18.04.2001 yildagi 178-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AHOLIGA KOMMUNAL XIZMAT KOʻRSATISHNI TAKOMILLASHTIRISHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kommunal xizmat koʻrsatish sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning yangi bosqichi toʻgʻrisida” 2001-yil 17-apreldagi PF-2832-son Farmoniga muvofiq hamda uy-joy mulkdorlari shirkatlarining samarali faoliyat koʻrsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, aholiga koʻrsatiladigan kommunal xizmatlar sifatini oshirish, kommunal xizmatlar haqining toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishi yuzasidan kollektiv masʼuliyatni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan jadvallarga muvofiq uy-joy mulkdorlari shirkatlari tashkil etilishiga koʻra uy-joylardan foydalanish boshqarmalari va tashkilotlarini tugatsinlar yoki ularni uy-joy mulkdorlari shirkatlari bilan shartnomalar boʻyicha uy-joylarga xizmat koʻrsatuvchi xususiy va boshqa nodavlat pudrat tashkilotlariga aylantirsinlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy mulkdorlari shirkatlari tashkil etishning tasdiqlangan jadvallari amalga oshirilishini taʼminlash uchun 1991-yilgacha qurilgan koʻp kvartirali uy-joylarni dastavval mukammal taʼmirlash chora-tadbirlarini koʻrsinlar, taʼmirlashni Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari va budjetdan tashqari manbalar hisobiga mablagʻ bilan taʼminlasinlar;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy mulkdorlari shirkatlarini omborxonalar va xoʻjalik ehtiyojlari uchun zarur boʻlgan turar joyga moʻljallanmagan binolar, shuningdek moddiy-texnika resurslari va jihozlar bilan taʼminlashga koʻmaklashsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda faoliyat koʻrsatayotgan har bir uy-joy mulkdorlari shirkati yer uchastkasi chegaralarini belgilasinlar va ularga belgilangan tartibda uchastkadan foydalanish huquqi yuzasidan davlat dalolatnomasi bersinlar. Belgilab qoʻyilsinki, yangi tashkil etilgan uy-joy mulkdorlari shirkatlariga yer uchastkalaridan foydalanish huquqi yuzasidan davlat dalolatnomasi ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin ikki oy mobaynida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimligi 2001-yil mobaynida shahardagi tumanlar kommunal-foydalanish boshqarmalarini tugatsin va ular negizida uy-joy mulkdorlari shirkatlariga, korxonalar va tashkilotlarga shartnoma asosida xizmat koʻrsatuvchi xoʻjalik hisobidagi avariya-tiklash xizmatlari tashkil etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari balansida boʻlgan turar joyga moʻljallanmagan binolarni va boshqa mol-mulkni ijaraga berishdan, shuningdek xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga tegishli boʻlgan hududdagi yakka tartibdagi garajlar va boshqa imoratlar egalaridan foydalanish xarajatlari uchun tushadigan mablagʻlar, ulardan keyinchalik aylanma mablagʻlarni toʻldirishda, uy-joyni mukammal tuzatish uchun moddiy-texnika resurslari zaxirasini yaratishda foydalanish uchun shirkatlarning depozit hisob raqamlariga oʻtkaziladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 9–10-son, 85-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tijorat banklariga xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga joriy va mukammal taʼmirlashni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnika resurslari, asbob-anjomlar va jihozlar sotib olish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari kafilligi ostida imtiyozli kreditlar berish tavsiya etilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 9–10-son, 85-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mamlakatning barcha hududi uchun kommunal xizmatlar tarif siyosatining yagona prinsiplarini joriy etish maqsadida “Oʻzkommunxizmat” agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda kommunal xizmatlarga tariflarni shakllantirishda xarajatlar tarkibini aniqlash metodikasini qayta ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 1-yanvargacha boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda gaz, suv, issiqlik taʼminoti, markaziy isitish va kanalizatsiya xizmatlari koʻrsatishda texnologik nobudgarchiliklarning cheklangan normativlarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 29-yanvardagi 47-f-son farmoyishiga muvofiq Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil boshqarmasi huzurida tashkil etilgan kommunal xizmatlarga tarif