03.12.2010 yildagi 116-II-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 03.12.2010 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrda oʻtkazilgan qoʻshma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzuyidagi maʼruzasi hamda mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiya qilishda Oliy Majlis Senati, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining rolini kuchaytirish borasidagi 2010-yilga va keyingi yillarga moʻljallangan vazifalar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrda oʻtkazilgan qoʻshma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzuyidagi maʼruzasi mamlakatimiz siyosiy va ijtimoiy hayotida gʻoyat muhim voqea boʻldi. Unda mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy oʻzgartirishlar jarayoni, Oʻzbekistonning demokratik va iqtisodiy islohotlarni oʻtkazishdagi asosiy yutuqlari chuqur tahlil qilindi, ijtimoiy yoʻnaltirilgan bozor iqtisodiyotiga ega boʻlgan ochiq demokratik davlat qurishning, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari belgilandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasining qoida va xulosalari asosiy strategik maqsadga erishishga — bozor iqtisodiyoti barqaror rivojlanib borayotgan, inson, uning manfaatlari, huquq va erkinliklari soʻzda emas, balki amalda oliy qadriyat hisoblanuvchi kuchli fuqarolik jamiyatiga ega boʻlgan ochiq demokratik huquqiy davlatni barpo etishga, Oʻzbekiston dunyoning rivojlangan demokratik davlatlari safidan oʻrin olishiga qaratilgan. Konsepsiya mamlakatning siyosiy tizimini yanada modernizatsiya qilish ishida dasturiy hujjat, Oʻzbekistonni isloh qilish va demokratlashtirishda yangi bosqich boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, sud-huquq tizimini isloh etish, axborot sohasini isloh qilish hamda axborot va soʻz erkinligini taʼminlash, saylov huquqi erkinligini taʼminlash va saylov qonunchiligini rivojlantirish, fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish, demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirishning Konsepsiyada belgilab berilgan asosiy yoʻnalishlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan uzoq muddatga moʻljallangan konkret harakat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun asos boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakat Prezidenti I.A. Karimovning maʼruzasida qoʻyilgan vazifalarni hayotga tatbiq etish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatidan, xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridan, har bir senatordan va barcha darajalardagi deputatlardan yuksak tashabbuskorlikni, qonun ijodkorligi faoliyatining samaradorligini hamda parlament nazoratining taʼsirchanligini oshirishni, oʻz ishida umumdavlat va mintaqalar manfaatlari uygʻun qoʻshib olib borilishini taʼminlashni talab qiladi. Senat Kengashi, qoʻmitalari va komissiyalarining, mahalliy hokimiyat vakillik organlarining eng muhim vazifasi Konsepsiyaning mazmuni va mohiyatini keng jamoatchilik, Oʻzbekiston Respublikasining har bir fuqarosi eʼtiboriga yetkazishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasidan kelib chiqadigan yuqorida koʻrsatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan, uning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrda oʻtkazilgan qoʻshma majlisidagi maʼruzasida bayon etilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasining qoidalari va xulosalari butunlay va batamom maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining eng muhim vazifasi Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasidan kelib chiqadigan uzoq muddatli chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirishdan iborat deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrda oʻtkazilgan qoʻshma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzuyidagi maʼruzasining asosiy qoidalari va xulosalarini amalga oshirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010-yilga va keyingi yillarga moʻljallangan Harakat dasturi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qonunchilik bazasini, nazorat-tahlil ishini takomillashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, uning Kengashi, qoʻmitalari va komissiyalarining quyidagilarga qaratilgan ustuvor vazifalari sifatida belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirish, davlat hokimiyati subyektlari oʻrtasidagi vakolatlarning yanada mutanosib taqsimlanishini taʼminlash, ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati ustidan taʼsirchan parlament nazoratini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud-huquq tizimini isloh qilish, uni demokratlashtirish va liberallashtirish, qonun ustuvorligini, qonuniylikni taʼminlash, shaxsning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish, huquqiy davlatni shakllantirish hamda jamiyatda huquqiy bilimlarni yaxshilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot sohasini isloh qilish hamda soʻz va axborot erkinligini taʼminlash, ommaviy axborot vositalari bilan davlat hokimiyati organlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni barcha choralar bilan mustahkamlash, mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy islohotlarning ochiq-oydinligi va oshkoraligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatda amal qilib turgan huquqiy normalar demokratikligining eng muhim masalasi, xalq xohish-irodasini ifoda etishining, fuqarolar davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda qatnashishining asosiy shakli sifatida saylov erkinligini taʼminlash va saylov qonunchiligini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish, nodavlat notijorat tashkilotlarning davlat tuzilmalari bilan ijtimoiy sheriklik prinsiplari asosida oʻzaro hamkorligini huquqiy va institutsiyaviy taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish instituti faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish, vazifalarini kengaytirish hamda uning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan yaqindan hamkorlik qilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk huquqini himoya qilishni huquqiy taʼminlash, oilaviy, kichik biznes, xususiy tadbirkorlik faoliyatining ishonchli kafolatlarini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shaharlar Kengashlariga quyidagilar tavsiya etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakillik hokimiyati organlarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrda oʻtkazilgan qoʻshma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzuyidagi maʼruzasining qoidalari va xulosalaridan kelib chiqadigan vazifalari toʻgʻrisidagi masalani va ushbu qarorni koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimiz Prezidenti tomonidan ilgari surilgan Konsepsiyaning mazmuni va mohiyatini fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida, turar joylarda, korxonalarda, muassasalar va tashkilotlarda keng muhokama qilishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsepsiya qoidalaridan kelib chiqadigan aniq va maqsadga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirishni oʻzlarining 2011-yilga va keyingi yillarga moʻljallangan ish rejalariga kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qaror ijro etilishi uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shaharlar Kengashlariga yuborilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari ushbu qarorni bajarishning borishi toʻgʻrisida 2011-yil 1-martgacha va tegishincha har yili 10-dekabrgacha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashiga axborot taqdim etsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qarorning ijro etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi oʻrinbosari M.A. Radjabova zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 3-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
116-II-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010-yil 3-dekabrdagi 116-II-sonli Qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrda oʻtkazilgan qoʻshma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzuyidagi maʼruzasining asosiy qoidalari va xulosalarini amalga oshirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010-yilga va keyingi yillarga moʻljallangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HARAKAT DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Maʼruzaning asosiy qoidalari va xulosalarini amalga oshirish yoʻnalishlari

