Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oziq-ovqat sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 18-fevraldagi PQ-2492-son qarori)
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oziq-ovqat sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 18-fevraldagi PQ-2492-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston oziq-ovqat sanoati davlat-aksionerlik konserni (“Oʻzoziqovqatsanoat”)ning Ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1993-yil 30-avgustdagi 435-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 5-aprel,
103-son
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-apreldagi 103-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sohasidagi qonun hujjatlarini amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 3-iyuldagi 281-son qarorining 1-bandi ikkinchi xatboshidagi “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” soʻzlari “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston bolalar sportini rivojlantirish Jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2002-yil 31-oktabrdagi 374-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 10-son, 63-modda) 1-ilovada:
a) 31-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 32-banddagi “Oziqovqatsanoat” uyushmasi” soʻzlari “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Respublika komissiya va kengashlari tarkibini tasdiqlash haqida” 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qaroriga 32-ilovadagi “Lavozimi boʻyicha — Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi raisi” soʻzlari “Rustamov O.B. — “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK boshqaruvi raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 28-iyundagi 124-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 6-son, 46-modda) bilan tasdiqlangan Moddiy balanslarni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaning 32-bandidagi “Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi” soʻzlari “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan oʻzaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 23-avgustdagi 181-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 8-son, 50-modda) 2-ilovadagi “Bajarish uchun masʼullar” ustunining 131-pozitsiyasidagi “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” soʻzlari “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portaliga axborotlarni taqdim etish va joylashtirish tartibi toʻgʻrisida” 2009-yil 21-apreldagi 116-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 30-modda) 1-ilova 32-bandining “Masʼullar” ustunidagi “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” soʻzlari “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Braziliya Federativ Respublikasidan soya dukkaklari xarid qilishni va ularni qayta ishlashni tashkil etish toʻgʻrisida” 2009-yil 22-iyuldagi 209-son qarorida:
a) 3-bandning uchinchi xatboshidagi “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” soʻzlari “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-bandning birinchi xatboshidagi “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” soʻzlari “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) ilovaga izohdagi “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” soʻzlari “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarning, shuningdek investitsiya loyihalari yuzasidan tashabbus koʻrsatish va amalga oshirish uchun masʼul yirik korxonalarning tarkibiy boʻlinmalarini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 23-martdagi 84-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 3-son, 19-modda) 1-ilovaning 11-bandidagi “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” soʻzlari “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Namangan muhandislik-iqtisodiyot institutini Namangan muhandislik-texnologiya institutiga aylantirish toʻgʻrisida” 2011-yil 25-iyuldagi 212-son qaroriga ilovada:
a) I boʻlimning “Masʼul bajaruvchilar” ustuni 8-pozitsiyasidagi “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” soʻzlari “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) II boʻlimda:
“Masʼul bajaruvchilar” ustunining 1-pozitsiyasidagi “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” soʻzlari “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-pozitsiyada:
“Tadbirlar nomi” ustunidagi “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” soʻzlari “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Masʼul bajaruvchilar” ustunidagi “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” soʻzlari “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) III boʻlimning “Masʼul bajaruvchilar” ustuni 1-pozitsiyasidagi “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” soʻzlari “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini samarali tasarruf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 28-martdagi 75-son qaroriga 1-ilovadagi 21-pozitsiya chiqarib tashlansin.
