil tomonidan taʼlim olish huquqini amalga oshirishga tegishli boʻlgan murojaatlar qabul qilinib, ayrim taʼlim muassasalari oʻqituvchilarining kasbiy mutaxassisligi va tayyorgarligi, oʻqishni boshqa taʼlim muassasasiga koʻchirish, shuningdek, homiylar tomonidan shakllantirilgan moddiy fond mablagʻlarining maqsadsiz foydalanish kabi masalalarni oʻz ichiga oladi.
Murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qonun buzilish holatlariga yoʻl qoʻygan 21 ta xalq taʼlimi va oʻrta maxsus taʼlimi tizimidagi mansabdor shaxslarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda choralar koʻrildi.
Iqtisodiy huquqlar
Mamlakatimiz Konstitutsiyasi va qonunchiligi fuqarolarning xususiy mulk himoyasi, bank omonatlari siriga doir huquqlari va meros huquqini kafolatlaydi, xususiy tadbirkorlik va fermerlik harakati rivojini ragʻbatlantiradi.
1. Xususiy mulkni himoya qilish huquqi. Iqtisodiy huquqlarning ushbu kategoriyalari boʻyicha 1128 ta murojaatlar kelib tushdi. Ushbu murojaatlarda meros masalalari, mulkni boʻlish, davlat hokimiyati organlari tomonidan yer uchastkasi va koʻp xonadonli uylarda xonadonlarni ajratish toʻgʻrisidagi qarorlarni bekor qilish, ishlab chiqarish uchun yer ajratish, xususiylashtirish, davlat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish hamda qishloq joylarida Namunali uylarni foydalanishga topshirish masalalarini oʻz ichiga olgan.
Sud organlari adolatlilik, xususiy mulkning ishonchli himoyasi kafolati sifatida namoyon boʻladi. Vakil nomiga hisobot davri davomida — fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarda mulkiy nizolarni hal etish masalalari bilan bogʻliq 691 ta murojaat kelib tushgan.
Xususan, kelib tushgan shikoyatlarda aksariyat hollarda protsessual xarakterdagi muammolar, yaʼni sud majlisini oʻtkazish sanasi toʻgʻrisida tomonlarni oʻz vaqtida xabardor qilmaslik, guvohlarni taklif etish toʻgʻrisida iltimosnomalar sudlar tomonidan rad etilishi va boshqalar oʻz aksini topadi.
2015-yilda Vakil tomonidan fuqarolarning sud organlarida xatlarni koʻrib chiqish natijalariga noroziligi munosabati bilan 334 ta takroriy shikoyatlari qabul qilindi. Ularning ayrimlarini prokuratura organlari bilan birgalikda koʻrib chiqish natijasida 7 ta protest, shu jumladan nazorat tartibida Oliy sudga — 1 ta protest, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudiga — 1 ta protest, fuqarolik ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudi hayʼatiga — 1 ta protest, tumanlararo sudlar qarorlariga nisbatan — 4 ta protest kiritildi.
2. Adolatli mehnat sharoitlariga oid huquqlar. Fuqarolarni adolatli mehnat sharoitlariga boʻlgan huquqlarini taʼminlash borasida Vakil nomiga 122 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, shundan, 4 tasi jamoaviy shikoyatlarni tashkil qiladi. Ushbu shikoyatlarni oʻrganish davomida aniqlanishicha, 80 ta holatda arizachilar huquqlarining buzilishi, asossiz ishdan boʻshatilishi yoki egallab turgan lavozimidan chetlatilishi, ish haqini toʻlashdagi kechikishlar kuzatilgan.
Murojaatlarni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha 121 kishi oʻz ish joyiga tiklandi, 36 nafar fuqarolar manfaatini koʻzlab fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga ish haqi va yetkazilgan moddiy zararni undirish boʻyicha 5 ta daʼvo arizasi kiritildi. Bundan tashqari, 82 nafar fuqaroga ish haqi undirilishi taʼminlandi.
3. Tadbirkorlik faoliyati erkinliklariga doir huquqlari. Fuqarolarning ushbu kategoriyasidagi huquqlari boʻyicha 2015-yil davomida Vakil nomiga 164 ta murojaat kelib tushdi. Shundan, 143 tasi vakolatli organlarga yuborildi va 21 ta murojaat koʻrib chiqish uchun qabul qilindi.
