Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.03.2024 03.11.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2836
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori, 03.11.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2836
Кучга кириш санаси
07.11.2016
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.03.2024
Hujjat 07.11.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki BOSHQARUVIning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarning toʻlanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 3-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2836]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 22-fevraldagi 109-son, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining 2024-yil 13-fevraldagi 2024-03-son va Markaziy bank Boshqaruvining 2024-yil 8-fevraldagi 4/2-sonli ““Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarning toʻlanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2836-5, 12.03.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-fevraldagi PF-4782-son “Aholining hojatmand qatlamlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-iyundagi 189-son “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarning toʻlanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 5-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 5-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-34-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 5-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
341-V-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 5-oktabrdagi 78, 2016-34 va 341-V-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarning toʻlanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuni (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son “Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga, Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-dekabrdagi 567-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yilgi davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi va 2014-yil 23-dekabrdagi 357-son “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq pensiyalarni toʻlashga xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisida Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining (bundan buyon matnda Pensiya jamgʻarmasi deb yuritiladi) xarajatlarini qoplash boʻyicha summalarning toʻlanishini va tashkilotlarning pensiya, nafaqa, 16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolaning ota-onalaridan biriga (vasiyga, homiyga) qoʻshimcha dam olish kuni uchun toʻlov va uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha imtiyozlar oʻrniga kompensatsiya pul toʻlovlarini (bundan buyon matnda pensiya va nafaqalar deb yuritiladi) amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yagona ijtimoiy toʻlov, shuningdek fuqarolar sugʻurta badallarining soliq toʻlovchilari, soliq solish obyekti, soliq solinadigan bazasi, imtiyozlar, ularni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yagona ijtimoiy toʻlov va fuqarolarning sugʻurta badallari stavkalari, shuningdek yagona ijtimoiy toʻlovning Pensiya jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi oʻrtasida taqsimlash miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblab chiqarish toʻlovchi tomonidan hisobot oyi uchun hisoblangan ish haqi fondi va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy toʻlov tashkilotlar tomonidan pensiya va nafaqalar, bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari va sanatoriy-profilaktoriylarning taʼminoti uchun biror-bir chegirmalarsiz hisoblab yozilgan summaning toʻliq hajmida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yagona ijtimoiy toʻlovni toʻlash uchun mablagʻlar toʻlovchilar tomonidan fermer xoʻjaliklari, mikrofirmalar va kichik korxonalar, shuningdek toʻlovchilarning boshqa toifalari boʻyicha alohida Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomada (roʻyxat raqami 2771, 2016-yil 30-mart) belgilangan tartibda Yagona gʻazna hisobvaragʻiga (bundan buyon matnda YAGʻH deb yuritiladi) oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ish kuni davomida YAGʻHga kelib tushgan va daromadlar boʻyicha tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida aks ettirilgan yagona ijtimoiy toʻlov summalari shu ish kuni davomida qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda avtomatik tarzda quyidagi tartibda ajratma qilinadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya jamgʻarmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasaba uyushmalari hududiy birlashmalariga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasining Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiga yagona ijtimoiy toʻlov boʻyicha ajratmalarning bir qismi koʻrinishida kelib tushgan mablagʻlar Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-apreldagi 117-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kasaba uyushmalari hududiy birlashmalariga yagona ijtimoiy toʻlov boʻyicha ajratmalarning bir qismi koʻrinishida kelib tushgan mablagʻlar quyidagi tartibda foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelib tushgan mablagʻlar umumiy miqdorining 70 foizi kasaba uyushmalari hududiy birlashmalari tasarrufida qoladi va kasaba uyushmalari hududiy birlashmalari tomonidan tasdiqlangan budjetlarga muvofiq sarflanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelib tushgan mablagʻlar umumiy miqdorining 30 foizi Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga, mablagʻlarni keyinchalik belgilangan tartibda sarflanishi uchun oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tashkilotlarning xodimlaridan davolanish va dam olishga yoʻllanmalar uchun qisman undiriladigan mablagʻlar xizmat koʻrsatuvchi banklar tomonidan kasaba uyushmalari hududiy birlashmalarining ikkilamchi depozit hisobvaraqlariga kirim qilinadi, kelib tushgan mablagʻlar keyinchalik mazkur Nizomning 