Asosiy tadbirlar

Bajarish muddatlari

Masʼul ijrochilar

I. Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish

1.1. Davlat hokimiyatining uchta subyekti: davlat boshligʻi — Prezident, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar oʻrtasidagi vakolatlarning yanada mutanosib taqsimlanishini taʼminlash

1.1.1. Davlat boshligʻining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrda oʻtkazilgan qoʻshma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzuyidagi maʼruzasini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi majlislarida, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman va shaharlar Kengashlarining sessiyalarida muhokama qilish yakunlari Senat Kengashi majlislarida, Senatning yalpi majlislarida eshitilishini taʼminlash.

Senatorlarning mahalliy hokimiyat vakillik organlari deputatlari bilan vakillik organlarining demokratik ijtimoiy-siyosiy islohotlarni ilgarilatishdagi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik, fuqarolik nazoratini amalga oshirishdagi roli va masʼuliyatini kuchaytirishga qaratilgan tizimli ishini tashkil etish boʻyicha tashkiliy-huquqiy tadbirlar kompleksini amalga oshirish.

2010-yil dekabr oyi — keyingi yillar

Senat Kengashi, Senatning mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari

1.1.2. Davlat boshligʻining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrda oʻtkazilgan qoʻshma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzuyidagi maʼruzasi asosida Senatning, Senat Kengashining, Senat qoʻmitalari va komissiyalarining parlament oldida turgan vazifalarni roʻyobga chiqarishga qaratilgan faoliyatidan jamoatchilikni keng xabardor qilishni tashkil etish.

2010-yil dekabr oyi — keyingi yillar

Senat Kengashi, Senat qoʻmitalari, Senatning mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi

1.1.3. Hokimiyatlar boʻlinishiga oid konstitutsiyaviy prinsipini bosqichma-bosqich amalga oshirish, davlat hokimiyatining uchta subyekti oʻrtasida bir-birini tiyish va muvozanatni saqlashning samarali tizimini yaratish maqsadida zbekiston Respublikasi Hukumatining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlarini Senatning yalpi majlislarida eshitish va muhokama qilish boʻyicha tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish yuzasidan chora-tadbirlar kompleksini roʻyobga chiqarish.