Ushbu murojaatlar davlat organlarining tadbirkorlik va fermerlik subyektlari faoliyatiga asossiz aralashuvi, kredit resurslari, ishlab chiqarish va yer maydonlarini taqdim etishdagi cheklovlar bilan bogʻliq masalalarni qamrab olgan.
Mazkur murojaatlarni koʻrib chiqish davomida 5 nafar tadbirkorga kredit olishga, 3 nafar tadbirkorga xususiy va oilaviy biznesni rivojlantirish uchun ishlab chiqarish maydonlari ajratilishiga koʻmaklashildi.
Tadbirkorlik subyekti faoliyatiga asossiz aralashuvi uchun 2 nafar soliq inspeksiyasi xodimi intizomiy javobgarlikka tortildi. Shuningdek, kredit olishdagi sunʼiy toʻsiqlar uchun 3 nafar vakolatli bank xodimlari intizomiy javobgarlikka tortildi.
Ekologik huquqlar
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiq davlat atrof-muhit muhofazasini taʼminlaydi, uning holati toʻgʻrisida xabardor qiladi, inson hayoti va faoliyatining ekologiyaga salbiy taʼsirini oldini olish boʻyicha choralar koʻradi.
Oʻtgan davr mobaynida fuqarolardan mazkur yoʻnalishda 255 ta murojaatlar kelib tushdi. Fuqarolarning murojaatlarida sugʻorish uchun suv taʼminoti, ishlab chiqarish korxonalari tomonidan atmosferaga zararli moddalarning chiqarilishi, ruxsat etilmagan joylarda maishiy chiqindilarni toʻplanishi masalalari oʻz aksini topgan.
Mazkur murojaatlar vakolatli davlat organlari bilan hamkorlikda koʻrib chiqildi.
Murojaatlarni koʻrib chiqish natijalariga muvofiq tegishli choralar koʻrildi. Jumladan, Namangan viloyatidagi “Qoʻshminor” mahalla aholisining talabiga koʻra sugʻorish suvi bilan taʼminlash masalasi 2016-yilga moʻljallangan mahalliy dasturga kiritildi hamda Toshkent shahridagi atrof muhit uchun zararli boʻlgan korxona faoliyatini qonun talablari asosida ishlashi yuzasidan choralar koʻrildi.
Hududlar kesimidagi jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari (fuqarolik huquqlarining alohida toifalarining % koʻrinishida)
Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashda fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni rivojlantirish.
Oʻzbekiston Respublikasi “Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonunining qabul qilinishi davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashdagi hamkorligining qonunchilik asoslarini yanada rivojlantirishning muhim belgisi boʻldi. Qonunda ijtimoiy sheriklik tushunchasi ochib berilgan, davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining hamkorlik mexanizmlari, tomonlarning huquq va majburiyatlari hamda fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanish shakllari belgilab berilgan.
Vakil tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari bilan faol hamkorlik oʻrnatilgan. Fuqarolik institutlari oʻzining gumanitar imkoniyatlaridan foydalangan holda davlat tashkilotlarining faoliyatini toʻldirib boradi. Jumladan, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Kamolot” YIH, “Mahalla”, “Nuroniy”, “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmalari, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Advokatlar palatasi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy Assotsiatsiyasi va boshqalar shular jumlasidan boʻlib, ular tomonidan fuqarolarni manzilli ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ularning jamoatchilik, iqtisodiy faolligini va huquqiy madaniyatini oshirish borasidagi ishlar amalga oshirilmoqda.
Hisobot yili davomida Vakil tomonidan jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda 419 ta murojaatlar koʻrib chiqildi. Vakil tavsiyasiga binoan arizachilar va ularning oila aʼzolari jamoat tashkilotlari tomonidan tashkil etiladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarga va ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarga jalb etildi.
Vakil tomonidan fuqarolik jamiyati institutlari bilan oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida 5 ta Memorandum imzolandi. Hisobot davrida Oʻzbekiston Advokatlar palatasi bilan imzolangan oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi Memorandum fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish borasida tadbirlarni hamkorlikda amalga oshirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul yuridik yordam koʻrsatish masalalarini nazarda tutadi.
