21.10.2016 yildagi PF-4850-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish, sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyati samaradorligini oshirish, aholining odil sudlovga bo‘lgan ishonchini oshirish, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlash, shuningdek odil sudlovga erishish darajasini oshirish sud-huquq tizimini yanada isloh qilish sohasida davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlarining muhim vazifalari sifatida quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud hokimiyatining mustaqilligi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy normalarga va odil sudlovni amalga oshirish faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipiga og‘ishmay amal qilinishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qilish holatlari yuzasidan zudlik bilan zarur choralar ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, murojaatlarni ko‘rib chiqishda sansalorlik va befarq munosabatda bo‘lish holatlariga yo‘l qo‘yganlik uchun jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash, shuningdek buzilgan huquqlarni tiklash bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyatning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va aholi bilan hamkorlik qilishning samarali mexanizmlarini keng qo‘llash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyatni ish yakunlarining kompleks tahlili asosida rejalashtirish va tashkil etish, bunda e’tiborni avvalo huquqni qo‘llash amaliyoti va amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirish orqali tizimli qonunbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash hamda bartaraf etishga qaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlar o‘rtasida suiiste’molchilik va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika qilish va ularga chek qo‘yish bo‘yicha idoraviy nazoratni kuchaytirish, odob-axloq qoidalariga og‘ishmay rioya etilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuksak axloqiy-irodaviy va kasbiy fazilatlarga ega, yuklatilgan vazifalar va amalga oshirilayotgan islohotlarning samarali bajarilishini ta’minlashga qodir bo‘lgan kadrlarni shaffof tanlov asosida ishga qabul qilish tizimini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash, faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan ilg‘or ilmiy-texnika vositalari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, shuningdek ishni tashkil etishning zamonaviy shakl va usullarini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xo‘jalik sudi, Bosh prokuraturasi va Adliya vazirligining sudyalik lavozimiga birinchi marotaba besh yil muddatga va keyin o‘n yil muddatga, shundan so‘ng muddatsiz davrga tayinlash (saylash)ni nazarda tutuvchi taklifi ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, 2017-yilning 1-aprelidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan muqobil jazo turlarini qo‘llashni kengaytirish orqali qamoq tariqasidagi jinoiy jazo tugatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatni sodir etishda gumon qilingan shaxslarni ushlab turish muddati 72 soatdan 48 soatga qisqartiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qamoqqa olish va uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot choralarini qo‘llashning, shuningdek dastlabki tergovning eng ko‘p muddati 1 yildan 7 oyga qisqartiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlab qo‘yish va eksgumatsiya qilish uchun sanksiya berish huquqi sudlarga o‘tkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlarga qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash rad etilganda muqobil ehtiyot choralarini qo‘llash huquqi beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tergovning to‘liq emasligini sud muhokamasi jarayonida to‘ldirish mexanizmlarini joriy etish orqali sud tomonidan jinoyat ishini qo‘shimcha tergov yuritishga qaytarish instituti bekor qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik ishi bo‘yicha sud qarorini nazorat tartibida qayta ko‘rib chiqish muddati 3 yildan 1 yilga qisqartiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat darajasidagi sudlar tomonidan jinoyat va fuqarolik ishlarini nazorat tartibida ko‘rib chiqish instituti tugatilib, tegishli sud raislari va prokurorlarning nazorat tartibida protest keltirish bo‘yicha vakolatlari bekor qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ishlarni nazorat tartibida ko‘rib chiqish bo‘yicha bir-birini takrorlovchi vakolatlari bekor qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
adliya organlarining umumiy yurisdiksiya sudlari faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash sohasidagi vazifa va vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga o‘tkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik sudlari tizimida mintaqaviy apellatsiya sudlari tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish bo‘yicha Komissiya (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) 2-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya (I.B. Abdullayev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralar, ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari mutaxassislari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillarini jalb etgan holda qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlash bo‘yicha ekspert guruhlarini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini chuqur tanqidiy tahlil qilish, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish asosida Dasturda nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari loyihalarini jamoatchilik o‘rtasida, shu jumladan davra suhbatlari, seminarlar va konferensiyalar o‘tkazish orqali keng muhokama qilishni tashkil etish choralarini ko‘rsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturda nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli tayyorlanishi va o‘z vaqtida belgilangan tartibda kiritilishi, shuningdek boshqa tadbirlarning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xo‘jalik sudi, Bosh prokuraturasi va Adliya vazirligi ilg‘or xorijiy tajribani chuqur o‘rganish asosida 2017-yil 1-iyulga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud-prokuror xodimlari malakasini oshirish va rahbar kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar uchun nazarda tutilgan jinoiy jazolarni liberallashtirish, protsessual harakatlarni amalga oshirishda ularning huquqiy himoyasini kuchaytirish, shuningdek sudlanganlik holatini tugatish va sudlanganlikni olib tashlash muddatlari va asoslarini qayta ko‘rib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomonlarning yarashganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish institutini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan ayrim jinoyat tarkiblarini jinoyat toifasidan chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat ishini qo‘zg‘atish faqat jabrlanuvchining arizasiga ko‘ra amalga oshiriladigan jinoyat tarkiblari ro‘yxatini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar va xo‘jalik sudlarining vakolatlarini qayta ko‘rib chiqish yo‘li bilan ma’muriy sudlarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron tartibda sud va ijro ishini yuritishning zamonaviy shakl va usullarini, shuningdek odil sudlovga erishishning ilg‘or mexanizmlarini kengroq joriy etish orqali odil sudlovni amalga oshirish sifatini yaxshilashni nazarda tutuvchi takliflarni ishlab chiqsin va kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ilg‘or xorijiy tajribani chuqur o‘rganish asosida uch oylik muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlarida yuridik xizmatning faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
adliya organlari tizimida yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga uslubiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tuzilmalar tashkil qilishni nazarda tutuvchi takliflarni kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur Farmon ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi vazifasini bajaruvchi O.B. Murodov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.A. Kokanbayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 21-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-4850-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi PF-4850-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash

