Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 28.06.1994 yildagi 325-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DAVLAT UY-JOY FONDI XUSUSIYLAShTIRILIShI MUNOSABATI BILAN NORMATIV HUJJATLARNI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi, davlat uy-joy fondining asosiy qismi fuqarolarning mulkiga aylanganligi, uni saqlash va undan foydalanish shart-sharoitlarining oʻzgarganligi munosabati bilan hamda bozor munosabatlariga oʻtishda aholini ijtimoiy himoya qilish qoidalarini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi kommunal uy-joy fondi toʻgʻrisidagi va turar joyni ijaraga olish haqidagi nizomlar 1 va 2-ilovalarga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(qarorning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-fevraldagi 170-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2019-y., 09/19/170/2672-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 28-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
325-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 28-iyundagi 325-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi kommunal uy-joy fondi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xususiylashtirish huquqisiz ijara shartlarida foydalaniladigan maqsadli kommunal uy-joy fondi mehnatga layoqatsiz, yolgʻiz, keksa shaxslar, pensionyerlar va ularning oila aʼzolari, uy-joyga ehtiyoji boʻlgan birinchi marta qurilgan yosh oilalar, fuqarolarning boshqa kam taʼminlangan toifalari uchun, agar ularning jon boshiga oladigan oylik daromadi eng kam ish haqidan past boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan roʻyxat boʻyicha (1-ilova), davlat hokimiyatining joylardagi organlari huzurida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joyga muhtoj boʻlgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar kommunal uy-joy fondi uylaridagi turarjoylar bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taʼminlanadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-avgustdagi 164-sonli qaroriga muvofiq ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 31-son, 260-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kommunal uy-joy fondidan foydalanish va unga xizmat koʻrsatish tegishli hokimlikka bevosita boʻysunadigan uy-joy fondidan foydalanish va unga kommunal xizmat koʻrsatish korxonalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Uy-joy fondidan foydalanish va unga kommunal xizmat koʻrsatish korxonasi uning saqlanishini va undan tegishlicha foydalanilishini taʼminlaydi, shuningdek, fuqarolar tomonidan turar joylardan va uy atrofidagi yerlardan foydalanish qoidalariga rioya qilinishini nazorat qiladi, belgilangan tartibda olingan order asosida ijaraga oluvchilar bilan mulkdor nomidan turar joyni ijaraga olish shartnomalarini tuzadi va shartnoma majburiyatlarining bajarilishini nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Turar joy maydonining normasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kommunal uy-joy fondi uylaridagi turar joyni ijaraga oluvchilar uchun turar joy maydonining normasi Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksida belgilangan turar joy maydoni normasiga muvofiq belgilanadi, lekin u bir kishiga 9 kvadrat metrdan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning ayrim toifalariga normadan ortiqcha turar joy maydoni bir xona sifatidagi yoki 10 kvadrat metr hajmidagi qoʻshimcha turar joy maydoni beriladi. Qoʻshimcha turar joy maydoni berish tartibi va shartlari, shuningdek, uni olish huquqiga ega boʻlgan fuqarolar toifalarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ortiqcha turar joy maydoni uchun haq, ijaraga oluvchi tomonidan amaldagi tarifning uch baravari miqdorida toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Uy-joyni hisobga olish va taqsimlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Turar joyga, shuningdek, turar joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni hisobga olish 2-ilovada bayon qilingan shart-sharoitlar mavjud boʻlgan taqdirda tegishli hokimlik tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kommunal uy-joy fondidan turar joy bilan taʼminlash uchun fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan roʻyxatga muvofiq hisobga olish uchun qabul qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Turar joy maydonini olish uchun navbatda turish huquqi fuqarolar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshiga koʻra, nogironligi yoki kasalligi tufayli pensiyaga chiqishganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oiladagi boquvchisini yoʻqotganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlarida harbiy xizmatni oʻtashga ketganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet elda ishlash uchun va boshqa ishga uyushgan tarzda yuborilganda saqlab qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Fuqarolarning