12.08.2011 yildagi 199-II-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga)”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunidan kelib chiqadigan talablarni amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida belgilab berilgan vazifalarni izchil roʻyobga chiqarish, ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirishni kuchaytirish hamda mahalliy hokimiyat vakillik organlari bilan oʻzaro hamkorlikni bundan buyon ham taʼminlash maqsadida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2011-yil 15-iyulda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyevning “Demokratik bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish borasida Hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar dasturi, shuningdek, “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturi ijrosining borishi toʻgʻrisida”gi hisoboti haqida”gi 333-II/196-II-sonli qoʻshma qarorining 7 va 8-bandlarida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga)”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunidan kelib chiqadigan talablarni amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalari va Senatning mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi mazkur Dasturda belgilangan tadbirlar oʻz vaqtida ijro etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qarorning ijro etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining oʻrinbosari M. Radjabova zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 12-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
199-II-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2011-yil 12-avgustdagi 199-II-sonli Qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga)”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunidan kelib chiqadigan talablarni amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ChORA-TADBIRLAR DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Bajarish

muddati

Masʼul

ijrochilar

I. Ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish sohasida

1.1.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining raisiga “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Fargʻona viloyati soliq organlari tomonidan bajarilishi masalasi yuzasidan parlament soʻrovi yuborish. Parlament soʻroviga Davlat soliq qoʻmitasi raisining javobini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yalpi majlisida koʻrib chiqish, tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish samaradorligini yanada oshirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish.

2011-yil

III-IV choraklari

Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi

1.2.

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziriga fuqarolarning huquqiy ongini, jamiyatda huquqiy madaniyatni oshirish, huquq ijodkorligi, huquqni qoʻllash amaliyoti sohasida yagona davlat siyosati olib borilishini taʼminlash masalasi yuzasidan parlament soʻrovi yuborish. Parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining javobini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yalpi majlisida koʻrib chiqish, Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasining sud-huquq islohotlarini amalga oshirish sohasidagi qoidalarini izchil roʻyobga chiqarishda adliya organlarining rolini yanada oshirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish.

2011-yil

III-IV choraklari

Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

1.3.

Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vaziriga “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan ijro etilishini taʼminlash masalasi yuzasidan parlament soʻrovi yuborish. Parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining javobini Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi majlisida eshitish va muhokama qilish, suv resurslaridan oqilona foydalanishga qaratilgan chora-tadbirlarni roʻyobga chiqarish yuzasidan tavsiyalar va takliflar ishlab chiqish.

2011-yil

III choragi

Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi

1.4.

2011-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining mamlakat mintaqalaridagi ijrosi masalasi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining axboroti boʻyicha parlament eshituvlari.

2011-yil

III choragi

Senatning Fan, taʼlim, madaniyat va sp�rt masalalari qoʻmitasi

1.5.

Tashqi iqtisodiy faoliyat, xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari boʻyicha, mamlakat mintaqalariga xorijiy investitsiyalarni jalb etish borasida olib borilayotgan ish haqida Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining axboroti yuzasidan parlament eshituvlari.

2011-yil

IV choragi

Senatning Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi

II. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari bilan
hamkorligini taʼminlash sohasida

2.1.

Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi va xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashining qoʻshma majlisida “Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida”gi va “Mikromoliyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun kredit resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini taʼminlashga doir qismi Buxoro viloyatida ijro etilishining holatini koʻrib chiqish.

2011-yil

III-IV choraklari

Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi,

xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashi

2.2.

Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi va xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashining qoʻshma majlisida investitsiyalarni jalb etish hamda aholi bandligini taʼminlashning muhim omili sifatida infratuzilmani, transport va kommunikatsiyalarni rivojlantirish dasturini Xorazm viloyatida roʻyobga chiqarish masalasini oʻrganish yakunlarini muhokama qilish.

2011-yil

III-IV choraklari

Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi,

xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashi

2.3.

Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi va xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashining qoʻshma majlisida Sirdaryo viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining qonuniy huquq va manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash borasida adliya, huquqni muhofaza qilish hamda nazorat organlarining huquqni qoʻllash faoliyatini oʻrganish yakunlarini muhokama qilish.

2011-yil

IV choragi

Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi,

xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashi

2.4.

Senatning Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi va xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashining qoʻshma majlisida Qashqadaryo viloyatida kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilarini ishga joylashtirish masalasini koʻrib chiqish.

2011-yil

IV choragi

Senatning Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi, xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashi

2.5.

