24.02.2016 yildagi 79-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyati Mirzachoʻl tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumandagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalari va ularning tirkamalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2013-y., 16-son 197-modda) 17-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 17-modda) muvofiq, transport vositalarining 2016-yilgi texnik koʻrigini tashkil qilish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tuman hududidagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan avtomototransport vositalari va ularga tirkamalar majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasi tarkibi 1-ilovaga, texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tumandagi barcha transport vositalari egalari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarga transport vositalarini texnik pasporti bilan birgalikda, oʻz vaqtida reja jadval asosida koʻrikdan oʻtkazish majburiyati yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq texnik koʻrikdan oʻtkazilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar — bir yilda ikki marta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan (ishlab chiqarilgan yili ham shu jumlaga kiradi) transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — ikki yilda bir marta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga besh yildan ortiq boʻlgan transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — bir yilda bir marta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) tirkamalar koʻrikka transport vositasi — shatakchi uchun belgilangan muddatlarda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning 4-bandi “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalarning texnik koʻrigi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi marta — 1-mart — 30-iyunda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi marta — 1-sentabr — 31-oktabrda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-mart — 30-iyunda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 23-fevraldan — 31-avgustga qadar oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasi (A. Qoʻshmuradov)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarining texnik holati va uskunalari yoʻl harakati xavfsizligi standartlari, qoidalari, normalariga muvofiqligini baholash vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq yigʻim undirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tuman ichki ishlar boʻlimi (J. Xojanov) majburiy texnik koʻrik yakuni toʻgʻrisida tuman hokimligiga axborot taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman, ijrosini tashkil etish tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻi J. Xojanov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim M. BOBOBEKOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mirzachoʻl t.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 24-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimining 2016-yil 24-fevraldagi 79-sonli qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.‎ A. Qoʻshmuradov‎ —‎ Tuman IIB YHXB boshligʻi, leytenant, komissiya raisi ‎

komissiya aʼzolari:

2.‎ Sh. Iskandarov‎ —‎ “Oʻzagrosugʻurta” DASK tuman boʻlimi boshligʻi‎
3.‎ O. Prokofyev‎ —‎ “Mirzachoʻltrans” MChJ raisi‎
4.‎ Sh. Uzaqova‎ —‎ DT “Xalq banki” tuman boʻlimi xodimi‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimining 2016-yil 24-fevraldagi 79-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik koʻrikdan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JADVALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Korxona va tashkilotlar nomi

Transport vositalari soni

Texnik koʻrikdan oʻtkazish kuni

Texnik koʻrikdan oʻtkazish joyi

1.

Mirzachoʻl tuman hokimligi

3

01.03.2016-yil

“Umid” avtotexservis MChJ

2.

Gagarin oʻrmon tajriba stansiyasi

1

01.03.2016-yil

“Umid” avtotexservis MChJ

3.

“Doʻstlikneftbaza” Irjar filiali

1

01.03.2016-yil

“Umid” avtotexservis MChJ

4.

“Qishloqxoʻjalikkimyo” filiali

2

01.03.2016-yil

“Umid” avtotexservis MChJ

5.

Mirzachoʻl tuman YXTFPK

8

01.03.2016-yil

Korxona garaji

6.

Mirzachoʻldavsuvmaxsuspudrat

12

10.03.2016-yil

Korxona garaji

7.

DT “Xalq banki” Mirzachoʻl filiali

3

10.03.2016-yil

“Umid” avtotexservis MChJ

8.

MK “Vatanparvar” tashkiloti

5

10.03.2016-yil

Tashkilot garaji

9.

Tuman moliya boʻlimi

1

10.03.2016-yil

“Umid” avtotexservis MChJ

10.

Obodonlashtirish boshqarmasi

6

10.03.2016-yil

“Umid” avtotexservis MChJ

11.

Mirzachoʻl tuman tibbiyot birlashmasi

5

22.03.2016-yil

Birlashma garaji

12.

Tuman pochta boʻlimi

1

22.03.2016-yil

“Umid” avtotexservis MChJ

13.

Mirzachoʻl tuman elektrtarmoqlari korxonasi

1

22.03.2016-yil

Korxona garaji

14.

“Mirzachoʻltumangaz” filiali

3

22.03.2016-yil

Korxona garaji

15.

Mirzachoʻl qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji

3

22.03.2016-yil

Kollej avtogaraji

16.

Arnasoy suv ombori boshqarmasi

19

28.03.2016-yil

Korxona garaji

17.

“Mirzachoʻltrans” MChJ

19

05.04.2016-yil

Korxona garaji

18.

Tumandagi MChJ va xususiy korxonalar

14

11.04.2016-yil

“Umid” avtotexservis MChJ

19.

Mirzachoʻl qishloq xoʻjalik taʼminot taʼmirlash korxonasi

1

20.04.2016-yil

“Umid” avtotexservis MChJ

20.

Mirzachoʻl SIU

8

20.04.2016-yil

“Umid” avtotexservis MChJ

21.

Abay SIU

1

20.04.2016-yil

“Umid” avtotexservis MChJ

22.

Toshkent SIU

6

26.04.2016-yil

“Umid” avtotexservis MChJ

23.

Yangidala SIU

5

26.04.2016-yil

“Umid” avtotexservis MChJ

24.

Paxtazor SIU

15

10.05.2016-yil

“Umid” avtotexservis MChJ

25.

Oʻzbekiston SIU

2

25.05.2016-yil

“Umid” avtotexservis MChJ

26.

Turkiston SIU

3

05.06.2016-yil

“Umid” avtotexservis MChJ

27.

R.Xaydarov SIU

4

10.06.2016-yil

“Umid” avtotexservis MChJ

JAMI

152