1.

Sudya lavozimida bo‘lishning birinchi marotaba besh yillik, keyin o‘n yillik muddatini va shundan so‘ng muddatsiz davrini belgilash.

Qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish

2017-yil

I chorak

Oliy malaka komissiyasi, Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi, Konstitutsiyaviy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi

2.

Sudlarni yanada ixtisoslashtirish, shu jumladan ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish asosida fuqarolik, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar va xo‘jalik sudlarining vakolatlarini qayta ko‘rib chiqish yo‘li bilan ma’muriy sudlarni tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi

2017-yil

III chorak

Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi

3.

Sudlar tizimida sudya yordamchisi lavozimini ta’sis etish bo‘yicha takliflar tayyorlash (asosan umumiy shtat birligi doirasida).

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi

2017-yil

III chorak

Oliy sud, Oliy malaka komissiyasi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi

4.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga adliya organlarining umumiy yurisdiksiya sudlari faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash sohasidagi vazifa va vakolatlarini, shuningdek tegishli shtat birligini o‘tkazish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2017-yil

I chorak

Oliy sud, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi

5.

Xo‘jalik sudlari tizimida mintaqaviy apellatsiya sudlarini tashkil etish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi

2017-yil

I chorak

Oliy xo‘jalik sudi, Moliya vazirligi

6.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasiga sudyalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha choralar ko‘rish, sudyalarning intizomiy javobgarligi to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish hamda sudyalarni rag‘batlantirish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatish huquqlarini berish, shuningdek Komissiya ijro apparati xodimlariga sudya maqomini berish orqali uning maqomi va rolini oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish

2017-yil

IV chorak

Oliy malaka komissiyasi, Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi

7.

Sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish mexanizmini, uning asoslarini aniqlashtirish orqali takomillashtirish va sud raislarining sudyalarga nisbatan intizomiy ish qo‘zg‘atishga oid vakolatini tugatish.

Qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish

2017-yil

IV chorak

Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi, Oliy malaka komissiyasi, Adliya vazirligi

II. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kengaytirish

8.

Ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan muqobil jazo turlarini qo‘llashni kengaytirish orqali qamoq tariqasidagi jinoiy jazoni tugatish.

Qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish

2017-yil

I chorak

Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Oliy sud, Adliya vazirligi

9.

Jinoyat sodir etishda gumon qilingan shaxslarni ushlab turish muddatini 72 soatdan 48 soatga qisqartirish.

Qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish

2017-yil

I chorak

Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Oliy sud, Adliya vazirligi

10.

Qamoqqa olish va uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot choralarini qo‘llashning, shuningdek dastlabki tergovning eng ko‘p muddatini 1 yildan 7 oyga qisqartirish.

Qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish

2017-yil

I chorak

Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Oliy sud, Adliya vazirligi

11.

Nazorat tartibida ish yuritishni quyidagilar orqali isloh qilish:

fuqarolik ishi bo‘yicha sud qarorini nazorat tartibida qayta ko‘rib chiqish muddatini 3 yildan 1 yilga qisqartirish;

viloyat miqyosidagi sudlar tomonidan jinoyat va fuqarolik ishlarini nazorat tartibida ko‘rib chiqish institutini tugatib, tegishli sud raislari va prokurorlarning nazorat tartibida protest keltirish bo‘yicha vakolatlarini bekor qilish;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ishlarni nazorat tartibida ko‘rib chiqish bo‘yicha bir-birini takrorlovchi vakolatlarini bekor qilish;

ishni nazorat tartibida ko‘rib chiqadigan sudning ishni birinchi instansiya sudiga yoxud apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudiga yangidan ko‘rib chiqish uchun yuborishga oid vakolatlarini aniqlashtirish.

Qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish

2017-yil

I chorak

Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi

12.

Bir-birini takrorlovchi vakolat va instansiyalarni qisqartirish, shuningdek barcha sud instansiyalarida taraflarning tortishuvi prinsipini ta’minlash orqali jinoyat va fuqarolik ishlarini ko‘rib chiqish tartibini takomillashtirish.

Qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish

2017-yil

I chorak

Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi

13.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud tomonidan taraflar kelmaganda ishni ko‘rib chiqish va sirtdan hal qiluv qarori chiqarish tartibini takomillashtirish.

Qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish

2017-yil

IV chorak

Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi

III. Fuqarolarning odil sudlovga erishish darajasini yanada oshirish

14.

Huquqni qo‘llash amaliyotini tanqidiy tahlil qilish, normativ-huquqiy va idoraviy hujjatlarni xatlovdan o‘tkazish asosida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qilish holatlari yuzasidan zudlik bilan zarur choralar ko‘rishni ta’minlashga qaratilgan takliflar tayyorlash.

Normativ-huquqiy hujjatlar va idoraviy hujjatlar loyihalari

2016-2017-yillar

Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Milliy xavfsizlik xizmati

15.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, murojaatlarni qo‘rib chiqishda sansalorlik va befarq munosabatda bo‘lish holatlariga yo‘l qo‘yganlik uchun jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash, shuningdek buzilgan huquqlarni tiklash bo‘yicha, jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi barcha zaruriy choralarni ko‘rish:

idoralar rahbarlari tomonidan muntazam ravishda sayyor fuqarolar qabullarini o‘tkazish;

videokonferensaloqadan foydalangan holda fuqarolarni masofadan turib qabul qilishni tashkil etish;

mazkur sohada idoraviy nazoratni kuchaytirish.

Chora-tadbirlar rejasi

2017-yil

I chorak

Bosh prokuratura, Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, vazirlik va idoralar

16.

Faoliyatning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va aholi bilan hamkorlik qilishning samarali mexanizmlarini keng qo‘llash, axborot xizmatlarining faoliyat to‘g‘risidagi axborotni jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha faoliyatini takomillashtirish.

Idoraviy hujjatlar

2017-yil

I chorak

Vazirlik va idoralar

17.

Faoliyatni ish yakunlarining kompleks tahlili asosida rejalashtirish va tashkil etish, bunda e’tiborni avvalo huquqni qo‘llash amaliyoti va amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirish orqali tizimli huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash hamda bartaraf etishga qaratish.

Idoraviy hujjatlar

2017-yil

I chorak

Vazirlik va idoralar

18.

Fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash, faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan ilg‘or ilmiy-texnika vositalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, shuningdek ishni tashkil etishning zamonaviy shakl va usullarini joriy etish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2017-yil

IV chorak

Bosh prokuratura, Oliy sud, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi

19.

Jinoyatlarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga chek qo‘yish samaradorligini ta’minlash maqsadida mamlakat mintaqalarida Toshkent shahar IIBBdagi kabi jinoyatlar haqida xabarlarni qabul qilishning avtomatlashtirilgan tizimini ishlab chiqish va joriy etish.

Chora-tadbirlar kompleksi, idoraviy hujjat

2017-yil mobaynida

Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi

IV. Kadrlarni tanlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish

20.

Yuksak axloqiy-irodaviy va kasbiy fazilatlarga ega, yuklatilgan vazifalarni va amalga oshirilayotgan islohotlarni samarali bajarilishini ta’minlashga qodir bo‘lgan kadrlarni shaffof tanlov asosida ishga qabul qilish tizimini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2017-yil

II chorak

Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi

21.

Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari xodimlari o‘rtasida suiiste’molchilik va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika qilish va ularga chek qo‘yish bo‘yicha idoraviy nazoratni kuchaytirish, odob-axloq qoidalariga og‘ishmay rioya etilishini ta’minlash.

Idoraviy hujjatlar va profilaktik chora-tadbirlar

2016-2017-yillar

Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi

22.

Quyidagilar orqali sudyalik lavozimlariga nomzodlarni qayta tayyorlash, sudyalar malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish:

xorijiy amaliyot va xalqaro standartlardan kelib chiqqan holda o‘qish va amaliyot o‘tash davrini uzaytirish orqali sudyalikka nomzodlarni tayyorlashga yangi talablarni qo‘yish;

sud amaliyotining dolzarb masalalarini muhokama qilish bo‘yicha muntazam ravishda tadbirlar o‘tkazish shaklida sudyalarning malakasini oshirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi

2017-yil

II chorak

Adliya vazirligi, Oliy malaka komissiyasi, Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi

23.

Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi faoliyatini takomillashtirish, shu jumladan masofaviy ta’limni amalga oshirish imkonini beruvchi zamonaviy videokonferensaloqa tizimi bilan jihozlangan uning hududiy filiallarini tashkil etish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi

2017-yil

II chorak

Adliya vazirligi, Oliy malaka komissiyasi, Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi

24.

Quyidagilarni:

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha davlat talablari;

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom;

Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2017-yil

II chorak

Adliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy malaka komissiyasi, Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi, Moliya vazirligi

25.

Bosh prokuratura Oliy o‘quv kurslari faoliyatini takomillashtirish maqsadida:

prokuror-tergov xodimlari malakasini uzluksiz oshirish va ularni qayta tayyorlashning samarali tizimini joriy qilish;

Oliy o‘quv kurslarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2017-yil

III chorak

Bosh prokuratura, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi

26.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda sud va huquqni muhofaza qilish tizimi xodimlarini idoralararo rotatsiya qilish tartibini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash:

sud va huquqni muhofaza qilish tizimi xodimlarining mazkur tizimdagi bir idoradan boshqasiga o‘tishda maxsus (harbiy) unvonlar nisbatini belgilash;

rotatsiya qilingan xodimlarning ko‘p yillik xizmati, pul ta’minoti va pensiyasini hisoblashning optimal tartibini belgilash.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi, qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish

2017-yil

II chorak

Bo� prokuratura, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi

V. Odil sudlovning samaradorligi va sifatini oshirish

27.

Tergovning to‘liq emasligini sud muhokamasi jarayonida to‘ldirish mexanizmlarini joriy etish orqali sud tomonidan jinoyat ishini qo‘shimcha tergov yuritishga qaytarish institutini bekor qilish.

Qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish

2017-yil

I chorak

Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi

28.

Jinoyat protsessiga ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sudgacha va sudda ish yuritishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish

2017-yil

IV chorak

Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi

29.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarini kengroq joriy etish bo‘yicha takliflar tayyorlash:

xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi nizolar bo‘yicha sudga murojaat qilishdan avval e’tirozni majburiy taqdim etish tartibini o‘rnatish;

fuqarolik va xo‘jalik, shu jumladan shartnomaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarini qo‘llashni kengaytirish;

Fuqarolik protsessual kodeksiga da’vogar tomonidan javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya qilinmagan bo‘lsa, agar qonun yoki shartnomada mazkur toifadagi nizolar uchun bunday tartib nazarda tutilgan bo‘lsa, da’voni qabul qilishni rad etish tartibini kiritish;

hakamlik sudlari faoliyatini tashkil qilishning qonuniy asoslarini va ular tomonidan qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni takomillashtirish, hakamlik sudlariga qo‘yiladigan talablarni aniqlashtirish.

Qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish

2017-yil

IV chorak

Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi

30.

Suddan tashqari fuqarolik va xo‘jalik nizolarini tartibga solishning asosiy tushunchalari, maqsadlari, vazifalari, mexanizmlarini belgilovchi “Mediatsiya to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasi

2017-yil

III chorak

Adliya vazirligi, Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi, Bosh prokuratura, Savdo-sanoat palatasi

31.

Pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlab qo‘yish va eksgumatsiya qilish uchun sanksiya berish huquqini sudlarga o‘tkazish orqali “Xabeas korpus” institutini qo‘llash doirasini kengaytirish va tergov ishi yuritilishi ustidan sud nazoratini kuchaytirish.

Qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish

2017-yil

I chorak

Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati

32.

Elektron tartibda sud va ijro ishini yuritishning zamonaviy shakl va usullarini, shu jumladan protsess ishtirokchilari bilan o‘zaro elektron hamkorlikni amalga oshirish, videokonferensaloqadan foydalanishni, shuningdek protsessual harakatlarni video, audio qayd etishni, sud-tergov jarayonlarini stenogramma qilishning yangi turlarini kengroq joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shim�alar kiritish

2017-yil

IV chorak

Bosh prokuratura, Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi

33.

Ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ma’muriy ishlar va nizolarni ko‘rib chiqish bo‘yicha sud ish yurituvi amalga oshirilishini tartibga soluvchi “Ma’muriy sud ishi yurituvi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasi

2017-yil

IV chorak

Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura

34.

Jabrlanuvchi, guvoh va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini jismoniy va ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha davlat kafolatlarini ta’minlashni nazarda tutuvchi “Jabrlanuvchi, guvoh va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasi

2017-yil

IV chorak

Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura

35.

