03.08.2009 yildagi PQ-1167-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq joylarda uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturini ijro etish hamda qishloq aholi punktlarining bosh rejalari va arxitekturaviy rejalashtirishni tashkil etish loyihalariga muvofiq tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirish asosida qishloq aholisining turar-joy sharoitlarini tubdan yaxshilash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan namunaviy loyihalar bo‘yicha uy-joy va ijtimoiy ahamiyatdagi obyektlar qurishning tajriba loyihalarini amalga oshirish uchun qishloq xo‘jaligi hamda o‘rmon fondi yerlari toifasiga kirmaydigan 42 ta yer massivi tanlab olindi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-2010-yillarda 260,5 mlrd.so‘m, shu jumladan, 2009-yilda — 65,5 mlrd. so‘m miqdorida tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha qishloq aholi punktlarida yakka tartibdagi uy-joy qurilishini kreditlash manbalari aniqlab olindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Qishloq qurilish bank” OATBning namunaviy loyihalar bo‘yicha uy-joy qurilishida yakka tartibda imorat quruvchilarga ko‘mak berish uchun respublikaning har bir mintaqasida o‘z filialiga ega “Qishloq qurilish invest” ixtisoslashtirilgan shu’ba injiniring kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin, uning zimmasiga quyidagi vazifalar yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy bozorini marketing jihatdan o‘rganish va buning asosida qurish massivlarini, barpo etiladigan uy-joylar, ijtimoiy ahamiyatdagi obyektlar va muhandislik infratuzilmalari tarkibi hamda tuzilmasini tanlab olish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq aholi punktlarida yakka tartibdagi yangi uy-joylar, shuningdek, ijtimoiy ahamiyatdagi obyektlar va muhandislik infratuzilmalarini “tayyor holda topshirish” shartlarida buyurtmachi funksiyalarini shartnoma asosida bajarish, jumladan, moliyalashni tashkil etish va qurilishning borishi ustidan texnik nazorat o‘rnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi buyurtmanomalariga muvofiq uy-joylar, shuningdek, namunaviy loyihalar bo‘yicha “tayyor holda topshirish” shartlarida ijtimoiy ahamiyatdagi obyektlar va muhandislik infratuzilmasi obyektlarini qurish buyurtmalarini obyektlarni sifatli qurishni ta’minlab bera oladigan amaldagi va yangitdan tashkil etilayotgan pudratchi qurilish tashkilotlari o‘rtasida tanlov asosida joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keyinchalik “Qishloq qurilish bank” OATB tomonidan beriladigan imtiyozli kreditlar hisobidan uzil-kesil hisob-kitob qilingan holda namunaviy loyihalar bo‘yicha qurilgan yakka tartibdagi uylarni aholiga berish, shuningdek, muhandislik infratuzilmasi, ijtimoiy-madaniy va sanitariya-maishiy ahamiyatdagi obyektlarni ekspluatatsiya tashkilotlariga topshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagi tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda uy-joy bozorini marketing jihatdan o‘rganish hamda aholining buyurtmanomalari asosida har yili 1-aprelgacha mintaqalar doirasida quriladigan uy-joylar va ijtimoiy ahamiyatdagi obyektlar hajmi, tarkibi va tuzilmasi bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 7-yanvardagi PQ-2282-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan marketing jihatdan o‘rganish natijalari asosida har yili 1-maygacha O‘zbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi va “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi bilan kelishilgan holda qishloq xo‘jaligi hamda o‘rmon fondi yerlari toifasiga kirmaydigan yer massivlari tanlab olinadi hamda keyinchalik ular namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joy va ijtimoiy ahamiyatdagi obyektlar qurish uchun “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasiga topshiriladi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 7-yanvardagi PQ-2282-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 1-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniq yer uchastkasi va namunaviy loyihani tanlagan yakka tartibda imorat quruvchi “tayyor holda topshirish” sharti bilan turar-joy binosini qurishda buyurtmachi vazifasini bajarishi uchun “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi bilan shartnoma tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibda imorat quruvchi bilan tuzilgan shartnoma asosida “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi buyurtmachi sifatida “tayyor holda topshirish”sharti bilan namunaviy loyiha bo‘yicha yakka tartibdagi turar-joy binosi qurilishi yuzasidan barcha ishlar kompleksini tashkil etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi va yakka tartibda uy-joy quruvchi o‘rtasida shartnoma tuzilganidan keyin yakka tartibda uy-joy quruvchiga yer uchastkasini ajratish tuman (shahar) hokimining qarori bilan kimoshdi savdosi o‘tkazilmasdan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga rasmiylashtiriladi.
