22.04.2016 yildagi 139-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyat hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat joylarida tartibni saqlash, obodonlashtirish va sanitariya qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi yillarda shahar va tumanlar qiyofasini tubdan oʻzgartirish, aholi punktlarining infratuzilmasini rivojlantirish va hududlarni obodonlashtirish ishlariga katta eʼtibor qaratilib, zamon talablariga mos qator turar joy binolari, maʼmuriy va madaniy-maishiy binolar, taʼlim, sport va tibbiyot muassasalari, yangi istirohat bogʻlari va xiyobonlar bunyod etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahar va tumanlar hududlarining yanada obod boʻlishi uchun mavjud madaniy-meros obyektlari, bunyod etilgan bino-inshootlarga eʼtibor va gʻamxoʻrlik bilan qarashi, viloyatni yanada goʻzal va maftunkor boʻlishi yoʻlida har bir fuqaro oʻz hissasini qoʻshishga harakat qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ozodalik va tartibni saqlash, koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish ishlarini yanada yaxshilash, har bir bino, inshoot va uy-joylarni talab darajasida saqlash ustuvor vazifalardan biridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) hamda “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 38-modda) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi kodeksining 6-moddasi ijrosini taʼminlash, shuningdek viloyatda fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash, aholi turmush darajasini hamda aholi punktlarida sanitariya va ekologik vaziyatni yanada yaxshilash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jamoat joylarida tartibni saqlash, obodonlashtirish va sanitariya qoidalari (keyingi oʻrinlarda — Qoidalar) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi (Sultanov), Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi (Yakubov), Tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi (Roziqov), Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi (Xoʻjamatov), Davlat soliq boshqarmasi (Teshaboyev), shahar va tuman hokimliklari mazkur qaror bilan tasdiqlangan Qoidalarga qatʼiy rioya etilishini oʻz nazoratiga olsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat hokimining oʻrinbosarlari, shahar va tuman hokimlari ushbu qaror bilan tasdiqlangan Qoidalar talablarini amalga oshirish yuzasidan zaruriy chora-tadbirlar belgilasinlar va har oy yakuni bilan ushbu masala muhokama etib borilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat hokimining oʻrinbosari (Imomov)ga jamoat joylarida tartibni saqlash, obodonlashtirish va sanitariya Qoidalari talablari bajarilishini taʼminlash maqsadida joriy yilning may oyining birinchi oʻn kunligida viloyatning barcha mahalla va qishloq fuqarolar yigʻinlari raislari ishtirokida kengaytirilgan seminar yigʻilishi oʻtkazish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qaror “Fargʻona haqiqati” va “Ferganskaya pravda” gazetalarida rasmiy eʼlon qilinsin hamda viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qaror Xalq deputatlari Fargʻona viloyati Kengashining navbatdagi sessiya tasdigʻiga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari O. Axmedov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim Sh. GʻANIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 22-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
139-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat hokimining 2016-yil 22-apreldagi 139-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat joylarida tartibni saqlash, obodonlashtirish va sanitariya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Qoidalar viloyat markazi, shaharlar, tumanlar markazlari va boshqa aholi punktlari hududida jamoat tartibini saqlash, obodonlashtirish va sanitariya qoidalariga rioya qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy fondi — inson yashashi uchun yaroqli boʻlgan turar joydan, shu jumladan uylar, kvartiralar, xizmat turar joylari, maxsus uylardan (yotoqxonalar, vaqtinchalik uy-joy fondi uylari, nogironlar, faxriylar, yolgʻiz qariyalar uchun internat-uylar, shuningdek bolalar uylari va boshqa. maxsus maqsadli uylardan) iborat boʻlgan fond.