Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.05.2018 26.05.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2792
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining qarori, 26.05.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2792
Кучга кириш санаси
30.05.2016
Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.05.2018
Hujjat 30.05.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qishloq qurilish invest” IK MChJ, pudrat va yordamchi pudratchi tashkilotlar, shuningdek qurilish materiallari va uskunalari ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 26-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2792]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2018-yil 19-apreldagi 2018-30, 80 va 01-02/8-30-sonli “Qishloq qurilish invest” IK MChJ, pudrat va yordamchi pudratchi tashkilotlar, shuningdek qurilish materiallari va uskunalari ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2792-1, 01.05.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasiga va “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 7-moddalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 29-yanvardagi PQ-1051-son “Uy-joy fondini foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha pudrat ishlarini kengaytirishni ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi, 2009-yil 3-avgustdagi PQ-1167-son “Qishloq joylarda uy-joy qurilishi koʻlamini kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hamda 2015-yil 7-yanvardagi PQ-2282-sonli “2015-yilda qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi dasturi va 2016-yilgi qurilishning asosiy parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Qishloq qurilish invest” IK MChJ, pudrat va yordamchi pudratchi tashkilotlar, shuningdek qurilish materiallari va uskunalari ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2010-yil 20-iyuldagi 2010-28, 54 va 01-02/8-13-son “Qishloq qurilish invest” ixtisoslashtirilgan injiniring kompaniyasi va “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha foydalanishga tayyor holda topshirish shartlari bilan yakka tartibda uy-joy qurish doirasida ular tomonidan amalga oshiriladigan ishlar hajmlari boʻyicha pudrat tashkilotlari tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2133, 2010-yil 16-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 33-son, 281-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 16-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-16-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 16-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 16-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
01-02/8-25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 16-maydagi 2016-16, 33 va 01-02/8-25-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qishloq qurilish invest” IK MChJ, pudrat va yordamchi pudratchi tashkilotlar, shuningdek qurilish materiallari va uskunalari ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 29-yanvardagi PQ-1051-son “Uy-joy fondini foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha pudrat ishlarini kengaytirishni ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi, 2009-yil 3-avgustdagi PQ-1167-son “Qishloq joylarda uy-joy qurilishi koʻlamini kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hamda 2015-yil 7-yanvardagi PQ-2282-son “2015-yilda qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi dasturi va 2016-yilgi qurilishning asosiy parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq “Qishloq qurilish invest” IK MChJ, pudrat va yordamchi pudratchi tashkilotlar, shuningdek qurilish materiallari va uskunalari ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. “Qishloq qurilish invest” IK MChJ, pudrat va yordamchi pudratchi tashkilotlar, shuningdek qurilish materiallari va uskunalari ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 3-avgustdagi PQ-1167-son “Qishloq joylarda uy-joy qurilishi koʻlamini kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq “Qishloq qurilish invest” IK MChJ 2017-yilning 1-yanvarigacha barcha turdagi soliq toʻlovlaridan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi va budjetdan tashqari Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va sogʻliqni saqlash muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar toʻlashdan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 29-yanvardagi PQ-1051-son “Uy-joy fondini foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha pudrat ishlarini kengaytirishni ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq yangidan tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan taʼmirlash-qurilish tashkilotlari va “Qishloq qurilish invest” IK MChJ bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha foydalanishga tayyor holda topshirish shartlari bilan yakka tartibda uy-joy qurish doirasida ular tomonidan amalga oshiriladigan ishlar hajmlari boʻyicha pudrat tashkilotlari 2017-yilning 1-yanvarigacha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqlarning barcha turlarini va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalarni toʻlashdan, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan qurilish texnikasi va kichik mexanizatsiyalash vositalari uchun bojxona toʻlovlari toʻlashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlari bundan mustasno) ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 7-yanvardagi PQ-2282-son “2015-yilda qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi dasturi va 2016-yilgi qurilishning asosiy parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq 2017-yilning 1-yanvarigacha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yordamchi pudratchi tashkilotlar — tayyor holda topshirish sharti bilan qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi doirasida “Qishloq qurilish invest” IK MChJ bilan shartnomalar tuzgan pudrat tashkilotlari bilan shartnoma asosida oʻzlari bajaradigan ishlar hajmi boʻyicha yagona soliq toʻlovini toʻlashdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish materiallari va uskunalari ishlab chiqaruvchi korxonalar — Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat asosida Dastur doirasida “Qishloq qurilish invest” IK MChJga sotiladigan qurilish materiallari va uskunalari hajmi boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan, davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalardan va yagona soliq toʻlovidan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Nizomning 2 va 3-bandlarida koʻrsatilgan imtiyozlarni qoʻllashga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pudrat tashkilotlari uchun — tayyor holda topshirish sharti bilan qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi doirasida “Qishloq qurilish invest” IK MChJ bilan tuzilgan shartnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yordamchi pudratchi tashkilotlar uchun — tayyor holda topshirish sharti bilan qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi doirasida “Qishloq qurilish invest” IK MChJ bilan shartnomalar tuzgan pudrat tashkilotlari bilan tuzilgan shartnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish materiallari va uskunalari ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun — Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha qurilish materiallari va uskunalarini realizatsiya qilish uchun “Qishloq qurilish invest” IK MChJ bilan tuzilgan shartnomaning mavjudligi asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yangidan tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan taʼmirlash-qurilish tashkilotlari tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi Yangidan tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan taʼmirlash-qurilish tashkilotlari tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2009, 2009-yil 19-sentabr) bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur Nizomning 2 va 3-bandlarida koʻrsatilgan imtiyozlarni qoʻllash uchun korxonalar qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha foydalanishga tayyor holda topshirish shartlari asosida yakka tartibda uy-joy qurish doirasida amalga oshirilgan ishlar va “Qishloq qurilish invest” IK MChJga realizatsiya qilingan qurilish materiallari va uskunalari boʻyicha alohida hisob yuritishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy toʻlovlarni budjetga toʻlash boʻyicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalterlik hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq (roʻyxat raqami 1463, 2005-yil 2-aprel), boʻshayotgan mablagʻlarni maqsadli ishlatish nazarda tutilmagan soliqlar va bojxona imtiyozlari berilganda budjetga toʻlanadigan soliqlar, bojxona va majburiy toʻlovlar mahsulot (tovarlar, ishlar, xizmatlar) hamda boshqa xil mol-mulkning sotish (xarid) qiymatiga hisoblab yozilmaydi va kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻshayotgan mablagʻlardan maqsadli foydalanishni nazarda tutmaydigan soliqlar va bojxona imtiyozlarini buxgalterlik hisobida aks ettirish tartibi yuqorida qayd etilgan Nizom bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Soliq va bojxona imtiyozlarining toʻgʻri qoʻllanilishi ustidan nazorat davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur Nizom “Qishloq qurilish invest” IK MChJ bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qishloq qurilish invest” IK MChJ bosh direktori K. XOShIMBEKOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 16-may
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 21-son, 246-modda)