Fargʻona viloyat hokimining
Qarori
Viloyatda maishiy chiqindilarni yigʻish, saqlash va tashib ketish faoliyatini tartibga solish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 72-modda) asosan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 14-avgustdagi “Aholiga sotiladigan yoqilgʻi, energiya va koʻrsatiladigan xizmatlar chakana narxlari hamda tariflarini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida”gi 381-sonli, 2013-yil 3-dekabrdagi “Respublika aholi punktlarida sanitariya jihatdan tozalash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 315-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 49-son, 632-modda) hamda 2014-yil 15-iyuldagi 194-sonli ( Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 30-son, 368-modda) qarori bilan tasdiqlangan “Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatish qoidalari” ijrosini taʼminlash maqsadida, shuningdek bu boradagi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2015-yil 2-oktabrdagi BYu/15-04-34-26/125-1827-sonli xatini inobatga olgan holda, hududlarda qattiq va maishiy chiqindilarni toʻplash, tashish va utilizatsiya qilish xizmatlarini takomillashtirish hamda sanitariya holatni yaxshilash maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2015-yil 2-oktabrdagi BYu/15-04-34-26/125-1827-sonli xati maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Xududlarda qattiq va maishiy chiqindilarni toʻplash hamda olib chiqib ketish xizmatlari tariflarining miqdorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Obodonlashtirish boshqarmalari hamda sanitar tozalashga ixtisoslashtirilgan tashkilot rahbarlariga:
viloyatdagi barcha yuridik va jismoniy shaxslarga koʻrsatiladigan xizmatlar uchun shartnomalar tuzilishini hamda koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha toʻlovlarni undirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrib borish;
xizmat koʻrsatadigan tashkilotlardagi mavjud avtotransport vositalarini avtomatlashtirilgan nazorat tizimi (GPS) uskunalari bilan jihozlash;
xizmat koʻrsatadigan tashkilotlardagi sanitar tozalash xizmati abonentlari va koʻrsatilayotgan xizmatlar hisob-kitobini avtomatlashtirish maqsadida “Billing” dasturini joriy qilish;
bir hafta muddatda aholi punktlari hududidan chiqindi tashishning kunlik reja-grafigini ishlab chiqib, tuman (shahar) hokimi tasdigʻiga kiritishsin va ushbuni fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamkorligida aholi eʼtiboriga yetkazishni taʼminlash;
oʻz faoliyat davomida zararsiz chiqindilarning vujudga kelishi meʼyorlari, sanitariya-gigena qoidalari va boshqa meʼyoriy xujjatlarga qatʼiy amal qilgan holda ish olib borilishi;
koʻrsatilayotgan xizmat sifatini va samaradorligini oshirib borish maqsadida, ish faoliyati davomida paydo boʻladigan boʻsh aylanma mablagʻlar hisobidan tashkilotning moddiy texnik bazasini rivojlantirib borish, qoʻshimcha va yangi texnika, transport, asbob-uskunalar va jihozlar xarid qilib borish;
aholi punktlarida joylashgan maishiy chiqindilarni toʻplash xandaqlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish;
obodonlashtirish boshqarmalarida texnikalarni yangilash boʻyicha ochilgan alohida shaxsiy gʻazna hisob raqamiga mablagʻlarni oʻz vaqtida va toʻliq tushishini qatʼiy nazoratga olish vazifalari yuklatilsin.
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq joylarda sanitar tozalov korxonalari tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va tashib kelish xizmatlari uchun hisob-kitoblarni amalga oshirishda hududda faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlari, yuridik va jismoniy shaxslar, pasport tizimi boʻyicha doimiy roʻyxatdan oʻtgan manzilidan qatʼiy nazar, yashayotgan manzilida oila sonidan kelib chiqib, hisoblanishi va toʻlanish tartibi belgilansin.
5. Viloyatda mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxona va tashkilot rahbarlari, oʻz hududlarida hosil boʻlgan qattiq va maishiy chiqindilarni tasdiqlangan tariflar boʻyicha tashib chiqarish yuzasidan xizmat koʻrsatayotgan sanitar korxonalar bilan shartnoma tuzilishini, shuningdek koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha toʻlovlarni oʻz vaqtida hisob-kitob qilib borilishini amalga oshirsinlar.
6. Markaziy bank Fargʻona viloyati bosh boshqarmasi (Egamov)ga Obodonlashtirish boshqarmalari va ixtisoslashtirilgan sanitar korxonalari tomonidan xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari va nazoratchi (kassir)lar oʻrtasida 3 tomonlama mehnat shartnomasini tuzish orqali yollanma kassirni belgilash va aholidan pul toʻlovlarini yigʻishni yoʻlga qoʻyishni taʼminlash, bank mijozlaridan qattiq va maishiy chiqindi tashib chiqarish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida hisob-kitob qilib borilishini nazorat qilib borilsin.
7. Barcha tuman (shahar) hokimlariga bir hafta muddatda:
hududlarda qattiq va maishiy chiqindilarni tashib ketish, xizmat koʻrsatish boʻyicha tariflarni belgilash yuzasidan qabul qilgan hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirishsin va viloyat hokimligiga axborot berishsin.
8. Mazkur qaror “Fargʻona haqiqati” va “Ferganskaya pravda” gazetalarida eʼlon qilinsin hamda hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
9. Mazkur qaror rasmiy nashrda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari O. Ahmedov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim Sh. GʻANIYEV
Fargʻona sh.,
2016-yil 22-aprel,
140-son
Viloyat hokimining 2016-yil 22-apreldagi 140-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Hududlarda qattiq va maishiy chiqindilarni toʻplash hamda olib chiqib ketish xizmatlari tariflarining
MIQDORLARI
|
T/r |
Tuman (shahar) nomi |
Aholiga bir oy uchun |
Yuridik tashkilotlarga 1 m³ uchun |
|
1. |
Fargʻona shahar |
2000 |
30000 |
|
2. |
Qoʻqon shahar |
1400 |
23500 |
|
3. |
Quvasoy shahar |
1800 |
20880 |
|
4. |
Margʻilon shahar |
1500 |
14654 |
|
5. |
Bagʻdod tumani |
1300 |
21500 |
|
6. |
Beshariq tumani |
1300 |
21500 |
|
7. |
Buvayda tumani |
1300 |
21500 |
|
8. |
Dangʻara tumani |
1300 |
21500 |
|
9. |
Yozyovon tumani |
1300 |
21500 |
|
10. |
Oltiariq tumani |
1300 |
21500 |
|
11. |
Qoʻshtepa tumani |
1300 |
21500 |
|
12. |
Rishton tumani |
1300 |
21500 |
|
13. |
Soʻh tumani |
1300 |
21500 |
|
14. |
Toshloq tumani |
1300 |
21500 |
|
15. |
Uchkoʻprik tumani |
1300 |
21500 |
|
16. |
Fargʻona tumani |
1300 |
21500 |
|
17. |
Furqat tumani |
1300 |
21500 |
|
18. |
Oʻzbekiston tumani |
1300 |
21500 |
|
19. |
Quva tumani |
1300 |
21500 |