Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.02.2018 19.09.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2009
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining qarori, 19.09.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2009
Кучга кириш санаси
29.09.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.02.2018
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QO‘MITASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT ARXITEKTURA VA QURILISh QO‘MITASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YaNGIDAN TAShKIL ETILAYOTGAN IXTISOSLAShTIRILGAN TA’MIRLASh-QURILISh TAShKILOTLARI TOMONIDAN SOLIQ VA BOJXONA IMTIYOZLARINI QO‘LLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 19-sentabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2009]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining 2018-yil 17-yanvardagi 2018-05, 8, 01-02/8-5, 2018-1-sonli “Yangidan tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan ta’mirlash-qurilish tashkilotlari tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2009-2, 01.02.2018-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 29-yanvardagi PQ-1051-son “Uy-joy fondini foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha pudrat ishlarini kengaytirishni rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 5-son, 38-modda.) O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi qaror qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yangidan tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan ta’mirlash-qurilish tashkilotlari tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 16-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-21-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 16-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi S. NOSIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 16-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
01-02/8-14-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi B. XO‘JAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 16-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining 2009-yil 16-avgustdagi 2009-21, 83, 01-02/8-14, 5-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangidan tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan ta’mirlash-qurilish tashkilotlari tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy fondini foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha pudrat ishlarini kengaytirishni rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 29-yanvardagi PQ-1051-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-yil, 5-son, 38-modda) muvofiq yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan ta’mirlash-qurilish tashkilotlari tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qo‘llash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
(I-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining 2016-yil 16-maydagi 2016-12, 31, 01-02/8-37 va 2-sonli qarori tahririda (ro‘yxat raqami 2009-1, 19.05.2016-y.) — O‘R QHT, 2016-y., 20-son, 229-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy fondini foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha pudrat ishlarini kengaytirishni rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 29-yanvardagi PQ-1051-son qaroriga asosan yangidan tashkil etilayotgan ta’mirlash-qurilish tashkilotlari 2017-yil 1-yanvargacha:
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining 2016-yil 16-maydagi 2016-12, 31, 01-02/8-37 va 2-sonli qarori tahririda (ro‘yxat raqami 2009-1, 19.05.2016-y.) — O‘R QHT, 2016-y., 20-son, 229-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqlarning barcha turlarini va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalarni to‘lashdan ozod qilinadi, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bundan mustasno;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining 2016-yil 16-maydagi 2016-12, 31, 01-02/8-37 va 2-sonli qarori tahririda (ro‘yxat raqami 2009-1, 19.05.2016-y.) — O‘R QHT, 2016-y., 20-son, 229-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan qurilish texnikasi va kichik mexanizatsiyalash vositalari uchun bojxona to‘lovlari to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlari bundan mustasno) ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ixtisoslashtirilgan ta’mirlash-qurilish tashkiloti faqat foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida uy-joy fondi obyektlarini rejalashtirish, qayta rejalashtirish, bezash, qurish, qayta qurish va ta’mirlash ishlarini amalga oshiradigan tashkilotdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) binoni rejalashtirish deganda tekislikdagi gorizontal kesim ko‘rinishida binoning rejalashtirilgan hajmiy tuzilmasining ma’lum masshtabdagi tasviri (chizmalari) tushuniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) binoni qayta rejalashtirish deganda binoning va/yoki uning alohida xonalari funksional vazifalarining o‘zgarishiga olib keladigan ishlar majmuasi tushuniladi. Bunday ishlarga, jumladan, quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘tarib turmaydigan pardevorlarni butunlay yoki qisman almashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘tarib turmaydigan pardevorlarda teshiklar teshish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhandislik yoki santexnika asbob-uskunalarini almashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) dizayn deganda qulaylik, tejamkorlik va go‘zallikning mushtarakligi prinsipiga asoslangan holda binoning old tomoni va ichki xonalarini me’moriy bezash, interyer elementlarini badiiy konstruksiyalash tushuniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) rekonstruksiya deganda bino (xona) va inshootlarning asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini va funksional vazifalarini (xonalar soni va maydonini, binolarning qurilish hajmi va umumiy maydonini) o‘zgartirish bilan bog‘liq ishlar majmui tushuniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ta’mirlash deganda quyidagilar tushuniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital ta’mirlash — bino yoki uning alohida elementlarining foydalanish ko‘rsatkichlarini yaxshilash bilan bog‘liq, bino (bino elementi) mustahkamligini va qulayligini ta’minlashga yo‘naltirilgan tiklash bo‘yicha ishlar majmui, shuningdek, daha ichida eskirgan uy-joy muhandislik tarmoqlarini almashtirish va turar joylarga qayta qurish, shu jumladan turar joy fondining uylari oldidagi hududda landshaft loyiha yechimlaridan foydalangan holda obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy ta’mirlash — binoning yoki uning alohida elementlarining foydalanish ko‘rsatkichlarini saqlab turish bo‘yicha ishlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) qurilish inshootlarini tayyor holda topshirish deganda buyurtmachining topshirig‘iga binoan obyektda barcha ishlar majmuini bajarish, shu bilan birga loyihalashtirish hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish-montaj, maxsus va ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish, obyektni texnologik va muhandislik asbob-uskunalari bilan jihozlash, foydalanishga tayyor qurilish mahsulotini yaratish tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Nizomning 1-bandida ko‘rsatilgan imtiyozlar ixtisoslashtirilgan qurilish-ta’mirlash korxonalari tomonidan faqat o‘z kuchlari bilan bajarilgan ishlarga qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ixtisoslashtirilgan ta’mirlash-qurilish tashkiloti agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy fondini foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha pudrat ishlarini kengaytirishni rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 29-yanvardagi PQ-1051-son qarori chiqqandan keyin yuridik shaxs sifatida ro‘yxatga olingan bo‘lsa, u yangidan tashkil etilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faoliyat ko‘rsatib kelayotgan korxonalarni qayta tashkil etish yo‘li bilan ular huzurida yoki ularning mol-mulklari huzurida tashkil etilgan tashkilotlar yangidan tashkil etilgan ta’mirlash-qurilish tashkilotlari sifatida qaralmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy to‘lovlarni budjetga to‘lash bo‘yicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalterlik hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 1463-son, 2005-yil 2-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 14-son, 105-modda) muvofiq bo‘shayotgan mablag‘larni maqsadli ishlatish nazarda tutilmagan soliqlar va bojxona imtiyozlari berilganda budjetga to‘lanadigan soliqlar, bojxona va majburiy to‘lovlar hisoblab chiqarilmaydi va mahsulotlar (tovarlar, ishlar, xizmatlar) hamda boshqa mol-mulkning sotish (xarid) qiymatiga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bo‘shayotgan mablag‘larni maqsadli ishlatishni nazarda tutmaydigan soliqlar va bojxona imtiyozlarini buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi yuqorida qayd qilingan Nizom bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Imtiyozlarni qo‘llash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yangidan tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan ta’mirlash-qurilish tashkilotlariga soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar va preferensiyalar ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlariga taqdim etiladigan arizaga asosan taqdim etiladi. Ariza davlat soliq xizmati organlariga yoki davlat bojxona xizmati organlariga ikki nusxada taqdim etiladi, shulardan bittasi vakolatli organning tegishli belgisi bilan soliq to‘lovchiga qaytariladi. Bunda, yangidan tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan ta’mirlash-qurilish tashkilotlari hisoblangan mikrofirma va kichik korxonalar tomonidan soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar va preferensiyalarni qo‘llash uchun ariza taqdim etilmaydi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining 2016-yil 16-maydagi 2016-12, 31, 01-02/8-37 va 2-sonli qarori tahririda (ro‘yxat raqami 2009-1, 19.05.2016-y.) — O‘R QHT, 2016-y., 20-son, 229-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlaridan tashqari) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxat asosida olib kirilayotgan tovarlarni erkin muomalaga chiqarish rejimiga o‘tkazish bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Imtiyozlardan foydalangan ixtisoslashtirilgan ta’mirlash-qurilish tashkilotlari haqiqatda ixtisoslashganligini tasdiqlash uchun yil yakuni bo‘yicha soliq hisobotlarini taqdim etish bilan bir vaqtda davlat soliq xizmati organlariga ushbu Nizomning 2-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq Ma’lumotnoma — hisob-kitobni taqdim etadilar. Ma’lumotnoma — hisob-kitob davlat soliq xizmati organlariga ikki nusxada taqdim etiladi, shulardan bittasi davlat soliq xizmatining tegishli belgisi bilan soliq to‘lovchiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Agar ixtisoslashtirilgan ta’mirlash-qurilish tashkiloti hisobot yili yakuni bo‘yicha taqdim etilgan Ma’lumotnoma — hisob-kitobdan kelib chiqqan holda imtiyozlar taqdim etish uchun belgilangan mezonlarga mos kelmasa (ixtisoslashtirilgan ta’mirlash-qurilish tashkiloti hisoblanmaganda), soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha berilgan imtiyozlar bekor qilinadi va ushbu to‘lovlarni budjetga to‘lash majburiyati qonun hujjatlarida nazarda tutilgan jarima sanksiyalarini hisobga olgan holda tiklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxona imtiyozlarni qo‘llash uchun belgilangan mezonlarga mos kelmasligi holatlari aniqlangan taqdirda davlat soliq xizmati organlari 10 ish kuni ichida davlat bojxona organlarini aniqlangan hollar to‘g‘risida ilgari to‘lanmagan bojxona to‘lovlarini undirish choralarini ko‘rish uchun xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Soliq va bojxona imtiyozlarini to‘g‘ri qo‘llanilishi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangidan tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan ta’mirlash-qurilish tashkilotlari tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎‎Taqdim etiladi ______________‎‎_________________________________________