(3-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 11-yanvardagi PQ-1683-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (B.A.Xo‘jayev) “Qishloq qurilish bank” OATB, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibdagi uy-joy qurilishini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Qishloq qurilish bank” OATB:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda ixtisoslashtirilgan “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ustavini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda “Qishloq qurilish invest” kompaniyasining zarur moddiy-texnika bazasi yaratilishini nazarda tutgan holda uning ustav kapitalini shakllantirsin, shuningdek, kompaniyaning malakali mutaxassislar bilan to‘ldirilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda, bank ustav jamg‘armasi mablag‘larini garov tariqasida qaytarish asosida ajratib berilishini nazarda tutgan holda “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasini ushbu jamg‘arma mablag‘i hisobidan aylanma mablag‘lar bilan ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv ta’minoti obyektlarini qurish respublika budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi;
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 14-yanvardagi PQ-1687-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 3-4-son, 29-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi uy-joy qurilishi massivlarida ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlari qurilishi investorlar mablag‘lari va O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklari kreditlari hisobidan amalga oshiriladi;
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy infratuzilma obyektlari va tashqi muhandislik tarmoqlari qurilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va viloyatlarning mahalliy budjetlari va homiylar mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi va uning mintaqaviy filiallariga zarur infratuzilmani tashkil etish uchun shartnoma asosida yer uchastkalarini ajratish tarzida yordam ko‘rsatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi va “Yergeodezkadastr”davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan holda, tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurishga tasdiqlangan bosh reja asosida har yili qishloq xo‘jaligi va o‘rmon fondi yerlari toifasiga kirmaydigan yer uchastkalari ajratilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qishloq qurilish bank” OATB kreditlari hisobidan tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi massivlarida barpo etiladigan muhandislik infratuzilmasi va ijtimoiy ahamiyatdagi obyektlarning ildam qurilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlanadigan yer massivlarining muhandislik tarmoqlari va transport kommunikatsiyalari bilan ta’minlanganligi, ishga tushiriladigan uy-joy hamda ijtimoiy-madaniy va sanitariya-maishiy obyektlarga bo‘lgan amaldagi talabning mavjudligi kompleks ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi uy-joy qurilishida qurilish normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan qattiq nazoratni amalga oshirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Qishloq qurilish invest” MChJ injiniring kompaniyasi 2017-yilning 1-yanvarigacha barcha turdagi soliq to‘lovlaridan hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi va budjetdan tashqari umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va sog‘liqni saqlash muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod etilsin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 7-yanvardagi PQ-2282-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PF-6011-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 06/20/6011/0780-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Bosh nazorat-taftish boshqarmasi uy-joy va ijtimoiy infratuzilma obyektlari qurilishiga ajratilayotgan mablag‘lardan, shu jumladan, “Qishloq qurilish bank”OATBning imtiyozli kreditlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan tizimli ravishda tekshiruvlar olib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 3-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-1167-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 32-33-son, 358-modda; 2011-y., 9-son, 84-modda; 2012-y., 3-4-son,26-modda; 2013-y., 2-son, 17-modda, 47-son, 615-modda; 2014-y., 29-son, 356-modda; 2015-y., 1-son, 1-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.07.2018-y., 07/18/3863/1544-son; 19.06.2020-y., 06/20/6011/0780-son)