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joylar — uylar, koʻp kvartirali uylardagi kvartiralar, boshqa imoratlardagi yashash uchun moʻljallangan xonalar va oʻzga turar joylar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkati (keyingi oʻrinlarda — XUJMSh) koʻp kvartirali bitta yoki yaqin, zich joylashgan, obodonlashtirish elementlari boʻlgan umumiy yer uchastkasi bilan qamrab olingan bir nechta uydagi xususiy turar joylar mulkdorlarining birlashmasidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obodonlashtirish — aholi hayoti uchun qulay va madaniy shart-sharoitlarni yaratish maqsadida hududlarni muhandislik jihatidan tayyorlash, yoʻllar qurish, hududlarni tozalash, zaxini qochirish, koʻkalamzorlashtirish va irrigatsiyalash tadbirlarini amalga oshirish, mikroiqlimni yaxshilash, havo havzasi, ochiq suv havzalari va tuproqni ifloslanishdan himoya qilish, u yoki bu hududni qurilish uchun yaroqli holga keltirish va belgilangan maqsadda normal foydalanish, amalga oshiriladigan shovqinlar darajasini kamaytirish ishlarining yigʻindisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obodonlashtirish obyektlari — koʻchalar, tor koʻchalar, yoʻllar, markaziy maydonlar, yoʻlkalar, koʻpriklar, yer osti yoʻllari, yoʻlovchilar yer osti oʻtish yoʻllari, koʻchalar, aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va ularning dam olishlari uchun foydalaniladigan obyektlar (madaniyat va istirohat bogʻlari, bogʻlar, xiyobonlar), sement sugʻorish ariqlari tarmoqlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilar — ishlab chiqarish yoki isteʼmol qilish jarayonida xomashyo, materiallar, xomaki mahsulotlar, boshqa buyumlar yoki mahsulotlarning hosil boʻlgan qoldiqlari, shuningdek oʻzining isteʼmol xususiyatlarini yoʻqotgan tovarlar (mahsulotlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish chiqindilari — qurilish, tiklash, taʼmirlash va turar joy uylarini, maʼmuriy binolarni, koʻp qavatli uyning xonadonlarini buzish ishlari chogʻida vujudga keladigan chiqindilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Obodonlashtirish obyektlarida jamoat tartibini saqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Viloyat aholisi oʻrnatilgan jamoat tartibiga rioya qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sport va boshqa shovqinli oʻyinlar maxsus ajratilgan maydonchalarda soat 700 dan — 2400 gacha oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Madaniyat muassasalari, savdo, umumiy ovqatlanish va boshqa korxonalar xodimlari mahalla vakillari bilan birgalikda jamoat tartibini buzish hollarini oldini olish uchun barcha zarur chora-tadbirlarni koʻrishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar man etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchalarda, stadionlarda, xiyobonlarda, istirohat bogʻlari va boshqa jamoat joylarida (spirtli ichimliklarni quyib sotish ruxsat berilgan umumiy ovqatlanish korxonalari bundan mustasno) spirtli ichimlik isteʼmol qilish, insoniy qadr-qimmatga va ijtimoiy axloqqa dogʻ tushirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haqoratli soʻzlar ishlatish, pul va buyumlar tikkan holda qimorbozlik qilish, qarta oʻynash va hokazolar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilanmagan joylarda choʻmilish, fuqarolarning choʻmilish kiyimlarida plyajdan tashqari joylarda yurishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat joylarida, xususan belgilanmagan hududda hamda koʻcha va yoʻllarning qatnov qismida transport vositalarini yuvish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
