jizzax viloyati Arnasoy tumani hokimining
Qarori
Tumanda haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Konuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 97-modda) 22-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-son “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 7-son, 40-modda) ijrosini taʼminlash hamda ishga joylashishga muhtoj, ish bilan taʼminlanmagan aholini jumladan, kasbga ega boʻlmagan yoshlarni, ishga joylashtirishga koʻmaklashish, shuningdek oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz fuqarolarga ijtimoiy xizmat koʻrsatishni taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashning Axborotnomasi, 1993-y 59-son, 320-modda) 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 22-moddasiga asosan tumanda 2016-yil davomida xaq toʻlanadigan jamoat ishlari ilovada koʻrsatilgan korxona, muassasa va tashkilotlarda amalga oshirilishi tasdiqlansin.
2. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (M. Jumanov)ga:
ish qidirayotgan va ishsiz shaxslar tarkibi va sonini hisobga olgan holda ishchi kuchiga boʻlgan talab va takliflarni tahlil qilish asosida aholini ish bilan taʼminlash mintaqaviy dasturining maxsus boʻlimiga kiritiladigan, xaq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish boʻyicha takliflarni tayyorlash va tuman hokimligiga taqdim etish vazifasi yuklatilsin.
tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida ish qidiruvchi sifatida roʻyxatga olingan va ishsiz deb eʼtirof etilgan fuqarolarning kasb mahoratini, ish tajribasini, yoshi, jinsi va boshqa xususiyatlarini inobatga olgan holda jamoat ishini tashkil etayotgan tegishli korxona, tashkilot va muassasalarda ishning turi va zaruriy mehnat sharoitiga muvofiq keladigan xaq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish vazifasi yuklatilsin.
3. Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etuvchi korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlariga:
ilovada qayd etilgan haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish taʼminlansin;
jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar mehnatiga haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-son qarori bilan tasdiqlangan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi nizomning 23-bandiga muvofiq, mahalliy davlat hokimiyati organlariga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar boʻyicha — ellik foizi ish beruvchilar mablagʻlari va ellik foizi mahalliy budjet va Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga;
boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlar boʻyicha yetmish besh foizi ish beruvchilar mablagʻlari va yigirma besh foizi Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi koʻrsatib oʻtilsin.
4. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlarning uyiga borib ijtimoiy xizmat koʻrsatish boʻyicha xaq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etilgan, mehnat boʻlimlarida roʻyxatga olingan ishsiz fuqarolarga ish xaqi toʻlash xarajatlari toʻliq Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi belgilansin.
5. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi yoʻllanmasi boʻyicha haq toʻlanadigan jamoat ishlariga yuborilgan fuqarolarning xaq toʻlanadigan jamoat ishiga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot 3 kun muddatda markazga yozma ravishda xabar qilinsin:
korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlari tomonidan mazkur qarorning toʻliq bajarilishi yuzasidan qatiy nazorat oʻrnatilsin;
haq toʻlanadigan jamoat ishlariga yuborilgan va ish bilan taʼminlangan fuqarolar 6elgilangan tartibda hisobga olinsin.
6. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2015-yil 12-martdagi 244-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari N. Isakov zimmasiga yuklatilsin.
8. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim S. ANKAYEV
Arnasoy t,
2015-yil 31-dekabr.,
1638-son
Tuman hokimining 2015-yil 31-dekabrdagi 1638-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkillashtiradigan korxona va tashkilotlar
ROʻYXATI
| T/r | Ish turlari va mazmuni | Korxona va tashkilotlar |
| 1. | Mahalla va qishloq yigʻinlari hududlari va dam olish maskanlari, korxonalarda obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish | Tuman obodonlashtirish boshqarmasi |
| 2. | Ijtimoiy taʼminot sohasidagi ishlar, oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlarning uyiga borib ijtimoiy xizmat koʻrsatish ishlari | Tuman Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi |
| 3. | Sogʻliqni saqlash tizimidagi ishlar kasalxonalar va boshqa tibbiy muassasalardan bemorlarga qarash ishlari | Tuman tibbiyot birlashmasi |
| 4. | Xalq taʼlimi tizimidagi ishlar, umumtaʼlim muassasalar oʻqituvchilariga xizmat koʻrsatish ishlari | Tuman xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlashga va tashkil etish boʻlimi, Arnasoy Iqtisodiyot va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji |
| 5. | Mavsumiy qishloq xoʻjaligi ishlari (meva sabzavot mahsulotlarini yigʻishtirish, paxta terish, oʻtash, ozuqa tayyorlash, mol boqish, boshqalar agrosanoat kompleksidagi mavsumiy ishlar,paxtani chopiq qilish va terim ishlari boshqa mavsumiy qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yigʻishtirish ishlari | Arnasoy tuman Suv isteʼmolchilari uyushmasi, fermer xoʻjaliklari |
| 6. | Mav�ud texnikalarni taʼmirlash ishlariga yordam berish | Agrotexservis MChJ |