7-bandida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan har kuni yagona ijtimoiy toʻlov boʻyicha kelib tushgan mablagʻlarga oid maʼlumotlar elektron shaklda axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalangan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Qonunga muvofiq Pensiya jamgʻarmasi xarajatlarini qoplash boʻyicha summalarni toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Pensiya jamgʻarmasiga Qonunning 12-moddasi “b” bandi va 14-moddasiga muvofiq, shuningdek xodimlarning mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini yoʻqotganlik va nogironlik pensiyalarini toʻlashga ketgan xarajatlarni qoplash Qonunning 66-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organlari Qonunning 12-moddasi “b” bandi va 14-moddasiga muvofiq, shuningdek xodimlarning mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini yoʻqotganlik va nogironlik pensiyalarini toʻlashga ketgan xarajatlar toʻgʻrisidagi Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida tashkilotlarning shaxsiy kartochkalariga hisoblash kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tashkilotlar har yili 1-fevralga qadar xodim Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshiga yetguniga qadar Qonunning 12-moddasi “b” bandiga muvofiq tayinlangan pensiyalarni toʻlashga ketgan oldingi yil uchun Pensiya jamgʻarmasining haqiqiy xarajatlarini toʻliq qoplaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar koʻrsatib oʻtilgan pensiyalarni toʻlashga oldingi yil uchun Pensiya jamgʻarmasining haqiqiy xarajatlari Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 23-dekabrdagi 357-son qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq pensiyalarni toʻlashga xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 11-bandiga muvofiq aniqlanadigan qoplash uchun zarur summalarning minimal miqdoridan kam boʻlsa, qoplash uchun zarur summalarning minimal miqdori toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotlar hisobot oyining 1-fevralidan kechikmagan holda, ular soliq hisobiga qoʻyilgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi hisob-kitobni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimlari har oyda Qonunning 12-moddasi “b” bandiga muvofiq pensiya toʻlangan oydan keyingi oyning beshinchi sanasiga qadar tashkilot soliq hisobiga qoʻyilgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda oʻtgan oyda pensiyalarni toʻlashga ketgan xarajatlar haqida maʼlumotni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, taqdim etilgan pensiyalarni toʻlashga ketgan xarajatlar haqida maʼlumot tashkilotlarning shaxsiy hisob raqamlar kartochkasida mazkur Nizomning 11-bandida koʻzda tutilgan muddatda toʻlanishi lozim boʻlgan summa sifatida aks ettiriladi. Bunda hisob-kitob boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan summa toʻlangan pensiya summasidan kam boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tashkilot soliq hisobiga qoʻyilgan joydagi Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimlari har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tomonidan taqdim etilgan mehnat shart-sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohat yetkazish xavfi boʻyicha ish oʻrinlarini attestatsiyadan oʻtkazish natijalarining davlat ekspertizasidan oʻtgan tashkilotlar hisobi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida davlat soliq xizmati organlarini mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi hisob-kitobni topshirishi lozim boʻlgan tashkilotlar haqida xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimlari har oyda Qonunning 14-moddasiga muvofiq pensiya toʻlangan oydan keyingi oyning beshinchi sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish markazlariga ishsiz maqomiga ega boʻlgan shaxslarga muddatidan oldin pensiyalar toʻlashga ketgan xarajatlarni qoplashga boʻlgan summalar toʻgʻrisidagi maʼlumotni taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir vaqtning oʻzida maʼlumot axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish markazlari har oyda Qonunning 14-moddasiga muvofiq tayinlangan pensiyalar toʻlovi amalga oshirilgan oydan keyingi oyning oʻn beshinchi sanasidan kechiktirmasdan ushbu xarajatlarni qoplaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Pensioner hisobda turgan joy boʻyicha Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari xodimlarning mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini yoʻqotganlik va nogironlik pensiyalari toʻlangan oydan keyingi oyning oʻninchi sanasiga qadar axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimi hisobda turgan joy boʻyicha davlat soliq xizmati organlariga amalga oshirilgan xarajatlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni yetkazadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Xodimlarning mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini yoʻqotganlik va nogironlik pensiyalari summalari tashkilotlar tomonidan mazkur pensiyalar toʻlangan butun davri uchun qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarajatlar toʻlovi har oyda pensiya toʻlangan oydan keyingi oyning oʻninchi sanasidan kechiktirmasdan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatib oʻtilgan xarajatlarni qoplash boʻyicha qarzdorliklar belgilangan muddatda toʻlanmagan taqdirda Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 23-dekabrdagi 357-son qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq pensiyalarni toʻlashga xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Pensiyalarni toʻlashga Pensiya jamgʻarmasi xarajatlarini tashkilotlar tomonidan qoplanishi 200110 mablagʻlar manbasi va daromadlar kodlari bilan daromadlarning quyidagi shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3999059 — xodimlarning mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini yoʻqotganlik va nogironlik pensiyalari boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3214102 — Qonunning 14-moddasiga asosan tayinlangan pensiyalar boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3214101 — Qonunning 12-moddasi “b” bandiga asosan tayinlangan pensiyalar boʻyicha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ish kuni davomida YAGʻHga kelib tushgan hamda 200110 mablagʻlar manbasi va 3999059 daromad kodi bilan daromadlarning tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida aks ettirilgan qoplanadigan summalar shu ish kuni davomida quyidagi ulushlarda ajratma qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablagʻlarning 85 foizi Pensiya jamgʻarmasining daromadiga ajratma qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablagʻlarning 15 foizi Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimlari uchun ochilgan 200110 mablagʻlar manbasi va 3214104 daromad kodi bilan daromadlarning tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga Pensiya jamgʻarmasi va Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi xodimlarini ijtimoiy rivojlantirish va moddiy ragʻbatlantirish maqsadida ajratma qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan har kuni Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlarini qoplanishi boʻyicha kelib tushgan mablagʻlarga oid maʼlumotlar elektron shaklda axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalangan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Xodimlarning mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini yoʻqotganlik va nogironlik pensiyalarini toʻlashga ketgan xarajatlar boʻyicha qarzdorligi mavjud yoki Qonunning 12-moddasi “b” bandiga asosan tayinlangan pensiyalarni toʻlashga ketgan xarajatlarni qoplash uchun hisob-kitob taqdim etuvchi tashkilot tugatilayotganda tugatuvchi Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimlaridan olingan maʼlumotlarga muvofiq tugatilayotgan tashkilot soliq hisobiga qoʻyilgan joy boʻyicha davlat soliq xizmati organlariga koʻrsatib oʻtilgan pensiyalarni toʻlashga ketadigan keyingi xarajatlarni ajratmalar amalga oshirilayotgan sanadagi pensiya miqdorini hisobga olgan holda kapitalizatsiya qilish uchun tegishli hisob-kitoblarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Tashkilotlar tomonidan pensiya va nafaqalar toʻlovi boʻyicha xarajatlarni amalga oshirilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari tashkilotning talabnomasiga muvofiq pensiya va nafaqalar toʻlovlari uchun mablagʻlarni moliyalashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotlar tomonidan Xarajatlarni toʻlashga Pensiya jamgʻarmasidan mablagʻlarni olishga talabnomalar (bundan buyon matnda talabnoma deb yuritiladi) mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda qogʻozda yoki elektron shaklda elektron hujjatga doir talablarga rioya etilgan holda mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun javobgarlik tashkilot zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Tashkilotlar keyingi oyning oʻninchi sanasidan kechiktirmasdan tashkilot soliq hisobiga qoʻyilgan joydagi Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlariga talabnomalarni taqdim etadilar. Tugallanmagan buxgalteriya balansiga ega tashkilotlar boʻyicha talabnomalar bosh tashkilotlar tomonidan ular soliq hisobiga qoʻyilgan joydagi Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlariga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, bola tugʻilganda beriladigan va dafn etishga bir martalik nafaqalar olishga talabnomalar bola tugʻilgan kundan yoki shaxs vafot etgan kundan boshlab 6 oydan kechiktirmasdan taqdim etilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma oʻrnatilgan tartibda rahbarlik vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs, buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs, shuningdek tashkilotning Ijtimoiy sugʻurta boʻyicha komissiya raisi tomonidan imzolangan boʻlishi lozim. Elektron hujjat tarzida taqdim etilgan tashkilotlar talabnomalari tashkilot rahbarining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar talabnomani qabul qilish muddatining soʻnggi kuni dam olish yoki bayram (ishlanmaydigan) kunlariga toʻgʻri kelib qolgan hollarda, keyingi ish kuni talabnomani qabul qilish muddatining soʻnggi kuni hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan talabnomalar Pensiya jamgʻarmasining axborot tizimi maʼlumotlari bilan taqqoslanadi, zarur boʻlganda tashkilotlardan pensiya va nafaqalar toʻlovlarini amalga oshirish uchun asos boʻlib hisoblangan birlamchi hujjatlar talab qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Birinchi marotaba talabnoma bilan murojaat qiladigan tashkilotlar Pensiya jamgʻarmasining axborot tizimida qayd etiladi va har bir tashkilot boʻyicha talabnomalar va boshqa tegishli maʼlumotlar uchun alohida elektron kartochka ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Talabnoma mazkur Nizomning 28-bandida belgilangan holatlardan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi tomonidan qabul qilinadi. Qabul qilingan talabnoma Pensiya jamgʻarmasining axborot tizimida qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Talabnomalarning toʻgʻriligini oʻrganish maqsadida Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimida Talabnomalar asosliligini tekshirish boʻyicha komissiya (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya quyidagi tarkibda tashkil etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi — komissiya raisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari — mablagʻlarga ehtiyojni aniqlash, buxgalteriya hisobi va hisoboti sektori rahbari — komissiya raisi oʻrinbosari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablagʻlarga ehtiyojni aniqlash, buxgalteriya hisobi sektori bosh inspektori (bosh buxgalter) va inspektori — komissiya aʼzolari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi topshirigʻiga asosan qogʻozda taqdim