itlarni belgilanmagan joylarda va aholi yashash joylarida tumshuq bandi kiygizilmagan holda sayr ettirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik va mayda shoxli chorva mollari, ot, eshaklar hamda xonaki parrandalarni koʻchalar, maydonlar, istirohat bogʻlari va boshqa jamoat joylariga qoʻyib yuborish yoki boqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar tomonidan avtotransport bekatlari, koʻchalar boʻyida hamda maktabgacha tarbiya muassasalari, maktablar, tibbiyot muassasalari, kollej va litseylarga tutash hududlarda tamaki, saqich, pista, uyda tayyorlangan taomlar, salqin ichimliklar va boshqa mahsulotlar bilan savdo qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maishiy va qurilish chiqindilarini belgilanmagan joylarga tashlash yoki yigʻish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Jamoat joylarida sanitariya talablariga rioya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Fuqarolar barcha jamoat joylarida tozalikka va tartib-intizomga rioya qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Aholi yashash punktlari, mahallalar, koʻchalar, maydonlar, ochiq suv havzalarining sohillari, koʻpriklar, yer osti oʻtish yoʻllari, yoʻlkalar, bogʻlar, xiyobonlar, maydonlar hamda boʻsh turgan yer maydonlarini chiqindi va qor uyumlaridan tozalash — ushbu Qoidalarda belgilangan tartibda tegishliligi boʻyicha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, shirkatlar, ijarachilar, uy egalari yoki maxsus qaror bilan ushbu hududga biriktirilgan tashkilot zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Hududga biriktirilgan tashkilot, korxona va muassasalar quyidagi shartlarni bajarishga majburlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) zarur boʻlgan miqdorda farroshlarni jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yigʻilgan chiqindilarni maxsus ajratilgan joylarga vaqtida chiqarib tashlashni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qish paytlarida tevarak-atrofni qor uyumlari, muzdan oʻz vaqtida tozalash, balkonlar va bino karnizlarini sumalaklardan tozalash, yoz paytlarda suv sepib, supurish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tashkilotlar, muassasalar, bino-inshootlar hamda uy egalari ular egallab turgan binolar atrofida quyidagilarni taʼminlashi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududni ozoda tutishi, qishda qor va muzdan tozalashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binoning asfalt koʻchagacha yoxud asfaltlanmagan koʻchaning oʻrtasigacha, koʻpriklarni, ariqlarni, yoʻlka va yoʻlaklarni, gulzorlarning marzasigacha tozalashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tevarak-atroflarni saranjom-sarishtalash ishlarini bahor va yoz oylarida ertalab soat 700 gacha, kuz-qish mavsumida esa ertalab soat 800 gacha tugallash hamda butun kun davomida ozodalikni taʼminlab turishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona binolari va uylarni koʻngildagidek saranjom-sarishta tutish, oʻz vaqtida taʼmirlab turish, binolarning fasad qismini boʻyash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus ajratilgan joylarda chiqindi yigʻish qutilarini oʻrnatishi va belgilangan vaqtlarda olib ketilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindi yigʻish qutilari qoʻyilgan maydonchalar muntazam ravishda tozalanib, dezinfeksiya tadbirlari amalga oshirilib turilishi (turar joy mavzelarida — xizmat koʻrsatuvchilar, yakka tartibda uy-joylarda — uy egalari, korxona va muassasalarda — maʼmuriyat tomonidan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchalarning qatnov qismini, maydonlar va jamoat transporti bekatlarini (soʻnggi bekatdan tashqari) tozalash (yuvish, suv sepish, chiqindi, qor va muzdan tozalash) shahar (tuman) obodonlashtirish boshqarmalari, tegishli ixtisoslashtirilgan boshqarmalar hamda jamoat transporti bekatini ijaraga olgan tashkilotlar (fuqarolar) tomonidan bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilayotgan binolarni va ularga tutash hududlarni tozalash qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy uylari boʻlgan fuqarolarga maishiy chiqindilarni olib chiqib tashlash miqdori har bir oila aʼzosiga belgilanadi, yirik va mayda shoxli chorva mollari, choʻchqa va parranda boqqan kishilar tomorqasidan, bogʻidan goʻng, chiqindilar, qurilish chiqindilarini tashib ketganlik uchun belgilangan tartibda haq undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Shirkatlar, yotoqxona