11. Vazirlar Mahkamasining “2014 — 2018-yillar uchun texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2014-yil 30-iyuldagi 207-son qaroriga ilovada:
a) 15, 314, 315 va 318-pozitsiyalarning “Hamijrochilar” ustunidagi “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” soʻzlari “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 22, 23, 25 va 319-pozitsiyalarning “Ishlab chiquvchilar” ustunidagi “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” soʻzlari “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 24-pozitsiyaning “Ishlab chiquvchilar” ustunidagi “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” soʻzlari “Oʻzpaxtasanoateksport” XK” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 31-pozitsiyaning “Hamijrochilar” ustunidagi “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” soʻzlari “Oʻzpaxtasanoateksport” XK” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi aholisining sogʻlom ovqatlanishi sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2015-yil 25-apreldagi 102-son qaroriga 1-ilovadagi “Salimov A.X.— Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi raisi” soʻzlari “Rustamov O.B. — “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK boshqaruvi raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining “2015 — 2017-yillarda Surxondaryo viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida” 2015-yil 29-maydagi 142-son qarorida:
a) 4-banddagi “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” soʻzlari “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovada:
I boʻlimda:
I kichik boʻlimning 3 va 4-pozitsiyalari “Loyiha tashabbuskorlari va masʼul bajaruvchilar” ustunidagi “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” soʻzlari “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK” soʻzlari bilan almashtirilsin;
II kichik boʻlimning 2-pozitsiyasi “Loyiha tashabbuskorlari va masʼul bajaruvchilar” ustunidagi “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” soʻzlari “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK” soʻzlari bilan almashtirilsin;
IV kichik boʻlimning 5-pozitsiyasi “Loyiha tashabbuskorlari va masʼul bajaruvchilar” ustunidagi “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” soʻzlari “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK” soʻzlari bilan almashtirilsin;
II boʻlimda:
III kichik boʻlimning 1-pozitsiyasi “Loyiha tashabbuskorlari va masʼul bajaruvchilar” ustunidagi “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” soʻzlari “Oʻzpaxtasanoateksport” XK” soʻzlari bilan almashtirilsin;
V kichik boʻlimning 4-pozitsiyasi “Loyiha tashabbuskorlari va masʼul bajaruvchilar” ustunidagi “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” soʻzlari “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 6-ilovadagi “Salimov A.X. — Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi raisi” va “Omonov F.B. — “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi raisi” soʻzlari tegishli ravishda “Rustamov O.B. — “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK boshqaruvi raisi” va “Kamalov A.S. — “Oʻzpaxtasanoateksport” XK boshqaruvi raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalarini tatbiq etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 31-iyuldagi 220-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 7-son, 66-modda) 2-ilovaning 11-bandidagi “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” soʻzlari “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK” soʻzlari bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining “2015 — 2020-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasi aholisining sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash Konsepsiyasini va chora-tadbirlar kompleksini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2015-yil 29-avgustdagi 251-son qaroriga 2-ilovaning 7, 8, 9 va 16-pozitsiyalari “Masʼul bajaruvchilar” ustunidagi “Oziqovqatsanoat” uyushmasi” soʻzlari “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK” soʻzlari bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining “2015 — 2019-yillar davrida ijtimoiy, transport va muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish bilan kompleks holda yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va sizot suvlar sathini pasaytirish, Guliston shahrini arxitekturaviy-rejali qurishni tubdan yangilash chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi vazifalar toʻgʻrisida” 2015-yil 9-sentabrdagi 262-son qarorida:
a) 2-ilova III boʻlimi 5-pozitsiyasining “Masʼul bajaruvchilar” ustunidagi “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” soʻzlari “Oʻzpaxtasanoateksport” XK” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 12-ilovadagi “Salimov A.X. — Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi raisi” va “Omonov F.B. — “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi raisi” soʻzlari tegishli ravishda “Rustamov O.B. — “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK boshqaruvi raisi” va “Kamalov A.S. — “Oʻzpaxtasanoateksport” XK boshqaruvi raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining “2020-yilgacha boʻlgan davrda Milliy infratuzilma sifatini rivojlantirish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2015-yil 19-oktabrdagi 298-son qarorida:
a) 1-ilovaning 87, 88 va 89-pozitsiyalari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
|
“ |
|
|
|
|
|
“Oʻzpaxtasanoateksport” XK |
|
18 882,1 |
||
|
87. |
“Oʻzpaxtasanoat” AJ paxta tolasi, chigit va paxta xom ashyosining sifat koʻrsatkichlarini aniqlash uchun asbob-uskunalar xarid qilish |
2016 — 2019-yillar |
18 812,1 |
Oʻz mablagʻlari |
|
88. |
“Yogʻ tahlil servis” MChJ moyning yogʻ-kislota tarkibini aniqlash uchun sinash asbob-uskunalari xarid qilish |
2019-yil |
70,0 |
Oʻz mablagʻlari |
|
“Oʻzbekoziqovqatxolding” XK |
5,0 |
| ||
|
89. |
“Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan, LTD” MChJ uchun gaz analizatori xarid qilish |
2019-yil |
5,0 |
Oʻz mablagʻlari |
|
”; |
b) 3-ilovaning IV boʻlimi 1 va 4-pozitsiyalarining “Tashkilotning nomi” ustunidagi “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi” va “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” soʻzlari tegishli ravishda “Oʻzpaxtasanoateksport” XK” va “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 14-son, 132-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son; 19.03.2020-y., 09/20/170/0336-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)