etilgan talabnoma Komissiya tomonidan quyidagi talablarga asosiy eʼtibor qaratilgan holda koʻrib chiqiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma tuzilishi va rasmiylashtirilishi belgilangan shaklga muvofiqligi, shuningdek masʼul shaxslarning imzolari va tashkilotning muhri (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) mavjudligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma va mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda Pensiya jamgʻarmasidan pensiya va nafaqalar toʻlovi uchun mablagʻ olishga tashkilotning xodimlari reyestrining (bundan buyon matnda reyestr deb yuritiladi) muvofiqligi, toʻlovlar amalga oshirish uchun asos boʻlgan birlamchi hujjatlarning (zarur hollarda) mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov amalga oshirilishi talab qilingan summa va sanalarning muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnomadagi maʼlumotlarning Pensiya jamgʻarmasi axborot tizimiga toʻgʻri kiritilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qilingan talabnomalar Komissiya tomonidan har oyning oʻn ikkinchi sanasidan kechiktirmay koʻrib chiqilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron shaklda taqdim etilgan talabnomalar zarur hollarda komissiya tomonidan faqat Pensiya jamgʻarmasining axborot tizimi bilan taqqoslash imkoniyati mavjud boʻlmagan toʻlovlar qismi boʻyicha koʻrib chiqilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Tashkilot tomonidan taqdim etilgan talabnoma quyidagi hollarda qaytariladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qogʻozda taqdim etilgan talabnoma belgilangan shaklda rasmiylashtirilmaganda, shuningdek unda masʼul shaxslarning imzolari va tashkilotning muhri (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) boʻlmaganda yoki rasmiylashtirilgandan soʻng unga oʻzgartirish va tuzatishlar kiritilgan boʻlsa;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qogʻozdagi talabnomaga reyestr ilova qilinmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma va ilova qilingan reyestr summalari oʻrtasida farqlar mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
888 shartli hisobvaraqlar raqamida (bundan keyin matnda SHHR deb yuritiladi) ikkilamchi hisobvaragʻi mavjud boʻlmagan taqdirda (budjet tashkilotlari bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron talabnoma tashkilot rahbarining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birlamchi hujjatlar talab qilinganda tashkilot tomonidan ularni taqdim etish rad etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma belgilangan muddat oʻtgandan soʻng taqdim etilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Komissiya tomonidan Pensiya jamgʻarmasi axborot tizimida tasdiqlangan talabnoma Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimining mablagʻlarga ehtiyojni aniqlash, buxgalteriya hisobi sektoriga ijro va toʻlovni moliyalashtirish uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Qabul qilingan talabnomalar boʻyicha tashkilotlarning jamlanma talabnomasi tuzilib, u Komissiya aʼzolari tomonidan Pensiya jamgʻarmasining axborot tizimida tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Jamlanma talabnomalar Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari kesimida jamlanadi va har oyning oʻn beshinchi sanasiga qadar Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmasi boshligʻi hamda Pensiya va nafaqalar toʻlovi monitoringi boʻlimi boshligʻi tomonidan Pensiya jamgʻarmasining axborot tizimida tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Pensiya jamgʻarmasining axborot tizimida tasdiqlangan talabnomalar Pensiya jamgʻarmasining ijro etuvchi apparati, hududiy boshqarmasi va tuman (shahar) boʻlimi tomonidan moliyalashtirish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Talabnomalarni moliyalashtirish uchun toʻlov hujjatlari tashkilotlar tomonidan qogʻozda yoki elektron hujjat shaklida taqdim etilgan maʼlumotlar asosida shakllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlaridan tashkilotlar tomonidan (budjet tashkilotlaridan tashqari) pensiya va nafaqalar boʻyicha xarajatlarning toʻlanishi uchun kelib tushgan mablagʻlarni kirim qilish uchun tashkilotlar, ularning talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaraqlariga xizmat koʻrsatuvchi banklarda 888 SHHR bilan ikkilamchi hisobvaraqlarni ochadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlaridan tashkilotlarning yuqorida koʻrsatib oʻtilgan 888 SHHRga ega ikkilamchi hisobvaraqlariga kelib tushadigan mablagʻlarga, Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomada (roʻyxat raqami 2342, 2012-yil 15-mart) belgilangan tartibda tashkilotlarning bank hisobvaraqlarida pul mablagʻlari yetarli boʻlmagan hollarda, ularni hisobdan chiqarish tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Gʻazna ijrosi bilan qamrab olinmagan budjet tashkilotlariga Pensiya jamgʻarmasining tegishli tuman (shahar) boʻlimlari pensiya va nafaqalar boʻyicha xarajatlarni toʻlash uchun mablagʻlarni ularning budjet mablagʻlari boʻyicha tegishli depozit hisobvaraqlariga oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gʻazna ijrosi bilan qamrab olingan budjet tashkilotlari boʻyicha Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari pensiya va nafaqalar boʻyicha xarajatlarni toʻlash uchun mablagʻlarni tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, budjet tashkilotlari tegishli budjet tasnifi moddalari boʻyicha alohida talabnoma tuzadi va xarajatlar amalga oshiriladigan ushbu moddalarning (depozit va shaxsiy) hisobvaraqlarini belgilab koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Pensiya jamgʻarmasining ijro etuvchi apparati Pensiya jamgʻarmasi hududiy boshqarmalari tomonidan taqdim etilgan umumlashtirilgan talabnomalarga asosan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy toʻlov oyining oʻn beshinchi sanasigacha — oʻtgan oyning