“Urugʻchilik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Samarqand viloyatida ijro etilishini oʻrganish yakunlarini koʻrib chiqish boʻyicha Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi va xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining qoʻshma majlisini oʻtkazish.

2011-yil

IV choragi

Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi, xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi

2.6.

“Aholini va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Surxondaryo viloyatida ijro etilishini oʻrganish. Oʻrganish natijalarini Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi va xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashining qoʻshma majlisida muhokama qilish. Muhokama yakunlari boʻyicha aholining tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan himoya qilinishini taʼminlash uchun masʼul boʻlgan davlat organlari faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar qabul qilish.

2011-yil

III-IV choraklari

Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi,

xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi

2.7.

Xalq deputatlari Navoiy viloyati mahalliy Kengashlarining ijro etuvchi hokimiyat hududiy organlari faoliyati ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish borasidagi ish tajribasini oʻrganish.

2011-yil

III-IV choraklari

Senatning mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi,

Navoiy viloyati xalq deputatlari mahalliy Kengashlari

III. Ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati ustidan parlament nazoratini kuchaytirish masalalariga
bagʻishlab konferensiyalar, davra suhbatlari va seminarlar oʻtkazish

3.1.

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining deputatlari uchun “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga)”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining mohiyatini va ahamiyatini tushuntirishga bagʻishlangan turkum seminarlarni tashkil etish va oʻtkazish (mamlakatning hamma mintaqalarida).

2011-yil

III-IV choraklari

Senatning mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi

3.2.

“Ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun hujjatlarini, mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish davlat dasturlarini ijro etish borasidagi faoliyati ustidan parlament, deputatlik nazorati samaradorligini oshirishning dolzarb masalalari” mavzuida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini oʻtkazish (Toshkent sh.).

2011-yil

III choragi

Senatning Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi

3.3.

“Deputat soʻrovi — xalq deputatlari mahalliy Kengashi tomonidan ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini nazorat qilishning samarali vositasi” mavzuida seminar oʻtkazish (Navoiy viloyati).

2011-yil

III choragi

Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi,

Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi, Navoiy viloyati xalq deputatlari mahalliy Kengashlari

3.4.

“Mahalliy hokimiyat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari oʻrtasidagi ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish hamda fuqarolik jamiyatini shakllantirish masalalari” mavzuida seminar oʻtkazish (Namangan viloyati).

2011-yil

III choragi

Senatning mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi, xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashi

3.5.

“Barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning bandligini taʼminlashda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining roli” mavzuida davra suhbati oʻtkazish (Sirdaryo viloyati).

2011-yil

IV choragi

Senatning Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi, xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashi

3.6.

“Markazda va joylarda ijro etuvchi hokimiyat organlari ustidan nazoratni amalga oshirish sohasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati bilan xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining oʻzaro hamkorligi mexanizmini yanada takomillashtirish masalalari” mavzuida konferensiya oʻtkazish (Xorazm viloyati).

2011-yil

IV choragi

Senatning mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi

IV. Oʻzb�kiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining faoliyati toʻgʻrisida jamoatchilikning
xabardorligini taʼminlash sohasida

4.1.

Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini roʻyobga chiqarish masalalari boʻyicha senatorlarning ommaviy axborot vositalarida chiqishlarini tashkil etish.

doimiy ravishda

Senatning matbuot kotibi,
Senat qoʻmitalari,

Senatning mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi

4.2.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish masalalariga bagʻishlangan tadbirlarni (parlament eshituvlari, konferensiyalar, davra suhbatlari va seminarlarni) tashkil etish va oʻtkazish masalalariga bagʻishlangan axborot materiallarini tayyorlash hamda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish.

doimiy ravishda

Senatning matbuot kotibi,

Senat qoʻmitalari,Senatning mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi

4.3.

“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati — parlament yuqori palatasi faoliyatining tashkiliy asoslari” nomli amaliy qoʻllanma ishlab chiqish.

2011-yil

III choragi

Senat rahbariyati,

Senat Devoni

4.4.

Mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyatida oshkoralikni taʼminlash maqsadida, shu jumladan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarining, ular doimiy komissiyalarining qarorlarini, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari doimiy komissiyalarining nazorat-tahlil faoliyati yakunlarini, deputatlar va senatorlarning saylovchilar bilan olib borayotgan ishi toʻgʻrisidagi axborotni eʼlon qilish uchun mintaqalarda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining veb-saytlarini ochish masalasini ishlab chiqish.

2011-yil

IV choragi

Senat Kengashi,

xalq deputatlari viloyat Kengashlari

(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-y., 8-son, 230-modda)