tegishli hokimlik tomonidan qabul qilingan arizalari dastlab turar joy maydonini hisobga olish va taqsimlash komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi, komissiya ariza beruvchining turar joy sharoitlarini tekshirib chiqqandan keyin tegishli dalolatnoma tuzadi, hisobga qoʻyish yoki rad etish haqida taklif kiritadi, u hokimlik qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Hokimlikning kommunal uy-joy fondidan turar joy berish haqidagi qarori asosida tegishli hokimlik fuqaroga taqdim etilgan turar joyga koʻchib kirish uchun birdan-bir asos boʻladigan yagona namunadagi orderni beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Order faqat boʻsh boʻlgan xolis turar joyga berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Birinchi navbatda turar joy buzilish holatidagi uylarda, yertoʻlalarda, baraklarda, turar joy maydoni bir kishiga 5 kvadrat metrdan kam boʻlgan kvartiralarda yashayotgan fuqarolarga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Fuqarolar turar joy olish uchun hisobdan quyidagi hollarda chiqariladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobga olingandan keyin turar joy sharoitlari yaxshilangan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi yashaydigan boshqa joyga doimiy yashash uchun koʻchib ketgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobga olish uchun asos boʻlgan sabablar bekor boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joy sharoitlarini yaxshilashga muhtojligi haqida haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlar berilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Turar joyni ijaraga olish shartnomasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Turar joyni ijaraga olish shartnomasi boʻyicha birinchi tomon (ijaraga beruvchi) ikkinchi tomon (ijaraga oluvchi)ga turar joyni haq evaziga yashash uchun berish majburiyatini oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joydan foydalanish uy-joy egasidan vakolat olgan uy-joy fondiga xizmat koʻrsatish va uni tuzatish boʻyicha tegishli korxona bilan turar joyni egallash huquqini beruvchi order berilgan fuqaro oʻrtasida turar joyni ijaraga olish shartnomasini tuzish orqali rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Turar joyni ijaraga olish shartnomasi boʻyicha kvartira, bir yoki bir necha xonadan iborat boʻlgan alohida turar joygina ijaraga berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Xonaning bir qismi yoki umumiy kirish joyi boshqa xona bilan bogʻlangan xona (tutash xonalar) turar joyni ijaraga olish shartnomasining mustaqil predmeti boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Agar turar joyni ijaraga olish shartnomasi muayyan muddatga tuzilgan boʻlsa, ijaraga oluvchi shartnoma muddati tamom boʻlgandan keyin kommunal uy-joy fondida yashash huquqini beradigan hujjatlarni taqdim etganda shartnomani yangilash huquqiga ega boʻladi. Ijaraga beruvchi tomonidan bu huquqqa ijaraga oluvchi shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmagan taqdirda sud orqali eʼtiroz bildirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Turar joyni ijaraga oluvchi va u bilan birga yashovchi boshqa shaxslar turar joydan shartnomaga muvofiq foydalanishga, uni yaroqli holda tutishga, turar joyning saqlanishi toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilishga, uydagi barcha yashovchilarga turar joy va yordamchi binolardan bemalol foydalanish imkoniyati berilishi uchun birgalikda yashash qoidalariga rioya etishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Turar joyni ijaraga oluvchi bilan bir qatorda u bilan birga yashovchi oila aʼzolari ijara shartnomasidan kelib chiquvchi huquq va majburiyatlarga ega boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oilaning ijaraga oluvchi bilan birga yashovchi balogʻatga yetgan aʼzolari ushbu shartnomadan kelib chiquvchi majburiyatlar boʻyicha ijaraga oluvchi bilan baravar javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ijaraga oluvchining oila aʼzolari deb, u bilan birga yashovchi xotini, ularning bolalari va ota-onalari, amaldagi qonunchilikka muvofiq boshqa shaxslar tan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Agar ushbu Nizomning 21-bandida qayd etilgan fuqarolar ijaraga oluvchining oila aʼzosi boʻlmay qolsalar, biroq ijaraga olingan turar joyda yashashni davom ettirsalar, ular shartnomalar boʻyicha ijaraga oluvchi va uning oila aʼzolari kabi birday huquq va majburiyatlarga ega boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ijaraga oluvchi oʻzi ijaraga olgan turar joyga ushbu turar joyda yashovchi va turar joydan foydalanish huquqiga ega boʻlgan barcha balogʻatga yetgan fuqarolarning yozma roziligini olib oʻz xotini, oʻz bolalarini va xotinining bolalarini, ota-onasini, mehnatga layoqatsiz boqimandalarni, boshqa shaxslarni belgilangan tartibda koʻchirib kiritishga haqlidir. Balogʻat