ehtiyoji hisob-kitobidan kelib chiqib 50% miqdoridagi summani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy toʻlov oyining yigirma yettinchi sanasigacha — amaldagi ehtiyojning taqdim etilgan miqdoridan qolgan summani moliyalashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Pensiya jamgʻarmasi hududiy boshqarmalari Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparatidan kelib tushgan mablagʻlarni ikki ish kuni davomida Pensiya jamgʻarmasining tegishli tuman (shahar) boʻlimlariga moliyalashtirilishini amalga oshirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari Pensiya jamgʻarmasi hududiy boshqarmasidan kelib tushgan mablagʻlarni taqdim etilgan talabnomalarga asosan ikki ish kuni davomida tegishli tashkilotlarga moliyalashtirilishini amalga oshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Tashkilotlarni moliyalashtirish uchun toʻlov hujjatlari faqat Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi (vazifasini bajaruvchi shaxs) tomonidan imzolanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotlarni moliyalashtirish uchun toʻlov hujjatlari Pensiya jamgʻarmasining axborot tizimida qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimlari tashkilotlardan talabnomalarni olishlari bilan mablagʻlarni belgilangan tartibda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning 888 SHHRga ega ikkilamchi hisobvaraqlariga va budjet tashkilotlarining talab qilib olingungacha asosiy depozit hisobvaraqlariga oʻtkazadilar. Bunda, budjet tashkilotlari gʻazna ijrosi bilan qamrab olingan boʻlsa, budjet tashkilotiga tegishli mablagʻlar tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya va nafaqa toʻlovi uchun olingan mablagʻlar qatʼiy nazoratda boʻlishi va faqatgina talabnomada nazarda tutilgan maqsadlar uchun foydalanilishi shart. Hisob-kitoblarda kerakli summalarni qasddan buzib koʻrsatishga va ulardan maqsadga nomuvofiq foydalanishga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda toʻlov intizomiga rioya etilishi yuzasidan shaxsan javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Tashkilotlar (budjet tashkilotlaridan tashqari) oʻz mablagʻlari mavjud boʻlgan hollarda, keyinchalik toʻlangan summalarni Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash evaziga pensiyalar va nafaqalarni ish haqini toʻlash kunida oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlashni amalga oshirish huquqiga egalar. Tashkilotlar tomonidan toʻlangan summalarning qoplanishi Pensiya jamgʻarmasidan olingan mablagʻlar 888 SHHRga ega ikkilamchi hisobvaragʻidan xarajatlar toʻlab berilgan asosiy hisobvaragʻiga pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha imtiyozlar oʻrniga alohida toifadagi fuqarolarga beriladigan oylik kompensatsiya pul toʻlovlarini va bir martalik bola tugʻilishi munosabati bilan beriladigan nafaqalarni toʻlash Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan mazkur Nizomda belgilangan tartibda Pensiya jamgʻarmasi orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yagona ijtimoiy toʻlov va fuqarolarning sugʻurta badallarining toʻlanishi, shuningdek mablagʻlarining sarflanishi hisobi, hisoboti va nazorati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Tashkilotlar yagona ijtimoiy toʻlov toʻlanishi boʻyicha hisob-kitoblarni oʻzlari soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatga olingan davlat soliq xizmati organlari bilan yuritadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Tashkilotlar (kredit tashkilotlaridan tashqari) ish haqi tarzidagi daromadlardan yagona ijtimoiy toʻlov va fuqarolarning sugʻurta badallari summasini hisoblab yozish, shuningdek pensiya va nafaqa toʻlovi xarajatlarini qoplanishini belgilangan tartibda amalga oshiradilar va uni quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi bilan aks ettiradilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ish haqi tarzidagi daromadlardan yagona ijtimoiy toʻlov summalari xarajatlarni hisobga olish hisobvaraqlarida (2000, 2300, 2500, 2600, 2700, 9400) 6520 “Maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar” hisobvaragʻi krediti boʻyicha aks ettiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) fuqarolarning ish haqi tarzidagi daromadlardan ushlangan sugʻurta badallari summalari 6710 “Xodimlar bilan mehnatga haq toʻlash boʻyicha hisob-kitoblar” hisobvaragʻida 6520 “Maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar” hisobvaragʻining krediti boʻyicha aks ettiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tegishli pensiyalar va nafaqalarning talab qilingan summalari 6710 “Xodimlar bilan mehnatga haq toʻlash boʻyicha hisob-kitoblar” hisobvaragʻi 4890 “Boshqa debitorlarning qarzlari” hisobvaragʻi debeti boʻyicha aks ettiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) tegishli mablagʻ summalarining budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasidan kelib tushishi 4890 “Boshqa debitorlarning qarzlari” hisobvaragʻida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debeti boʻyicha aks ettiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) xodimlarga tegishli pensiyalar va nafaqalar boʻyicha mablagʻlar summasi toʻlovi pul mablagʻlarini hisobga olish hisobvaraqlarida 6710 “Xodimlar bilan mehnatga haq toʻlash boʻyicha hisob-kitoblar” hisobvaragʻining debeti boʻyicha aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Kredit tashkilotlari (banklar va mikrokredit tashkilotlari) tomonidan ish haqi tarzidagi daromadlardan yagona ijtimoiy toʻlov va fuqarolarning sugʻurta badallari summasini hisoblab yozish, shuningdek pensiya va nafaqa toʻlovi xarajatlarini qoplash Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasiga (roʻyxat raqami 773-17, 2004-yil 13-avgust) asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Budjet tashkilotlarining buxgalteriya hisobida ish haqi tarzidagi daromadlardan yagona ijtimoiy toʻlov va fuqarolarning sugʻurta