binolari, korxona, muassasa, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining rahbarlari, ijarachilar, quruvchilar binolar va qurilishlar yoʻlkalarining har 50 metr oraliq masofasida maxsus belgilangan mayda chiqindilarni yigʻish qutilarini oʻrnatishlari va ularni oʻz vaqtida tozalab turishni taʼminlashlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ixtiyorlarida uy-joylar, maʼmuriy va ishlab chiqarish binolari boʻlgan korxonalar, tashkilotlar, muassasalar rahbarlari, shirkatlar raislari, shuningdek shaxsiy uylari boʻlgan fuqarolar quyidagi talablarni bajarishlari shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) binolarga koʻrsatgich yorliqlari va uyning tartib raqami yozilgan peshlavhalar ilib qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) koʻp qavatli uylarning yoʻlaklarini, koʻchalarni elektr chiroqlari bilan yoritilishini doimiy ravishda taʼminlash, qorongʻi tushishi bilan ularni yoqib qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) har bir uyning koʻcha tomonida yer ariq yoki betonlangan ariqlar qurib oqova suvlarni toʻsiqsiz oqib oʻtishini, mavjud ariqlarni esa ozoda saqlanishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Savdo, umumiy ovqatlanish va maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari, shu jumladan, dorixonalar oʻz obyektlarining fasad qismini, tevarak-atroflarini toza va tartibli boʻlishini taʼminlashlari, noqonuniy eʼlon, axborot va reklama vositalarini joylashtirmasliklari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Yoʻlovchi tashish transport korxonalari hamda balansida avtotransport va mexanizmlar mavjud boshqa korxona, tashkilotlar transport vositalarini shahar, tuman koʻchalariga toza, benuqson holda chiqarishlari, transportlarni kundalik ravishda avtokorxonalardagi yoki boshqa maxsus belgilangan joylardagi yuvish joylarida yuvib, tozalanishini taʼminlashlari zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Jamoat transportining soʻnggi bekatlarini tozalash shartnomaga binoan shahar, tuman obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Qurilish va taʼmirlash ishlari olib borilayotgan paytlarda qurilish maydonlari devorlar bilan toʻsilishi, piyodalar yoʻlaklari toʻsilib qolgan taqdirda ushbu devor yoqalab kengligi kamida 1,5 metr boʻlgan panjarali taxta yoʻlak oʻrnatilishi, shuningdek temir-beton yotqizilgan kirish yoʻli uskunalanishi, koʻchalarni ifloslantirmaslik uchun transportlarni tozalaydigan, qurilish chiqindilari va tuproqni namlaydigan moslama boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish maydonlarini toʻsiqlar bilan oʻrash va tartibga keltirish ishlari tuman (shahar) Obodonlashtirish boshqarmalari hamda Ichki ishlar boshqarmasining Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi lozim va shundan keyingina qurilish ishlariga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Koʻchalarni iflos qilishi mumkin boʻlgan yuklar, qurilish chiqindilari, qum va tuproq faqat maxsus jihozlangan yuktransportlarda namlangan holda tashilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchalarni ifloslantirish hollarining oldini olish maqsadida, bunday yuklar ortilgan yuk transportlar ustini brezent bilan yopish tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Shahar, tuman hududlarini kuzgi — qishki mavsumda tozalash ishlari har yili 1-oktabrdan 1-martgacha belgilanadi. Bunda, koʻchalarni xazondan, qor uyumlari, muz, chiqindi, loydan tozalash, zarur boʻlib qolgan taqdirda koʻchalarning qatnov qismiga hamda yoʻlovchilar uchun yoʻlkalarga qum va tuz sepish ishlarini bajarish koʻzda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Koʻchalar, maydonlar, xiyobonlar va yoʻlovchilar uchun yoʻlkalarni qor uyumi va muzlardan tozalash ishlari qor tushishi bilanoq boshlanadi. Bu ishlar transport hamda yoʻlovchilarning bemalol qatnovini taʼminlash uchun dastavval markaziy (asosiy) koʻchalardan boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Koʻchalarning qatnov qismiga, maydonlarga, chorrahalarga qiyaliklarga mexanizatsiyalashgan