yoshiga yetmagan bolalarni ota-onalarinikiga koʻchirib kelish uchun ushbu turar joyda yashovchi va turar joydan foydalanish huquqiga ega boʻlgan qolgan fuqarolarning roziligi talab qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ushbu uyga koʻchib kirgan shaxslar, agar uyga koʻchib kirish paytida ular oʻrtasida yozma holdagi boshqacha bitishuv boʻlmasa, oilaning boshqa qolgan barcha aʼzolari bilan teng huquqlardan foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Kvartira haqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Kommunal uy-joy fondidagi turar joydan foydalanganlik, unga xizmat koʻrsatganlik va uni tuzatganlik uchun haq toʻlash ijaraga oluvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan stavkalar boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ijaraga oluvchi turar joyni saqlaganlik, uni tuzatganlik va undan foydalanganlik uchun haqni kommunal uy-joy fondi uylaridagi turar joyni ijaraga olish shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda oʻz vaqtida toʻlashga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Turar joy maydonini birkitib (bronlashtirib) qoʻyish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ijaraga olish shartnomasi boʻyicha ijaraga oluvchi yoki uning oila aʼzolari, shuningdek, ular bilan birga yashovchi va turar joydan ular bilan teng asoslarda foydalanuvchi fuqarolar tomonidan egallangan turar joylar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet elga ishlash uchun xizmat safarlariga yuborilganda chet elda boʻlgan butun vaqt mobaynida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatga chaqirilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiy davolash hollarida saqlab (bronlashtirib) qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Bu fuqarolarga tegishli hokimlik tomonidan ijaraga beruvchiga koʻrsatish uchun turar joyni saqlash guvohnomasi (bron) beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ijaraga oluvchi kommunal uy-joy fondiga qarashli uydagi bronlashtirib qoʻyilgan turar joyga bron amal qiladigan muddat mobaynida ijaraga qoʻyish shartnomasi boʻyicha vaqtincha yashovchilarni koʻchirib kiritishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ijaraga oluvchi yoki uning oila aʼzolari qaytib kelgach, ular bronlashtirib qoʻyilgan turar joyni darhol boʻshatib berishni talab qilishga haqlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ijaraga qoʻyiluvchi yoki vaqtincha yashovchilar bu turar joyni boʻshatib berishdan bosh tortganlari taqdirda, ular ijaraga oluvchining talabi bilan boshqa turar joy bermasdan turib sud yoʻli bilan koʻchirib yuboriladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Agar ijaraga oluvchi va uning oila aʼzolari bron muddati tamom boʻlgandan keyin olti oy mobaynida turar joyni ularga qaytarib berishni talab qilmasalar, turar joyni ijaraga olish shartnomasi bekor qilingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Turar joylarni almashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Kommunal uy-joy fondidagi turar joyni ijaraga oluvchi oʻzi egallab turgan turar joyni ijaraga olish shartnomasi boʻyicha huquqlar va majburiyatlarni oʻzaro bergan holda kommunal uy-joy fondidagi boshqa ijaraga oluvchi egallab turgan turar joyga almashtirish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Kommunal uy-joy fondiga qarashli uylardagi ijaraga oluvchilar oʻrtasida turar joylarni almashtirishning rad etilishiga sud yoʻli bilan eʼtiroz bildirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Turar joyni almashtirish uchun ijaraga oluvchi bilan birga yashovchi uning balogʻatga yetgan oila aʼzolarining, shu jumladan, turar joy maydoniga egalik qilish huquqiga ega vaqtincha boʻlmagan oila aʼzolarining yozma ravishdagi roziligi talab qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Quyidagi hollarda turar joyni almashtirishga yoʻl qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar ijaraga oluvchiga u egallab turgan turar joyni ijaraga olish haqidagi shartnomani bekor qilish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisida daʼvo qoʻzgʻatilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar almashtirish chayqovchilik koʻrinishida yoki soxta tusda boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar almashtirilayotgan turar joylardan biri kommunal uy-joy fondiga qarashli uyda emas, balki boshqa har qanday uy-joy fondi (kooperativ, idoralarga qarashli, shaxsiy va boshqalar)ga qarashli boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar uy qulab tushay deb turgan yoki buzib tashlanishi lozim boʻlsa, yaʼni avariya holatida, unda bundan keyin normal yashash uchun yaroqsiz boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Shartnomaga bogʻliq holda Oʻzbekiston Respublikasidagi bir kishi boshqa-boshqa aholi yashaydigan joylardagi bir uyda yoki boshqa-boshqa uylarda