badallari summasini hisoblab yozilishi va oʻtkazilishi, shuningdek pensiyalar va nafaqalar toʻlovlarining aks ettirilishi Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomada (roʻyxat raqami 2169, 2010-yil 22-dekabr) belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Davlat soliq xizmati organlari belgilangan tartibda oʻzlarining yuqori turuvchi organlariga choraklik hisobotlar taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya jamgʻarmasi hududiy boshqarmalari belgilangan tartibda Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparatiga oylik yigʻma hisob-kitoblar va hisobotlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparatiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelib tushgan majburiy toʻlovlar, badallar va boshqa toʻlovlar, shuningdek majburiy toʻlovlar, badallar va boshqa toʻlovlarning turlari boʻyicha qarzdorlik toʻgʻrisida tezkor hisobotni — har oyda keyingi hisobot oyining oʻninchi sanasiga qadar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiy toʻlovlar, badallar va boshqa toʻlovlar hisoblanishi va toʻlanishi boʻyicha hisobotni — tashkilotlarning choraklik va yillik hisobotlari topshirilgandan soʻng 15 kun ichida taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Davlat soliq xizmati organlari, Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimlari hamda tumanlar va shaharlar boʻyicha Gʻaznachilik boʻlinmalari har oy hisobot oyidan keyingi oyning sakkizinchi sanasiga qadar Pensiya jamgʻarmasiga kelib tushgan mablagʻ turlari boʻyicha solishtirishni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Solishtirish natijalari yagona ijtimoiy toʻlov va Pensiya jamgʻarmasiga boshqa tushumlar boʻyicha haqiqiy tushum miqdori toʻgʻrisidagi solishtirma dalolatnoma uch nusxada rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Solishtirma dalolatnomaning bittadan nusxasi davlat soliq xizmati organiga, tuman (shahar) boʻyicha Gʻaznachilik boʻlinmasiga va Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Solishtirma dalolatnomalar nusxalari tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻyicha Gʻaznachilik boshqarmalariga, davlat soliq xizmati organlari hududiy boshqarmalari va Pensiya jamgʻarmasi hududiy boshqarmalariga kelgusi kundan kech qolmagan holda yetkazib beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Davlat soliq xizmati hududiy boshqarmalari, Pensiya jamgʻarmasi hududiy boshqarmalari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻyicha Gʻaznachilik boshqarmalariga har oy hisobot oyidan keyingi oyning oʻninchi sanasiga qadar Pensiya jamgʻarmasiga kelib tushgan mablagʻ turlari boʻyicha solishtirishni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Solishtirish natijalari yagona ijtimoiy toʻlov va Pensiya jamgʻarmasiga boshqa tushumlar boʻyicha haqiqiy tushum miqdori toʻgʻrisidagi solishtirma dalolatnoma uch nusxada rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Solishtirma dalolatnomaning bittadan nusxasi Davlat soliq xizmati organi hududiy boshqarmasida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻyicha Gʻaznachilik boshqarmasida va Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmasida qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Solishtirma dalolatnoma nusxalari kelgusi kundan kechiktirmasdan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligiga va Davlat soliq qoʻmitasiga hamda Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparatiga yetkazib beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi Gʻaznachiligi va Pensiya jamgʻarmasining ijro etuvchi apparati yagona ijtimoiy toʻlov va Pensiya jamgʻarmasiga boshqa tushumlar boʻyicha har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning yigirmanchi sanasiga qadar oʻsib boruvchi yakun bilan solishtirma dalolatnomalar tuzadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Solishtirma dalolatnomalar bir nusxadan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi Gʻaznachiligi va Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparatida qoldiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparati va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tushgan mablagʻlar va ularning sarflanishi toʻgʻrisida yigʻma hisobot taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yagona ijtimoiy toʻlov boʻyicha kelib tushgan mablagʻlar va ularning sarflanishiga taalluqli qoʻshimcha maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Mehnat vazirligi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashidan talab qilish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Pensiya jamgʻarmasiga majburiy toʻlovlar va fuqarolarning sugʻurta badallari hisob-kitoblarining toʻgʻriligi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanganligi ustidan nazorat davlat soliq xizmati organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotlar tomonidan Qonunga muvofiq Pensiya jamgʻarmasi xarajatlarini toʻliq va oʻz vaqtida qoplanishi yuzasidan nazorat Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimlari va davlat soliq xizmati organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organlari, qonun hujjatlariga muvofiq, tashkilotlarga nisbatan yagona ijtimoiy toʻlov va Pensiya jamgʻarmasiga fuqarolarning sugʻurta badallarini hisoblash tartibi va toʻlov muddatlarini buzganligi uchun javobgarlik choralarini qoʻllaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Pensiya va nafaqalar toʻlovi xarajatlarini oʻz vaqtida moliyalashtirilishi ustidan monitoring Pensiya jamgʻarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi hamda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat vaziri A. ABDUXAKIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 5-oktabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 5-oktabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarning toʻlanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