usulda qum va tuz sepish ishlarini bajarish ixtisoslashtirilgan boshqarmalar hamda tuman obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan rejali ravishda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tashkilotlar, korxonalar, muassasalar, shirkatlar hamda shaxsiy uylari boʻlgan fuqarolar zarur uskunalarga ega boʻlishlari, oʻzlariga tegishli yoʻl va yoʻlkalarni qordan tozalashlari va qum sepib turishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Viloyat hududlarini hamisha ozoda va saranjom — sarishta tutish maqsadida, har shanba kunlari “Tozalik kunlari” deb tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, savdo obyektlari, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat, transport korxonalari, oʻquv yurtlari, shirkatlar, mahalla faollari, butun aholi oʻz tevarak atrofidagi hududlarni tozalab turishi, sugʻorish tarmoqlarini tozalashlari hamda dov-daraxtlarni parvarish qilib borishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Quyidagilar man etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) koʻchalar, aylanma koʻchalar, yoʻllar, markaziy maydonlar, yoʻlkalar, koʻpriklar, tunnellar, yoʻlovchilar oʻtadigan yer osti yoʻllari, suv havzalarining qirgʻoqlari, aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini va hordiq chiqarishini qondirish uchun foydalaniladigan obyektlar (madaniyat va istirohat bogʻlari, bogʻlar, xiyobonlar)ga barcha turdagi chiqindilarini va oqova suvlarni tashlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tashqi va alohida qismlari shahar va tumanlarning tozaligi va koʻrki talablariga javob bermaydigan darajada ifloslangan yoxud koʻcha va yoʻllarni ifloslantirish ehtimoliga ega transport vositalarining shahar boʻylab harakat qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) uylar hamda jamoat joylarning old tomonlariga belgilangan toʻsiqdan tashqari har qanday toʻsiqlar oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) koʻcha tomonga qaratilgan balkonlarga har xil roʻzgʻor buyumlarini ilish va qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) kiyim-kechak, gilam, koʻrpa-toʻshak singari buyumlarni ruxsat etilmagan joylarda quritish, tozalash va changini qoqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) belgilanmagan joylarga eʼlon, axborot va reklamalarni yopishtirish, binolar fasadiga noqonuniy axborot va reklama vositalarini joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo) ariqlarga hovuzlar qazish, har xil toʻsiqlar tashlash, ularga suvda yashovchi parrandalarni qoʻyib yuborish, kir yuvish, magʻzava oqizish uy hayvonlarini choʻmiltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) koʻchalar, bogʻlar, maydonlar va hovlilarda supurindi va xazonlarni yoqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) koʻcha va yoʻlkalarni qazish, koʻchalarda gʻisht quyish hamda qurilish materiallarini uyib qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) belgilanmagan joylarda, norasmiy ravishda oziq-ovqat va sanoat mollari, uy-roʻzgʻor buyumlari, kiyim-kechak va poyabzal sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
y) fuqarolar tomonidan noqonuniy ravishda oziq-ovqatlari (taomlar, salqin ichimliklarni va hokazo) sotish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noqonuniy ravishda sotilayotgan mahsulotlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda musodara qilinadi va oʻrnatilgan tartibda yoʻq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Savdo, umumiy ovqatlanish korxonalari va boshqa tashkilotlar tomonidan koʻchalar, maydonlar va yoʻlkalarda sanoat mollari, sabzavot-meva va boshqa turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini sotishni tashkil qilinganda, shahar, tuman hokimliklari tomonidan rasmiylashtirilgan tegishli ruxsatnoma boʻlishi hamda sanitariya-gigiyena va savdo qoidalariga qatʼiy rioya qilishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Oʻsimlik dunyosining yashil boyliklari kimga qarashli boʻlishidan qatʼi nazar, ular shahar, tumanlarning daxlsiz yashil