15.02.2016 yildagi 80-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyati Forish tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumandagi transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2013-y., 16-son 197-modda) 17-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 17-modda) muvofiq, transport vositalarining 2016-yilgi texnik koʻrigini tashkil qilish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashning Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tuman hududidagi barcha yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan avtomototransport vositalari va ularga tirkamalar majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasi tarkibi 1-ilovaga, texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tumandagi barcha transport vositalari egalari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarga transport vositalarini texnik pasporti bilan birgalikda, oʻz vaqtida reja jadval asosida koʻrikdan oʻtkazish majburiyati yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq texnik koʻrikdan oʻtkazilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar — bir yilda ikki marta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan (ishlab chiqarilgan yili ham shu jumlaga kiradi) transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — ikki yilda bir marta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga besh yildan ortiq boʻlgan transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — bir yilda bir marta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) tirkamalar koʻrikka transport vositasi — shatakchi uchun belgilangan muddatlarda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning 4-bandi “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalarning texnik koʻrigi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi marta — 1-mart — 30-iyunda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi marta — 1-sentabr — 31-oktabrda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-mart — 30-iyunda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 15-fevraldan — 31-avgustga qadar oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasi (T. Tursunov)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarining texnik holati va uskunalari yoʻl harakati xavfsizligi standartlari, qoidalari, normalariga muvofiqligini baholash vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq yigʻim undirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tuman ichki ishlar boʻlimi (Sh. Qurbonov) majburiy texnik koʻrik yakuni toʻgʻrisida tuman hokimligiga axborot taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning ijrosini tashkil etish tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Sh. Qurbonov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim v.b T. NURULLAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Forish t.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 15-fevral.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimining 2016-yil 15-fevraldagi 80-sonli qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.‎

T. Tursunov‎ —‎ Tuman IIB YHXB katta inspektori, kichik serjant, komissiya raisi‎

2.‎

Z. Umrasulov‎ ‎ Tuman mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi v.b., komissiya raisi oʻrinbosari‎

komissiya aʼzolari:

3.

Z. Mamayev‎ —‎ Tuman tabiatni muhofaza qilish inspeksiyasi boshligʻi‎

4.‎

K. Ikromov‎ —‎ DT “Xalq banki” tuman boʻlimi boshqaruvchisi‎

5.‎

K. Musayev‎ —‎ “Oʻzagrosugʻurta” DASK tuman boʻlimi boshligʻi‎

6.‎

A. Abduqodirov‎ —‎ Jamoatchi yordamchi ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimining 2016-yil 15-fevraldagi 80-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JADVALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Korxona, tashkilot va xoʻjaliklar nomi

Koʻrikdan oʻtish sanasi

Koʻrikdan oʻtish joyi

1.

Tuman hokimligi

01.03.2016-yil

YHXG maskani

2.

Tuman Davlat soliq inspeksiyasi

03.03.2016-yil

YHXG maskani

3.

Tuman arxitektura va qurilish boʻlimi

05.03.2016-yil

YHXG maskani

4.

“Omonkeldi” shirkat xoʻjaligi

07.03.2016-yil

Xoʻjalik avtogaraji

5.

“A. Yerimbetov” shirkat xoʻjaligi

10.03.2016-yil

Xoʻjalik avtogaraji

6.

“Darboza” shirkat xoʻjaligi

13.03.2016-yil

Xoʻjalik avtogaraji

7.

Tuman elektr taʼminoti korxonasi

16.03.2016-yil

Korxona avtogaraji

8.

Forish pochtasi

19.03.2016-yil

YHXG maskani

9.

Tuman tibbiyot birlashmasi

30.03.2016-yil

TTB maskani

10.

Forish tuman YXTFPK

04.04.2016-yil

Korxona avtogaraji

11.

“Forishtumangaz” filiali

07.04.2016-yil

Tashkilot avtogaraji

12.

“Nurota” davlat qoʻriqxonasi

09.04.2016-yil

YHXG maskani

13.

Obodonlashtirish boshqarmasi

10.04.2016-yil

YHXG maskani

14.

“Tuman telekommunikatsiya bogʻlamasi” MChJ

11.04.2016-yil

YHXG maskani

15.

Tumandagi barcha kasb-hunar kollejlar�

12.04 — 30.04.2016-yil

YHXG maskani

16.

Oʻrmon xoʻjaligi

14.04.2016-yil

YHXG maskani

17.

“Forish” shirkat xoʻjaligi

17.04.2016-yil

Xoʻjalik avtogaraji

18.

“Forish-Qoʻlba” xususiy firmasi

20.04.2016-yil

YHXG maskani

19.

11-MKK MChJ

22.04.2016-yil

Xoʻjalik avtogaraji

20.

“Karbonat” HJ

26.04.2016-yil

Jamiyat avtogaraji

21.

Maishiy xizmat QXK

28.04.2016-yil

YHXG maskani

22.

1-Avtokorxona Uchquloch koni

05.05.2016-yil

Korxona avtogaraji

23.

Jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalari

15.02.2016 — 31.08.2016-yilgacha

YHXG maskani

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eslatma: korxona va tashkilotlar rahbarlari majburiy texnik koʻrigini oʻtkazishda 10 kun oldin transport vositalarining umumiy roʻyxatini YHXGga berishlari, hisobdan chiqarilgan va sotilgan transport vositalarini Viloyat IIB YXHB RIB dan hisobdan chiqarishlari va haydovchilarni tibbiy koʻrikdan toʻliq oʻtishini taʼminlashlari shart. Bundan tashqari, har bir transport vositasi uchun toʻlanadigan toʻlov mablagʻi tegishli hisob raqamlariga oʻtkazilishi lozim boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy transport vositalari egalari har kuni soat 9-00 dan 18-00 gacha transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun Forish tuman IIB YHXG binosiga kelishlari mumkin.