III. Inson huquqlari va erkinliklariga oid qonunchilik va meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish borasidagi faoliyat
2015-yilda Vakil Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 37 ta va Senatning 4 ta majlisida ishtirok etdi.
Parlament quyi palatasining majlislari davomida qonunchilik tashabbusi subyektlari tomonidan kiritilgan 61 ta qonun loyihasi muhokama etildi, shu jumladan, palata 18 ta qonun hamda ilgari qabul qilingan 32 ta meʼyoriy hujjatlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida 4 ta qonun qabul qildi.
Qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish va muhokama etishda Palata qoʻmitalariga Vakilning “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining reglamenti toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining reglamenti toʻgʻrisida”gi, “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi, “Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi qonunlariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga va “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlarga takliflar taqdim etildi.
Vakil mamlakatimiz Prezidenti taqdimnomasiga koʻra qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma uch yilligi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisida” qarorini ishlab chiqishda ishtirok etdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan qonun loyihalarini ishlab chiqishda oʻzaro hamkorlik davomida “Favqulodda holat toʻgʻrisida”gi va “Maʼmuriy qamoqni oʻtash tartibi toʻgʻrisida”gi qonun loyihalariga takliflar kiritildi.
Vakil tomonidan Oliy sudning “Harakat xavfsizligi va transport ekspluatatsiyasiga qarshi jinoyatlar bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”, “Sudlanganlikni hisobdan oʻchirish va bekor qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti”, “Noixtiyoriy tartibda psixiatrik statsionar, silga qarshi muassasaning ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gospitalizatsiya qilish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida va gospitalizatsiya muddatini uzaytirish toʻgʻrisida”gi va “Voyaga yetmaganlar va mehnatga layoqatsiz shaxslarni boqishdan boʻyin tovlash bilan bogʻliq masalalar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida” qarorlari loyihalariga takliflar kiritildi.
Shuningdek, Vakil tomonidan “Qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy jarayonlarga ularni tartibga solish borasida koʻrsatishi mumkin boʻlgan taʼsiri samaradorligini baholashning zamonaviy usullarini ishlab chiqish va joriy etish Uslubiy tavsiyalar” loyihasi yuzasidan takliflar ishlab chiqildi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritildi.
Vakil faoliyati meʼyoriy-huquqiy bazasini yanada rivojlantirish maqsadida quyidagi hujjat loyihalari ishlab chiqildi:
“Insonning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga rioya etilishi boʻyicha Komissiya Reglamenti”, unda komissiya vazifalari va funksiyalari, uning miqdoriy va sifat tarkibi, komissiya aʼzolari huquq va javobgarligi, komissiya vakolatlariga kiruvchi masalalarni kiritish va koʻrib chiqish tartibi aks etilgan;
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha Vakilining mintaqaviy vakili faoliyati toʻgʻrisida”gi nizom, u Mintaqaviy vakil vazifalari, huquqlari va majburiyatlarini, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, davlat organlari va jamoat tashkilotlari bilan oʻzaro aloqalari masalalarini belgilaydi.
Vakil tomonidan Ombudsman instituti amaliy faoliyati natijalarini chuqur tahlil qilish asosida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Qonunini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqildi. Ushbu takliflar quyidagilardan iborat:
1. Ombudsmanning respublika hududlaridagi vakillarini tayinlash va ularning huquq va majburiyatlarini qonunchilikda aks ettirish.
Bugungi kunda Mintaqaviy vakillarni tayinlash, ularning huquq va majburiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari Kengashi tomonidan tasdiqlangan “Insonning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga rioya etilishi boʻyicha Komissiya Reglamenti” qoidalari bilan tartibga solinadi.
2. Vakil tomonidan murojaatlarni koʻrib chiqishni yanada aniqlashtirish.
Qonunga muvofiq “Vakil arizachining oʻz huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi maʼlum boʻlib qolgan paytdan eʼtiboran yoki arz qiluvchi, agar u huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning boshqa vositalaridan foydalangan hamda qabul qilingan qarorlardan qanoatlanmagan boʻlsa, oʻz shikoyati boʻyicha qabul qilingan oxirgi qarordan xabar topgan paytdan eʼtiboran bir yil davomida berilgan shikoyatlarni koʻrib chiqadi”.