Odil sudlovga erishish darajasini oshirishga qaratilgan fuqarolik da’volari bo‘yicha davlat boji stavkalarini undirish tartibi va ularning miqdorlarini qayta ko‘rib chiqish.

Qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish

2017-yil

II chorak

Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi

36.

Sudlarga qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash rad etilganda muqobil ehtiyot choralarini qo‘llash huquqini berish.

Qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish

2017-yil

I chorak

Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi

VI. Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini yanada takomillashtirish

37.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorla�:

yarashuv munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish institutini kengaytirish;

alohida jinoyat tarkiblarini Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks yurisdiksiyasiga o‘tkazish nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish;

jinoyat ishini qo‘zg‘atish faqat jabrlanuvchining arizasiga ko‘ra amalga oshiriladigan jinoyat tarkiblari ro‘yxatini kengaytirish;

sudlanganlik holatini tugatish va sudlanganlikni olib tashlash muddatlari va asoslarini ularni qisqartirish nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish;

voyaga yetmaganlar uchun nazarda tutilgan jinoiy jazolarni liberallashtirish, protsessual harakatlarni o‘tkazishda ularning huquqiy himoyasini kuchaytirish;

qilmishning jinoiyligini istisno etadigan, jazoni yengillashtiradigan yoki shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonunni qo‘llash tartibini belgilash.

Qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish

2017-yil

II chorak

Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati

38.

Ijtimoiy foydali mehnatga jalb etish orqali axloq-tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish choralarini kuchaytirishga qaratilgan “majburiy jamoat ishlari” tariqasidagi jinoiy jazoni kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish

2017-yil

IV chorak

Bosh prokuratura, Oliy sud, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati

VII. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini oshirish

39.

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual va Xo‘jalik protsessual kodekslariga:

davlat foydasiga mulkiy undiruvlar bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqishda sudyalarning da’voni ta’minlash choralarini ko‘rish majburiyatini;

sud hal qiluv qarorining ijro etish tartibi va usulini belgilash qismida sud hal qiluv qaroriga qo‘yiladigan, uning to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilishini ta’minlaydigan talablarn�;

sudlar tomonidan ijro hujjatlarini yuborish muddatlarini;

davlat budjetiga undiruvlar bo‘yicha ijro varaqalarini faqat sud ijrochilariga berishni nazarda tutadigan yagona tartibni;

sud hal qiluv qarorini ijro etish usuli va tartibini tushuntirish, o‘zgartirish to‘g‘risidagi murojaatlarni ko‘rib chiqish, ish yuritishni to‘xtatib turish, undiruvni qarzdorning boshqa shaxslarda turgan mol-mulkiga qaratish tartibini belgilash yo‘li bilan ijro ishini yuritish ustidan sud nazorati mexanizmlarini (ko‘rib chiqish muddatlari, sud tarkibi, sud muhokamasi tartibi, chiqariladigan hal qiluv qarorining shakli);

sud hujjatlari ijrosini kechiktirish va bo‘lib-bo‘lib ijro etish asoslari va ularning eng ko‘p muddatlarini;

kommunal qarzdorlik bo‘yicha sud buyrug‘ini chiqarish to‘g‘risidagi arizaga ilova qilinadigan hujjatlarning kengaytirilgan ro‘yxatini (qarzni uzish to‘g‘risidagi talab, kommunal tarmoqdan uzib qo‘yish dalolatnomasi, iste’molchi bilan tuzilgan shartnoma, qarzdor tomonidan e’tirof etilgan qarzdorlik hisob-kitobi, ko‘chmas mulk egasi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma va boshqalar);

xorijiy sudlar va arbitrajlarning qarorlarini e’tirof etish va ijro etishning aniq protsessual tartibini (sudlovga tegishlilik, taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati, sud muhokamasi tartibi, qarorni e’tirof etish va uning ijrosini rad etish asoslari) nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish.

Qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish

2017-yil

IV chorak

Adliya vazirligi, Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi, Bosh prokuratura, Advokatlar palatasi

40.

Sud ijrochilarining shtat birligini ko‘paytirish va erishgan natijalarini hisobga olgan holda shaxsiy mukofotlash tartibini joriy qilish orqali ularning mehnatini moddiy rag‘batlantirish darajasini oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2017-yil

I chorak

Adliya vazirligi, Moliya vazirligi

41.

Sud ijrochilari uchun xizmat kiyimi va transport namunalarini tasdiqlash.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining buyru�i

2017-yil

I chorak

Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi

VIII. Yuridik yordam va xizmat ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish

42.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda advokatura institutini yanada takomillashtirish, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni ta’minlashda advokatning rolini kuchaytirish bo‘yicha takliflar tayyorlash:

sud ishini yuritishda ishtirok etish uchun advokat orderini rasmiylashtirish va taqdim etish tartibini qayta ko‘rib chiqish;

advokat so‘rovini ko‘rib chiqish tartibi va muddatlarini aniqlashtirish;

fuqarolik va xo‘jalik nizolarini sudgacha hal qilish jarayonida advokat ishtirokining tartibi va asoslari;

advokatlik faoliyati uchun o‘rnatilgan soliq stavkalarini qayta ko‘rib chiqish.

Qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish

2017-yil

IV chorak

Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi, Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi

43.

Notarial idoralar va FHDY organlari tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirish, shu jumladan:

notarial idoralarga elektron murojaat qilish;

ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun davlat bojini to‘lash bo‘yicha elektron to‘lovlar joriy etish yuzasidan takliflar tayyorlash.

Qonun hujjatlariga va idoraviy hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish

2017-yil

IV chorak

Adliya vazirligi, Markaziy bank, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi

44.

Kadrlarning barqaror zaxirasini shakllantirish va notarial harakatlar tezkorligini oshirish bo‘yicha, shu jumladan:

lavozimida uch yillik stajga ega bo‘lgan notarius yordamchisiga tegishli stajirovkani o‘tamasdan turib notarius lavozimini egallash uchun tanlovda ishtirok etish imkonini berish;

notarius yordamchisiga hujjat nusxalari to‘g‘riligini tasdiqlash vakolatini berish;

notariuslarni attestatsiyadan o‘tkazish va ularni davriy rotatsiya qilish tartibini joriy etishni nazarda tutadigan takliflar tayyorlash.

Qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish

2017-yil

III chorak

Adliya vazirligi

45.

Davlat organlarida yuridik xizmatning faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish, shuningdek adliya organlari tizimida yuridik xizmatlar f�oliyatini muvofiqlashtirish va ularga uslubiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tuzilmalar tashkil qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2017-yil

I chorak

Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: normativ-huquqiy hujjatlar tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish sohasi va predmetiga qarab qayta ko‘rib chiqilishi yoki bir hujjatga birlashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi PF-4850-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish bo‘yicha Komissiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Abdullayev I.B.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Komissiya raisi

2.

Murodov O.B.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi vazifasini bajaruvchi

3.

Kokanbayev B.A.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari

4.

Mirbabayev B.Sh.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining raisi

5.

Gaziyev Sh.A.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi

6.

Kamilov K.F.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining raisi

7.

Gulyamov Sh.T.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisining birinchi o‘rinbosari

8.

Ikramov M.M.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri

9.

Axmedbayev A.A.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri

10.

Abduxakimov A.A.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vaziri

11.

Kasimov R.S.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri

12.

Mirzaxidov X.M.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

13.

Parpiyev B.R.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining raisi

14.

Dusanov Z.A.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘m�tasining raisi

15.

Quchqorov J.A.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining o‘rinbosari

16.

Rustambekov N.M.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining bosh inspektori

17.

Mavlonov B.M.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining yetakchi inspektori

18.

�anayev U.U.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining yetakchi konsultanti

19.

Kamilov A.A.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasi Sud inspeksiyasining rahbari

20.

Axmedov R.T.

O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi raisi

21.

Shayxov A.E.

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: komissiya a’zolari boshqa lavozimga o‘tganda, uning tarkibiga mazkur lavozimga yangi tayinlangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ShARH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar sud-huquq sohasini demokratlashtirish va erkinlashtirishga, sud hokimiyatining fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi roli va ahamiyatini oshirishga zamin yaratdi.

Shu bilan birga, mamlakatni rivojlantirishning zamonaviy talablari va strategik ustuvor vazifalari sud-huquq tizimini yanada takomillashtirishni talab etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mazkur sohadagi davlat siyosatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarib, quyidagi uchta asosiy ustuvor yo‘nalishlarni belgilab berdi:

sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash;

fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish;

odil sudlovga erishish darajasini oshirish.

Mazkur ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlarining muhim vazifalari etib:

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 112-moddasida belgilangan sudyalar mustaqilligi, ularning faqat qonunga bo‘ysunishi va odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipiga og‘ishmay amal qilinishini ta’minlash;

fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularga tajovuz qilish holatlari yuzasidan barcha zarur choralar�i ko‘rish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibini buzish va sansalorlikka yo‘l qo‘ymaslik;

tegishli axborotni o‘z vaqtida jamoatchilikka yetkazish orqali faoliyatning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari hamda aholi bilan hamkorlik samaradorligini oshirish;

huquqni qo‘llash amaliyoti va amaldagi qonunchilikni takomillashtirish orqali tizimli kamchilik va qonun buzilishlarni aniqlash va bartaraf etish, ish faoliyatiga ilg‘or ilmiy-texnika vositalari hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish;

idoraviy nazoratni kuchaytirish, xodimlar o‘rtasida suiiste’molchilik va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga chek qo‘yish, kadrlar tarkibini sifat jihatidan yaxshilash, kadrlarni tanlashning eng munosib nomzodlarni ishga qabul qilishni ta’minlaydigan zamonaviy mexanizmlarini joriy etish belgilandi.