‎‎STIR

0‎

1‎

‎‎- varaq
‎‎Hujjat turi

/

‎‎Hisobot yili:
‎‎Hujjat turi: 1 — hisob-kitob, 2 — qayta hisob-kitob (kasr orqali qayta hisob-kitobning raqami)
‎‎

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasi “b” bandiga muvofiq tayinlangan pensiyalar toʻlovi xarajatlarini qoplash boʻyicha mablagʻ toʻlagan toʻlovchi toʻgʻrisida
‎MAʼLUMOT

‎‎Tashkilotning toʻliq nomi ______________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________________________
‎‎Ishlovchilar soni ‎‎Kishi
‎‎Mikrofirma ‎‎Kichik korxona ‎‎Yirik korxona ‎‎(kerakligiga “V” belgisi qoʻyiladi)
‎‎Davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik guvohnomasi ‎‎
‎‎Yuridik manzili _______________________________________________________________________‎‎
‎‎Pochta manzili _______________________________________________________________________‎‎
‎‎Yuqori tashkilot _______________________________________________________________________
‎‎Xizmat koʻrsatuvchi bank _______________________________________________________________________‎‎
‎‎Bank rekvizitlari _______________________________________________________________________‎‎
‎‎Telefon: kod ‎‎raqam ‎‎
‎‎Oʻlchov birligi

soʻm

‎‎
‎‎Hisob-kitobni taqdim etish muddati ‎‎

‎‎(kun/oy/yil)

‎‎______________________________________________________________________________ga taqdim etiladi

‎‎(soliq hisobga olingan joydagi davlat soliq xizmati organi)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎‎STIR

0

2

-varaq

Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining
‎12-moddasi “b” bandiga muvofiq tayinlangan pensiyalar toʻlovi xarajatlarini qoplash boʻyicha
‎HISOB-KITOB*

Koʻrsatkichlar

Satr kodi Oʻlchov birligi Yillik summa
Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi maʼlumotlari asosida “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunning 12-moddasi “b” bandi boʻyicha tayinlangan pensiyalarni oldingi yil uchun toʻlashga hisoblangan xarajatlarni qoplash summasi 010‎‎ soʻm ‎‎
Oʻtkazilishi lozim boʻlgan minimal summa (hisob-kitobning 023-satri x 0,03 x 0,6) ‎‎020 soʻm ‎‎
“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunning 12-moddasi “b” bandida nazarda tutilgan ishchi oʻrinlar soni ‎‎021 birlik ‎‎
Oldingi yildagi maʼlumotlar boʻyicha koʻrsatilgan ishlarda band boʻlgan xodimlarning oʻrtacha yillik soni 022‎‎ birlik ‎‎
“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunning 12-moddasi “b” bandida nazarda tutilgan ishchi oʻrinlarida band boʻlgan barcha xodimlarga toʻlangan yillik ish haqi summasi 023‎‎ soʻm
Pensiya jamgʻarmasiga toʻlanishi lozim boʻlgan summa (agar 010 > 020 boʻlsa, 010 qator boʻyicha summa qoʻyiladi, agar 010 < 020 boʻlsa, 020 qator boʻyicha summa qoʻyiladi) ‎‎030 soʻm ‎‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Hisobot yilida bir marotaba 1-fevralga qadar taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rahbar‎ _________________________

(imzo)

‎Bosh buxgalter _________________________

(imzo)

M.Oʻ. (muhr mavjud boʻlgan taqdirda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarning toʻlanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

Tashkilot shtampi
__________________________________ Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga
boʻyicha _______________________________________

(tashkilotning toʻliq nomi)

‎‎Pensiya jamgʻarmasining
‎‎tuman (shahar) boʻlimining
‎‎shtampi yoki belgisi
Bank rekvizitlari_______________________________‎‎ Olindi _______________________________________

(bank nomi, MFO, hisobvaraq raqami)

(talabnomani qabul qilgan xodimning imzosi)

‎STIR_________________________________________
Xodimlarning roʻyxatdagi oʻrtacha soni: _____________

20___ yil ________________ uchun xarajatlarni
‎toʻlashga Pensiya jamgʻarmasidan mablagʻlarni olishga
‎TALABNOMA*

T/r

Koʻrsatkichlar

Pensiya va nafaqalar oluvchilar soni

Haqiqatdagi xarajatlar, soʻmda

Shu jumladan oʻtgan davr uchun, soʻmda

1‎‎

2‎‎

3‎‎

4‎‎

5‎‎

‎‏‎1. Ishlovchi pensionerlarga pensiya ‎‎ ‎‎
shu jumladan: ‎‎ ‎‎
a) 100% oluvchilarga ‎‎ ‎‎ ‎‎
b) 50% oluvchilarga ‎‎

2.