2011-yilning ikkinchi yarmi

Senat Kengashi, Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

1.1.4. Xalq deputatlari Andijon va Samarqand viloyat Kengashlarining eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni amalga oshirishda, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishda hokimiyat vakillik organlarining rolini oshirishdagi ishtiroki toʻgʻrisidagi masalani oʻrganish. Yakunlarini Senat Kengashining sayyor majlisida xalq deputatlari Andijon va Samarqand viloyat Kengashlari bilan birga muhokama qilish.

2011-yilning
III choragi

Senat Kengashi, Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Senatning mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari

II. Sud-huquq tizimini isloh qilish

2.1. Sud-huquq tizimini demokratlashtirish va liberallashtirish, sud hokimiyatini mustahkamlash hamda fuqarolarning sud tomonidan himoya qilinishi kafolatlarini kuchaytirish, huquqiy davlatni shakllantirish va jamiyatning huquqiy bilimlarini yaxshilash.

2.1.1. Surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshirish chogʻida sud nazoratini kuchaytirish; “Xabeas korpus” institutini qoʻllanish doirasini kengaytirish; sudning mustaqilligi, obyektivligi, xolisligini taʼminlash, jinoyat protsessida oʻzaro tortishuv prinsipini kuchaytirish; tezkor qidiruv tadbirlarini amalga oshirish chogʻida qonuniylikka rioya qilishning, fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlashning real huquqiy kafolatlarini yaratish; maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish masalalariga bagʻishlab Senat qoʻmitalari tomonidan konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari oʻtkazish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2010-yil
dekabr oyi

Senat Kengashi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi hamda Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

2.1.2. Toshkent shahrida “Advokatura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini ijro etishning borishini nazorat-tahlil faoliyati tartibida oʻrganish, bu sohada huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va amalga oshirish.

2011-yilning ikkinchi yarmi

Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Oʻzbekiston advokatlar palatasi

2.2. Davlat hokimiyati organlari va huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar faoliyatida qonunchilikka rioya qilish, qonun ustuvorligini taʼminlash ustidan nazoratni amalga oshirishda adliya organlarining rolini belgilab beradigan huquqiy mexanizmlarni oʻrnatish.

2.2.1. Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari tizimida bir-birini tiyish va muvozanatni saqlash tizimining samarali mexanizmini yaratish boʻyicha takliflar ishlab chiqish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda “Huquq ijodkorligi va huquqni qoʻllash amaliyoti sohasida yagona davlat siyosatini olib borishda adliya organlarining roli. Xalqaro tajriba va amaliyot” mavzuyida davra suhbatini oʻtkazish.

2011-yilning
II
choragi

Senatning Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi va Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti

2.3. Aholining yuksak siyosiy madaniyati va huquqiy ongini, inson huquqlari va erkinliklariga nisbatan hurmat bilan munosabatda boʻlishini shakllantirish, fuqarolarning qonunga itoatkorlik tuygʻusini taʼminlash.

2.3.1. Aholining yuksak huquqiy madaniyatini, inson huquqlari va erkinliklariga nisbatan hurmat bilan munosabatda boʻlishini shakllantirish, fuqarolarning qonunga itoatkorlik tuygʻusini taʼminlash masalalariga bagʻishlangan konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlarini oʻtkazish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

ish rejasiga muvofiq

Senat Kengashi, Senatning Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

2.3.2. Senat Kengashi majlislarida, Senatning yalpi majlislarida Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri hamda Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining taʼlim muassasalarining aholida, eng avvalo yoshlarda yuksak huquqiy madaniyatni, inson huquqlari va erkinliklariga nisbatan hurmat bilan munosabatda boʻlishini shakllantirish, fuqarolarning qonunga itoatkorlik tuygʻusini taʼminlash borasidagi faoliyati haqidagi axborotini eshitish .

2011 yilning birinchi yarmi

Senat Kengashi, Senatning Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Oliy taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Adliya vazirligi

III. Axborot sohasini isloh qilish, axborot va soʻz erkinligini taʼminlash

3.1. Soʻz erkinligini taʼminlash, fuqarolarning axborot olish sohasidagi huquqlarini roʻyobga chiqarish, ommaviy axborot vositalari ustidan nazorat mexanizmini bartaraf etish uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish maqsadida ommaviy axborot vositalari sohasidagi qonunlarni yanada takomillashtirish.