Farmonga muvofiq sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, kasbiy nufuzini oshirish, yuqori malakali va samarali faoliyat yurituvchi sud korpusini shakllantirish maqsadida ilk bor sudyalarning vakolat muddatlari qayta ko‘rib chiqildi.

Xususan, sudyalik lavozimiga birinchi marotaba besh yil muddatga va keyin o‘n yil muddatga, shundan so‘ng muddatsiz tayinlash (saylash)ni nazarda tutuvchi tartib joriy etildi.

Kiritilayotgan bu o‘zgartishlar xalqaro standartlar va rivojlangan demokratik davlatlarning ilg‘or tajribasiga to‘liq mos keladi.

Shu bilan birga, Farmon bilan 2017-yilning 1-aprelidan jinoyat, jinoyat-protsessual, fuqarolik protsessual va boshqa qonun hujjatlariga inson huquq va erkinliklari ustuvorligini ta’minlash, sud muhokamasini adolatli va o‘z vaqtida o‘tkazish, jazoning adolatli va insoniyligi kafolatlarini kuchaytirishni inobatga olgan holda odi� sudlov samaradorligini oshirishga qaratilgan bir qator o‘zgartishlar kiritilmoqda.

Jumladan, qamoq tarzidagi jinoiy jazo turi tugatilib, uning o‘rniga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoning muqobil turlarini qo‘llash imkoniyati kengaytirilmoqda.

Ya’ni jinoiy jazolar tizimidan nisbatan qattiq ta’sir choralaridan biri chiqarilayotganligi jinoiy jazolarni liberallashtirishga, huquqbuzarlarga nisbatan tarbiyaviy-tuzatish ta’sir choralarining ilg‘or shakl va uslublarini keng qo‘llash bo‘yicha olib borilayotgan siyosatning mantiqiy davomi hisoblanadi.

Jinoyat protsessida fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishning huquqiy kafolatlarini kuchaytirish, jinoyat ishlarini tergov qilishning tezkorligini oshirish doirasida:

jinoyat sodir etishda gumon qilingan shaxslarni ushlab turish muddati 72 soatdan 48 soatga;

qamoqqa olish va uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot choralarini qo‘llashning, shuningdek jinoyat ishlari bo‘yicha dastlabki tergovning eng ko‘p muddatlari 1 yildan 7 oyga qisqartirilmoqda.

Ushbu choralarning joriy etilishi, bir tomondan, fuqarolarning erkinligini asossiz cheklash holatlaridan himoya qilinishini, ikkinchi tomondan, surishtiruv va tergov organlarining mas’uliyati va faoliyati samaradorligi oshishini ta’minlaydi.

“Xabeas korpus” instituti qo‘llanishini yanada kengaytirish doirasida prokurorlarning pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlab qo‘yish va eksgumatsiya qilish kabi tergov harakatlarini o‘tkazishga sanksiya berish bo‘yicha vakolatlari sudlarga o‘tkazilmoqda.

Bu o‘zgartishlar insonning shaxsiy huquq va erkinliklari daxlsizligi, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim haqli emasligi haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Ko�stitutsiyasi hamda xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsip va normalariga to‘la mos keladi.

Bundan tashqari, sudga qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash rad etilgan taqdirda muqobil ehtiyot chorasini qo‘llash imkoniyati berilmoqda.

Sudda ish yuritish tezkorligi va sifatini oshirish, ish bo‘yicha yakuniy qarorlar qabul qilish muddatlarini asossiz kechiktirishni bartaraf etish, sudlarning jinoyat protsessidagi rolini oshirishga qaratilgan yangilik sifatida sud tomonidan jinoyat ishini qo‘shimcha tergovga qaytarish institutining bekor qilinayotganligini alohida ta’kidlash joiz.

Fuqarolik ishi bo‘yicha sud qarorini nazorat tartibida qayta ko‘rib chiqish imkoniyatini beruvchi muddatning 3 yildan 1 yilga qisqartirilishi esa, fuqarolik huquqiy munosabatlarning barqarorligi, fuqarolik protsessi ishtirokchilarining huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Sud qarorlarining qonuniyligi va asosliligini qayta ko‘rib chiqishning amaldagi tizimini takomillashtirish, shuningdek sud protsessi muddatlari va sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ortiqcha oraliq instansiyalarni bartaraf etish maqsadida Farmonda viloyat darajasidagi sudlar tomonidan fuqarolik va jinoyat ishlarini nazorat tartibida qayta ko‘rish bo‘yicha bir-birini takrorlovchi instansiyalari tugatilib, o‘z navbatida, tegishli sud raislari va prokurorlarning nazorat tartibida protest keltirish vakolati bekor qilinishi nazarda tutildi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ishlarni nazorat tartibida ko‘rishga oid bir-birini takrorlovchi vakolatlari bekor qilinmoqda.