siyosati boʻyicha doimiy ishlovchi ishchi guruh Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda mahalliy boshqaruv organlari tomonidan tasdiqlanadigan uy-joy kommunal xizmatlarga tariflar, shuningdek kommunal xizmatlar koʻrsatuvchilarga tariflardagi farqni qoplash uchun budjetdan ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi ustidan doimiy monitoring olib borilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mablagʻlar yigʻilishini takomillashtirish maqsadida fuqarolarning arizalari boʻyicha ularning ish joyidagi ish haqidan tegishlicha ushlab qolish yoʻli bilan uy-joy-kommunal xizmatlar uchun haq toʻlanishini tashkil etish amaliyotini keng qoʻllasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi tomonidan kommunal xizmatlar uchun toʻlovlar har bir tijorat banki muassasasi va toʻlov qabul qilish kassalari orqali toʻlanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 127-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2005-y., 19-20-son, 143-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilansinki, uy-joy mulkdorlari va uy-joyni ijaraga oluvchilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal xizmatlar uchun avans sifatida toʻlangan toʻlovlarga, ushbu davrda tegishli tariflar koʻpaygan taqdirda qoʻshimcha haq toʻlashdan ozod etiladilar (oʻn ikki oydan ortiq boʻlmagan davr uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud qarzlar ular tomonidan 2001-yil 1-iyulgacha boʻlgan davrda toʻlangan taqdirda muddati oʻtkazib yuborilgan toʻlovlar summasidan penya toʻlashdan ozod etiladilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy-kommunal xizmatlar uchun 2001-yil 1-yanvargacha vujudga kelgan qarzlarni “Indeksatsiya” maxsus hisob raqamlaridan omonatlarni muddatidan oldin olish hisobiga toʻlashlari mumkin, ushbu mablagʻlar tegishli bank tomonidan omonatchilarning belgilangan namunadagi toʻlov topshiriqnomasi asosida naqdinasiz hisob-kitob yoʻli bilan uy-joy-kommunal xizmatlar koʻrsatuvchi hamda elektr energiyasi yetkazib beruvchi korxonalarga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joyning umumiy foydalaniladigan joylariga texnik xizmat koʻrsatish va kommunal xizmatlar koʻrsatish boʻyicha namunaviy shartnoma (kontrakt) 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-yanvardagi 9-sonli qarori bilan chiqarib tashlangan — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 15-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Oʻzkommunxizmat” agentligi va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (mahalla qoʻmitalari) bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nukus shahrida, viloyat markazlarida va Toshkent shahrida uy-joy mulkdorlari shirkatlari xodimlari va aholi bilan kommunal xizmat koʻrsatish sohasini isloh qilish, shirkatlar faoliyatini tashkil etish va ularning aholiga kommunal xizmatlar koʻrsatuvchi korxonalar bilan oʻzaro munosabatlari masalalari boʻyicha doimiy ishlovchi seminarlar tashkil etsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy-kommunal xizmatlar uchun oʻz vaqtida hisob-kitob qilish yuzasidan kollektiv masʼuliyat tizimi samarali faoliyat koʻrsatayotgan tumanlarning toʻplangan ijobiy tajribasini ommalashtirishga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Hukumatning 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Oʻzkommunxizmat” agentligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarorga muvofiq tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida bir oy muddatda takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 18-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
178-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 18-apreldagi 178-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turar joyning umumiy foydalaniladigan joylariga texnik xizmat koʻrsatish va kommunal xizmatlar koʻrsatish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY SHARTNOMA (KONTRAKT)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi oʻrinlarda “Buyurtmachi” deb ataladigan _________________ ________________uy-joy mulkdorlari (Yagona buyurtmachi xizmati, Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati) bir tomondan, Ustav asosida va uy-joy fondidan foydalanish korxonasi nomidan ish koʻruvchi, keyingi oʻrinlarda “Bajaruvchi” deb ataluvchi_____________________ikkinchi tomondan, mazkur shartnoma (kontrakt)ni quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar.