Bola tugʻilganda beriladigan nafaqalar ‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎3.

Dafn etish marosimi uchun nafaqalar ‎‎ ‎‎ ‎‎

4.

16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalarning ota-onalaridan biriga qoʻshimcha dam olish kunlari haqining toʻlovi ‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‏5.

Uy-joy-kommunal xizmatlar boʻyicha beriladigan imtiyozlar oʻrniga kompensatsiya pul toʻlovlari ‎‎ ‎‎ ‎‎
Shu jumladan, quyidagilarni oluvchilarga: ‎‎ ‎‎ ‎‎
a) eng kam ish haqi miqdorining 45%ini ‎‎ ‎‎ ‎‎
b) eng kam ish haqi miqdorining 25%ini ‎‎ ‎‎ ‎‎
JAMI: ‎‎ ‎‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Har oyda hisobot oyidan keyingi oyning oʻninchi sanasiga qadar reyestr majburiy ilova qilingan holda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotning rahbari ________________________

(imzo)

‎‎M.Oʻ. (muhr mavjud boʻlgan taqdirda)
Bosh buxgalter ________________________‎‎

(imzo)

Ijtimoiy sugʻurtalash
boʻyicha komissiya raisi ________________________‎‎

(imzo)

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarning toʻlanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ELEKTRON TALABNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Tashkilot nomi:

Tashkilot STIRi:

Tashkilot KTUTi:

Hisob raqam turi (gʻazna yoki bank):

Bank kodi:

Tashkilotning hisob-kitob (gʻazna) hisobvaragʻi:

Davri (talabnoma taqdim etilayotgan):

T/r

F.I.Sh

Jismoniy shaxs STIRi

Pensiya ishi raqami

Voqea sanasi (tugʻilish/oʻlim)

FHDY hujjati seriyasi

FHDY hujjati raqami

FHDY hujjati berilgan sana

FHDY dalolatnomasi yozuvi raqami

Joriy davr pensiyasi summasi

Oldingi davr pensiyasi summasi

Bola tugʻilganda nafaqa

Dafn marosimi uchun nafaqa

Joriy davr kompensatsiyasi (45%)

Oʻtgan davr kompensatsiyasi (45%)

Joriy davr kompensatsiyasi (25%)

Oʻtgan davr kompensatsiyasi (25%)

16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalarning ota-onalaridan biriga dam olish kunlari haqi

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarning toʻlanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Tashkilot shtampi

_____________________________ Pensiya

jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga

____________________________ dan

(tashkilotning toʻliq nomi)

STIR ________________

20__ yil ___________da Pensiya jamgʻarmasidan pensiya va nafaqalar toʻlovi uchun mablagʻ olishga tashkilotning xodimlari

REYESTRI

T/r

F.I.Sh.

Jismoniy shaxs STIRi*

Pensiya ishi raqami

Voqea sanasi (tugʻilish/ oʻlim)

Hujjat seriyasi

Hujjat raqami

Hujjatda berilgan sana

FHDY dalolatnomasi yozuvi raqami

Kim tomondan berilgan

Toʻlov foizi

Toʻlov summasi

(soʻmda)

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

Ishlovchi pensionerlarga pensiyalar

JAMI:

Bola tugʻilganda nafaqalar

JAMI:

Dafn marosimi uchun nafaqa

JAMI:

16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalarning ota-onalaridan biriga qoʻshimcha dam olish kunlari haqining toʻlovi

JAMI:

Uy-joy-kommunal xizmatlar boʻyicha beriladigan imtiyozlar oʻrniga kompensatsiya pul toʻlovlari

JAMI:

HAMMASI:

x

x

x

x

x

x

x

x

x

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: * Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami koʻrsatilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Tashkilotning rahbari

(imzo)

Bosh buxgalter

M.Oʻ. (muhr mavjud boʻlgan taqdirda)

(imzo)

Ijtimoiy sugʻurtalash

boʻyicha komissiya raisi

(imzo)

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 5-oktabrdagi 78, 2016-34 va 341-V-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 9-avgustdagi 47, 2011-25 va 23/2-son “Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarni toʻlanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi xarajatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2262, 2011-yil 9-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 37-son, 383-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 29-noyabrdagi 84, 2012-35 va 32/1-son “Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarni toʻlanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi xarajatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2262-1, 2013-yil 3-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 1-son, 11-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 20-noyabrdagi 106, 2013-45 va 320-V-2-son “Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarni toʻlanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi xarajatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2262-2, 2013-yil 20-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 51-son, 681-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 7-maydagi 39, 2015-16 va 320-V-3-son “Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarni toʻlanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi xarajatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2262-3, 2015-yil 26-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 21-son, 280-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 44-son, 516-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2018-y., 10/18/2836-1/0940-son; 24.01.2019-y., 10/19/2836-2/2531-son; 08.04.2019-y., 10/19/2836-3/2897-son, 18.10.2019-y., 10/19/2836-4/3938-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)