3.1.1. Ommaviy axborot vositalari sohasidagi demokratik oʻzgartirishlarni chuqurlashtirish, nodavlat ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, axborot texnologiyalari va tizimlaridan foydalangan holda axborot resurslariga kirish mexanizmlarini aniqlash maqsadida:

Senatning Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan birgalikda, Matbuot va axborot agentligi, Aloqa va axborotlashtirish agentligi, Davlat patent idorasi, Mualliflik huquqini himoya qilish agentligi, Fanlar akademiyasi

Qoraqalpogʻiston Respublikasida “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni;

2012-yilning birinchi yarmi

Sirdaryo viloyatida “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni;

2012-yilning birinchi yarmi

Buxoro va Namangan viloyatlarida “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni;

2012-yilning ikkinchi yarmi

Navoiy viloyatida “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijro etilishining borishini nazorat tartibida oʻrganish.

Tadbirlar yakunlari boʻyicha — “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida”gi, “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, shuningdek bu sohalarda huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

2012-yilning ikkinchi yarmi

3.1.2. Mamlakatda islohotlar siyosati, davlatning tashqi va ichki siyosatini amalga oshirayotgan ijro hokimiyati organlari faoliyatining ochiqligi, oshkoraligini taʼminlash; teleradiodasturlarni yaratish va tarqatish sohasidagi raqobatni yanada rivojlantirish, yangi istiqbolli eshittirish texnologiyalarini joriy etish (mobil va raqamli televideniye, teleindustriyaning yangi istiqbolli tarmoqlarini yaratish) uchun sharoit tugʻdirish; ommaviy axborot vositalarining mustaqilligini yanada kuchaytirish; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik hamda parlament nazoratini taʼminlashda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish masalalariga bagʻishlangan konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari oʻtkazishni nazarda tutuvchi tashkiliy-huquqiy tadbirlarni tayyorlash va amalga oshirish.

Tadbirlar yakunlari boʻyicha — “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining oshkoraligi toʻgʻrisida”gi, “Teleradioeshittirish toʻgʻrisida”gi, “Ommaviy axborot vositalari faoliyatining iqtisodiy asoslari toʻgʻrisida”gi, “Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining loyihalari yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

2010-yil dekabr oyi 2011-yil davomida

Senat Kengashi, Senatning Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi, Senatning Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi, Senatning Matbuot xizmati, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Matbuot va axborot agentligi, Aloqa va axborotlashtirish agentligi, zbekiston Milliy axborot agentligi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, zbekiston milliy teleradiokompaniyasi

IV. Saylov huquqi erkinligini taʼminlash va saylov qonunchiligini rivojlantirish

4.1. Saylov jarayonlarini yanada demokratlashtirish

4.1.1. Davlat boshligʻining Oʻzbekiston Respublikasining saylov qonunchiligiga oʻzgartishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonunchilik tashabbuslarini amalga oshirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish maqsadida: saylov qonunchiligini demokratlashtirish yuzasidan Konsepsiyada bayon etilgan takliflar keng yoritilishini taʼminlash saylov erkinligi prinsipini amalga oshirish va deputatlikka nomzodlarga teng sharoitlar taʼminlab berish mexanizmlarining samaradorligini oshirish, shu jumladan saylovoldi tashviqotining shakl va usullarini takomillashtirish, muddatidan oldin ovoz berish mexanizmini, saylovchilarning huquqlarini himoya qilish tartibini shakllantirish va qonunchilikni demokratlashtirish masalalariga, hokimiyatning vakillik organlariga saylov oʻtkazish amaliyotiga bagʻishlangan konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari oʻtkazish.

2011-2012-yillar ish rejasiga muvofiq

Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Senatning mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy saylov komissiyasi (kelishuvga muvofiq) va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan birgalikda

4.1.2. Nazorat-tahlil faoliyati tartibida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Sirdaryo viloyatida — “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini, Surxondaryo viloyatida — “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini, Toshkent shahrida — “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini ijro etishning borishini oʻrganish.