fondi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Oʻsimlik dunyosining yashil boyliklarini saqlash hamda parvarish qilish masʼuliyati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) maydonlar hamda koʻchalarda — shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) madaniyat va istirohat bogʻlar, xiyobonlar, — bogʻlarning rahbarlari hamda shahar, tuman hokimliklarining Madaniyat va sport ishlari boʻlimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) uylarda eshik oldidan koʻchaning qatnov qismi va hovlilarda-shirkatning raislari, binolar, mahalla raislari, uy egalari hamda ijarachilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) korxona, muassasa, maktab, shifoxona va boshqa tashkilotlar hududlarida — shu tashkilotlarning maʼmuriyati zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Obodonlashtirish boshqarmalari daraxtlar va butalarning shox-shabbalarini oʻz vaqtida kesib turishlari, ularga shakl berishlari, shahar, tumanlardagi transport qatnaydigan yoʻllarga alohida eʼtibor berishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daraxtlarni kesish, ularga shakl berish, kavlash, koʻkalamzorlashtirish ishlari tashkilotlar, korxonalar, muassasalar buyurtmasiga binoan ularning hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Zararlantirilgan yoki nobud qilingan har bir tup daraxt oʻrniga aybdor shaxs tomonidan koʻchat oʻtqazilishi va parvarish qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Quyidagilar man etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) daraxtlarni, butalarni sindirish, ularni tilib, oʻyib yozish, belanchak osish, arqonlar, sim bogʻlash, mixlar qoqish, mevalar, shox-shabbalar, gullarni uzish, daraxtlarning sharbati va yelimini olish, maysazorlar ustidan yurish, daraxtlarga eʼlon, axborot va reklamalarni osish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) aholi yashash mavzelarida, bolalar bogʻchalari va maktab maydonlaridagi oʻtirgichlar, qutilar, chiroqlar, panjaralarni buzish, bogʻlar va xiyobonlardagi shu kabi buyumlar va uskunalarni buzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Tabiatni muhofaza qilish viloyat qoʻmitasi, Obodonlashtirish boshqarmalari va shahar, tuman hokimliklarining ruxsatisiz daraxt va butalarni, shu jumladan qurib qolgan va kasallangan daraxt koʻchatlarini joyidan qoʻzgʻatish, kavlab tashlash, kesish va shakl berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) turar joy binolari oraligʻi va xususiy xonadonlar atrofidagi hududlarni sabzavot-poliz ekinlari ekish maydonlariga aylantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) kimyoviy moddalar, sanoat chiqindilari bilan ifloslangan suvlar va boshqa zararli moddalar hamda suyuqliklarni koʻchatlar tagiga yoxud uning atroflariga toʻkish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Turar joy fondini saqlash va yaroqli holda tutish boʻyicha javobgarlik masʼuliyati toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Shahar va tuman hokimliklari, tashkilot va korxonalarga qarashli turar joy binolari va turar joy xonalari fuqarolarga belgilangan tartib boʻyicha doimiy yoki vaqtincha foydalanish uchun beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Istiqomat qiluvchilar uylarning jihozlariga, turar joy va yordamchi binolarga, uylarning uskunalari, podyezdlarga, xonadonlarga, shuningdek bino hovlisining va unga tutash boʻlgan hududlardagi dov daraxtlarga zarar yetkazganliklari uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar sanaladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Istiqomat qiluvchi yoki uning oila aʼzolari tomonidan turar joy vayron qilinsa yoxud unga shikast yetkazilsa hamda bu haqdagi tegishli ogohlantirish va jamoatchilik taʼsiridan toʻgʻri xulosa chiqarilmagan hollarda aybdor shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda, boshqa turar joy berilmasdan koʻchirib yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Xususiy uylarning egalari, ularni orasta saqlashi, taʼmirtalab ahvolga kelgan uylarni arxitektura talablariga binoan joriy taʼmirlashi hamda binoning fasad