(1-ilova kirish qismi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 9–10-son, 85-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Shartnoma mavzusi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.__________________________shahar,__________________tuman____________________________koʻchasi, ______________________uydagi manzilda joylashgan umumiy maydoni_________kv.m. boʻlgan uy-joyning umumiy foydalaniladigan obyektlarini texnik xizmat koʻrsatish uchun dalolatnoma boʻyicha “Buyurtmachi” topshiradi, “Bajaruvchi” esa qabul qilib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Texnik xizmat koʻrsatiladigan umumiy foydalaniladigan obyektlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tom;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻlaklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lift xoʻjaligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik yertoʻlalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bittadan ortiq kvartiraga xizmat koʻrsatuvchi muhandislik-texnik asbob-uskunalar va tarmoqlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxtalar — (lift, axlat oʻtish, gaz oʻtish shaxtalari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kvartiralar ichidan oʻtuvchi muhandislik-texnik asbob-uskunalar va tarmoqlarning xizmat koʻrsatish chegaralari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joʻmrakkacha suv quvurlari shahobchalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatorgacha isitish tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gaz tarmoqlari, shu jumladan gaz plitasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joʻmrakkacha issiq suv taʼminoti tarmogʻi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Tomonlarning majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Bajaruvchi” quyidagilarni oʻz zimmasiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joydan texnik foydalanishning yagona qoidalari va normalariga rioya qilgan holda umumiy foydalaniladigan obyektlarga texnik xizmat koʻrsatilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy foydalaniladigan joylarni, uy ichki va kvartira ichki muhandislik tarmoqlarini (sovuq suv taʼminoti, issiq suv taʼminoti, kanalizatsiya, issiqlik tirgaklari va tarmoqlari, tom va zinapoya kataklari) zarur holatda saqlashni taʼminlovchi mukammal va joriy tuzatish ishlarini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Buyurtmachi”dan asbob-uskunalar nosozligi toʻgʻrisida yozma buyurtma tushganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) sovuq va issiq suv taʼminoti va isitish asbob-uskunalarini 4 soatdan kechikmay tuzatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tomdan chakka oʻtishini bir kecha-kunduzda tuzatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) umumiy foydalaniladigan joylardagi elektr uskunalari nosozligini 1 kecha-kunduzda tuzatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) avariya tusidagi nosozlikni darhol tuzatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal xizmatlar (issiq va sovuq suv berish, kanalizatsiya, isitish, gaz, axlatni chiqarish) oʻz vaqtida koʻrsatilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joyning yertoʻlasiga va tomiga begona shaxslarning kirishini toʻsish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish sifatining kafolatlangan darajasi va miqdori buzilishi munosabati bilan “Bajaruvchi”ning aybi bilan kelib chiqqan zararlarni “Buyurtmachi”ga qoplash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Burtmachi” quyidagilarni oʻz zimmasiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur shartnoma boʻyicha umumiy foydalaniladigan joylarga texnik xizmat koʻrsatish ishlari bajarilganligi, kommunal xizmatlar koʻrsatilganligi uchun oʻz vaqtida, biroq hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunidan kechikmay haq toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joylardan texnik foydalanishning yagona qoidalari va normalariga hamda turar joylardan va uy atrofidagi hududdan foydalanish qoidalariga muvofiq umumiy foydalaniladigan joylardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kvartirada yoki turar joyga kirish joylarida oʻrnatilgan barcha oʻlchov priborlarining saqlanishi va uzluksiz ishlashini taʼminlash, ular ishdan chiqqan taqdirda bir kecha-kunduzdan kechikmay “Bajaruvi”ga yozma ravishda xabar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhandislik kommunikatsiyalarini ivirsitmaslik va ularning oldini toʻsib qoʻymaslik hamda sanitariya va yongʻinga qarshi talablarga rioya qilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avariya vaziyatida istalgan vaqtda “Bajaruvchi”ga turar joyga kirish imkoniyatini berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Tomonlarning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Buyurtmachi” quyidagi huquqlarga egadir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur shartnomaga muvofiq ishlar notoʻliq va sifatsiz bajarilgan taqdirda umumiy foydalaniladigan joylarga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq toʻlash summasi qayta hisoblab chiqilishini “Bajaruvchi”dan talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlar “Bajaruvchi” tomonidan oʻz vaqtida bajarilmagan taqdirda ushbu ishlarni oʻz kuchlari bilan bajarish, xarajatlarni esa “Bajaruvchi”ning hisobiga oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy foydalaniladigan joylarga texnik xizmat koʻrsatishga va koʻrsatilgan kommunal xizmatlarga yoʻnaltirilgan pul mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobotni talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bajaruvchi” bilan kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda sudga murojaat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz majburiyatlari muddatida bajarilmaganda yoki zarur darajada bajarilmaganda “Bajaruvchi” “Buyurtmachi”ga muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun xizmat koʻrsatish yoki xizmatlar qiymatining 1 foizi miqdorida penya toʻlaydi. Undirilgan penya miqdori ishlar (xizmatlar)ning umumiy qiymatidan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Bajaruvchi” quyidagi huquqlarga egadir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
materiallar, energiya manbalari, yoqilgʻi va hokazolar narxlari oshgan taqdirda umumiy foydalaniladigan joylarga texnik xizmat koʻrsatish uchun haq toʻlash tarifini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi taklif bilan, biroq bir yilda bir martadan koʻp emas, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga murojaat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun kechiktirilgan toʻlovlar summasining 0,5 foizi miqdorida penya hisoblash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy va undan koʻp vaqt davomida kommunal xizmatlar uchun haq toʻlanmagan taqdirda (uzishdan 3 kun oldin isteʼmolchini suv va gaz taʼminoti manbalaridan uzib qoʻyish, “Buyurtmachi” hisobidan haq toʻlangandan keyin ulash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Buyurtmachi” bilan kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda sudga murojaat qilish.