Mazkur normani yanada rivojlantirish maqsadida Vakil tomonidan murojaatlarni qabul qilish uchun qonunchilikdagi murojaat qiluvchining “huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning boshqa vositalaridan foydalangan holda” darajasini aniqlashtirish maqsadga muvofiq.
Ushbu takliflar 2015-yil dekabr oyida “Inson huquqlari boʻyicha Vakil instituti faoliyat yuritishining tashkiliy-huquqiy asoslarini yanada takomillashtirishga doir dolzarb masalalar” mavzusida oʻtkazilgan davra suhbatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari, huquqni muhofaza qilish organlari va sud organlari xodimlari, Adliya vazirligi mutaxassislari, olimlar, NNT va OAV vakillari hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari ishtirokida muhokama etildi.
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasida belgilangan vazifalar doirasida ushbu takliflarni hayotga tatbiq etish Ombudsmanning inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlash, parlament nazorati va davlat hokimiyati boʻgʻinlari oʻrtasida oʻzaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati mexanizmidagi roli va oʻrnini mustahkamlashga xizmat qiladi.
IV. Jamiyatda inson huquqlari madaniyatini oshirish sohasidagi faoliyat
Jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlash yoʻlida inson huquqlari sohasidagi ijtimoiy ongni oshirish boʻyicha faoliyat ustuvor yoʻnalishlardan biridir.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda “Yuksak huquqiy madaniyat — demokratik jamiyat asosi, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali amalga oshirishning kafolatlari” mavzusidagi respublika davra suhbati, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi bilan hamkorlikda “Yoshlarda inson huquqlari madaniyatini oshirish va huquqiy maʼrifat ishlarini yanada takomillashtirishning dolzarb vazifalari” mavzusida selektor seminar-yigʻilishi jamiyatda inson huquqlari madaniyatini, oʻsib kelayotgan avlodning fuqarolik ongi va oʻzligini oshirish sohasida davlat va jamoat tashkilotlari oʻzaro aloqalarining dolzarb yoʻnalishlarini belgilash imkonini berdi. Tadbirlar davomida respublika hududlarida huquqiy taʼlim sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislarga yoshlar oʻrtasida maʼrifiy faoliyatni tashkil etish shakllari va usullarini takomillashtirish, zamonaviy interfaol oʻqitish usullarini joriy etish boʻyicha tavsiyalar berildi.
Respublika hududlarida Konrad Adenauer nomidagi fondning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi (Germaniya) bilan hamkorlikda oʻtkazilgan “Fuqarolar huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoya qilish borasida qonunchilik va amaliyot: Oʻzbekiston va Germaniya tajribasi” mavzusidagi mintaqaviy seminarlar muhim ahamiyat kasb etdi. Tadbirlar davomida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini kompleks himoya qilishni taʼminlash, Ombudsman institutining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlari bilan oʻzaro hamkorligini mustahkamlashga doir masalalar batafsil va har tomonlama muhokama etildi. Germaniya tajribasi koʻrib chiqildi.
“Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini roʻyobga chiqarishda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari oʻzaro hamkorligi” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya ham Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi doirasida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining “Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonunini amalga oshirish boʻyicha kompleks takliflarni ishlab chiqishga xizmat qildi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda huquqni muhofaza qilish organlari mutaxassislarining Oʻzbekiston Ombudsmani faoliyatini tashkiliy-huquqiy taʼminlash xususiyatlariga oid masalalar borasida xabardorligini oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Bosh prokuratura Oliy oʻquv kurslari, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti hamda boshqa muassasalarda tashkil etilgan Vakil va uning Kotibiyati xodimlari maʼruza va chiqishlarining asosiy maqsadi boʻldi.
Umuman olganda, hisobot davrida jamiyatda inson huquqlari madaniyatini oshirish borasidagi ishlar doirasida markazda va joylarda 30 dan ortiq tadbirlar, anjuman, davra suhbatlari va seminarlar davomida 84 ta chiqishlar tashkil etildi, bosma nashrlarda 35 ta maqola, elektron OAV, yangiliklarga oid telekoʻrsatuv va radioeshittirishlarda efirga 24 ta intervyu va 16 ta reportaj uzatildi.