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, doimiy komissiyalar, deputatlar guruhlarining mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim masalalarini hal qilishdagi faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

2012-yilning birinchi yarmi

Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Senatning mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi (kelishuvga muvofiq) va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan birgalikda

V. Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish

5.1. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish instituti mahalla faoliyat yuritishining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish, uning vazifalari koʻlamini kengaytirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan oʻzaro yaqin munosabatlarini taʼminlash.

5.1.1. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining davlat ijtimoiy dasturlarini amalga oshirish, mintaqalarning eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini hal qilish borasidagi faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar: Qashqadaryo viloyatida — “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Xorazm viloyatida — “Fuqarolar yigʻinlari raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ijro etilishining borishini nazorat tartibida oʻrganish.

2012-yilning birinchi yarmi

Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Senatning mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va “Mahalla” jamgʻarmasi bilan birgalikda

Amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash vazifalari mahallalar tomonidan roʻyobga chiqarilishi masalasi yuzasidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining deputatlarini, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini, “Mahalla” jamgʻarmasi, boshqa jamoat birlashmalarining vakillarini jalb etgan holda Andijon va Buxoro viloyatlarida sayyor seminarlar oʻtkazish.

Mahallani aholini manzilli va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markaziga aylantirish, tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish, mahallaning davlat boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimidagi vazifalarini yanada kengaytirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish.

2011-yilning
III choragi

5.2. Fuqarolik jamiyati institutlarining yanada rivojlanishini taʼminlash, ularning amalga oshirilayotgan islohotlar ochiqligi va samaradorligini taʼminlashdagi rolini kuchaytirish, eng muhim davlat dasturlarini amalga oshirishda hamda katta ijtimoiy ahamiyatga molik muammolarni hal qilishda nodavlat notijorat tashkilotlar ishtirokining huquqiy asosini yaratish.

5.2.1. Sogʻliqni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, bandlikni taʼminlash, aholining nochor qatlamlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash sohasidagi eng muhim davlat dasturlarini amalga oshirishda va katta ijtimoiy ahamiyatga molik boshqa muammolarni hal qilishda nodavlat notijorat tashkilotlarning ishtirok etishi amaliyotini joylarda oʻrganish. Eng muhim davlat dasturlarini amalga oshirishda va katta ijtimoiy ahamiyatga molik muammolarni hal qilishda nodavlat notijorat tashkilotlar ishtirokining huquqiy asosini, huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

Ana shu maqsadlarda Fargʻona va Samarqand viloyatlarida nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatining, xususan atrof-muhitni muhofaza qilish, kasanachilikni rivojlantirish sohasidagi faoliyatining asosiy yoʻnalishlariga, ular tomonidan “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi, “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining ijro etilishiga bagʻishlangan konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari oʻtkazish.

Oʻrganish yakunlari boʻyicha — ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishda, gumanitar muammolarni hal qilishda, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilishda nodavlat notijorat tashkilotlar davlat tuzilmalari bilan oʻzaro hamkorlik qilishining tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga, shuningdek atrof-muhitni muhofaza qilishni taʼminlash tizimida nodavlat notijorat tashkilotlarning roli va oʻrnini belgilashga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish.

2011-2012-yillar ish rejasiga muvofiq

Senatning Fan, taʼlim madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi, Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, Fuqarolik jamiyatini oʻrganish instituti, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi bilan birgalikda

5.2.2. Fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy faolligini yanada rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish maqsadida mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan:

Buxoro viloyatida “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini;

2011-yilning birinchi yarmi

Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

Surxondaryo viloyatida “Jamoat fondlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini;

2011-yilning ikkinchi yarmi

Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi

Fargʻona viloyatida “Homiylik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini;

2011-yilning ikkinchi yarmi

Senatning Fan, taʼlim madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

Namangan va Jizzax viloyatlarida “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini;

2012-yilning birinchi yarmi

Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

Xorazm viloyatida “Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini ijro etishning borishini nazorat tartibida oʻrganish.

2012-yilning birinchi yarmi

Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi bilan birgalikda

VI. Demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish

6.1. Iqtisodiyot sohasida demokratik oʻzgartirishlarni, liberallashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish.