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Alohida shartlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
_________________________________________________________________
‎_________________________________________________________________
‎_________________________________________________________________‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Shartnoma muddati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur Shartnoma 200____ yil “______” _________dan 200_____yil “_____”___________gacha muddatga tuzildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur Shartnoma imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur Shartnoma shartlari, agar ushbu oʻzgarishlar uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga zarar yetkazmasa, tomonlarning kelishuviga binoan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq oʻzgartirilishi mumkin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Shartnoma bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan ikki nusxada tuzildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir nusxa “Buyurtmachi”da ikkinchi nusxasi “Bajaruvchi”da qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Tomonlarning rekvizitlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachi‎‎ Bajaruvchi‎
Manzil:_____________________
‎____________________________
‎Bank hisob raqami:___________
‎FO_________________________
‎Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami______________________‎
Manzil:_____________________ ‎____________________________ ‎Bank hisob raqami:___________ ‎FO_________________________ ‎Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami______________________‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: “Bajaruvchi”ning funksiyalarini xizmatlarni bevosita isteʼmolchiga koʻrsatgan holda kommunal xizmatlar koʻrsatuvchi korxonalar (suv taʼminoti, kanalizatsiya, issiqlik, gaz elektr taʼminoti, axlatni tashish va boshqa turlar) bajargan taqdirda, “Xizmatlar koʻrsatuvchi” va “Buyurtmachi” oʻrtasida mazkur shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarni taʼminlashning umumiy prinsiplariga amal qilgan holda xizmatlarning har bir turi boʻyicha alohida shartnomalar tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-yanvardagi 9-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 15-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 18-apreldagi 178-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq Komissarlari Sovetining “Oʻzbekiston SSR shaharlarida dvorniklar toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1943-yil 31-maydagi 649-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. KPSS Markaziy Komiteti va SSSR Ministrlar Sovetining “Mamlakatda sogʻliqni saqlashni yanada yaxshilash va meditsina fanini rivojlantirish tadbirlari toʻgʻrisida” 1968-yil 5-iyuldagi qarori yuzasidan Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1968-yil 8-avgustdagi 386-son qarori (OʻzSSR QT, 1968y., 6-son, 42-modda) 12-bandining “v” kichik bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. SSSR Ministrlar Sovetining “Shaxsiy pensiyalar toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1977-yil 19-dekabrdagi 1128-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1978-yil 14-yanvardagi 11-son qarori (OʻzSSR QT, 1978-y., 1-son, 2-modda)ga ilova qilingan Shaxsiy pensiyalar toʻgʻrisidagi Nizomning 27-28-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. KPSS Markaziy Komiteti va SSSR Ministrlar Sovetining “Ulugʻ Vatan urushi qatnashchilarining moddiy-maishiy sharoitlarini yanada yaxshilash tadbirlari toʻgʻrisida” 1978-yil 10-noyabrdagi 907-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1978-yil 11-dekabrdagi 738-son qarori (OʻzSSR QT, 1978-y., 12-son, 44-modda) 2-bandining “d” kichik bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. SSSR Ministrlar Sovetining “harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatdan isteʼfoga chiqarilgan shaxslar va ularning oilalari uchun imtiyozlar toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1981-yil 17-fevraldagi 193-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1981-yil 2-martdagi 179-son qaroriga ilova qilingan harbiy xizmatchilar, harbiy majburiyatlilar, harbiy xizmatdan isteʼfoga chiqarilgan shaxslar va ularning oilalari uchun imtiyozlar toʻgʻrisidagi Nizomning 25-26-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. SSSR Ministrlar Sovetining “Vatan urushi nogironlari va halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning oilalari uchun imtiyozlar toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1981-yil 23-fevraldagi 