(bojxona rasmiylashtiruvi joyi bo‘yicha hududiy bojxona organi)

‎‎yoki‎ ‎‎__________________________________________________________

‎‎(soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organi)

‎‎ARIZA

__________________________________________________________________

‎‎(korxonaning to‘liq nomi)

‎‎joylashgan manzili ____‎‎________________________________________________
‎‎__________________________________________________________________
1. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma ‎‎
‎‎2. Tashkil etilgan sana (kun/oy/yil)
‎‎3. STIR
‎‎4. XXTUT
5. Telefon: kod raqam
‎‎ixtisoslashtirilgan ta’mirlash-qurilish tashkiloti ekanligini ma’lum qiladi
‎‎__________________________________________________________________

‎‎(bajaradigan ishlarning nomi)

‎‎Imtiyozni qo‘llash uchun asos:____________‎‎____________________________________

(normativ hujjatning nomi)‎‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
M.O‘.
Ma’lumotlarning to‘liqligi va ishonchliligini tasdiqlayman:

Vakolatli organning

xodimi tomonidan to‘ldiriladi

Rahbar
STIR
F.I.Sh.
Imzo
Bosh buxgalter
STIR
F.I.Sh. Taqdim
Imzo etilgan sana
(kk/oo/yy)
Sana F.I.O.
(kk/oo/yy) Imzo
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangidan tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan ta’mirlash-qurilish tashkilotlari tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Yillik soliq hisoboti bilan birga taqdim etiladi

Taqdim etiladi _______________________________________________________

(soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organi)

__________________________________________________________________

(korxonaning to‘liq nomi)

joylashgan manzili ___________________________________________________________
‎‎__________________________________________________________________
1. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma
2. Tashkil etilgan sana (kun/oy/yil)
3. STIR
4. XXTUT
‎‎5. Telefon: kod raqam
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

MA’LUMOTNOMA — HISOB-KITOB‎
‎‎‎__________________
‎yil uchun

‎‎Imtiyozni qo‘llash uchun asos: ______‎‎__________________________________

(normativ hujjatning nomi)


‎ming so‘m‎

Mahsulot nomi

‎‎Miqdori

Jami bajarilgan ishlar hajmiga nisbatan % da ‎‎
Bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar va realizatsiya qilingan tovarlarning umumiy hajmi, jami ‎‎
‎‎shu jumladan: ‎‎
‎‎obyektlarni foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida qayta rejalashtirish, bezash, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va qurish ishlari ‎‎ ‎‎
foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida uy-joylarni mukammal va joriy ta’mirlash, shu bilan birga tomlarni ta’mirlash, uylar ichidagi muhandislik kommunikatsiyalarini almashtirish va ko‘p kvartirali uy-joylarning umumiy foydalaniladigan joylarini mukammal ta’mirlash ishlari‎‎ ‎‎
‎‎
‎‎
‎‎
‎‎
‎‎
daha ichida eskirgan uy-joy muhandislik tarmoqlarini almashtirish va turarjoylarga qayta qurish, shu jumladan turarjoy fondining uylari oldidagi hududda landshaft loyiha yechimlaridan foydalangan holda obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish ‎‎‎‎
‎‎
‎‎
‎‎
‎‎
‎‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
M.O‘. (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda)
Ma’lumotlarning to‘liqligi va ishonchliligini tasdiqlayman:

Davlat soliq xizmati organi

xodimi tomonidan to‘ldiriladi

Rahbar
STIR
F.I.Sh.
Imzo
Bosh buxgalter
STIR
F.I.Sh. Taqdim
Imzo etilgan sana
(kk/oo/yy)
Sana F.I.O.
(kk/oo/yy) Imzo
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining 2016-yil 16-maydagi 2016-12, 31, 01-02/8-37 va 2-sonli qarori tahririda (ro‘yxat raqami 2009-1, 19.05.2016-y.) — O‘R QHT, 2016-y., 20-son, 229-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 39-son, 428-modda; 2016-y., 20-son, 229-modda)