6.1.1. Konsepsiyaning xususiy mulk huquqini va uni himoya qilishni mustahkamlash, xususiy mulkdorlar uchun ishonchli kafolatlar tizimini yaratish, boshqaruv tizimini takomillashtirish, ortiqcha byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish hamda iqtisodiy munosabatlarni, iqtisodiyotni boshqarish tizimini demokratlashtirish va liberallashtirishning boshqa masalalariga yoʻnaltirilgan qoidalarini muhokama qilishga, shuningdek atrof-muhitni muhofaza qilishga bagʻishlangan konferensiya, seminar va davra suhbatlari oʻtkazish. Oʻtkazilgan tadbirlar yakunlari boʻyicha — amaldagi qonunlarni takomillashtirish, shu jumladan “Xususiy mulkni muhofaza qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi, “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi hamda “Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini tayyorlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

2011-2012-yillar ish rejasiga muvofiq

Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi, Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi

6.1.2. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi tizimida “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini ijro etishning borishini nazorat tartibida oʻrganish.

Korporativ boshqaruv va nazorat organlari vakolatlarini, huquqlari va majburiyatini yanada aniqroq belgilash; aksiyadorlik jamiyatlari kuzatuv kengashlari, umumiy yigʻilishlari va taftish komissiyalarining roli va ahamiyatini oshirish; minoritar aksiyadorlar uchun koʻproq kafolatlarni taʼminlash; barcha aksiyadorlar va boʻlajak investorlar aksiyadorlik kompaniyalarining faoliyatiga doir axborotdan foydalanishini kengaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

2011-yilning birinchi yarmi

Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi

6.1.3. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini ijro etish masalalari boʻyicha tegishli vazirliklar va idoralar vakillarini taklif etgan holda parlament eshituvlarini amalga oshirish:

Toshkent viloyatida “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini;

2012-yilning birinchi yarmi

Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi

Surxondaryo va Fargʻona viloyatlarida Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi, “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi, “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi, “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini;

2012-yilning birinchi yarmi

Senatning Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari qoʻmitasi

Toshkent shahrida “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini.

2012-yilning ikkinchi yarmi

Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi

Koʻrsatib oʻtilgan nazorat tadbirlarining yakunlari boʻyicha davlat boshligʻining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrda oʻtkazilgan qoʻshma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzuyidagi maʼruzasida tayyorlanishi nazarda tutilgan yangi tahrirdagi “Xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi va “Raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining mazmuni yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

6.1.4. Kichik biznesning (xususiy tadbirkorlikning) mamlakat iqtisodiyotidagi koʻlami va ulushining yanada kengayishini taʼminlash maqsadida mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan Qashqadaryo viloyatida “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ijro etilishining borishini nazorat tartibida oʻrganish.

Nazorat faoliyatining natijalarini Senat qoʻmitasining xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashi bilan birgalikdagi sayyor majlisida muhokama qilish. Yangi tahrirdagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasining mazmuni yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

2011-yilning birinchi yarmi

Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashi bilan birgalikda

6.1.5. “Kredit byurolari faoliyati va kredit axboroti almashuvi toʻgʻrisida”gi, “Garov reyestri toʻgʻrisida”gi, “Investitsiya va pay fondlari toʻgʻrisida”gi, “Innovatsiyalar va iqtisodiyotni modernizatsiya qilish toʻgʻrisida”gi qonun hujjatlarini qabul qilish va amalga oshirish sohasidagi xalqaro tajribani oʻrganish maqsadida Namangan va Fargʻona viloyatlarida bir qator davra suhbatlari oʻtkazish.

2011-2012-yillar ish rejasiga muvofiq

Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi, Senatning Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi

6.1.6. Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturi soʻzsiz bajarilishida mahalliy hokimiyat organlarining roli va masʼuliyati toʻgʻrisidagi masala yuzasidan Senat qoʻmitasining Jizzax va Sirdaryo viloyatlari xalq deputatlari Kengashlari bilan qoʻshma sayyor majlislarini oʻtkazish.

2011-yilning birinchi yarmi

Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi, Senatning mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari xalq deputatlari Kengashlari

6.1.7. 2011-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturini amalga oshirish masalasi boʻyicha Senat qoʻmitasining Andijon va Toshkent viloyatlari xalq deputatlari Kengashlari bilan qoʻshma sayyor majlislarini oʻtkazish.

2011-yilning ikkinchi yarmi

Senatning Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi, Andijon va Toshkent viloyatlari xalq deputatlari Kengashlari

(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-y., 12-son, 496-modda)