yashovchi ikki, uch va undan ortiq ijaraga oluvchilar oʻrtasida almashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Ijaraga oluvchilarning foydalanishida boʻlgan muayyan turar joylar xona, kvartiragina almashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Ijaraga qoʻyish shartnomasi boʻyicha ularga berilgan turar joyda yashovchi ijaraga qoʻyiluvchilar va vaqtincha yashovchilar turar joylarni almashtirish huquqiga ega boʻlmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Turar joyni almashtirish uchun ruxsatnoma tegishli hokimlikning uy-joy organi tomonidan beriladigan almashtirish orderi bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Turar joyni almashtirish almashadigan tomonlar almashish ordyerlarini olgan paytdan boshlab sodir etilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Almashtirish orderi olingan kundan boshlab bir oy mobaynida haqiqiy boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Turar joyni qayta rejalashtirish, buzib boshqatdan qurish va mukammal tuzatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Turar joyni va yordamchi xonalarni buzib boshqatdan qurish va qayta rejalashtirish kvartirani yanada obod qilish maqsadini koʻzlabgina amalga oshirilishi mumkin va bu ishga ijaraga oluvchi, uning oila aʼzolari, kommunal uy-joy fondi egasi vakilining roziligi va tegishli hokimlikning ruxsatnomasi bilan yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Ijaraga oluvchi egallab turgan turar joyni mukammal tuzatish zarur boʻlgan taqdirda, ijaraga beruvchi ijaraga oluvchini tuzatish davrida ijaraga beruvchi tomonidan beriladigan boshqa turar joyga koʻchishini talab qilishga haqlidir. Bunda turar joyni ijaraga olish shartnomasi bekor qilinmaydi, lekin ijaraga oluvchi unga tuzatish davriga berilgan turar joy uchungina saqlash, tuzatish va foydalanish uchun haqini toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuzatish tugallangandan keyin ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga u ilgari egallab kelgan turar joyni berishni rad etgan taqdirda ijaraga oluvchi ushbu masala boʻyicha sudga murojaat qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. Uy-joyni ijaraga qoʻyish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Turar joyni ijaraga qoʻygan fuqarolar turar joy va kommunal xizmatlar haqi boʻyicha tovon olish huquqidan mahrum boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Ijaraga oluvchi vaqtinchalik joʻnab ketgan holda ijaraga beruvchi hamda oʻzi bilan birga yashovchi balogʻat yoshiga yetgan oila aʼzolarining roziligi bilan oʻzi egallab turgan turar joyni shartnoma boʻyicha ijaraga beruvchining oldida javobgarlikni saqlab qolgan holda ijaraga qoʻyishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Agar ijaraga qoʻyiluvchining koʻchib kirishi natijasida har bir yashovchiga toʻgʻri keladigan turar joy maydoni belgilangan sanitariya normasidan kam boʻlsa, ijaraga qoʻyish shartnomasi tuzilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Ijaraga qoʻyish shartnomasi boʻyicha turar joydan foydalanilganlik uchun haq toʻlash tomonlarning kelishuviga koʻra belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Ijaraga qoʻyish shartnomasining muddati tugaganidan keyin ijaraga qoʻyiluvchi shaxs bu shartnomani yangilashni talab qilishga haqqi yoʻq va ijaraga oluvchining talabi bilan turar joyni boʻshatib berishga majburdir, turar joyni boʻshatib berishni rad etgan taqdirda boshqa turar joy bermasdan turib sud yoʻli bilan koʻchirib yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X. Xizmat yuzasidan beriladigan turar joylar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Kommunal uy-joy fondiga qarashli xizmat yuzasidan beriladigan turar joylar oʻz mehnat majburiyatlarining turiga koʻra ish joyida yoki xizmat binosida yashashlari kerak boʻlgan fuqarolarga beriladi. Xizmat yuzasidan turar joylar berilishi mumkin boʻlgan xodimlar toifalari roʻyxati uy-joy fondining egasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Kommunal uy-joy fondida boʻlgan turar joy ushbu turar joy biriktirilgan tashkilotning taqdimnomasi boʻyicha tegishli hokimlikning qarori bilan xizmat yuzasidan beriladigan turar joylar sirasiga kiritiladi hamda hokimlik tomonidan beriladigan maxsus order boʻyicha beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Xodimga ish sharoitlari munosabati bilan mehnat shartnomasi boʻyicha xizmat yuzasidan beriladigan turar joydan foydalanish huquqi mehnat shartnomasi bekor qilinishi bilan bir vaqtda toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Xodim oʻzi egallab turgan turar joyni boʻshatishni rad etgan taqdirda oʻzi bilan birga yashovchi barcha shaxslar bilan birgalikda boshqa turar joy berilmasdan sud yoʻli bilan koʻchirib yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Quyidagi shaxslar boshqa turar joy bermasdan turib xizmat yuzasidan