Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining 2007-yilga moʻljallangan qonunchilik va nazorat faoliyati rejasi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining 2007-yilga moʻljallangan qonunchilik va nazorat faoliyati rejasi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2006-yil 25-dekabr,
286-I-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining 2007-yilga moʻljallangan qonunchilik va nazorat faoliyati
REJASI
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
Qonunchilik faoliyati
Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga maʼqullash uchun yuborilgan qonunlar yuzasidan Qoʻmita vakolatlari doirasida xulosalar tayyorlash.
| |
Kelib tushishiga qarab | |
Nazorat faoliyati
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2006-yilgi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti.
| |
Birinchi yarim yillik | |
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2006-yilgi faoliyat toʻgʻrisidagi hisoboti.
| |
Birinchi yarim yillik | |
“Budjet tizimi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va uning tarkibiy boʻlinmalari tomonidan ijro etilishini oʻrganish hamda muhokama qilish.
| |
Ikkinchi yarim yillik | |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2007-yildagi ijrosi hamda 2008-yilgi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti yuzasidan xulosa va takliflar tayyorlash.
| |
Ikkinchi yarim yillik | |
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
Qonunchilik faoliyati
Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga maʼqullash uchun yuborilgan qonunlar yuzasidan Qoʻmita vakolati doirasida xulosalar tayyorlash.
| |
Kelib tushishiga qarab | |
Nazorat faoliyati
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlarining 2006-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti.
| |
Birinchi yarim yillik | |
“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligida ijro etilishini oʻrganish hamda muhokama qilish.
| |
Birinchi yarim yillik | |
“Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Sirdaryo viloyatida ijro etilishini oʻrganish hamda muhokama qilish.
| |
Ikkinchi yarim yillik | |
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi
Qonunchilik faoliyati
Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga maʼqullash uchun yuborilgan qonunlar yuzasidan Qoʻmita vakolati doirasida xulosalar tayyorlash.
| |
Kelib tushishiga qarab | |
Nazorat faoliyati
“Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Qoraqalpogʻiston Respublikasida ijro etilishini oʻrganish hamda muhokama qilish.
| |
Birinchi yarim yillik | |
“Mudofaa toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Andijon viloyatida ijro etilishini oʻrganish hamda muhokama qilish.
| |
Ikkinchi yarim yillik | |
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
Qonunchilik faoliyati
Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga maʼqullash uchun yuborilgan qonunlar yuzasidan Qoʻmita vakolati doirasida xulosalar tayyorlash.
| |
Kelib tushishiga qarab | |
Nazorat faoliyati
“Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan ijro etilishini oʻrganish hamda muhokama qilish.
| |
Birinchi yarim yillik | |
Onalikni himoya qilish toʻgʻrisidagi BMT Konvensiyasining Samarqand viloyatida ijro etilishini oʻrganish va muhokama qilish.
| |
Ikkinchi yarim yillik | |
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi
Qonunchilik faoliyati
Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga maʼqullash uchun yuborilgan qonunlar yuzasidan Qoʻmita vakolati doirasida xulosalar tayyorlash.
| |
Kelib tushishiga qarab | |
Nazorat faoliyati
“Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Surxondaryo viloyatida ijro etilishini oʻrganish hamda muhokama qilish.
| |
Birinchi yarim yillik | |
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Namangan viloyatida ijro etilishini oʻrganish hamda muhokama qilish.
| |
Ikkinchi yarim yillik | |
Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi
Qonunchilik faoliyati
Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga maʼqullash uchun yuborilgan qonunlar yuzasidan Qoʻmita vakolati doirasida xulosalar tayyorlash.
| |
Kelib tushishiga qarab | |
Nazorat faoliyati
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2006-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti.
| |
Birinchi yarim yillik | |
“Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi va uning tarkibiy boʻlinmalari tomonidan ijro etilishini oʻrganish hamda muhokama qilish.
| |
Birinchi yarim yillik | |
“Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining fermer xoʻjaliklarini davlat yoʻli bilan va boshqa tarzda qoʻllab-quvvatlashga doir qismining (banklar tomonidan kreditlash, lizing xizmatlari, texnik va moddiy taʼminot) tegishli tashkilotlar va idoralar tomonidan ijro etilishini oʻrganish hamda muhokama qilish.
| |
Ikkinchi yarim yillik | |
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 12-son, 732-modda)