209-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1981-yil 2-martdagi 182-son qaroriga ilova qilingan Vatan urushi nogironlari va halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning oilalari uchun imtiyozlar toʻgʻrisidagi Nizomning 17-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1981-yil 7-iyuldagi 544-son qarori (OʻzSSR QT, 1981-y., 7-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan Vatan urushi invalidlariga va boquvchisidan judo boʻlganligi sababli halok boʻlgan harbiy xizmatchi uchun pensiya olayotgan oilalarga turar joy maydoni va kommunal xizmatiga haq toʻlash, shuningdek, Vatan urushi invalidlariga passajir transportida qatnash yuzasidan imtiyozlar berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning I boʻlimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSRda Vatan urushining invalidlari va halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning oilalari uchun belgilangan imtiyozlar toʻgʻrisida hamda SSSR Ministrlar Sovetining 1981-yil 23-fevraldagi 209-son qarorida koʻrsatilgan imtiyozlarni qoʻllanish tartibi haqida” 1981-yil 11-maydagi 407-son qarori (OʻzSSR QT, 1981y., 5-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan Vatan urushi invalidlari va halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning oilalari uchun belgilangan imtiyozlar roʻyxati III boʻlimining 3-bandi va IV boʻlimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. KPSS Markaziy Komiteti va SSSR Ministrlar Sovetining “Ulugʻ Vatan urushi qatnashchilarining, halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning oilalari, Sovet Ittifoqi qahramonlari va Shuhrat ordenining uchala darajasi bilan mukofotlangan kishilarning moddiy-maishiy sharoitlarini yanada yaxshilash masalasi boʻyicha” 1984-yil 26-iyuldagi 812 va 813-son qarorlari yuzasidan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1984-yil 4-sentabrdagi 456-son qarori 1-bandi “i” kichik bandining beshinchi xat boshi, “k” va “l” kichik bandlari va 2-bandining “g” kichik bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. KPSS Markaziy Komiteti va SSSR Ministrlar Sovetining “Ulugʻ Vatan urushi qatnashchilari uchun tayinlangan imtiyozlarni Leningrad shahri qamalda boʻlgan davrda shaharning korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida ishlagan hamda “Leningrad mudofaasi uchun” medali bilan mukofotlangan grajdanlarga joriy etish toʻgʻrisida” 1985-yil 14-maydagi 416-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1985-yil 14-iyundagi 311-son qarori (OʻzSSR QT, 1985y., 6-son, 26-modda) 1-bandining “a” kichik bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. KPSS Markaziy Komiteti va SSSR Ministrlar Sovetining “Aholi salomatligini yanada yaxshilash va sogʻliqni saqlashning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1988-yil 20-iyundagi 764-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1988-yil 31-oktabrdagi 392-son qarori 19-bandi “j” kichik bandining toʻrtinchi xatboshi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston Koʻrlar jamiyatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va uning sotsial sohasini rivojlantirish choralari toʻgʻrisida” 1990-yil 28-iyundagi 251-son qarori (OʻzSSR QT, 1990y., 6-son, 21-modda)ning 7-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-avgustdagi 237-sonli qaroriga asosan 2016-yil 1-yanvardan boshlab oʻz kuchini yoʻqotadi — OʻR QHT, 2015-y., 32-son, 432-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston SSR Energetika va elektrlashtirish vazirligi tizimidagi hamda SSSR Energetika va elektrlashtirish vazirligining Oʻzbekiston SSR hududida joylashgan korxonalaridagi kadrlarni mustahkamlash boʻyicha ayrim chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1991-yil 1-iyundagi 152-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Pensiyalar, stipendiyalar va noishlab chiqarish soha xodimlarining lavozim maoshlari miqdorlarini oshirish toʻgʻrisida” 1992-yil 8-yanvardagi 3-son qarori 5-bandining turar joy-kommunal xizmatlar boʻyicha imtiyozlarni joriy qilishga oid qismi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarining professor-oʻqituvchilari tarkibiga, ilmiy xodimlariga va oʻquv-yordamchi xodimlariga qoʻshimcha imtiyozlar berish haqida” 1992-yil 5-fevraldagi Farmonini bajarish choralari toʻgʻrisida” 1992-yil 13-martdagi 128-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshi.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 8-son, 40-modda; 2004-y., 1-2-son, 15-modda; 2005-y., 19-20-son, 143-modda; 2007-y., 9-10-son, 85-modda; 2009-y., 25-son, 288-modda; 2015-y., 32-son, 432-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)