V. Inson huquqlari sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasidagi faoliyat
Inson huquqlari sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish Vakil faoliyatining muhim yoʻnalishi hisoblanadi. Ushbu faoliyat BMT va EXHT xalqaro shartnomalar ijrosi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maʼruzalarini tayyorlashda ishtirok etish, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda aʼzolik doirasida, xorijiy Ombudsmanlar bilan koʻp tomonlama aloqalarni rivojlantirish, xalqaro forumlar, chet el delegatsiyalarini qabul qilishda ishtirok etish, shuningdek, inson huquqlarini himoya qilish masalalari boʻyicha xalqaro tashkilotlar va xorijiy hamkasblar murojaatlarini koʻrib chiqish orqali amalga oshirilgan.
2015-yilda Vakil Inson huquqlari sohasida xalqaro majburiyatlarni bajarilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maʼruzalarini tayyorlanishida ishtirok etdi. Vakil tomonidan Inson huquqlari boʻyicha Milliy markazga Fuqarolik va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro paktning amalga oshirilishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Toʻrtinchi davriy maʼruzasi va Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham toʻgʻrisidagi konvensiyasini amalga oshirish boʻyicha Beshinchi davriy maʼruzasi tayyorlanishida inson huquqlariga doir materiallar taqdim etildi.
Bundan tashqari, Vakil tomonidan xotin-qizlar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlanishi holatiga bagʻishlangan Muqobil doklad ishlab chiqildi va BMTning Ayollar kamsitilishiga barham berish Qoʻmitasiga yuborildi.
Oʻzbekiston Respublikasi va Muqobil maʼruzalar tayyorlashda fuqarolarning murojaatlari tahlillari, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va xorijiy mamlakatlar huquqiy hujjatlari amalga oshirilishi yuzasidan monitoring tadqiqotlari natijasi, OAVda eʼlon qilingan maqolalar, ekspertlar, mutaxassislar va olimlarning takliflari asosidagi materiallar olingan.
Vakil Xalqaro ombudsman instituti, Yevropa ombudsman instituti va Osiyo ombudsmanlar assotsiatsiyasi aʼzosi boʻlib hisoblanadi.
Vakil tomonidan xorijiy ombudsmanlari bilan hamkorlik toʻgʻrisida 10 ta Bitimlar imzolangan boʻlib, Shvetsiya, Ispaniya, Portugaliya, Polsha, Janubiy Koreya, Slovakiya, Bolgariya, Latviya, Rossiya va Ozarbayjon shular jumlasidandir.
Keng xalqaro jamoatchilikni Oʻzbekistonda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish jarayonlari, inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha milliy demokratik institutlar faoliyati bilan tanishtirish maqsadida Vakil:
“Inson huquqlari va erkinliklari ishonchli himoyasini taʼminlash — mamlakatimizni demokratik yangilash va modernizatsiya qilishning eng muhim yoʻnalishi: Oʻzbekiston tajribasi” mavzusidagi xalqaro davra suhbatini tashkil etishda ishtirok etdi;
“Hokimiyat boʻgʻinlari boʻlinishi tamoyilini amalga oshirish va inson huquqlarini himoya qilishda Konstitutsiyaviy sudning roli: Oʻzbekiston va xorijiy mamlakatlar tajribasi” va “Munosib mehnat sharoitlariga oid fuqarolar huquqlari kafolatini taʼminlashda kasaba uyushmalari roli: Oʻzbekiston tajribasi” mavzularidagi xalqaro forumlarda maʼruzalar bilan soʻzga chiqdi.
Chet eldagi ombudsmanlar bilan sheriklik munosabatlarini chuqurlashtirishga Vakilning quyidagi rasmiy va ishchi tashriflari xizmat qildi:
Fransiya Respublikasiga tashrif davomida Fransiya huquqlari Himoyachisi (ombudsman), TIV, Senat, Milliy Assambleya va boshqa tashkilotlar vakillari bilan 10 dan ortiq tadbir va uchrashuvlar oʻtkazildi;
Ozarbayjon Respublikasiga “Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini taʼminlashda davlat va xalqaro tashkilotlar hamkorligining roli” mavzusidagi Xalqaro Baku konferensiyasi ishida ishtirok etish uchun tashrif buyurdi.