berilgan turar joylardan koʻchirilishi mumkin emas:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat yuzasidan turar joy bergan korxonada, muassasada, tashkilotda kamida oʻn yil ishlagan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona, muassasa, tashkilot tugatilishi munosabati bilan yoki xodimlar soni yoxud shtati qisqarganligi uchun ishdan boʻshagan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat yuzasidan turar joy berilgan, biroq vafot etgan xodimning oila aʼzolari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XI. Turar joyni ijaraga olish shartnomasini bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Turar joyni ijaraga oluvchi istalgan vaqtda shartnomani bekor qilish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Turar joyni ijaraga oluvchi va uning oila aʼzolari doimiy yashash uchun boshqa joyga joʻnab ketganda turar joyni ijaraga olish shartnomasi u egallab kelgan turar joy dalolatnoma boʻyicha ijaraga beruvchiga topshirilgan kundan boshlab bekor qilingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Turar joyni ijaraga olish shartnomasi ijaraga beruvchi tomonidan bekor qilinishi va ijaraga oluvchi oʻzi egallab turgan turar joydan sud yoʻli bilan va amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan asoslardan boshqacha tarzda koʻchirib yuborilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Shartnoma shartlari bajarilmagan taqdirda ijaraga beruvchi ijaraga oluvchini egallab turgan turar joy maydonidan boshqa turar joy bermasdan sud yoʻli bilan majburiy ravishda koʻchirib yuborish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi kommunal
uy-joy fondi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jon boshiga oʻrtacha oylik daromadi eng kam ish haqidan past boʻlgan taqdirda ijaraga olish shartnomasi boʻyicha kommunal uy-joy fondidan turar joy beriladigan fuqarolar toifalarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ulugʻ Vatan urushi qatnashchilari va baynalmilalchi jangchilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ofitsyerlar va muddatdan tashqari xizmatdan zaxiraga boʻshatilgan yoki isteʼfoga chiqqan harbiy xizmatchilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kasallikning ogʻir shakllariga chalingan fuqarolar, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tasdiqlagan roʻyxat boʻyicha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 16 yoshgacha 7 va undan ziyod bolalari boʻlgan koʻp bolali oilalar.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-avgustdagi 164-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 31-son, 260-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Gʻirt yetim bolalarni vasiylikka olgan oilalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Uch va undan ziyod mehnatga layoqatsiz oila aʼzolari boʻlgan, boquvchisini yoʻqotgan oilalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ishlamaydigan I va II guruh nogironlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Keksayib qolgan yolgʻiz pensionyerlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Bolalikdan nogiron boʻlib qolgan 16 yoshgacha yoki bolalikdan I va II guruh nogiron boʻlib qolgan bolalari boʻlgan oilalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Birinchi marta qurilgan yosh oilalar, agar ular yashab turgan joyda ikki tomonlama turar joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj deb topilsalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi kommunal
uy-joy fondi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kommunal turar joy fondidan uy-joy bilan taʼminlash uchun fuqarolarni roʻyxatga olishda zarur boʻlgan shart-sharoitlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Turar joy maydoniga ega boʻlmagan, xususiy kvartirada yoki yashash uchun yaroqsiz uy-joylar (baraklar, vaqtinchalik uylar, avariya holatidagi uylar, yertoʻlalarda yashovchi fuqarolar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir oila aʼzosi yetti kvadrat metrdan kam boʻlgan turar joy bilan taʼminlanganlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yotoqxonalarda, ishlab chiqarish va yordamchi xonalarda yashovchilar, mavsumiy va vaqtinchalik xodimlar, shuningdek, oʻqishlari sababli yotoqxonalarga koʻchib oʻtgan fuqarolar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Alohida shaxsiy schyotga ega boʻlgan, qarindoshlik aloqalari boʻlmagan ikki va undan koʻp oila boʻlib bir kvartirada yashovchilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Alohida kvartirada yashashga muhtoj boʻlgan, respublika Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan ayrim surunkali kasalliklarning ogʻir shakllariga chalinganlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-iyuldagi 345-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-fevraldagi 170-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2019-y., 09/19/170/2672-son)