qismini koʻrkam qilishga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Balansida turar joy binolari boʻlgan korxona, tashkilotlar, xususiy uy-joy mulkdorlar shirkati (XUJMSh) va uy-joylardan foydalanish idora(JEK)lari, istiqomat qiluvchilar hamda uy egalari quyidagilarga rioya qilishlari shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1994-yil 28-iyunda 325-son qaror bilan tasdiqlangan “Turar joylarni va uy atrofidagi yerlarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalariga”ga qatʼiy rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) koʻp qavatli turar joy binolarining xonadonlaridagi hamma xonalar — bevosita istiqomat qilinadigan xonalar hamda yordamchi xonalar, umum foydalaniladigan joylar va qoʻrgʻon hovlisi hamisha toza va saranjom boʻlishi va ulardan maqsadga muvofiq foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) pashsha va boshqa shu kabi zararkunanda hasharotlarni yoʻqotish boʻyicha muntazam ravishda tadbirlar belgilab borish va profilaktik dezinfeksiya va deratizatsiya tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha tuman dezinfeksiya stansiyasi bilan shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) turar joylar uchun belgilangan yongʻinga qarshi kurash qoidalariga qatʼiy rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) elektr simlarini uzilmaganligini (turar joy xonalari va umum foydalaniladigan joylarda) kuzatib borish, biron-bir nuqson koʻzga tashlanganda darhol XUJMSh, Uy joylardan foydalanish idorasi (JEK) yoki tuman, shahar elektr tarmogʻiga xabar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) gaz jihozlariga toʻgʻri munosabatda boʻlib, ularni ishdan chiqish hamda buzilishidan asrash, gazdan foydalanish qoidalariga qatʼiy amal qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo) sanitariya-texnika jihozlarining sozligini va vodoprovod hamda kanalizatsiya tizimlarining toʻgʻri ishlayotganini kuzatib borish, suv oqib ketishini, rakovina va unitazlarning ifloslanishining oldini olish boʻyicha shoshilinch tadbirlar belgilash. Markaziy isitish tizimining isitish jihozlarini hamisha soz holda saqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Uylarning hovlilari hamisha ozoda boʻlishi, qishki paytlarda hovlilarda turar joy binolariga hamda xizmat xonalariga olib kiradigan yoʻlaklar tozalanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Taʼmirdan chiqarilayotgan uylardan, qurilish chiqindilari taʼmirlar-qurilish tashkilotlarining kuchi va mablagʻi bilan har kuni tashib ketilishi kerak. Trotuarlar va yoʻlaklarning oʻtish qismiga qurilish chiqindilarini tashlash va saqlash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. XUJMSh va Uy-joylardan foydalanish idorasi (JEK)ning rahbarlari, uy egalari va uylarga bevosita rahbarlik qilish zimmasiga yuklatilgan boshqa shaxslar uylaridagi tartibni doimo saqlashlari, har kuni binoning tashqi koʻrinishi hamda uning ayrim qismlari hisoblangan balkon, karniz, tarnov va yer toʻlalarning texnikaviy holatini kuzatib borishlari kerak. Tomlar va tarnovlarni oʻz vaqtida chiqindilardan, xazondan va qordan tozalashlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. XUJMSh va Uy-joylardan foydalanish idorasi (JEK) rahbarlari, farroshlar zinapoyalarni va maydonchalarni, uyga tutash boʻlgan hudud, trotuar va koʻchalarni hamisha toza turishini, suv sepib turilishini taʼminlashlari, shuningdek, har bir turar joy binosida hovlining hamda unga tutashgan hududning sanitariya holatiga masʼul boʻlgan kishilarni nomlari yozilgan peshtaxtalarni ilib qoʻyishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Turar joy fondlari va uning jihozlariga zarar yetkazgan xonadonlarning sanitariya holati buzilishida aybdor boʻlgan shaxslarga nisbatan zarur talabchanlik koʻrsatmagan XUJMSh, Uy-joylardan foydalanish idora (JEK)lari, tashkilot va idoralarning rahbarlari buning uchun shaxsan javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Shahar va tuman hokimliklari quyidagilarni amalga oshirishlari shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) uy, mavze