28.03.2016 yildagi 100-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyat hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat aholisiga issiq suv va issiqlik energiyasini yetkazib berish meʼyorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-iyuldagi “Uy-joy, kommunal xizmatlarning oʻz xarajatlarini oʻzi qoplashiga bosqichma-bosqich oʻtish munosabati bilan normativ hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 271-son, 2001-yil 18-apreldagi “Aholiga kommunal xizmat koʻrsatishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 178-son (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 8-son, 40-modda) hamda 2010-yil 28-oktabrdagi “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 239-son (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 42-43-son, 364-modda) qarorlariga asosan, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-apreldagi 05-5-7-son topshirigʻi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2015-yil 10-sentabrdagi MM/15-04-34-26/104-1355-son xati ijrosini taʼminlash maqsadida, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasini qoʻllab qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-apreldagi 05-5-7-son topshirigʻi rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2015-yil 10-sentabrdagi MM/15-04-34-26/104-1355-son xatiga muvofiq viloyatda issiq suv hisoblash uskunasi oʻrnatilgan va oʻrnatilmagan markazlashgan issiqlik tarmogʻiga ulangan xonadonlar aholisiga xoʻjalik va sanitariya-gigiyena ehtiyojlari uchun issiqlik energiyasi va issiq suv tayyorlash boʻyicha talab qilinadigan issiqlik energiyasining meʼyorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Viloyatda issiqlik taʼminoti korxona rahbarlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Issiqlik taʼminoti korxonalarining takliflariga muvofiq ishlab chiqilgan issiq suv va issiqlik energiyasi tayyorlash boʻyicha talab qilinadigan issiqlik energiyasini viloyat moliya boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan meʼyorlaridan kelib chiqqan holda hisobotlarni yuritish vazifalari topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Fargʻona (Rahmatov), Quvasoy (Ziyavitdinov), Qoʻqon (Abdullayev) shaharlari hokimliklari issiqlik taʼminoti korxonalarining debitor va kreditor qarzdorliklarini kamaytirish, moliyaviy holatini sogʻlomlashtirish, kuz-qish mavsumida aholini uzluksiz issiqlik energiyasi bilan taʼminlash, issiqlik tizimini rivojlantirish va modernizatsiya ishlarini amalga oshirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan viloyat hokimining 2011-yil 17-yanvardagi “Viloyat aholisiga issiq suv yetkazib berish meʼyorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 8-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror “Fargʻona haqiqati” va “Ferganskaya pravda” gazetalarida rasmiy eʼlon qilinsin hamda viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilab qoʻyilsinki, mazkur qaror ommaviy axborot vositalarida rasmiy eʼlon qilingandan soʻng kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari O. Axmedov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim Sh. GʻANIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 28-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat hokimining 2016-yil 28-martdagi 100-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda issiq suv hisoblash uskunasi oʻrnatilgan va oʻrnatilmagan markazlashgan issiqlik tarmogʻiga ulangan xonadonlar aholisiga xoʻjalik va sanitariya-gigiyena ehtiyojlari uchun issiqlik energiyasi va issiq suv tayyorlash boʻyicha talab qilinadigan issiqlik energiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MEʼYORLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Issiqlik tashkiloti nomi

Oʻlchov birligi

Ishlab chiqilgan issiqlik energiyasi meʼyorlari miqdori

markaziy isitish xizmati 1 m2 uchun bir oyga

issiq suv taʼminoti 1 m3 issiqlik uchun

issiq suv taʼminoti

(oʻlchov asbobi mavjud boʻlmagan holda) 1 odam uchun 1 oyiga

1.

Fargʻona viloyat “Issiqlik manbai” IChDK

Gkal

0,0182

0,056

0,230

2.

“Qirguli issiqlik manbai” MChJ

Gkal

0,0190

0,056

0,235

3.

“Quvasoy shahar “Issiqlik energiya ishlab chiqarish va servis” DUK

Gkal

0,0191

0,057

0,237

4.

Qoʻqon shahar “Issiqlik manbai” DIChK

Gkal

0,0204

0,055

0,206

5.

“Qoʻqonenergomarkaz” MChJ

Gkal

0,0182

0,0555

0,2012

6.

“Qoʻqonissiqlikenergo” MChJ

Gkal

0,0192

0,0555

0,206