Ortiqcha va bir-birini takrorlovchi instansiyalarning bekor qilinishi aynan bir nazorat instansiyasi tomonidan ishlarning bir necha bor ko‘rib chiqilishini oldini oladi, sud qarorlarining uzil-kesilligi va barqarorligini ta’minlab, fuqarolarning sudlarga bo‘lgan ishonchini yanada oshiradi.

Shuningdek Farmonda viloyat xo‘jalik sudlarining qarorlarini o‘zlari tomonidan qayta ko‘rish vakolatini cheklash maqsadida ushbu sudlar tizimida mintaqaviy apellatsiya sudlarini tashkil etish nazarda tutildi.

Farmonning sud hokimiyati mustaqilligi asoslarini mustahkamlovchi alohida ahamiyatli tomoni adliya organlarining umumiy yurisdiksiya sudlari faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash bo‘yicha vazifa va vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga o‘tkazilayotganidir.

Ushbu chora sudlarning mustaqilligi va ularning faoliyatiga aralashmaslikning qo‘shimcha kafolatlarini yaratadi.

Shu bilan birga, Farmonga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xo‘jalik sudi, Bosh prokuraturasi va boshqa manfaatdor idoralarga 2017-yil 1-iyulga qadar ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda quyidagi masalalar bo‘yicha asoslantirilgan takliflar tayyorlash topshirildi:

sud-prokuror xodimlarining malakasini oshirish va rahbar kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish;

protsessual harakatlarni amalga oshirishda voyaga yetmaganlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish, jinoiy jazolarni liberallashtirish, shuningdek sudlanganlik holatini tugatish va sudlanganlikni olib tashlash muddatlari va asoslarini qayta ko‘rib chiqish;

o‘zbek xalqining ezgulik va rahmdillik kabi ko‘p asrlik an’analariga mos bo‘lgan yarashuv institutini jinoyat protsessida qo‘llash doirasini kengaytirish. Bu norma qonunni chetlab o‘tgan, sodir etgan qilmishidan pushaymon bo‘lgan va yetkazilgan ziyonni qoplagan fuqarolarni javobgarlikdan ozod qilish imkonini beradi;

ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan ayrim turdagi jinoyat tarkiblarini �inoyat toifasidan chiqarish;

jabrlanuvchining arizasi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi mumkin bo‘lgan jinoyat tarkiblari ro‘yxatini kengaytirish;

elektron tartibda sud va ijro ishi yuritishning zamonaviy shakl va usullarini, odil sudlovga erishishning ilg‘or mexanizmlarini joriy etish orqali odil sudlov sifatini oshirish. Bu tashabbusning amalga oshirilishi sud faoliyatining samaradorligiga, shuningdek “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonunni amalga oshirish doirasida respublikani rivojlantirishning zamonaviy bosqichi talablariga to‘liq asoslangan odil sudlovning jamoatchilik uchun ochiqligi, shaffofligi va erkinligi prinsiplarini hayotga izchil tatbiq etishga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, qonuniylikni ta’minlashda hamda mamlakatimizda islohotlarni samarali ro‘yobga chiqarishda yuridik xizmatlar rolini oshirish maqsadida davlat organlarining yuridik xizmatlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir aniq chora-tadbirlar nazarda tutilmoqda.

Qayd etilgan asosiy vazifalar va yangi normalarni hayotga tatbiq etish uchun Farmon bilan sud-huquq tizimini rivojlantirish borasida 8 ta eng ustuvor sohalar bo‘yicha 45 ta aniq tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi Kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Farmonni ijro etish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Fuqarolik protsessual, Xo‘jalik protsessual kodekslari va bir qator boshqa qonun hujjatlariga zarur o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi.

Inson huquq va erkinliklarini himoya qilish tizimini izchil takomillashtirish va mustahkamlash maqsadida umume’tirof etilgan xalqaro standartlar asosida bir qator alohida qonunlar, shu jumladan “Jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Mediatsiya to‘g‘risida”gi, “Ma’muriy sudlov ishlarini yuritish to‘g‘risida”gi qonunlarni qabul qilish rejalashtirilmoqda.

Ushbu dasturiy hujjatning amalga oshirilishi mamlakatning sud-huquq tizimi faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlash, shuningdek aholining odil sudlovga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlash imkonini beradi.

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 43-son, 497-modda)