2015-yil davomida Vakil huzuriga bir qator rasmiy delegatsiyalar, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar vakillari tashrif buyurishdi. Xususan, hisobot davrida Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining Favqulodda va Muxtor elchilari, BMT Taraqqiyot dasturi, BMT Bolalar fondi (YUNISEF), K. Adenauer nomidagi fond vakolatxonalari rahbarlari, EXHT loyihalari Koordinatori hamda BMT, EXHT ekspertlari va Fransiya Respublikasi parlamenti delegatsiyasi bilan uchrashuvlar oʻtkazildi.
Davlatlararo kelishuvlar yuzasidan tadbirlarni amalga oshirish doirasida Vakilning Finlandiya, Bolgariya, Polsha, Italiya, Fransiya, Ozarbayjon va boshqa mamlakatlarning tegishli institutlari, shuningdek, xalqaro nufuzga ega boʻlgan tashkilotlar bilan hamkorligi holati va rivojlantirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga 9 ta maʼlumotnomalar yuborildi.
Hisobot yilida Oʻzbekiston Ombudsmani tomonidan Rossiya Federatsiyasi va uning subyektlari, Qirgʻiziston va Qozogʻiston Ombudsmanlaridan kelib tushgan 23 ta murojaatlar koʻrib chiqildi. Ularda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, Oʻzbekiston mustaqillikka erishgungacha mehnat faoliyati bilan shugʻullangan shaxslar toʻgʻrisida hamda pensiya toʻlovlarini xorij valyutasida bank koʻchirmalari toʻgʻrisidagi masalalar keltirilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari manfaati yoʻlida Oʻzbekiston Ombudsmanining Rossiya Federatsiyasi Inson huquqlari boʻyicha vakili nomiga 2 ta murojaati yuborildi. Mazkur murojaatlarda Federal migratsiya xizmati va Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining maxsus joylarida ushlab turilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga nisbatan ishlarni oʻz vaqtida va xolisona koʻrib chiqilishi toʻgʻrisidagi Vakil talablari aks etgan.
Xulosa
2015-yil zamonaviy mustaqil Oʻzbekistonning rivojlanish tarixida yorqin iz qoldirdi. Jamiyatning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida amalga oshirilgan yangilanish va islohotlar mamlakat taraqqiyoti va farovonligi yoʻlida dadil harakatlanish poydevorini mustahkamladi. Hisobot yili davomida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali amalga oshirishga qaratilgan qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlar, davlat, tarmoq va hududiy dasturlar qabul qilindi.
Shu bilan birga, monitoring natijalari shuni koʻrsatmoqdaki, sud-huquq tizimini yanada liberallashtirish, taʼlim muassasalari va sogʻliqni saqlash idoralari faoliyatini, aholini manzilli ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash shakl va uslublarini rivojlantirish masalalari dolzarb boʻlib qolmoqda.
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasida belgilangan vazifalarni hayotga tatbiq etishga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 23 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi maʼruzalaridan kelib chiqqan holda qonun ustuvorligini mustahkamlashga quyidagi choralar koʻmaklashadi:
qabul qilingan qonun va dasturlarning ijrosi yuzasidan Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati ustidan parlament va jamoatchilik nazorati institutining qonunchiligini rivojlantirish;
jamiyatda inson huquqlari madaniyatini, fuqarolarning huquqiy madaniyati va ongini, ularning qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar maqsadi, mazmun va mohiyati toʻgʻrisida xabardorligini oshirish;
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, ular ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy faolligini rivojlantirishda fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish;
aholining zaif qatlamlari — xotin-qizlar va bolalar, keksa yoshdagi fuqarolar va nogironlarni ijtimoiy himoya qilish tizimini mustahkamlash, ijtimoiy sheriklik mexanizmlarini yanada rivojlantirish;
maʼmuriy jarayonlarni, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ichki ishlar idoralari faoliyatini huquqiy jihatdan aniq belgilash (reglamentlash), ushbu yoʻnalishga parlament nazoratining samarali shakl va uslublarini joriy etish;
inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari bilan oʻzaro hamkorligini rivojlantirish.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-y., 3-son, 100-modda)