va mahalla faollari, injener-texnik xodimlar va farroshlar faoliyatini turar joy fondlaridan foydalanishni yaxshilashga hamda shikastlanishida aybdor boʻlgan kishilarni qonun boʻyicha javobgarlikka tortishga qaratishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) XUJMSh, Uy-joylardan foydalanish idora (JEK)lari, mahalla faollari hamda aholining turar joy binolar va hovlilarni saqlashni yaxshilashga qaratilgan tashabbuslarni har taraflama qoʻllab-quvvatlash, ilgʻor tajribani keng ommalashtirish, uy xoʻjaliklariga xizmat koʻrsatishning jamoatchilik asosidagi formalarini ragʻbatlantirish (xonadonlardagi mayda nuqsonlarni bartaraf qilish, dov-daraxtlarni parvarish etish).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Quyidagilar man etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) turar joy xonalarini va umum foydalaniladigan joylarni oʻzboshimchalik bilan qayta jihozlash yoxud qayta rejalashtirish (panjaralar oʻrnatish, ularni oʻrnidan qoʻzgʻatish va olib tashlash, eshiklarni almashtirish, eshik oʻrnini qaytadan qurish, yashash xonasi va yordamchi binolar qurish, isitish jihozlari, sanitariya-texnika uskunalari, plitalar, elektr hisoblagichlarning oʻrnini almashtirish, balkonlarga va peshayvonlarga deraza oʻrnatish va panjara qilish, koʻchaga qaragan balkonlarga sim tortib kir va boshqa narsa yoyish, balkonlarga har xil idishlarni uyib qoʻyish).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Istiqomat qiluvchilar va uy egalari tomonidan turar joylarni oʻzboshimchalik bilan qayta qurish va ichki tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish man etiladi. Oʻzboshimchalik bilan kiritilgan oʻzgartirishlar va qurilishlar XUJMSh, Uy-joylardan foydalanish idora (JEK)lari hamda shahar, tuman arxitektura va qurilish boʻlimlarining talabiga koʻra oʻz hisoblaridan bartaraf etilishi va xonalarni avvalgi holatiga keltirib qoʻyilishi shart. Mazkur talab bajarilmasligi, xonalarni avvalgi holiga keltirish ishlarini yuqorida qayd etib oʻtilgan idoralar kuchi bilan bajarilishiga va xarajatlarni qonun hujjatlariga muvofiq xonadon egalaridan undirib olinishiga asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) turar joy binolarining hovlilarida, maxsus ajratib qoʻyilgan joydan tashqarida har xil buyumlar va idishlarni qoʻyish hamda saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) nuqsoni boʻlgan elektr simlardan foydalanish, elektr simlarni mixga ilib qoʻyish, ularga gulli qogʻozlar yopishtirish, simlarga arqonlar bogʻlash, roliklarga, elektr simlariga, armaturalarga har xil buyumlarni ilib qoʻyish, qoʻlbola probkalardan foydalanish, elektr chiroqlarini qogʻoz va boshqa materiallar bilan oʻrash, elektr dazmollar, elektr choynaklar, elektr plitalardan va boshqa turdagi elektr buyumlaridan oʻtga chidamli tagliklarsiz foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) gaz plitalaridan xonalarni isitish uchun foydalanish, gaz plitalari ustiga kiyim va boshqa buyumlarni ilish, gaz trubalariga arqonlar bogʻlash, yosh bolalarning gazdan foydalanishiga yoʻl qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) radiator kranlaridan issiq suv olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Ushbu boʻlimdagi qoidalarning bajarilishini nazorat qilib borish, shahar va tuman hokimliklari, XUJMSh, Uy-joylardan foydalanish boshqarmasi (JKU), “Vodiygaztaʼminot” unitar korxonasi viloyat boshqarmasi, shahar va tuman boʻlimlari, Ichki ishlar idoralari, obodonlashtirish boshqarmalari, Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati hamda Davlat veterinariya boshqarmasining zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Ushbu Qoidalarga viloyat hududidagi barcha jismoniy va yuridik shaxslar (mulkchilik shaklidan qatʼi nazar) rioya etishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoidalar talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 5, 6-moddalariga muvofiq ushbu Kodeksning 90, 109, 110, 161, 162-moddalariga, 164-moddasining ikkinchi qismiga, 168-moddasiga binoan maʼmuriy javobgarlikka tortilishi mumkin.